ResearcherUz LogoResearcherUz
Dergiyi Görüntüle

The Role of Upbringing in the Formation of a Person

Özet

This article explores the various types of upbringing and their role in the comprehensive development of an individual. The main types—intellectual, moral, aesthetic, physical, labor, and patriotic education—are analyzed based on theoretical and practical sources. Modern educational methods and their implementation in upbringing are also discussed.


Tam PDF Belgesi

İlgili Makaleler

Tam metin

TARBIYA TURLARI VA SHAXS KAMOLOTIGA TA’SIR

Omonova Dilshoda Abdurasul qizi

Termiz Iqtisodiyot va Servis universiteti

Maktabgacha ta’lim yo’nalishi 1-24 guruh talabasi

Ilmiy rahbar: Ma’rufjonova Rohila Lutfulla qizi

Termiz iqtisodiyot va servis universiteti

Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim

nazaryasi kafedrasi o‘qituvchisi

Annotatsiya:. Ushbu maqolada tarbiya turlarining mazmuni, ahamiyati va har bir turining shaxs shakllanishidagi o‘rni yoritilgan. Tarbiyaning asosiy yo‘nalishlari – aqliy, axloqiy, estetik, jismoniy, mehnat va vatanparvarlik tarbiyasi ilmiy-nazariy manbalar asosida tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida tarbiyaning zamonaviy metodlari ham ko‘rib chiqiladi. Maqola pedagoglar, psixologlar va tarbiya sohasiga qiziquvchilar uchun foydali bo‘lishi mumkin.

Kalit so'zlartarbiya, tarbiya turlari, shaxs shakllanishi, axloqiy tarbiya, metodologiya, o‘quvtarbiya jarayoni

Аннотация: В данной статье рассматривается содержание, значение типов воспитания и роль каждого типа в формировании личности. На основе научных и теоретических источников анализируются основные области воспитания – интеллектуальное, нравственное, эстетическое, физическое, трудовое и патриотическое воспитание. В ходе исследования также рассматриваются современные методы воспитания. Статья может быть полезна педагогам, психологам и всем, кто интересуется областью воспитания.

Ключевые слова: воспитание, типы воспитания, формирование личности, нравственное воспитание, методология, образовательный процесс

Abstract This article explores the various types of upbringing and their role in the comprehensive development of an individual. The main types—intellectual, moral, aesthetic, physical, labor, and patriotic education—are analyzed based on theoretical and practical sources. Modern educational methods and their implementation in upbringing are also discussed. The article may be useful for educators, psychologists, and those interested in pedagogy and personality development.

Keywords: upbringing, types of education, personality development, moral education, methodology, educational process.

Kirish: Inson hayotida tarbiya beqiyos ahamiyatga ega bo‘lgan ijtimoiy va pedagogik jarayondir. Tarbiya — bu inson shaxsiyatini ma'naviy, axloqiy, jismoniy va aqliy jihatdan rivojlantirish, uni jamiyatning faol va foydali a’zosiga aylantirish yo‘lida olib boriladigan maqsadli faoliyatdir. Har bir davr o‘z tarbiyaviy qadriyatlari, maqsad va metodlariga ega bo‘lgan bo‘lsa-da, inson kamolotiga xizmat qiladigan muhim tamoyillar o‘z o‘rnini hech qachon yo‘qotmagan. Bugungi globallashuv va axborot texnologiyalari asrida esa tarbiya masalasi yanada murakkab va ko‘p qirrali tus olmoqda. Tarbiya — faqat oilada emas, balki maktab, jamoatchilik, ommaviy axborot vositalari, atrof-muhit va zamonaviy texnologiyalar orqali ham shakllanadigan uzluksiz jarayondir. Shuning uchun tarbiyaning har bir turini alohida o‘rganish, ularning mazmuni, maqsadi, metodlari va natijalarini tahlil qilish muhimdir. Tarbiya turlari orqali inson ma’naviy jihatdan yetuk, sog‘lom fikrli, jamiyatda o‘z o‘rnini topa oladigan barkamol shaxs sifatida shakllanadi. Tarbiya tamoyillari deb, yosh avlodni tarbiyalash maqsadi- dan kelib chiqadigan va komil insonni tarbiyalashning mazmu- ni va yo'nalishiga qo'yiladigan eng muhim talablarni belgilab beruvchi asosiy g'oya va qoidalar yig’indisiga aytiladi.

Tarbiya tamoyillari o'qituvchi va tarbiyalanuvchilarga yo'l- yo'riq ko'rsatuvchi qoidalar bo'lib, yosh avlodni tarbiyalash, barkamol insonni shakllantirish vazifalariga muvofiq belgilana- di, shuningdek, ular shaxs tarbiyasi borasidagi ilg’or ta’limotlar g’oyalariga hamda pedagogika fanida erishilgan yutuqlarga asoslanadi.

Tarbiya tamoyillari tarbiya jarayoni qonuniyatlarini aks et- tiradi. Tarbiyaviy jarayonda ilg'or tamoyillarga amal qilinishi tarbiya samarasini ta’minlaydi. Tarbiya tamoyillari quyidagi- lardan iborat: Ruhiy rivojlanishda esa kishi shaxsidagi psixologik sifatlar va belgilarning shakllanishi, emotsional irodaviy, bilish jara¬yonida muhim o'zgarishlar ro'y beradi.

Bolaning ijtimoiy rivojlanishi u ijtimoiy hayotda qatnasha boshlaganda uning xulqida, tevarakatrofga bo'lgan munosa- batida namoyon bo'ladi.

Shaxsning shakllanishi kishilik jamiyati tomonidan yaratil- gan ijtimoiy-tarixiy tajribani o'zlashtirish, ta’lim-tarbiya berish orqali amalga oshiriladi. Bu har xil faoliyatlarda yuzaga kela- di. Bolalar egallashlari lozim bo'lgan mazmunni tanlash, uning egallab olishiga rahbarlik qilish kattalar tomonidan ta’lim-tar biya jarayonida amalga oshiriladi. Tarbiya va ta'limning maz- muni, vositalari, metodlari, bolaning rivojlanish jarayoni ular¬ning yoshi bilan izohlanadi. Jumladan, kichik yoshdagi bolalar bilan ish olib borilganda ularning mustaqil hayotga butunlay moslashmaganligi hisobga olinadi. Aql - keng ma’noda sezish va idrok etishdan boshlanib tafakkur va hayotni o'z ichiga oladigan bilish jarayonlari yig'indisidir.

TARBIYA TURLARI

Aqliy tarbiya - bu aqlni rivojlantirish maqsadida yoshlarga mimtazam va maqsadga muvofiq pedagogik ta’sir ko'rsatish. U yosh avlodning insoniyat to'plagan bilimlar, malaka va ko'nikmalarda, qoidalarda o'z ifodasini topgan ijtimoiy-tarixiy tajribani egallashning rejali jarayoni sifatida ro'y beradi. Bu ta’sir kattalar tomonidan amaiga oshiriladi va bolalarning aqliy rivojlanishini ta'minlovchi xilma-xil vositalar, metodlar, sha- roitlar yaratishni o'z ichiga oladi. Odamning aqli, uning aqliy rivojlanishi bilimlar hajmi, xususiyati va mazmunida namoyon bo'ladi. Ular aqliy faoliyatning jo'shqinligida, mustaqil ijodiy bilishga intilishda o'z ifodasini topadi.

Aqliy faoliyat diqqatning har doim ma'lum maqsadga qara- tilgan bo'lishini talab etadi. Kishining aqli uning asosiy faoli- yatida erishgan muvaffaqiyati xususiyati bilan belgilanadi. Farobiy ta'lim-tarbiyaga bag'ishlangan asarlarida inson takomilida ta’lim-tarbiyaning muhimligi, unda nimalarga e'tibor berish zarurligi, ta’Iim-tarbiya usul va uslublari haqida fikr yuritadi. «Fozil odamlar shahri», «Baxt saodatga erishuv to'g'risida», «Aql ma'nolari to'g'risida», «Ilmlarning kelib chi- kishi» kabi maorifiy asarlarida olimning ijtimoiy tarbiyaviy qa- rashlari o'z ifodasini topgan‚

AXLOQIY TARBIYA

Axloq so'zi - lotincha «myeros», ya’ni moral, mantiq so'zidan kelib chiqib, u hech qayerda qat’iy yozib qo'yilmagan ijtimoiy qonundir. Inson kundalik hayotida undan (axloq normalari- dan) norma sifatida foydalanadi. Axloqiy tarbiya normalari har bir jamiyatning huquqiy normalariga asos bo'ladi. Axloqiy tarbiyada kishi axloqiy bilimlarni o'zlashtiribgina qolmay, har qanday vaziyatlarda o'zini ana shu normalarga munosib tuta oladigan kishilar axloqiy tarbiyalangan hisoblanadi Husayn Koshifiyning «Axloqi Muhsiniy» asari shaxsiy, oila- viy va fuqarolik axloq asoslarini o'z ichiga olgan. U 40 bob- dan iborat. Muallif asarda adolat, sabr, yoqimlilik, hayo, odob, ishonch, va’daga vafo qilish masalalari haqida so'z yuritadi.

Jaloliddin Davoniyning «Axloqi Jaloliy» asarida axloqiy muammolar, ijtimoiy-falsafiy masalalar tahlil qilinadi. Asarni yozishda muallif Arastu, Aflotun, Abu Nasr Farobiy, Ibn Sinolar- uing axloqiy ta'limotlaridan foydalangan.

Insoniyat go'zallikni butun rivojlanish tarixi jarayonida egallaydi va yaratadi. Go'zallik madaniy tarixiy tajribaning bir qismi hisoblanadi.

Uning obyektiv mavjudligi estetik tarbiya nazariyasini, es¬tetik tajribani yosh avlodga maqsadga muvofiq va muntazam ravishda berish va shu orqali uni estetik rivojlantirishni ta’minlashning faol usullarini ishlab chiqishga yo'naltiradi

Avloniyning “Turkiy guliston yoxud axloq” asari

MEHNAT TARBIYASI Mehnat inson hayoti uchun, uning farovon turmush kechiri- shi uchun hamisha asos bo'lib kelgan va shunday bo'lib qoladi. Mehnat farovon, baxtli hayot kechirishning eng asosiy sharti bo'lganligi sababli ham fuqarolar uchun majburiydir Jahon fanining rivojiga bebaho hissa qo'shgan al-Xorazmiy, Ibn Sino, Ismoil al-Buxoriy, Alisher Navoiy, Zahiriddin Muham¬mad Bobur kabi bobokalonlarimiz mehnatsevarliklari tufay- li ulkan yutuqlarni qo'lga kiritishgan, yoshlarni ham mehnat qilishga chaqirishgan. Shu boisdan jahonning barcha xalqlari maqollarida bo'lgani kabi o'zbek maqoilarida ham mehnat tar- biyasi markaziy o'rinlarni egallagan.

Estetik tarbiya va ta’limning nazariy asoslari

Insoniyat go'zallikni butun rivojlanish tarixi jarayonida egallaydi va yaratadi. Go'zallik madaniy tarixiy tajribaning bir qismi hisoblanadi.

Uning obyektiv mavjudligi estetik tarbiya nazariyasini, es¬tetik tajribani yosh avlodga maqsadga muvofiq va muntazam ravishda berish va shu orqali uni estetik rivojlantirishni ta’minlashning faol usullarini ishlab chiqishga yo'naltiradi. Bunda estetik tarbiya madaniyatni egallashning asosiy vosita- si tarbiya va ta'limdir.

Estetik tarbiya juda keng tushuncha bo'lib, unga tabiat, mehnat, ijtimoiy hayot, turmush va san'atga estetik munosa- batni tarbiyalash kiradi. Iqtisodiy tarbiya haqida tushuncha

O'zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishishi natijasi¬da mamlakat iqtisodiyotida tub o'zgarishlar ro'y berdi. Milliy iqtisodiyotni mustahkamlash va rivojlantirish yo'lida o'zgarishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, 1992-yil 21-yan- vardagi "Iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish, rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida” 1994-yil 15-mart- dagi O'zbekiston Respublikasida mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonini yanada rivojlantirish- ning ustuvor yo'nalishlari to'g'risida, "Kichik va xususiy tadbirkorlikni rag'batlantirish” to'g'risidagi, shuningdek, 2001-yil 22-avgust, 2007-yil 27-aprelda qabul qilingan qarorlar bunga yaqqol misoldir.

Huquqiy tarbiya haqida tushuncha

Bugungi kunda ijtimoiy adolatni o'rnatish, inson huquq va erkinliklarini ta’minlash davlatimizning eng muhim vazifalaridan hisoblanadi. Har bir davlat o'z fuqarosining liar tomonlama o'qimishli, ongli, tarbiyali bo'lishini istaydi. Bunda yosh avlodda huquqiy tarbiya, huquqiy ong, huquqiy madaniyatni shakllantirish masalalariga katta e'tibor qaratadi.

Huquqiy tarbiya - umum tarbiyaning ajralmas qismi bo'lib, barcha fuqarolarda huquqiy bilimlar asosida, huquqiy ong va huquqiy madaniyatni shakllantirish va rivojlantirish borasida tashkil etiladigan tarbiyaviy jarayondir. Shu zaylda qonunchilikni mustahkamlash, huquqiy me'yorlarni hurmat qilishga erishiladi.

Huquqiy tarbiya - muntazam olib boriladigan, aniq maqsadni ko'zlagan va shaxs (guruh)da huquqiy ong, huquqiy bilim va qoidalarga rioya etish jihatlarini namoyon etishga undaydigan pedagogik yo'ldir. Huquqiy tarbiya haqida fikr yuritilar ekan, avvalambor, huquq so'zining ma'nosi nima va u nimani anglatishini bilishimiz lozim.

Huquq - jamiyat a’zolari rivojlanishini, jamiyatda tartib o'rnatishni tashkil etish, ijtimoiy munosabatlarni tartibga solish vositasidir.

Adabyotlar tahlili va metodologiyasi

A. Qodirov, T. Jalolov kabi pedagog-olimlarning tarbiya bo‘yicha tadqiqotlari,

O‘zbekiston Respublikasi Ta’lim konsepsiyasi va davlat standartlari,

Zamonaviy pedagogika va psixologiya fanlariga oid darslik va maqolalar.

ahlil metodlari sifatida kontent tahlil, taqqoslama va ilmiy-nazariy izlanish asosida ma’lumotlar umumlashtirildi. Har bir tarbiya turi asosiy belgilariga ko‘ra ajratilib, nazariy hamda amaliy nuqtai nazardan yoritildi.

Muhokama Tarbiya quyidagi asosiy yo‘nalishlarga bo‘linadi:

1.Aqliy tarbiya – o‘quvchilarning aql-idrokini, bilim olishga bo‘lgan ehtiyojini shakllantiradi.

2.Axloqiy tarbiya – insoniy fazilatlarni rivojlantirib, jamiyatda munosib yashashga o‘rgatadi.

3. Estetik tarbiya – san’at va go‘zallikni anglash, badiiy didni tarbiyalaydi.

4. Jismoniy tarbiya – sog‘lom hayot tarziga amal qilishni o‘rgatadi.

5. Mehnat tarbiyasi – halol mehnatga qiziqish, kasbga yo‘naltirishni ta’minlaydi.

6. Vatanparvarlik tarbiyasi – milliy qadriyatlarga hurmat va Vatanni sevish ruhini uyg‘otadi.

Har bir tarbiya turi o‘zaro bog‘liq holda olib borilgandagina shaxsda to‘laqonli rivojlanish yuzaga keladi. Ayniqsa, zamonaviy o‘quv muassasalarida integratsiyalashgan tarbiya metodlari dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.

Natijalar Tadqiqot davomida aniqlanishicha, tarbiya turlari shaxsni har tomonlama rivojlantirishda muhim rol o‘ynaydi. Har bir tarbiya turi o‘ziga xos metodik yondashuvni talab qiladi. O‘qituvchilar va tarbiyachilar uchun bu turlarni uyg‘unlashtirib qo‘llash yuqori samaradorlikni ta’minlaydi.

Xulosa Tarbiya turlarini chuqur o‘rganish va ulardan amalda foydalanish orqali barkamol shaxsni tarbiyalash mumkin. Har bir yo‘nalish o‘quvchi yoki yosh avlodning ma’lum jihatini rivojlantirishga xizmat qiladi. Shu boisdan ham, zamonaviy ta’lim tizimida tarbiyaning har tomonlama va kompleks yondashuvi dolzarb masala bo‘lib qolmoqda.

ADABIYOTLAR RO‘YXATI

1. Avloniy A. Turkiy guliston yoxud axloq. Toshkent: G‘afur G‘ulom nashriyoti, 1992.

2. Qodirov A. Pedagogika asoslari. Toshkent: O‘qituvchi,

3.Jalolov T. Tarbiya nazariyasi va metodikasi. Toshkent: Fan, 2010.

4. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi. Ta’lim to‘g‘risidagi qonun (so‘nggi tahriri).

5. Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. Toshkent: Ma’naviyat, 2008.

Metin PDF'den otomatik olarak çıkarılmıştır ve hatalar içerebilir.