ResearcherUz LogoResearcherUz
Dergiyi Görüntüle

UMRBOD OZODLIKDAN MAHRUM QILISH JAZOSINI IJRO ETISH

Özet

Demokratik jamiyatda inson eng oliy qadriyat hisoblanadi. Insonning hayoti, sog’logi va erki uning eng asosiy boyligi hisoblanib, bu boylikni himoya qilish hukumatning asosiy va zifasi hisoblanadi. Ushbu qadriyatlarni himoya qilish maqsadida davlatimiz o’z qonunchiligini takomillashtirib, zamon va globallashuvtalablariga moslashtirib kelmoqda. Mazkur maqola umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosining joriy etilish tarixi, uni o’tash tartibi haqida ma’lumot beradi va ushbu sohada yangilik bo’lishi mumkin bo’lgan takliflar kiritadi.


Tam PDF Belgesi

İlgili Makaleler

Tam metin

UMRBOD OZODLIKDAN MAHRUM QILISH JAZOSINI IJRO ETISH

Melikov Asilbek Ahmadjon o’g’li

Termiz davlat universiteti Yuridik fakulteti

jinoyat huquqi va fuqarolik protsessi kafedrasi talabasi

Ilmiy rahbar: Irnazarov Shuxrat Najmetdinovich

Termiz davlat universiteti Yuridik fakulteti

jinoyat huquqi va fuqarolik protsessi kafedrasi

jinoyat ijroiya fan o’qituvchisi

ANNOTATSIYA

Demokratik jamiyatda inson eng oliy qadriyat hisoblanadi. Insonning hayoti, sog’logi va erki uning eng asosiy boyligi hisoblanib, bu boylikni himoya qilish hukumatning asosiy va zifasi hisoblanadi. Ushbu qadriyatlarni himoya qilish maqsadida davlatimiz o’z qonunchiligini takomillashtirib, zamon va globallashuvtalablariga moslashtirib kelmoqda. Mazkur maqola umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosining joriy etilish tarixi, uni o’tash tartibi haqida ma’lumot beradi va ushbu sohada yangilik bo’lishi mumkin bo’lgan takliflar kiritadi. Kalit so’zlar: o’lim jazosi; umrbod ozodlikdan mahrum qilish; qatti, odatdagi, yengillashtirilgan saqlash sharoitlari; mahkumlarni mehnatga jalb qilish.

KIRISH

Jazo jinoyat sodir etishda aybli deb topilgan shaxsga nisbatan davlat nomidan sud hukmi bilan qo’llaniladigan va mahkumni qonunda nazarda tutilgan muayyan huquq va erkinliklardan mahrum qilish yoki ularni cheklashdan iborat majburlov chorasidir. i Aybdorni jazolashdan ko’zlaniladigan maqsad mahkumni ahloqan tuzatish, uning jinoiy faoliyatini davom ettirishiga to’sqinlik qilish hamda mahkum, shuningdek boshqa shaxslar yangi jinoyat sodir etishining oldini olishdirii. O’zbekiston Respublikasi jinoyat kodeksida mavjud bo’lgan to’qqizta jazo turlaridan eng og’iri hisoblangan, faqatgina javobgarlikni og’irlashtiradigan holatlarda odam o’ldirish va terrorizm uchun belgilanadigan umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi ham aynan shu maqsadda, o’ta shafqatsiz va demokratiya qoidalariga zid hisoblanuvchi o’lim jazosi o’rniga joriy qilingan.

Asosiy qism

1. O’lim jazosining bekor qilinishi va umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosining

joriy qilinishi O’lim jazosi dastlab o’ttiz uchta, keyin o’n uchta, keyinchalik esa ikkita turdagi jinoyatlar uchun qo’llanilgan bo’lib, uni o’tash mahkumni jazoni ijro etish muassasasida otib tashlash bilan amalga oshirilgan. O’zbkiston Republikasi demokratik davlat ekanligi, uning bosh qonuni hisoblangan konstitutsiyasida ham yashash huquqi insonning uzviy huquqi ekanligi belgilab qo’yilganligi o’lim jazosining hali ham mavjud bo’lishiga yo’l qo’ymas edi. Haqiqatan ham o’lim jazosi mahkumning xulqini tuzatish maqsadini amalga oshirmaydi. O’lim jazosiga hukm qilingan mahkum keyinchakim oqlangan taqdirda ham jazo ijro etilib , biologik jihatdan o’ldirilgan odam uchun bu yaxshi yakun bo’lmas edi. O’lim jazosining qonunchilikda mavjud bo’lishi xalqaro hamjamiyat bilan integratsiyalashishga intilayotgan davlatimizning xalqaro obro’siga ham salbiy ta’sir qilar edi. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 1-avgustdagi “O’zbekiston Respublikasida o’lim jazosini bekor qilish to’g’risida”gi farmoni e’lon qilinishi bilan bu jazo turining qonunchilikdan olib tashlanishiga zamin yaratildi. Shu bilan 2008-yil 1-yanvardan respublikamizda o’lim jazosi jazo turi sifatida bekor qilindi va uning o’rniga umrbod yoki uzoq muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi joriyetilishi belgilandiiii.

2. Umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosini ijro etish Umrbod ozodlikdan maxrum etishga hukm qilingan mahkumlar jazoni maxsus saqlash sharoitlarida o’taydilar. Ular kameralarga ko’pi bilan ikki kishidan joylashtiriladilar, ammo iltimoslariga ko’ra yoki zarurat bo’lganda bir kishidan joylashtirilishi ham mumkin. Har bir mahbusga ajratilgan yashash maydoni to’rt kvadrat metrdan kam bo’lmasligi kerak. Mahkumlarga kuniga bir yarim soatgacha sayr qilishga ruxsat etiladi. Umrbod ozodlikdan mahrum etilgan mahkumlar jazoni uch xil: qattiq, odatdagi va yengillashtirilgan saqlash sharoitlarida o’taydilar. Qattiq tartibli saqlash sharoitida jazoning dastlabki 10 yili o’taladi. Mahkum shu o’n yil ichida intizomiy javobgalikka tortilmasa jazoni o’tash qattiq tartibli saqlash sharoitidan odatdagi saqlash sharoitiga o’tkaziladi. Qattiq tartibli koloniyalarda umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosini o’tayotgan mahkumlar

• o’z shaxsiy varag’ida mavjud bo’lgan mablag’dan mehnatga haq to’lash eng kam

miqdorining 26,5 foizigacha bo’lgan summaga oziq-ovqat va eng zarur bo’lgan

mahsulotlarni sotib olish,

• bitta banderol olish huquqiga ega.iv Umrbod ozodlikdan mahrum qilinib, jazoni odatdagi saqlash sharoitlarida oʻtayotgan mahkumlar

• oʻz shaxsiy hisobvaragʻida mavjud boʻlgan mablagʻlardan qonunchilikda belgilangan

mehnatga haq toʻlash eng kam miqdorining 35,2 foizigacha miqdordagi summaga har

oyda oziq-ovqat mahsulotlari va eng zarur narsalar sotib olish,

• yil mobaynida bir marta uzoq muddatliuchrashuv,

• ikkita banderol olish huquqiga ega.v Umrbod ozodlikdan mahrum qilinib, jazoni yengillashtirilgan saqlash sharoitlarida oʻtayotgan mahkumlar

• oʻz shaxsiy hisobvaragʻida mavjud boʻlgan mablagʻlardan belgilangan mehnatga haq

toʻlash eng kam miqdorining 52,7 foizigacha miqdordagi summaga har oyda oziq-

ovqat mahsulotlari va eng zarur narsalar sotib olish,

• yil mobaynida bir marta uzoq muddatliuchrashuv,

• uchta banderol olish huquqiga ega.vi Qattiq tartibli • o’z shaxsiy varag’ida mavjud bo’lgan

mablag’dan mehnatga haq to’lash eng kam

miqdorining 26,5 foizigacha bo’lgan summaga

oziq-ovqat va eng zarur bo’lgan mahsulotlarni

sotib olish,

bitta banderol olish huquqiga ega Odatdagi tartibli • oʻz shaxsiy hisobvaragʻida mavjud boʻlgan

mablagʻlardan qonunchilikda belgilangan

mehnatga haq toʻlash eng kam miqdorining

35,2 foizigacha miqdordagi summaga har oyda

oziq-ovqat mahsulotlari va eng zarur narsalar

sotib olish,

ikkita banderol olish huquqiga ega Yengillashtirilgan tartibli • oʻz shaxsiy hisobvaragʻida mavjud boʻlgan

mablagʻlardan belgilangan mehnatga haq

toʻlash eng kam miqdorining 52,7 foizigacha

miqdordagi summaga har oyda oziq-ovqat

mahsulotlari va eng zarur narsalar sotib olish,

uchta banderol olish huquqiga ega

3. Umrbod ozodlikdan mahrum etilgan mahkumlarning mehnatini tashkil etish O’zbekiston Respublikasi Jinoyat ijroiya kodeksining 138-moddasiga muvofiq umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosini odatdagi va yenillashtirilgan saqlash sharoitlarida o’tayotgan mahkumlarning mehnat qilishi uchun sharoit ish kameralarida tashkil etiladi. Jazoni qattiq tartibli saqlash sharoitida o’tayotgan mahkumlarning ishlashiga ruxsat etilmaydi. Ular jazoning dastlabki o’n yilini intizomiy jazolarsiz o’tab, odatdagi saqlash sharoitiga o’tmagunlarigacha o’zi yoki davlatga foyda keltiruvchi biror bir foydali ish qilish imkoniyatiga ega bo’lishmaydi.

4. Umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosiga hukm qilingan mahkumni

rag’batlantirish va afv qilish O’zbekiston Respublikasi Jinoyat ijroiya kodeksining 102-moddasi birinchi qism ikkinchibeshinchi xatboshilarida nazarda tutilgan ilgari qoʻllanilgan intizomiy jazoni muddatidan oldin olib tashlash; yorliq, qimmatli sovgʻa yoki pul mukofoti bilan taqdirlash; qoʻshimcha posilka, yoʻqlov yoki banderol olishga ruxsat etish; qoʻshimcha uchrashuv yoki telefon orqali soʻzlashuv huquqini berish viitarzidagi rag’batlantirish choralaridan biri qo’llaniladi. Afv etish to’g’risida iltimosnoma esa umrbod ozodlikdan mahrum etish jazosining yigirma besh yilini mahkum o’tab bo’lganidan so’ng berilishi mumkin. Bunning uchun mahkum ushbu yigirma besh yil davomida intizomiy jazo olmagan, mehnat va o’qishga nisbatan vijdonan munosabatda bo’lib, tarbiyaviy tadbirlarda faol ishtirok etib haqiqatda tuzalish yo’liga kirgan bo’lishi kerak.

XULOSA VA TAKLIFLAR

Xulosa qilib aytganda o’lim jazosi bekor qilinib, uning o’rniga umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosining joriy qilinishi O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida mustahkamlangan inson huquqlari va demokratiyaning mustahkamlanishiga katta hissa qo’shdi. Ushbu jazodan ozod etilish imkoniyatining ham mavjudligi hukm etilganlarning axloqan tuzalishi uchun katta turtki bo’ladi. Umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosiga hukm qilingan shaxslarning mehnatini tashkil qilish va ularni afv etishda yana yengillik yaratish masqadida mahkumlar agarda haqiqatda tuzalish va davlatga, oilalariga yordam berish niyati bo’lgan taqdirda jazoning besh yilini o’tagandan so’ng o’zlarining takliflariga ko’ra qattiq tartibli koloniyalarda jazoni o’tayotgan mahkumlarning mehnatini tashkil qilish, bunday tartibda jazoning dastlabki o’n yilining besh yilini mehnat qilib o’tagan mahkumlarning mehnatini esa og’ir mahnat sharoitidagi yoki inson sog’ligi uchun xavfli yoki zararli bo’lgan sharoitlarda tashkil etish imkonini yaratish, shuningdek, ushbu sharoitlarda mehnat qilib jazoning yigirma yilini o’tagan mahkumlar haqiqatda tuzalish yo’liga kirgan, mehnatga va o’qishga vijdonan yondashgan, tarbiyaviy tadbirlarda faol ishirok etgan taqdirda afv etish uchun iltimosnoma berish imkoniyati yaratilishi taklif qilaman. Besh yil davomida qattiq tartibli koloniyada jazoni o’tagan mahkum haqiqatda tuzalish yo’liga kirib intizomiy jazoga tortilmgan taqdirda o’zi bergan iltimosnomaga ko’ra mehnatga jalb qilinishi va keyingi besh yilni ham shunday xulq bilan, mehnat qilib o’tkazishi moliyaviy jihatdan ham foydali bo’ladi. Shundan so’ng odatdagi tartibli koloniyada o’n yilni o’tashi kerak bo’lgan mahbus o’zining iltimosnomasiga ko’ra inson hayoti va sog’ligi uchun xavfli sharoitlarda mehnat qilib davlatga va oilasiga foyda keltirishni istasa unga shunday imkoniyatning yaratilishi ham foydali bo’lar edi. Bunday imkoniyatlarning mavjudligi mahkumlarning ozodlikka chiqishga, axloqan tuzalishga bo’lgan istagini qo’llab quvvatlaydi va boshqalar mahkumlar uchun ham yaxshi namuna bo’ladi deb o’ylayman. i O’zbekiston Respublikasi jinoyat kodeksi 42-modda ii O’bekiston Respublikasi jinoyat kodeksi 42-modda iii . O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 1-avgustdagi “O’zbekiston Respublikasida o’lim jazosini bekor qilish to’g’risida”gi farmoni iv O’zbekiston Respublikasi Jinoyat ijroiya kodeksi 137-modda v O’zbekiston Respublikasi Jinoyat ijroiya kodeksi 137-modda vi O’zbekiston Respublikasi Jinoyat ijroiya kodeksi 137-modda vii O’zbekiston Respublikasi Jinoyat ijroiya kodeksi 102-modda Foydalanilgan adabiyotlar:

1. https://lex.uz/ru/docs/-163629

2. O’zzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi(01.04.1995 yangilangan tahriri)

3. Ozbekiston Respublikasi Jinoyat ijroiya kodeksi(01.10.1997 yangilangan tahriri)

4. Jinoyat ijroiya huquqi darslik (Toshkent – 2022, Taqrizchilar: O‘zbekiston

Respublikasi IIV JIED boshlig‘ining o‘rinbosari polkovnik G.B.Kurambayev;

yuridik fanlar doktori, professor B.B.Murodov, mualliflar: I.Ismailov, B.A.Saidov,

A.A.Shodiyev va boshqalar)

Metin PDF'den otomatik olarak çıkarılmıştır ve hatalar içerebilir.