ORCID. 0009-0004-9972-4259
Annotatsiya
KIRISH
umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘quvchilarning grafik savodxonligini oshirish va ularda fazoviy tasavvurni rivojlantirish chizmachilik fanining asosiy vazifalaridan biridir.
MAQSAD
chizmachilik darslarida yakunlanmagan chizmalardan foydalanish orqali o‘quvchilarning fazoviy tasavvurini va fikrlash qobiliyatini bosqichma-bosqich rivojlantirish metodikasini ilmiy-amaliy jihatdan asoslash.
MATERIALLAR VA METODLAR
tadqiqot metodik va pedagogik manbalar tahlili, grafik topshiriqlarni modellashtirish hamda 8-sinf o‘quvchilarining bilim darajasidagi tafovutlarni inobatga olgan holda proyeksion va aksonometrik tasvirlar uzviyligini ta’minlovchi grafik metodlarga tayangan holda olib borildi.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
detal bo‘yicha 50-60% ma’lumot berilgan yakunlanmagan chizmalarni va yetishmovchi chiziqlarni o‘quvchilar tomonidan ijodiy to‘ldirish topshiriqlari darsda barcha o‘quvchilarning bir vaqtda faol qatnashishini ta’minladi va murakkablik darajasi oshib boruvchi topshiriqlar fanni o‘zlashtirish samaradorligini oshirdi.
XULOSA
yakunlanmagan chizmalar vositasida o‘qitish o‘quvchilarning chizmalarni o‘qish ko‘nikmasini boyitadi, sinfdagi o‘zlashtirish darajasini tenglashtiradi hamda fazoviy tasavvurni va mantiqiy fikrlashni rivojlantirishda samarali didaktik poydevor bo‘lib xizmat qiladi.
Kalit so‘zlar: yakunlanmagan chizma, eskiz, yetishmovchi chiziq, ta’lim, metod, fazoviy tasavvur, detal.
ИСПОЛЬЗОВАНИЕ НЕЗАВЕРШЕННЫХ ЧЕРТЕЖЕЙ В РАЗВИТИИ
ПРОСТРАНСТВЕННОГО ВООБРАЖЕНИЯ УЧАЩИХСЯ НА УРОКАХ ЧЕРЧЕНИЯ В
ОБЩЕОБРАЗОВАТЕЛЬНЫХ ШКОЛАХ.
Хожакулов Элбек Эрматович, доцент кафедры «Изобразительное искусство и инженерная графика», Каршинский государственный университет.
Аннотация
ВВЕДЕНИЕ
повышение графической грамотности и развитие пространственного воображения учащихся средних общеобразовательных школ являются ключевыми задачами черчения.
ЦЕЛЬ
научно-практическое обоснование методики развития пространственного воображения и мышления учащихся 8-х классов с использованием незавершенных чертежей на уроках черчения.
МАТЕРИАЛЫ И МЕТОДЫ
исследование опирается на анализ педагогической литературы, моделирование графических заданий и графические методы, обеспечивающие взаимосвязь проекционного и аксонометрического изображений с учетом разного уровня подготовки учащихся.
ОБСУЖДЕНИЕ И РЕЗУЛЬТАТЫ
использование незавершенных чертежей, содержащих 50-60% информации о детали, где оставшаяся часть выполняется учащимися самостоятельно, позволило вовлечь весь класс в активную работу и поэтапно повысить уровень усвоения материала за счет усложнения заданий.
ЗАКЛЮЧЕНИЕ
применение незавершенных чертежей способствует обучению чтению чертежей, выравнивает уровень знаний учащихся в классе и служит эффективным дидактическим средством для развития пространственного воображения.
Ключевые слова: незавершенный рисунок, эскиз, неполная линия, образование, метод, пространственное воображение, деталь.
THE USE OF INCOMPLETE DRAWINGS IN DEVELOPING SPATIAL IMAGINATION
OF STUDENTS IN DRAWING CLASSES AT SECONDARY SCHOOLS.
Khojakulov Elbek Ermatovich, Associate Professor at the Department of Fine Arts and Engineering Graphics, Karshi State University.
Annotation
INTRODUCTION
enhancing graphic literacy and developing spatial imagination among middle school students represent the core objectives of teaching drawing.
AIM
to provide a scientific and practical foundation for a methodology aimed at developing students' spatial imagination and critical thinking by employing incomplete drawings in drawing classes.
MATERIALS AND METHODS
the study was based on pedagogical literature analysis, task modeling, and graphical methods ensuring the integration of orthographic and axonometric projections while accounting for varying student skill levels in 8th grade.
DISCUSSION AND RESULTS
implementing incomplete drawings—which provide 50-60% of the detail's technical information while requiring students to independently complete the remaining lines—ensured simultaneous active engagement across the classroom and enhanced learning outcomes through progressive task complexity.
CONCLUSION
incorporating incomplete drawings effectively trains students in reading technical drawings, balances knowledge levels among classmates, and serves as a vital didactic tool for expanding spatial imagination.
Keywords: incomplete drawing, sketch, incomplete line, education, method, spatial imagination, detail.
Ma’lumki, chizmachilik fani umumiy o‘rta ta’lim maktablarida 8-sinfda o‘rgatila boshlanadi. Bu davrga kelib o‘quvchilarda obektiv va subektiv sabablarga ko‘ra fazoviy tasavvur qilish qobiliyati turli darajada rivojlangan bo‘ladi.
O‘quvchilarda fazoviy tasavvur qilish qobiliyatlarining shakllanganligi va rivojlanganligi, o‘z navbatida, dars jarayonida ularning yangi materialni o‘zlashtirshida ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, o‘quvchilar tomonidan nafaqat chizmachilik fanlarining, balki qator fanlarning a’lo darajada o‘zlashtirilishi ularda fazoviy tasavvurning yaxshi rivojlanganligi bilan bevosita bog‘liq.
Chizmachilik fanining asosiy maqsadi o‘quvchilarning chizmalarni chizish bo‘yicha grafik savodxonliklarini oshirish, shuningdek chizmalarni o‘qishga o‘rgatish orqali ularni fazoviy tasavvurini boyitishdan iboratdir. Agar o‘quvchilarga qiziqarli topshiriqlar bilan dars o‘tilsa ularni chizmachilik faniga qiziqishi, faolligi yanada ortadi. Bizga ma’lumki test, krassvord, didaktik o‘yinlar va boshqa qiziqarli mashg‘ulotlar kabi tugallanmagan chizmalar ham o‘quvchilar chizmachilik fanini chuqurroq o‘zlashtirishda boshlang‘ich poydevor bo‘lib xizmat qiladi. Sinfda taxminan 25-30 nafargacha o‘quvchi bo‘ladi. Bu o‘quvchilarning hammasini bilim darajasi bir xil bo‘lmasligi dars davomida o‘tilgan mavzularni aniq tushunmaslikka olib keladi. Sinfda o‘quvchilarning bilim darajasi bir xil bo‘lmasligi ba’zi bir o‘quvchilarning o‘tilgan mavzularni o‘zlashtirishi yoki ba’zilaring o‘zlashtira olmasligiga olib keladi. Fanni o‘zlashtira olmaslikni oldini olishda o‘tilgan mavzu bo‘yicha beriladigan grafik topshiriqlarni yanada qiziqarli bo‘lishiga ko‘p hollarda bog‘liq bo‘ladi. Bu borada ijodiy izlanish talab qiladigan topshiriqlar qatoridan o‘rin olgan “Yakunlanmagan chizmalar” topshirig‘i ham muhim o‘rin tutadi.
Chizmani yetarli chiziqlar bilan to‘ldirish uchun o‘quvchilar fikirlash va tasavvurini oshirishga imkon beradi. Yakunlanmagan chizmalarni bajarish o‘quvchilarning bilim darajasi yuqoriga o‘sishi va shu bilan birga bir xilligini taminlaydi. Yakunlanmagan chizmalar sinfdagi barcha o‘quvchilarga tarqatiladi va xammalari bir vaqtda bajaradilar. Adabiyotlar taxlili shuni ko‘rsatadiki, tugallanmagan chizmalar detal bo‘yicha 50-60% ma’lumot berishini, detalning qolgan qismi chizmalarini o‘quvchi o‘zi mustaqil tugallashi kerak.
Chizmachilik fanida proyeksion bog‘liqlikning va ortoganal proyeksiyalarining aksonometrik tasvir o‘rtasida uzviy bo‘g‘liqlikni yanada oshirish va detal bo‘yicha yanada qiziqroq ma’lumotlarni topishga qaratilgan. Yakunlanmagan chizmalarni yakunlash uchun asosan detalning qirralarini kesishish joylari chiziladi. Bu chizmalar chizmachilikda eskiz tushunchasiga yaqin bo‘lib bunda asosan yakunlanmagan kesmalarni birlashtirishdan iborat, Bu chizmalarni bajarish uchun bizga chizg‘ich, sirkul va qalamlar kerak bo‘ladi. Bu usulda detalning ortoganal proyeksiyalarida qolgan chiziqlar aksonometrik proeksiyada berilgan. Aksi o‘laroq, aksonometriyada berilmagan chiziqlar detalning ortoganal proeksiyalarida berilgan (1,2,3,4,5 va 6 rasmlar).
O‘quvchilarga buyumning (detal)ning uchta ko‘rinishi (gorizantal, frontal va profil) ko‘rinishlari hamda yaqqol tasviri (aksonometriyasi)ni qirralarini kesishish nuqtasini chiziqlar orqali 50-60% ni berishimiz mumkin, qolgan qismini o’quvchilar ijodiy yondoshib ishni oxiriga yetkazishini tushuntiriladi. (1,2-rasm).
1-rasm. Masalaning sharti; berilgan uchta proyeksiya va aksonometriyani o‘zaro bog‘lagan holda yetishmovchi chiziqlari tiklansin (1-rasm).
Avalombor chizmaning uchala ko‘rnishi va aksonometriyasi mutanosibligi taminlanganligini ko‘rib chiqshimiz kerak.
2-rasm.
Bu chizmalarda o‘lchamlar qo‘yilmaydi, lekin nisbatlari saqlangan xolda chiziladi. Yuqorida keltirilgan chizmalar o‘quvchilarni birinchi navbatda chizmani chizishda, o‘qishga o‘rgatsa, ikkinchi navbatda o‘quvchilarning fazoviy tasavvurini oshirishga olib keladi.
Berilgan topshiriqlar bosqichma-bosqich murakkablik darajasi oshirilib boriladi va shunda o’quvchilarning fazoviy tassavuri rivojlanib borishini ko’rishimiz mumkin. (3,4,5,6- rasmlar).
3-rasm.
4-rasm.
5-rasm.
6-rasm.
ADABIYOTLAR RO‘YXATI / СПИСОК ЛИТЕРАТУРЫ / REFERENCES
1. Raxmonov I. Abduraxmanov A. “Chizmachilik ma’lumotnomalar” T:. “O‘zbekiston”-2005 2. Абдумаликов Л. Чизмачиликдан терминологик луғат-справочник. Ўрта мактаб
чизмачилик ўқитувчилари учун қўлланма. «Ўқитувчи», 1977 3. Очилов Ф.Э., Хўжақулов Э. Формирование и развитие пространственного
воображения на уроках черчения как средства улучшающий качества
образование в школе // Муғаллим ҳәм үзликсиз билимлендириў, №3/3. 2022.
Нөкис, 90-93 бетлар. 4. E.Xo‘jaqulov “Umumiy o‘rta ta’lim maktblarida chizmachilik fanini o‘qitishda fazoviy
tasavvurni shakllantirishning zamonaviy usullari” O‘zMU xabarlari 2023 y. 1/1. 5. Ochilov Farkhod, Khuzhakulov Elbek. Modellierung als methode der bildung und
entwicklung der raumlichen vorstellungskraft in der schule im zeichnungsunterricht.
Berlin Studies Transnational Journal of Science and Humanities ISSN 2749-0866. Vol.2
Issue 1.5 Pedagogical sciences. 507-511 pages. 6. Очилов Ф.Э., Хўжакулов Э.Э. Формирования и развития пространственного
воображения в школе на уроках черчения // “Zamonaviy arxitekturada chizma
geometriya masalalarini qo`llash muammolari va yechimlari” номли республика
илмий-амалий конференцияси. - Наманган: Наманган муҳандислик қурилиши
институти босмахонаси, 2022. - С. 402-407
Metin PDF'den otomatik olarak çıkarılmıştır ve hatalar içerebilir.