TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH
Boyqo‘ziyev X.X. – Samarqand davlat tibbiyot universiteti, Gistologiya,
Sitologiya va Embriologiya kafedrasi dotsenti,
Dehqonova N.T. - Samarqand davlat tibbiyot universiteti, Gistologiya,
Sitologiya va Embriologiya kafedrasi katta o‘qituvchisi
Annotatsiya. Ushbu maqolada oliy ta’lim tizimini tubdan isloh qilish, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ni bosqichma-bosqich amalga oshirish, ilg‘or tajribalarga tayangan holda tibbiyot oliy ta’lim muassasalarida ta’lim jarayonini tashkil etish va ilmiy-uslubiy innovatsion texnologiyalardan foydalanib mashg‘ulot samaradorligini oshirish usullari ko‘rsatib o‘tilgan. Bundan tashqari innovatsion ta’lim texnologiyasining asoslari va hayotimizga chuqur kirib kelayotgan internet tizimini keng joriy qilish, milliy axborot resurslarini shakllantirish chora-tadbirlari bayon qilingan.
Kalit so‘zlar: ta’limni isloh qilish, innovatsion texnologiyalar, ta’lim sifati.
Mamlakatimizda oliy ta'lim tizimini tubdan isloh qilish va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ni zamonaviy ilmiy tafakkur yutuqlariga, ilgʻor tajribalarga tayangan holda tibbiyot oliy oʻquv yurtlarida ta'lim jarayonini ta'minlovchi omil, hamda ilmiy – uslubiy texnologiya sifatida amalga oshirishdan iboratdir. Pedagog oʻz mutaxasisligi boʻyicha oʻzlashtirgan bilimlardan qat'iy nazar, ijtimoiy, pedagogik-psixologik bilimlar, zamonaviy pedagogik texnologiyalar va uslublar yigʻindisi boʻlgan zarur pedagogik koʻnikmalarni egallagan boʻlishi lozim.
Hozirgi davrda axborot texnologiyalarining jadal rivojlanishi, shu bilan bir qatorda bugungi kunda hayotimizga chuqur kirib kelayotgan internet tizimini keng joriy qilish, yoshlarimizni boy tariximiz, milliy qadriyatlarimiz, yuksak axloqiy, insoniy fazilatlar va vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda xizmat qiladigan milliy axborot resurslarini shakllantirish doimo e'tiborimiz markazida turishi lozim.
Innovatsion ta'lim texnologiyalari quyidagilarga asoslangan:
1. Ta'limning har bir shaxsga yoʻnaltirganlik va tizimli yondashuv, ta'lim subyektlari munosabatlarini demokratlashtirilishi va insonparvarlashtirilishiga;
2. Ta'limda talabalarning roli oʻzgarishiga, ya'ni oʻquv faoliyatini mustaqil olib boruvchi ta'lim jarayonining teng huquqli subyekti ekanligiga;
3. Ta'limda oʻqituvchining roli oʻzgarishiga, ya'ni mustaqil oʻquv faoliyatining tashkilotchisi va talabalarining savodli maslahatchisi boʻlishiga va talabalar bilimi, koʻnikmalari, mahoratlarning nazoratini hamda ehtimolli ogʻishlarni oʻz vaqtida toʻgʻrilash maqsadida ularning bilim darajasini aniqlashga;
4. Ta'limning uslublari va vositalarining oʻzgarishiga, ya'ni muammoli holatlar, faol ijodiy-tadqiqiy faoliyatini yaratishga asoslangan, muamolarni qidirish va yechish, bilimlarni amalda qoʻllashga yoʻnaltirilgan interfaol usullar an'anaviy boʻlib borishiga, jamoa va guruhlarda ishlash keng qamrovli ta'lim shakli sifatida qoʻllanilishiga, axborot texnologiyalari ta'limning an'anaviy vositalari bilan bir qatorda keng qoʻllanilishiga, oʻquv materiallari ta'lim oluvchilar tomonidan bilimlarni mustaqil oʻrganish uchun keng foydalanishiga;
5. Pedagogik boshqarish uslublari va vositalarining oʻzgarishiga, ya'ni oʻqituvchi muammolarni aniqlash, gʻoyalarni regeneratsiya qilish, qarorlarni qabul qilishga qodir va ularning amalga oshishiga mas'uldor menejerga aylanmogʻi darkor. U nafaqat pedagogik, balki talabalarning oʻquv faoliyatini ham bashoratlaydi, loyihalashtiradi va rejalashtiradi, ya'ni qoʻyilgan ta'lim maqsadini amalga oshirish va oʻquv faoliyatining rejalashtirilgan natijalariga erishish boʻyicha qoʻshma faoliyat tizimi va mazmunini ishlab chiqadi. Bashoratlash, loyihalashtirish, rejalashtirish, oʻquv faoliyatini tashkillashtirishda talabalarni qoʻllab-quvvatlaydi va ta'lim jarayonining oʻquv dialogi hamda polilogi sifatini shakillantiradi.
“Texnologiya” yunoncha soʻzdan kelib chiqqan boʻlib “texno” - mahorat, san'at, malaka va “logos” - soʻz, ta'limot ma'nolarini anglatadi.
Ta'limni texnologiyalashtirish – bu oʻqitish jarayoniga texnologik yondashish asosida ta'lim maqsadlariga erishishning eng maqbul yoʻllari va samarali vositalarni tadqiq qiluvchi va qonuniyatlarni ochib beruvchi pedagogik yoʻnalishdir.
Ta'lim texnologiyasi: Bu - mavjud sharoit va oʻrnatilgan vaqtda belgilangan ta'limiy maqsad va koʻzlanayotgan natijalarga kafolatli erishishning vositali ta'minlovchi, muloqot, axborot, boshqaruvning eng qulay yoʻli va oʻqitish vositalarning tartibli yigʻindisidir (ta'lim berish texnologiyasining jarayonli – bayonli jihati).
“Pedagogik texnologiya” - pedagogik hodisa va ta'limni texnologiyalashtirish sohasidagi jarayonda qoʻllaniladigan tushuncha.
“Ta'limdagi innovatsiya” - bu mavjud ta'lim-tarbiya tizimini zamonaviylashtirish orqali uni isloh qilish va takomillashtirishdir.
“Pedagogik mahorat “bu pedagogik jarayonni bilish, uni tashkil eta olish, harakatga keltira olish, pedagogik jarayonning yuqori samaradorligini belgilovchi shaxsning ish sifati va xususiyatlaridir.
Innovatsion pedagogik texnologiyalardan foydalanish quyidagilarga erishishga imkon beradi:
1. Zamonaviy pedagogik texnologiyalaridan foydalanib, tibbiy biologik fanlarni oʻrganish – talabalarda zaruriy koʻnikmalarni hosil qilish imkoniyatini beradi. Talabalarni ta'lim subyekti sifatida faollashtiradi.
2. Dastur asosida muloqotli ta'lim olish talabalarning tibbiy biologik fanlarga qiziqishini oshiradi;
3. Zamonaviy pedagogik texnologiyalaridan foydalanib oʻquv jarayonini jadallashtirishga erishiladi.
4. Zamonaviy pedagogik texnologiyalarni oʻquv jarayoniga tatbiq etib quyidagi natijalarga erishish koʻzda tutiladi:
– oʻquv materialini oʻzlashtirishda zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanish maqsadga muvofiqligi, materialni mantiqiy boʻlimlarga ajratish va ularning har birini mos metodika yordamida oʻrganish, tizimlashtirish, takrorlash, mustahkamlash va talabalar bilimini tekshirish;
– talabalar tomonidan oʻquv materiallarini chuqurroq tushunishlari;
– tibbiy biologiya fanlarini oʻrganishni ijodiy jarayonga aylantirish;
– talabalar tomonidan bajarilgan mustaqil ishlarni nazorat qilish, baholash va sifatli bajarganlarni ragʻbatlantirish;
– oʻzlashtirilishi lozim boʻlgan oʻquv axborot hajmi va harakatini, talabalar bilim darajalarini rivojlanishi va hayotiy tajribasini hisobga olgan holda, ta'limdagi aniq vazifalarni belgilash.
Xulosa qilib aytganda, ta’lim tizimini isloh qilish, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” ni bosqichma-bosqich amalga oshirish, ilg‘or tajribalarga tayangan holda, ta’lim jarayoniga internet tizimini, innovatsion texnalogiyalarni va milliy axborot resurslarini joriy qilib ta’lim sifati, mashg‘ulotlar samaradorligini oshirish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Zamonaviy innovatsion texnologiyalarning ta'lim muassasalariga joriy etilishi, har tomonlama samarali hisoblanadi. Oliy ta'lim tizimida bu texnologiyani joriy qilish uchun barcha shart-sharoitlar mavjud.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.”Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” Toshkent. 1997 yil 29 avgust.
2. Avliyoqulov N. Pedagogik texnologiyalar. Toshkent. 2008 yil.
3. Boyqo‘ziyev H. X., Bobojanova SH.SH., Dehqonova N.T., Djurakulov B.I., Ismoilova N.A. “Tibbiyot oliy ta'lim muassacalarida tibbiy biologik fanlarni oʻqitishda ilgʻor pedagogik texnologiyalardan foydalanish». Samarqand 2019. 51 bet
4. Bobojanova Sh.Sh. Patologiya fanini oʻqitishda interfaol usullarni qoʻllab mashgʻulot samaradorligini oshirish. Toshkent. 2016 yil.
5. Ishmuxammedov R., Abduqodirov R. Innovasion texnologiyalar . Toshkent. 2007 yil.
6. Ishmuxammedov R., Pardaev A., Abduqodirov A. Ta'limda innovasion texnologiyalar. Toshkent. 2008 yil.
7. Maxsudov S.N. va boshqalar . Tibbiyot ta'limida zamonaviy pedagogik texnologiyalarning qullanilishi . Toshkent. 2016 yil.
8. Raximov B. Pedagogik texnologiyalar sxemalarda. Toshkent. 2009 yil.
9. Saidaxmedov N., Abduraximov S. Pedagogik texnologiyalar, pedagogik mahorat. Toshkent. 2010 yil.
10. Tolipov O., Usmonboeva M. Pedagogik texnologiyalar. Toshkent. 2005 yil.
Metin PDF'den otomatik olarak çıkarılmıştır ve hatalar içerebilir.