ResearcherUz LogoResearcherUz
Dergiyi Görüntüle

TOMAS-KILMANNING “NIZOLI VAZIYATLARDA XULQ-ATVOR STILINI BAXOLASH” SO‘ROVNOMASINING METODOLOGIK ASOSI

Özet

Mazkur maqolada Tomas-Klimanning “Nizoli vaziyatlarda xulq-atvor stilini baxolash” so‘rovnomasining yaratilish tarixi, metodologik asosi, N.V.Grishin tomonidan moslashtirilgan ko‘rinishi, metodika mezonlari,  ularning mazmun mohiyati va ularga sabab bo‘luvchi omillar o‘rin olgan.


Tam PDF Belgesi

İlgili Makaleler

Tam metin

UDK: 37.015.3

STILINI BAXOLASH” SO‘ROVNOMASINING METODOLOGIK ASOSI

Psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)

Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti

Annotatsiya:

Mazkur maqolada Tomas-Klimanning “Nizoli vaziyatlarda xulq-atvor stilini baxolash” so‘rovnomasining yaratilish tarixi, metodologik asosi, N.V.Grishin tomonidan moslashtirilgan ko‘rinishi, metodika mezonlari, ularning mazmun mohiyati va ularga sabab bo‘luvchi omillar o‘rin olgan.

Kalit so‘zlar: nizo, nizoli vaziyatlar, kompromis, konfrontatsiya, himoya mexanizmlari, shaxs xususiyatlari, xarakter xususiyatlari, ob’ektiv metodlar, sub’ektiv metodlar, proektiv metodlar.

МЕТОДОЛОГИЧЕСКИЕ ОСНОВЫ ОПРОСА ТОМАСА-КИЛМАНА

«ОЦЕНКА СТИЛЯ ПОВЕДЕНИЯ В КОНФЛИКТНЫХ СИТУAЦИЯХ»

Шукуров Рустам

Доктор философии (PhD) по психологическим наукам

Денаувский институт предпринимательства и педагогики

Аннотaция:

В данной статье описывается история создания опросника Томаса-Климана «Оценка стиля поведения в конфликтных ситуatsiях», его методологическая основа, адаптированная Н.В. Гришиным, методологические критерии, сущность их содержания и факторы, которые к ним приводят.

Ключевые слова: конфликт, конфликтные ситуatsiи, компромисс, противостояние, защитные механизмы, черты личности, черты характера, объективные методы, субъективные методы, проективные методы.

METHODOLOGICAL BASES OF THE THOMAS-KILMAN SURVEY

“ASSESSMENT OF BEHAVIOR STYLE IN CONFLICT SITUATIONS”

Doctor of Philosophy (PhD) in Psycological Sciences

Denau Institute of Entrepreneurship and Pedagogy

ANNOTATION

This article describes the history of the creation of the Thomas-Kliman questionnaire "Assessment of the style of behavior in conflict situations", its methodological basis, adapted by N.V. Grishin, methodological criteria, the essence of their content and the factors that lead to them.

Key words: conflict, conflict situations, compromise, confrontation, defense mechanisms, personality traits, character traits, objective methods, subjective methods, projective methods.

KIRISH

Mavzuning dolzarbligi. Pedagogika va psixologiya fanlarida mavjud diagnostik metodlar quyidagi katta guruhlarga bo‘linadi:

- obyektiv metodlar;

- subyektiv metodlar;

- proektiv metodlar.

Obyektiv metodlar tarkibiga R.Kettel va Vekslerning intelekt testlarini, subyektiv metodlar tarkibiga Tomas-Klimanning “Nizoli vaziyatlarda xulq-atvor stilini baxolash” va Frayburg shaxs so‘rovnomalarini, proektiv metodlar tarkibiga esa R.Gardnerning “Obyektlarni erkin saralash” testlarini misol sifatida keltirishimiz mumkin.

Tomas-Kilmannig “Nizoli vaziyatlarda xulq-atvor stilini baxolash” so‘rovnomasi ham subyektiv metodlar tarkibiga kiradi. So‘rovnoma shaxslararo munosabatlar jarayonida insonlar o‘rtasidagi manfaatlar to‘qnashuvi oqibatida yuzaga keluvchi nizoli vaziyatlarda shaxsning xulq-atvor stilini baxolovchi metodlardan biri hisoblanadi. Mazkur so‘rovnoma orqali insonning nizoli vaziyatlarga bo‘lgan munosabatini, uning samaradorlik xususiyatlarini hamda ushbu vaziyatlar oqibatida yuzaga keluvchi tushunmovchiliklarni boshqarish stillarini aniqlash mumkin. Afsuski, ushbu so‘rovnoma bizning mahalliy muhitimizga moslashtirilmagan. Biroq, Rossiya muhitiga N.V.Grishin tomonidan nizoli vaziyatlarga shaxsning moyillik darajasini o‘rganish maqsadida moslashtirilgan. Mamlakatimizda esa aynan psixologiya va pedagogika sohalari doirasida ilmiy tadqiqot ishlari olib boruvchi olimlar va tadqiqotchilar oldida eng katta muaamo ham mahalliy muhitimizga moslashtirilmagan metodikalarning soni salmoqli emasligi va ularning metodologik asoslarini izlab topishdagi qiyinchiliklar hisoblanadi. Shu boisdan ham quyida tadqiq etiluvchi muammo ham bugungi kunda dolzarb ahamiyat kasb etadi.

Maqolaning ilmiy yangiligi quyidagidan iborat:

nizoli xulq-atvor tipologiyasi hamkorlik va talabchanlik kabi ikki xil xulq-atvor uslubiga asoslanadi.

Tadqiqotning maqsadi: Tomas-Kilmanning “Nizoli vaziyatlarda xulq-atvor stilini baxolash” so‘rovnomasining metodologik asosini tadqiq etish, uning mezonlarining mazmun mohiyatini o‘rganish va boshqa xususiyatlar bilan bog‘liqlik jihatlarini aniqlashdan iborat.

Tadqiqotning obyekti: Tomas-Kilmanning “Nizoli vaziyatlarda xulq-atvor stilini baxolash” so‘rovnomasining metodologik asosi va mezonlarini.

Material va tadqiqot usullari (Materials and methods)

Adabiyotlar tahlili. Tomas-Kilmann so‘rovnomasi aslida nizoli vaziyatlarni samaraliroq boshqarish uchun ishlab chiqilgan va olimlarning 40 yillik tadqiqot ishlarining natijalari hisoblanadi [3].

Metodikani yaratilishiga bevosita hissa qo‘shgan olimlardan biri Kennet Tomas bo‘lib, u nizoli vaziyatlarni o‘rganishi davomida nizo faqat tahdidni yuzaga keltiruvchi salbiy hodisa sifatida tushungan hamda nizolarning salbiy va ijobiy vazifalarini hisobga oluvchi an’anaviy yondashuv usulidan borgan. Shunga muvofiq K.Tomas nizolarni o‘rganish borasida quyidagi jihatlarga e’tibor qaratgan:

- nizoli vaziyatlarda insonlar qanday xulq-atvor shakllarini namoyon qilishlari ya’ni ularning qaysi biri samarali yoki destruktiv ekanligi;

- nizoli vaziyatlarni boshqarishda samarali xulq-atvor namunalarnin qanday shakllantirish kerakligi [1].

K.Tomas nizoli vaziyatlarda insonlarning xulq-atvor tiplarini tavsiflash uchun ularlarni boshqara olishning ikki o‘lchovli modelini qo‘llash mumkin deb hisoblagan. K.Tomas mazkur modelni Ralf Kilmann bilan hammualliflikda ishlab chiqqan. Shu boisdan metodika Tomas-Kilmann so‘rovnomasi deb ataladi. Olimlar so‘rovnomani ishlab chiqishda insonlar har qanday holatda ham nizolardan qochishga intilmasliklari kerak, aksincha uni malakali boshqarishlari kerak fikrga amal qilishgan[7].

Dastlab Tomas va Kilmanning birinchi ishlariga AQShda joylashgan “Xicom” nashriyot kompaniyasi homiylik qilgan. 1974 yilda “Xicom” nashriyot kompaniyasi metodikani kitobcha ko‘rinishida o‘n olti sahifada nashr etgan. 1998 yilda esa ularning ishlari Kaliforniya shtatida joylashgan “CPP” nashriyot kompaniyasi tomonidan sotib olinadi. Nashriyot almashinuvi Tomas-Kilmann so‘rovnomasining rivojlanishida burilish nuqtasi bo‘ladi, chunki kompaniya o‘zgarganidan ko‘p o‘tmay ispan, fransuz va portugal tillariga tarjima qilinib butun dunyo bo‘ylab tarqaladi. 1970 yillarning oxiriga kelib, Tomas-Kilmann metodikasi respondentlar tomonidan tanqidga uchrau boshlaydi. Buning natijasida olimlar metodikaning kamchilik tomonlarini bartaraf etganlar.

Metodika asosida o‘tkazilgan dastlabki tadqiqot ishlarining natijalari 1977 yilda “Nizolarni hal qilishda xulq-atvorining majburiy tanlov chorasini ishlab chiqish” maqola nomi ostida e’lon qilingan. Keyinchalik mualliflar tomonidan yozilgan “Nizo xulq-atvorini aniqlashning to‘rtta vositasini taqqoslash” maqolasida metodika R.Bleyk Dj.Moutonom Lourens, Lorsh va Xoll metodikalari bilan solishtirilgan va TomasKilmanning metodikalari o‘ziga xos bo‘lgan afzallik jihatlari mavjudligi namoyon bo‘lgan [4].

Metodika 2007 yilgacha AQShda asosan 339 nafar oq tanli erkaklar o‘rta va yuqori darajadagi biznes menejerlari va hukumat a’zolarida o‘tkazilgan va metodika ularning natijalariga asoslangan. 2007 yildan makur metodika AQSh aholisini jinsi, irqi, yoshi, ish tajribasi va geografik joylashuvi bo‘yicha aks ettiruvchi 8000 respondentdan (59 000 respondentdan tanlab olingan) tasodifiy, tabaqalashtirilgan insonlar o‘rtasida ham o‘tkazila boshlagan. 2013 yilda so‘rovnomaning yapon tiliga tarjimasi bilan tadqiqot ishlari olib borilgan va bunda tadqiqot natijalari Qo‘shma Shtatlarda o‘tkazilgan tadqiqot natijalaridan jiddiy farq qilmagan.

K.Tomas va R.Kilmanning [2] fikricha, nizoli xulq-atvor tipologiyasi ikki xil xulq-atvor uslubiga asoslanadi:

- hamkorlik - shaxsning nizoda ishtirok etayotgan boshqa odamlarning manfaatlariga e’tibori;

- talabchanlik - o‘z manfaatlarini himoya qilishga urg‘u berish.

Ushbu ikkita asosiy o‘lchovga ko‘ra, K.Tomas nizolarni boshqarishning quyidagi usullarini ta’kidlab o‘tadi:

A) raqobat - boshqa shaxsning manfaatlariga zarar yetkazgan holda o‘z manfaatlarini qondirishga erishish istagida ifodalangan qarama-qarshilik;

B) moslashish - raqobatdan farqli o‘laroq, o‘zgalarning manfaatlari yo‘lida o‘z manfaatlarini qurbon qilish;

V) murosaga kelish - nizolashayotgan tomonlar o‘rtasida o‘zaro yon berish orqali erishilgan kelishuv sifatida murosaga kelish;

G) qochish (e’tibor bermaslik) - bu ham hamkorlik qilishdan bosh tortish. Bu esa o‘z maqsadlariga yerishish tendensiyasining yo‘qligi bilan tavsiflanadi;

D) hamkorlik - vaziyat ishtirokchilari har ikki tomonning manfaatlarini to‘liq qondirish.

ASOSIY QISM

Tomas-Klimann so‘rovnomasi rus muhitiga N.V.Grishin [9] tomonidan mostirilgan. Mazkur moslashtirilgan ko‘rinishida uning mezonlarining mazmunmohiyatini quyidagicha ko‘rinishda izohlanadi:

1. Nizodan qochish. Raqibning ob’ektiv ravishda o‘zidan ko‘ra ko‘proq kuchga ega bo‘lgan va uni nizoli vaziyatlarda kurashish befoyda ekanligini anglab yetganda samarali qo‘l keladi. Shu boisdan u doimo samarali kechmaydi. Chunki mazkur usul orqali inson muammodan vaqtinchalik halos bo‘lishi mumkin ammo butunlay emas. kechinmalarini to‘liq bayon eta olmaslik xarakter xususiyatini shakllantiradi.

2. Moslashish. Yuzaga kelgan muammo nizolashayotgan tomonlar uchun muhim bo‘lmagan yoki ular o‘rtasidagi munosabatlar bir-birlari uchun qadrli bo‘lib, maqsadga erishishdan ko‘ra muhimroq bo‘lgan holatlarda qo‘llaniladi. Agar maqsaddan voz kechish odamga ko‘p mehnat talab qilmagan bo‘lsa, unga rioya qilish uning o‘zini o‘zi qadrlashi va raqibi bilan munosabatlariga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Boshqasi qurbonni payqaganini va qadrlaganini his qilish juda muhimdir. Aks holda, bezovtalanish, norozilik hissi va shuning uchun hissiy nizolar uchun zamin qoladi.

3. Qarama-qarshilik. Qarama-qarshilik - jiddiy vaziyatlar va hayotiy muammolar vaqtida yuzaga keluvchi usul bo‘lib, u ko‘pincha ekstremal vaziyatlarda samarali bo‘ladi. Inson mazkur usuldan o‘zida yetarlicha kuchga ega bo‘lsa, o‘z kuchiga ishonsa foydalana oladi. Agar kuch yetarli bo‘lmasa, bunday holatda inson vaziyatdan chiqib keta olmay qolish ehtimoli yuqori bo‘ladi.

4. Hamkorlik - nafaqat xulq-atvor usuli balki, o‘zaro xatti-harakatlar usuli hamdir. Mazkur usul ikki tomon ham o‘zaro teng munosabatlarga ega bo‘lgan ishga tushadi. Bu esa uzoq muddatli va qimmatli munosabatlarda ajralmas qismi bo‘lib qolishi uchun zamin hozirlaydi. Bu usul ikkala tomonning ham manfaatlari, qiziqishlar va qadriyatlarini inobatga olgan holda nizoni bartaraf etish imkonini beradi. Hamma yaxshi hamkorlik, bittasidan tashqari. Hamkorlik usuli shoshqaloqlikka toqat qilmaydi, balki nizolarni butunlay hal qilishga imkon beradi.

5. Kompromiss – ikki tomon ham o‘za munosabatlarni saqlab qolish istagi yuzaga kelganda qo‘llaniluvchi usul hisoblanadi. Kompromiss usuli kamdan-kam hollarda nizoli jarayonlar natijasidan haqiqiy qoniqish hosil qilishga olib keladi. Natijada ikki tomon ham maqsadga to‘liq erishmaydi va bir tomon nizoning ijobiy natijasi qurboniga aylanadi.

Nizoli vaziyatlardan halos bo‘lish uchun qo‘llanadigan mazkur usullar shaxsning psixologik himoya mexanizmlariga, shaxs xususyaitlariga, xarakteriga va temperament tiplariga ham bog‘liq hisoblanadi[6].

Psixologik himoya mexanizmlaridan:

Rad etish bu yoqimsiz bo‘lgan ma’lumotni e’tiborsiz qoldirishdir. Bu mexanizmning mohiyati tashvish keltiruvchi ma’lumotlardan uzoqroq yurishga intilish hisoblanadi.

Siqib chiqarish - yoqimsiz yoki bezovta qiluvchi ma’lumotlarni ongli ravishda ong osti holatiga o‘tkazish mexanizmi hisoblanadi.

Ratsionalizatsiya – ma’lumotlarning faqat ma’lum qisminigina anglash va fikrlashda foydalanish bilan bog‘liq ximoya bo‘lib, unga ko‘ra insonning o‘z xattiharakati yaxshi nazorat qilinadi va ob’ektiv sharoitlarga mos keladi.

Kompensatsiya - o‘zidagi mavjud bo‘lgan kamchiliklar tufayli kelib chiqadigan ruhiy zo‘riqishlardan xalos bo‘lish maqsadida boshqa sifatlarini rivojlantiradi [8].

Shaxs xususiyatlaridan[5]:

Asabiylik;

Spontan agressivlik;

Depressivlik;

Jizzakilik;

Emotsional o‘zgaruvchanlik

Tortinchoqlik;

Samimiylik

Xarakter xususiyatlaridan:

Shizoidlik;

Depressivlik;

Obsessivlik;

Isteriklik.

Temperament tiplaridan:

Xolerik;

Flegmatek;

Melanxolik;

Sangvinik.

Natijalar va ularning muhokamasi. Yuqorida keltirilib o‘tilgan nizoli vaziyatlardan halos bo‘lish uchun qo‘llanadigan mazkur usullarga sabab bo‘luvchi omillarni quyidagicha jadval qo‘rinishida aks ettirish ham mumkin (1 jadval).

1 jadval.

Nizoli vaziyatlardan halos bo‘lish uchun qo‘llanadigan mazkur usullarga

sabab bo‘luvchi omillar

Nizoli vaziyatlardan

halos bo‘lish

uchun qo‘llanadigan

mazkur

usullar

Temperament

tiplari

Xarakter

xususiyatlari

Shaxs

xususiyatlari

Himoya

mexanizmlari

Nizodan

qochish Melanxolik Depressiv Tortinchoqlik Rad etish

Moslashish Sangvinik Isterik Emotsional

o‘zgaruvchanlik

Siqib chiqarish

Qarama-

qarshilik Xolerik Obsessiv

Asabiylik va

Spontan

agressivlik

Kompensatsiya

Hamkorlik

Melanxolik va

Sangvinik Shizoid Samimiylik

Siqib chiqarish

Kompromiss Melanxolik va

sangvinik

Depressiv va

isterik

Emotsional

o‘zgaruvchanlik

va Samimiylik

Siqib chiqarish

Хulosalar

1. Tomas-Klimann metodikasi o‘ziga xos bo‘lgan tarixiy rivojlanish taraqqiyotiga ega so‘rovnomalardan hisoblanadi.

2. Metodika yaratilgan buyon to bugungi kungacha tadqiqotchi olimlar tomonidan keng miqiyosida foydalanib kelinmoqda. Shuningdek metodika shaxslarning nizoli vaziyatlardagi xulq-atvor stillarini yetarlicha darajada aniqlab beradi.

3. Inson nizoli vaziyatlardan halos bo‘lish uchun qo‘llaydigan usullar psixologik himoya mexanizmlariga, shaxs xususyaitlariga, xarakteriga va temperament tiplariga ham bog‘liq hisoblanar ekan.

Bibliografik havolalar (References)

1. Amanda J. Weber Craig A. Johnson Richard C. Thompson (2013) Technical Brief for the TKI Japanese//Mountain View, CA: CPP

2. Загорюев А.Л. (2011) Статистическое обоснование результатов измерений профессиональной направленности // Профессиональная направленность личности в условиях инновatsiонных преобразований общества : мат-лы межрегион. заочн. науч.-практ. конф., Екатеринбург, окт. 2011 г. Екатеринбург : ЕФ ЛГУ им. А. С. Пушкина, С. 58-64.

3. Ken Thomas and Ralph Kilmann (2014) CPP, Inc. Infographic—40 Years of Conflict Resolution: Meet the TKI (Mountain View, CA: CPP, Inc., 2014).https://people.themyersbriggs.com/TKI40.html

4. Kilmann R.H., Thomas K.W. (1977) Developing a Forced-Choice Measure of Conflict-Handling Behaviour: The “Mode” Instrument // Educational and Psychological Measurement. Vol. 37. №. 2. P. 309-325.

5. Мартыненко, Н.А. (2016) “Коррекция юношеской агрессии в процессе тренировочной и соревновательной практики в карате киокусинкай” Коллеганов Психологические исследования личности в современной стрессогенной среде: материалы V Всероссийской заочной научно-практической конференции 28-29 марта 2016 г. / под общ. ред. М.В. Лукьяновой, Т.А. Майборода. – Ставрополь: Изд-во СКФУ, – 261 с

6. Папонова Н.Е. (2012) Конфликтный менеджмент и общность интересов // Кадры предприятия. № 5. С. 36-43.

7. Ralph H. Kilmann and K. W. Thomas (1977) “Developing a Forced-Choice Measure of Conflict-Handling Behavior” // Educational and Psychological Measurement.

8. Hovanesian S, Isakov I, Cervellione KL (2009 ) “Defense mechanisms and suicide risk in major depression”. Arch Suicide Research. Volume 13,– Issue 1. 74–86 p.

9. Томаса К. (2001) (адаптaция Н.В.Гришиной) // Психологические тесты / Под ред. А. А. Карелина: В 2т. — М., — Т.2. С. 69-77

Metin PDF'den otomatik olarak çıkarılmıştır ve hatalar içerebilir.