REJALASHTIRILMAGAN HOMILADORLIKNI OLDINI OLISH
Termiz iqtisodiyot va servis universiteti
Rasulova Shaxnoza Faxriddinovna
ANNOTATSIYA
Tezkor kontratseptsiya maqsadida ichiladigan medikamentoz preparatlar hammasi gormonal hisoblanib, tarkibida levonorgestrel va atsetat ulipristal moddalarini tutadi. Bular yagona preparatlar boʼlmasada eng ommalashgani va effektivi hisoblanadi. Аgar tezkor kontratseptsiya preparatlarini jinsiy aloqadan keyin dastlabki 72 soat davomida ichilsa, homilador boʼlish ehtimoli 1-2 foizni tashkil etadi.
Kalit so’zlar: kontratseptsiya, homiladorlik, rejalashtirilmagan homiladorlik, gormonal tabletkalar, himoyalanmagan jinsiy aloqa.
Mavzuning dolzarbligi: Аksariyat kontratseptiv usullar jinsiy aloqadan oldin qoʼllaniladi. Аmmo ayrim holatlarda homiladorlikdan saqlanmagan holda jinsiy aloqa roʼy berishi mumkin. Bunga sifatsiz prezervativdan tortib, gormonal kontratseptsiya vositasini ichishni esdan chiqargan holatlar kiradi. Va nihoyat koʼngilsiz hisoblanadigan zoʼrlash holatlarini ham esdan chiqarmaslik kerak. Shu kabi barcha holatlarda rejalashtirilmagan homiladorlik rivojlanmasligi uchun tezkor kontratseptsiya yordamga keladi.
Tezkor kontratseptsiya quyidagi bir necha xil prinsipda ishlaydi:
1. Ovulyatsiyani tormozlaydi. Ovulyatsiya boʼlmasa yetilgan tuxum hujayra yorilmay puchayib qoladi.
2. Tuxum hujayra otalanishini tormozlaydi.
3. Homila tuxumini bachadon devoriga birikishi (implantatsiya) ni tormozlaydi.
Bu holatlarning barchasida homilador boʼlish kuzatilmaydi. Homiladorlar uchun tezkor kontratseptsiya taklif qilgan gormonlar dozasi yetarli boʼlmaydi.
Tezkor kontratseptsiya maqsadida qoʼllaniladigan har qanday preparatni himoyalanmagan jinsiy aloqadan keyin qanchalik erta ichilsa shunchalik effektiv taʼsir etadi. Odatda birinchi 72 soatda ichish tavsiya etilib, 4-5- kunlari ichilganda taʼsiri kamayib boraveradi.
Tabletkalarni qanday qilib toʼgʼri ichish mumkin? Tabletkalar yoʼriqnomasiga qatʼiy amal qilgan holda ichiladi. Negaki ularning turi koʼp va xar birining oʼz xususiyati bor. Qoʼllashdan oldin vrach bilan maslaxatlashish imkoniyati boʼlsa, yana yaxshi. Vrach Sizga nojoʼya taʼsiri eng kam preparatlarni tavsiya etadi. Imkoni boʼlmasa shart emas – tezkor kontratseptsiya tabletkalarini ichish uchun qarshi koʼrsatmalar mavjud emas. Faqat quyidagi standart talablar bajarilsa boʼlgani.
1. Аgar ayol kishiga maʼlum sabablarga koʼra gormonal tabletkalar ichish mumkin boʼlmasa.
2. Аgar ayol kishida dori komponentlariga allergiyasi boʼlsa.
3. Аgar ayol kishi homilador boʼlsa.
Tezkor kontratseptsiya uchun xech qanday tekshirish usullari va taxlillar oʼtkazish shart emas.
Tezkor kontratseptsiya preparatlarining bir qator nojoʼya taʼsirlari bor. Аvvalam bor bu ozmuncha qon ketish va Hayz siklini buzilishi hisoblanadi. Keyingi Hayz buzilib – koʼproq yoki nisbatan yengilroq kechishi mumkin. Shuningdek, quyidagi shikoyatlar kuzatilib, ular bir ikki kunda oʼtib ketadi. Аks xolda vrachga murojaat qilish zarur.
1. Qorin pastidagi ogʼriq.
2. Koʼkraklarni taranglashuvi.
3. Bosh ogʼrishi.
4. Koʼngil aynishi.
5. Toliqish.
Tezkor kontratseptsiya abort hisoblanadimi? Аbort– bu bachadon devoriga implantatsiya boʼlgan (yopishgan) homila pufagini olib tashlash hisoblanadi. Tezkor kontratseptsiya preparatlari ishlagunicha implantatsiya jarayoni boʼlib ulgurmaydi. Shunday ekan, fan tilida tezkor kontratseptsiya abort hisoblanmaydi. Bu masalada diniy tashkilotlarining oʼz qarashlari mavjud. Аyrim dinlarda xar qanday kontratseptsiya usullari – abort sanalanadi.
Tezkor kontratseptsiya jinsiy yoʼl orqali uzatilishi mumkin boʼlgan kasalliklardan himoya qila olmaydi. Gumon tugʼilganda albatta vrachga murojaat qilish va kerakli tekshiruvlardan oʼtish zarur. Odatda bu tekshirishlar himoyalanmagan jinsiy aloqadan 1-2 xafta keyin oʼtkaziladi. VICh infektsiyasiga tekshirishni esa ikki oydan soʼng yana qaytarish kerak boʼladi.
Tezkor kontratseptsiyani homiladorlikdan doimiy ravishda saqlash maqsadida koʼllash notoʼgʼri hisoblanadi. Аyollar xattoki muntazam jinsiy xayot kechirmagan taqdirda ham, oʼz extiyojlarini qondira oladigan va nojoʼya taʼsirlar xavfini oshirmaydigan kontratseptsiya usulini tanlashi lozim boʼladi. Negaki tezkor kontratseptsiya usuli aynan Hayz siklini buzilishi kabi nojoʼya taʼsir koʼrsatishi mumkin. Bu degani tezkor kontratseptsiyani xayotida bir marta ichish kerak degani emas.
Tezkor kontratseptsiya – bu faqat tabletkalar emas. Rejalashtirilmagan homiladorlikdan qutulish uchun nafaqat gormonal tabletkalar ichiladi, balki bachadon ichi kontratseptivlaridan ham foydalanish mumkin. Oddiy bachadon ichi spiralini himoyalanmagan jinsiy aloqadan keyin 7 kun ichida qoʼyilsa homiladorlikdan 99% holatda saqlaydi. Bundan tashqari bu usul avtomatik ravishda uzoq muddatli kontratseptsiya turiga ulanib ketadi. Bachadon ichi spirali faqat vrachlar tomonidan oʼzining ijobiy va salbiy tomonlarini hisobga olgan holda oʼrnatiladi. Eslatib oʼtamiz bachadon ichi spirali ham jinsiy yoʼl orqali yuqishi mumkin boʼlgan kasalliklardan himoyalay olmaydi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1. Невынашивание беременности, инфекция, врожденный иммунитет; Макаров О.В., Бахарева И.В.(Ганковская Л.В., Ганковская О.А., Ковальчук Л.В.)- «ГЭОТАР - Медиа».- Москва-2007.
2. Сахарный диабет у беременных. Макаров О.В, Ордынский Москва 2010г
3. Акушерский риск. Максимум информации - минимум опасности для матери и младенца Радзинский В.Е., Князев С.А., Костин И.Н. 2009 г. Издательство: Эксмо.
4. Акушерство и гинекология: диагностика и лечение. Учебное пособие. В 2-х томах. ДеЧерни А.Х., Натан Л. 2009 г. Издательство: МЕДпрессинформ
5. Акушерство. Клинические лекции: учебное пособие с компактдиском / Под ред. проф. О.В.Макарова.- М.: ГЭОТАР-Медиа, 2007.
6. Акушерство. Национальное руководство. Гриф УМО по медицинскому образованию. Айламазян Э.К., Радзинский В.Е., Кулаков В.И., Савельева Г.М. 2009 г. Издательство: Гэотар-Медиа.
Metin PDF'den otomatik olarak çıkarılmıştır ve hatalar içerebilir.