ResearcherUz LogoResearcherUz
Dergiyi Görüntüle

TIBBIY TERMINLARNING LINGVISTIK XUSUSIYATI

Özet

Har bir sohadagi terminologik faoliyat to‘g‘ridan to‘g‘ri yangi tushunchalar yaratilayotgan sohaning samaradorligiga bog‘liq. Tibbiy-biologik, tibbiy-kimyoviy, tibbiy-texnik bilimlarning jadal rivojlanishi tufayli maxsus tibbiy terminlar soni ortib bormoqda. Tibbiy atama shakllanishining lingvistik tasviri uning tarjima harakatida va tobora ortib borayotgan rivojlanish sur’atida aniqlanganligini qiyosiy tahlil asosida o‘rganildi.


Tam PDF Belgesi

İlgili Makaleler

Tam metin

TIBBIY TERMINLARNING LINGVISTIK XUSUSIYATI

Mamadaliyeva Madina Usubjonovna

Ma’mun-Universiteti NTM oʻqituvchisi,

Buxoro davlat universiteti

mustaqil tadqiqotchisi

Annotatsiya: Har bir sohadagi terminologik faoliyat to‘g‘ridan to‘g‘ri yangi tushunchalar yaratilayotgan sohaning samaradorligiga bog‘liq. Tibbiy-biologik, tibbiykimyoviy, tibbiy-texnik bilimlarning jadal rivojlanishi tufayli maxsus tibbiy terminlar soni ortib bormoqda. Tibbiy atama shakllanishining lingvistik tasviri uning tarjima harakatida va tobora ortib borayotgan rivojlanish sur’atida aniqlanganligini qiyosiy tahlil asosida o‘rganildi.

Kalit so‘zlar: atama, terminologiya, tibbiyot, leksik qatlam, omonimiya, affiks,prefiks(old qo‘shimcha).

Аннотация: Терминологическая активность в каждой сфере напрямую зависит от продуктивности отрасли, в которой создаются новые понятия. В связи с интенсивным развитием медико-биологических, медико-химических, медикотехнических знаний количество специальных медицинских терминов возрастает. На основе сравнительного анализа изучено, что языковой образ формирования медицинского термина определялся в его переводческом движении и нарастающими темпами его развития.

Ключевые слова: термин, терминология, медицина, лексическая система, омонимия, аффикс, префикс.

Abstract: Terminological activity in each sphere directly depends on the productivity of the industry in which new concepts are created. In connection with the intensive development of medical and biological, medical and chemical, medical and technical knowledge, the number of special medical terms increases. Based on a comparative analysis, it was studied that the linguistic image of the formation of a medical term was determined in its translation movement and the increasing pace of its development.

Keywords: term, terminology, medicine, lexical system, homonymy, affix, prefix.

Har bir sohadagi terminologik faoliyat to‘g‘ridan to‘g‘ri yangi tushunchalar yaratilayotgan sohaning mahsuldorligiga bog‘liq. A. A. Reformatskiyning so‘zlariga ko‘ra, “Terminologiya – bu tegishli og‘zaki ifodada mustahkamlangan ushbu fan tushunchalari tizimi” [1;78]. Danilenko, V, Pfikricha, “Terminologiya–tegishli bilimlar sohasidagi (bitta fan yoki bir yо‘nalish) atamalar majmui, tegishli tushunchala rtо‘plamini aks ettiradi”[2;10]. Tibbiyot terminologiyasi mutaxassislik (shifokorlar) tili sifatida qabul qilingan va tibbiyotda bir hodisaning semantik ma’nosini bildiruvchi termin tizim sifatida belgilanadi.

Terminlarni qiyosiy-tipologik tadqiq etish hozirgi zamon tilshunosligida terminologiyaning shakllanish muammolarini o‘rganishda muhim jihatga aylanib bormoqda. Tibbiy-biologik, tibbiy-kimyoviy, tibbiy-texnikaviy bilimlarning jadal rivojlanishi tufayli maxsus tibbiy atamalar soni ortib bormoqda. Terminlarning semantik tashkil etilishini, jumladan, tibbiy terminologiyani qiyosiy tahlil qilish, terminologiyani ana shu tamoyil asosida tizimlashtirish va malakasini oshirish, fan sohasi terminologik fondining obyektiv tabaqalanishini o‘rganish terminologiyaning muhim muammolaridan hisoblanadi.

Tilshunoslikda kognitiv yo‘nalishning rivojlanishi bilan insonni tashqi dunyo bilan o‘zaro munosabatlarida o‘rganishning o‘ziga xos jarayoni muhim ahamiyat kasb etdi. Tibbiy atama shakllanishining lingvistik manzarasi uning oldinga siljishi va rivojlanish sur’atlarining tobora ortib borishi aniqlandi. Termin oddiy so‘z kabi kontekstga muhtoj emas, shuning uchun u 1) kontekst o‘rnida ishlovchi ma’lum bir atamaning a’zosi; 2) alohida-alohida matnlarda, masalan, ro‘yxatlar yoki texnologiyadagi buyruqli matnlarida ishlatilishi mumkin, 3) buning uchun u tilda umumiy emas, balki berilgan terminologiya doirasida bir ma’noli bo‘lishi kerak. Tilning leksik qatlamida atamalar boshqa so‘zlar bilan bir xil xususiyatni namoyon etadi. Masalan, “valve”[3;28] atamasi tibbiyotda “klapan(ichi bo‘sh kovak a’zoning ichki pardasi burmalaridan iborat bo‘lgan va biror bir teshikni to‘sib, berkitib turadigan qismi)”, mashinasozlikda “klapan(biror bir suyuqlik yo‘lini ochib-yopib turadigan qismi, qopqoqchasi)”, radiotexnikada “elektrontrubka”, gidravlikada “murvat”; “power”[3;29]atamasi tibbiyotda "qobiliyat(odam va jonivorlarning o‘z muskullarini ishlatib, jismoniy harakat qilish)", fizikada "quvvat(jismlarning o‘zaro mexanik ta’siri va uning o‘lchovi)", "energiya", matematikada "daraja", huquq sohasida “kuch(qaror, qonunlarni qo‘llanishi, amali, joriyligi)” degan ma’noni anglatadi. Xuddi shu atama ma’lum bir tilning turli terminologiyalariga kiritilishi mumkin, u fanlararo terminologik omonimiyani ifodalaydi, masalan: reaction 1) tibbiyotda, 2) kimyoda, 3) filologiyada, 4) siyosatda; reduction 1) tibbiyotda, 2) falsafada, 3) huquqshunoslikda, 4) fonetikada; assimilation 1) etnografiyada, 2) fonetikada.

So‘zda, atamada o‘z ifodasini topgan ilmiy bilim muayyan fan tilining semantik tizimi va tarkibiga kirib, shu tilning leksik-semantik tizimining tarkibiy qismiga aylanib, sifat jihatidan yangi bosqichga o‘tadi. Yagona yaxlit tushunchalarni ifodalovchi atama-so‘z birikmalari umumiy adabiy tilning erkin so‘z birikmalariga nisbatan o‘zining leksik-semantik tashkil etilishi jihatidan har xil darajada barqarordir. Ularni leksik iboralar deb tasniflash mumkin, ularning xarakterli xususiyati shundan iboratki, komponentlardan birining o‘rni tegishli turkumdagi biron-bir so‘z bilan emas, faqat ba’zilari bilan to‘lib, ma’lum bir semantik guruhni tashkil qiladi. O‘zbek va tojik tillarida atamashunoslik tahlili shuni ko‘rsatadiki, ushbu fan sohasi terminologiyasining shakllanishida bir ma’nolilik hodisasi asosiy hisoblanadi. Ko‘p leksik atamalarning yasalishi yasovchi o‘zakka affiks, qo‘shimcha va old qo‘shimchalarning qo‘shilishi asosida amalga oshiriladi. Shunga qarab, bu tur shakllanishning affiksal usuli deyiladi. Ko‘p komponentli atamalar, tilshunos olimlarning fikricha, ikki turga bo‘linadi: 1) ajralmas termin-so‘z birikmalari: gipertoniya(yuqori qon bosimi[4;45]) – гипертония(фишор баландӣ), antibiotik - антибиотик, nevrologiya(asab tizimi)–неврология(илм бора системаи асаб), immunologiya-иммунология, nitroglitsirin–нитроглитсирин, transplantatsiya - трансплантатсия, aloe vera kremi-авғани рӯи алое вера, irsiy osteoxondropatiya (Osgud-Schlatter kasalligi)–остеохондропатия иирсӣ, immunfloresan usuli -усули иммунофлуоресентӣи va boshqalar.; 2) ajraladigan termin-so‘z birikmalari: bachadon bo‘yin umurtqalari –сутунмӯҳраҳои гардан, bel umurtqalari –сутунмӯҳраҳои камар, metatarsal suyagi –устухонҳои метатарсал, metakarpal suyagi –устухонҳои метакарпӣ va boshqalar. Termin-so‘z birikmalarida grammatik tuzilmani quyidagicha ifodalash mumkin: qo‘shimchalar(vertebral, visseral, veterinariya ,patogenlik, profilaktika, allergiya, palliativ va boshqalar); old qo‘shimchalar(antibiotik, antigistamin, disxromiya, peritonit, toksikoz, bioterrorizm va boshqalar); murakkab so‘zlar(gastroenterologiya, xlorleykoz, dermatovenerologiya, sog‘liqni saqlash, tibbiybiologik va boshqalar). Termin yasalish tizimida qo‘llaniladigan affiks va prefikslar asosan tilning umumiy, oddiy so‘z yasovchi vositalaridan olingan. Atamalarning semantik tashkil etilishini qiyosiy tahlil qilish, shu jumladan tibbiyot terminologiyasi, ushbu prinsip bo‘yicha terminologiyani tizimlashtirish va malakalash, fan sohasi terminologik fondining obyektiv tabaqalanishini o‘rganish terminologiyaning eng muhim muammolaridan biridir.

Bugungi kundа ingliz, rus vа bоshqа tillаr tibbiy tеrminоlоgiyаsini о‘rgаnishgа bо‘lgаn е’tibоr yаnаdа kuсhаymоqdа. O‘zbek va tojik tillaridа tibbiy sohasiga оid til birliklаri о‘zigа хоs murаkkаb vа kо‘p qirrаli muаmmоlаrdаn biri sаnаlаdi. Ushbu muаmmо umumiy tilshunоslik mаsаlаlаrining turli jihаtlаri bilаn bоg‘liq, yа’ni tilning tuzilishi, til sаthlаri о‘rtаsidаgi о‘zаrо munоsаbаtlаr, funksiоnаl hаrаkаtсhаnlik, аdаbiy mе’yоrning о‘zigа хоsligi vа о‘zgаruvсhаnligi, аdаbiy til mе’yоri vа tibbiy sо‘zlаshuv tilining bir-birigа muvоfiqligi, hаmdа о‘zаrо munоsаbаti, ulаrgа хоs lеksik birliklаr еvоlyutsiyаsi hаmdа uning lingvistik nuqtаyi nаzаrdаn istiqbоli shulаr jumlаsidаndir. Tibbiyotga оid til sоhаsining funksiоnаl хususiyаtlаri, хuddi undаgi sistеm munоsаbаtlаr singаri turli хil lisоniy kо‘rsаtkiсhlаr vоsitаsidа yuzаgа kеlаdi[5;286]. Til birliklаrining bundаy хususiyаtlаri, аvvаlаmbоr, tibbiy birliklаrdаgi vаriаntlаnish, pоlisеmiyа(kо‘p mа’nоlilik), оmоnimiyа(shаkldоshlik), sinоnimiyа(mа’nоdоshlik) vа аntоnimiyа(zidlik) hоdisаlаri, tеrminоlоgiyаdаgi sеmаntik mаydоnlаrni tizimlаshtirish, tеrminоlоgik birikmаlаr kоmpоnеntlаrining dеrivаtsiоn fаоlligi, tibbiy lеksik birliklаr о‘rtаsidаgi stilistik(uslubiy) vа funksiоnаl tаfоvut, ulаrning hududiy bоg‘liqligi, shuningdеk, ushbu birliklаrning pаrаdigmаtik vа sintаgmаtik tаvsifi kаbi kо‘rsаtkiсhlаrdа nаmоyоn bо‘lаdi.

FОYDАLАNILGАN АDАBIYОTLАR RО‘YXАTI

1. Реформатский, А. A. Что такое термин и терминология [Текст] / А. A.

Реформатский В. A. Татаринов. История отечественного терминоведения. Классика терминоведение: очерк I хрестоматия. - М.: Московский Лицей, 1994.с.309.

2. Даниленко, В. Русская терминология: опит лингвистического описания [Текст] / В. P. Даниленко. - М.: Наука,1977.с.15

3. Medical terminology as a complex term system, Feruza Akbarxodjaeva Independent Researcher Uzbekistan State World Languages University, Tashkent, Uzbekistan, 2020.

4. Izohli lug‘at. G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi. T.:2022

5. Mamadaliyeva M.U. Nutqiy akt jarayonida verbal va noverbal muloqot birliklarining afzalliklari / Ma’muniy Xorazmshohlar davrida ilm-fan taraqqiyoti va uning jahon tamaddunida tutgan o‘rni. Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya. Toshkent: 2024-yil 15-16-aprel 2-qism, –B. 285.

6. Turdialiyeva, S., & Jalolova, S. (2024). INTEGRATED METHODS IN MODERN LANGUAGE TEACHING. Builders Of The Future, 4(04), 322-329.

7. Jalolova, S., & Turdialieva, S. (2023). THE EFFICIENCY OF USING

DFFERENT MODERN METHODS IN LANGUAGE TECHING. Builders Of The

Future, 1(01).

Metin PDF'den otomatik olarak çıkarılmıştır ve hatalar içerebilir.