ResearcherUz LogoResearcherUz
Dergiyi Görüntüle

“TEXNOLOGIYA FANIDA ZAMONAVIY DARS JARAYONI”

Özet

Maqolada texnologiya fani mashg'ulotlarda o'quv ishini to'g'ri tashkil qilish, o'quvchilarning faolligini oshirishda o'quv va ishlab chiqarish faoliyatida ta'limning turli tashkiliy shakllarini tanlashning umumiy masalalari va ta'limda ishlab chiqarish ilg'orlari tajribasidan foydalanish. Texnologiya fani darslarida o'quvchilarning o'quv va ishlab chiqarish faoliyatining turli tashkiliy shaklidan, bundan tashqari o'quv amaliyotxonalaridagi mashg'ulotlarda o'quvchilar tomonidan bajariladigan ish turlariga qarab mashg'ulot usullarini va turlarini tanlash haqida ilmiy farazlar bayon etilgan.


Tam PDF Belgesi

İlgili Makaleler

Tam metin

“TEXNOLOGIYA FANIDA ZAMONAVIY DARS JARAYONI”

Toshkent viloyati Qibray tumani 39-umumiy oʼrta taʼlim maktabning

"Texnologiya" fani oʼqituvchisi.

Toʼlaganov Dilmurod Mirjalolovich

Annotatsiya: Maqolada texnologiya fani mashg'ulotlarda o'quv ishini to'g'ri tashkil qilish, o'quvchilarning faolligini oshirishda o'quv va ishlab chiqarish faoliyatida ta'limning turli tashkiliy shakllarini tanlashning umumiy masalalari va ta'limda ishlab chiqarish ilg'orlari tajribasidan foydalanish. Texnologiya fani darslarida o'quvchilarning o'quv va ishlab chiqarish faoliyatining turli tashkiliy shaklidan, bundan tashqari o'quv amaliyotxonalaridagi mashg'ulotlarda o'quvchilar tomonidan bajariladigan ish turlariga qarab mashg'ulot usullarini va turlarini tanlash haqida ilmiy farazlar bayon etilgan.

Kalit so'zlar: nazariy ta'lim, mashq qilish, aralash dars, instruktiv.

Texnologiya fanidagi ishlab chiqarish ta'limi dastlabki paytlarda maktab o'quv amaliyotxonalarida amalga oshiriladi. O'quv amaliyotxonalarida o'quvchilar tomonidan bajariladigan ish turlariga qarab mashg'ulotlaming quyidagi xillarini ko'rib o'tish mumkin: mashq darslari, o'quv-ishlab chiqarish, buyumlarini mustaqil tayyorlash darslari, aralash darslari, instruktiv va nazorat-tekshirish darslari. Mashq qilish darslaridan amaliy mashg'ulot jarayonida foydalaniladi. Bu yerda yetakchi element - o'quvchilar tomonidan mashqlar ishlab chiqarish jarayonida qayta bajarish hisoblanadi. O'quv-ishlab chiqarish, buyumlarni mustaqil tayyorlash, darsda ishlab chiqarish ta'limining asosiy sharti sifatida o'tiladi. Bunda o'quv ishlarini mustaqil bajarish yakka (individual), guruh va yoppasiga (frontal) bo'lishi mumkin. Bir xil ish quroli va ayni bir asbobni qo'llab, bir xil ishni umumguruh bajarayotganda pedagog guruhga faqat umumiy rahbarlik qilishi bilan har bir o'quvchiga yordam beradi. Mustaqil ish agar o'quvchi guruhda o'zining mustaqil topshirig'ini bajarayotgan bo'lsa, guruh usulida bo'lishi ham mumkin, Aralash dars deb, barcha aytib o'tilgan dars xillariga xos bo'lgan elementlar qo'llaniladigan darsga aytiladi har bir darsning bosh vazifasi va maqsadi o'quvchilar tomonidan dastur materialini ommaviy (frontal) hamda rejali ravishda o'zlashtirilishidir. Instruktiv darslar, garchand instruktaj har bir dars hajmining zaruriy ellementi sanalsada, kam uchraydi. Instruktiv darslardan ekspluatatsiya qilish harakteridagi kasblar bo'yicha ta'lim berishda foydalaniladi. Bunday hollarda, darslarda apparat va mexanizmlar zamonoviy ishlab chiqarishda foydalanilayotgan kichik va katta ish qurollari namoyish qilinadi, ulaming tuzilishi, alohida qism hamda uzellarining vazifasi, o'zaro harakati ish yo’riqnomasi asosida tushuntiriladi. Nazorattekshirish darslari odatda, o'quv davrining oxirida o'quvchilarning mustaqil ishga bo'lgan qobiliyatini, ularning ishlab chiqarishga ulgirishini baholash, shuningdek o'quv ishlab chiqarishda faqat o'quvchilar emas, balki pedagog faoliyatidagi kamchilik va ijobiy tomonlarini ham hisobga olish maqsadida o'tkaziladi

Texnologiya fani darsi maktabdagi boshqa fanlar uchun umumiy didaktik prinsiplarni qo’llasada, uning o’ziga xos xususiyatlari ham mavjud. O’quvchilar bilish faoliyati bilan emas, balki yaratish faoliyati bilan shug’ullanadilar. Texnologiya fani predmetlari, ish qurollari,jarayonlari oddiy o’rganish obyekti sifatida emas, balki o’quvchilar ishlarini faollashtiruvchi ko’rsatmalilik vositasi, didaktik material, ta’limning texnik vositasi sifatida xizmat qiladi. Texnologiya fani o’quv fani sifatida ana shu va boshqa xususiyatlarini o’rgatadi.

Texnologiya fanini o’rganish materiallar, ularning xossalarini o’rganishdan hamda ushbu materiallarning xususiyatlaridan kelib chiqib ulardan turli buyumlar tayyorlashdan iborat bo’ladi. Ushbu jarayon o’qituvchilardan texnologik bilimlarni qo’llash, kreativ va texnik fikrlash orqali tayyor buyumlarning sifat darajasini ta’hlil etish va o’quvchilarga kasbiy bilimlarni singdirishdan iborat.

O’quvchilarni yoshligidan mehnatga o’rgatish kelajak hayotlaida juda katta samara beradi. Bunda mehnat ko’nikmalari bilan birga o’quvchilarda kreativlik, texnik bilimlar, kollektiv ijodkorlik kabi qobiliyatlarni ham shakllantirish zarur.

XULOSA

Texnologiya fani bizga ta’lim tizimining yangi sohalariga qadam qo’yishga bo`lgan imkoniyatlar eshigini ochadi. Bunga yana yaqqol misol tariqasida mehnat talimi fani texnologiya faniga o’zgartirilganligidir. Buning asosiy sababi mehnat so’zi keng ma’no va tushunchaga ega bo’lib hozirgi texnika va texnologiyalar rivojlangan zamonamizga to’g’ri kelmaydi. Texnologiya ta’limi jarayoniga raqamli texnologiyalar va zamonaviy usullarni joriy etish orqali innovatsion infratuzilmasini shakllantirish lozim. Lekin bu sohada yuqori darajaga erishish uchun eng avvalo moddiy-texnik baza zamon talablariga javob berishi zarur deb hisoblaymiz. Bu kamchiliklarni bartaraf etish uchun quyidagi tadbirlarni amalga oshirish lozim:

-umumiy o’rta ta’lim maktablarida o’qitiladigan amaldagi texnologiya fani mazmuni, mustaqil hayotda qo’llash imkoniyati bo’lgan texnologik savodxonlikni, tanqidiy fikrlash va ijodkorlik kompetensiyalarini shakllantirish uchun yetarli emas;

-texnologiya fanini o’qitishda metapredmet kompetensiyalar va fanlararo bog’liqlikning kamligi;

-texnologiya fani me’yoriy hujjatlarida baholash mezonlarining faqat bitiruvchi kompetensiyasi uchun ishlanganligi va darslik, ishchi daftar va o’qituvchi kitoblari, multimedia ilovalari, didaktik materiallar ish qurollari (qo’l asboblari va eiektr asboblar)ning yetishmasligi;

-texnologiya fani mazmuniga mexatronika, robototexnika, elektrotexnika, avtomatika, arduino kabi O’zbekiston iqtisodiyoti rivoji uchun zarur bo’ladigan elementlarning kam kiritilmaganligi(bular uchun etarli asbob uskuna va materiyal etishmasligi) bo’lajak maktab bitiruvchisining kasbiy sifatlariga salbiy ta’sir ko’rsatmoqda;

-o’quvchilarda ta’lim olishga kuchli motivatsiyani shakllantirish uchun o’quvchilarda zamonaviy texnika, mexatronika, robototexnika, elektrotexnika, avtomatika sohasidagi taktik kompetensiyalarni rivojlantirishga yo’naltirilgan jihoz va uskunalarning yetishmasligi;

-texnologiya fani moddiy-texnika bazasini eskirganligi, zamonaviy texnika va texnologiyalar bilan jihozlanmaganligi hamda byudjetdan mablag’ bilan ta’minlash bo’yicha yetarli choralar ko’rish yuzasidan takliflar ishlab chiqilmaganli;

Texnologiya fani darsi o'quvchilarning barcha guruhlarini bir xil sharoitda yagona didaktik vazifaning bajarilishini ta'minlaydigan tashkiliy shaklidir. Texnologiya fanining u yoki bu shaklini tanlashda o'quvchilarni kasbiy bilim, ko'nikma va malakalar bilan qurollantirish jarayonida ulaming mutloq maqsadi va yaqin vazifalari, mazmun hamda metodlari, shuningdek, moddiy sharoitini belgilaydigan asosiy omillarining u yoki bu shakliga bog'liq. O'quvchilar faoliyati va ta'limoti jarayonini, shuningdek amaliy tayyorgarlikning metodlari va didaktik vositalarini to'g'ri tanlash quyidagilarni ta'minlaydi:

- buyumlar tayyorlashdagi texnologik jarayonlarning oqilona ko'rinishini tanlashni asoslash uchun nazariy bilimlardan maqsadga muvofiq foydalanish yoki ishlarni bajarish izchilligi,

-o'quvchilarga pedagog tomonidan texnologik jarayonning alohida amaliy usullarini bajarishni, u yoki bu yo'nalish uchun harakterli bo'lgan nazoratini olib borish,

- o'lchov, relalash asboblari va moslamalarini, zamonaviy ish qurollari (qo’l asboblari va eiektr asboblar)ning qo'llash yo'llarini, shuningdek zamonaviy ishlab chiqarish mutaxassislari tajribasini har tomonlama namoyish qilish, kasblarni o'quv dasturlar va rejalariga muvofiq ravishda tizimli va izchillik bilan o'rganish;

- o'quvchilarning ishlab chiqarish ta'limiga tezroq qo'shilishi;

-o'quv ishining turli tashkiliy shakllarida o'quvchilarning pedagog tomonidan berilgan uy vazifalarini mustaqil holda bajarishlari muhimdir

Nazariy ta'limda o'quv ma'ruzalari, tushuntirish, seminarlar, laboratoriya mashg'ulotlari, praktikumlardan foydalaniladi. Ishlab chiqarish ta'limida esa muayyan sharoitlarda o'quv ishining kichik guruh ta'limiga yaqin bo'lgan shakli qo'llaniladi. Texnologiya fani o'qituvchisi o'quv ishini tashkil etishda ko'rsatilgan shakllarning har biridan foydalanishi, zarur bo'lganda ulami uyg'unlashtirishi (oʻzaro moslashtirishi yoki birga qo'shib olib borishi) mumkin. Bunda o'quv dasturlarining bajarilishi o'quvchilarni ishlab chiqarishdagi mustaqil ishga tayyorgarligini oshirishni, ular tomonidan yangi texnika, texnologik jarayonlar va mehnatni tashkil etishni o'rganishini ta'minlaydi. Pedagogning ta'limni bu bosqichdagi o'quv tarbiyaviy vazifalari. o'quv materialining mazmunidan kelib chiqib, ishlab chiqarish harakterini hisobga olgan holda garuh ishlab chiqarish ta'limini tashkil etishning eng oqilona shakllarini belgilaydi. Hususan dars, yoppasiga (frontal), guruh shaklida o'quvchilar o'quv materialini bir vaqtda bir xil ishlarni bajargan holda o'rganadilar. Bu shakl o'qitish uchun juda qulay sharoit yaratadi va shuning uchun undan birinchi navbatda foydalanish zarur zamonaviy usullarini egallashlari uchun imkon berishga da'vat etadi. O'quvchilarni Bizning nazarimizda, ishning ilg'or metodlariga, hatto juda oddiy operatsiyalar bilan tanishish jarayonida ham o'rgatish zarur. Chunki bu davrda o'quvchilar kelgusida foydalanadigan malaka va ko'nikmalari hosil qiladilar. Ishlab chiqarish ilg'orlari tomonidan qo'llaniladigan ishning eng oqilona usullari o'quvchilarga bu usullarni takomillashtirishga intilish uyg'otadi. O'quvchilarni ishlab chiqarishning aniq shartsharoitlarida ishlab chiqarish unumdorligini oshirishning yangi imkoniyatlarini topa olishlari uchun muayyan kasbga juda harakterli bo'lgan ishni oqilona olib borish tamoyillarini o'zlashtirishlari muhimdir.

Ishlab chiqarish ilg'orlariga ishlab chiqarish faoliyatining ko'pgina elementlarini ilmiy tashkil etish bilan ilg'orlik metodlariga o'rgatish yagona jarayoni tashkil etadi. O'quvchilarni ishning ilg'or metodlari va unumdor usullariga o'rgatish, yangi texnika, mehnatni tashkil etishning eng maqsadga muvofiq shakli bilan tanishtinsh, texnologiya fanida nazariy va ishlab chiqarish ta'limi o'quv dasturlarida ko'zda tutiladi. Ishlab chiqarish ilg'orlarining ish metodlari to'xtovsiz takomillashib boradi. Shuning uchun ularning ish tajribasini goh-goh emas, balki rejali va doimiy ravishda o'rganish hamda umumlashtirish, muayyan kash mutaxassislari tomonidan. qo'llaniladigan asboblar, moslamalar, usul va yo'llarning qiyosiy tahlilini o'tkazish zarur. zamonaviy usullarini egallashlari uchun imkon berishga da'vat etilgan. O'quvchilarni Bizning nazarimizda, ishning ilg'or metodlariga, hatto juda oddiy operatsiyalar bilan tanishish jarayonida ham o'rgatish zarur. Chunki bu davrda o'quvchilar kelgusida foydalanadigan malaka va ko'nikmalari hosil qiladilar. Ishlab chiqarish ilg'orlari tomonidan qo'llaniladigan ishning eng oqilona usullari o'quvchilarga bu usullarni takomillashtirishga intilish uyg'otadi. O'quvchilarni ishlab chiqarishning aniq shartsharoitlarida ishlab chiqarish unumdorligini oshirishning yangi imkoniyatlarini topa olishlari uchun muayyan kasbga juda harakterli bo'lgan ishni oqilona olib borish tamoyillarini o'zlashtirishlari muhimdir.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1.X.Sanaqulov D. Xodiyeva Mehnat o’qitish metodikasi Tafakkur bo’stoni Toshkent -2015 y.

2.N.A. Musulmonov S. Sharipov Mehnat ta’limi o’qitish metodikasi kasb tanlashga yo’naltirish O’zbekiston faylasuflari milliy-jamiyati nashryoti Toshkent – 2016yil.

3. Mavlonova R.A, Sanoqulov X.R, Xodiyeva D.P "Mehnat va uni o'qitish metodikasi" O'quv qo'llanma. 2007yil TDPU.

4. X.Sanaqulov, M.Xaydarov "Boshlang'ich sinfiarda qog'ozdan amaliy ishlar" o'quvmetodik qo'llanma 1996 yil. TDPU.

5.Nematov, R. A., & Almanov’s, Q. O. (2022). THE ROLE OF HISTORICAL

SOURCES IN THE STUDY OF THE HISTORY OF THE TURKISH

EMPIRE. American Journal Of Social Sciences And Humanity Research, 2(10), 25- 31.

6.Iskandar, O. (2023). The Organization of the Khorazm Soviet Republic. Web of Synergy: International Interdisciplinary Research Journal, 2(4), 794-798.

7.Ochilov, I. (2023). IMPORTANCE OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN

FORMING THINKING AND SKILLS IN HISTORY LESSONS. Science and

innovation, 2(B4), 481-484.

8.Omongaldi o’g’li, O. I. (2023). QADIMGI DAVRLARDAGI

KO’CHMANCHI SAK, MASSAGET QABILALARI HAQIDA

MUSHOHADALAR. IQRO JURNALI, 2(2), 597-600.

9.Omongaldi o’g’li, O. I. (2022). QADIMGI XORAZM SIRLI QAL’ALARI.

PEDAGOGS jurnali, 10(4), 182-185.

10.Iskandar, O. (2022). XIVA TARIXI VA RIVOJLANISHIDA

TURIZMNING AHAMIYATI. PEDAGOG, 1(3), 327-329.

Metin PDF'den otomatik olarak çıkarılmıştır ve hatalar içerebilir.