ResearcherUz LogoResearcherUz
Dergiyi Görüntüle

UMURTQASIZ HAYVONLAR. KURAKOYOQLI MOLLYUSKALAR (SCAPHOPODA) SINFI. ULARNING TUZILISHI, YASHASH TARZI VA RIVOJLANISHI.

Özet

Mazkur maqolamizda Kurakoyoqli Molyuskalarning tuzlishi, tarqalishi va hayot kechirishi haqida ma’lumotlar  keltirilgan. Kurakoyoqli  Mollyuskalar   sinfining  hozirgi zamon  faunasida 500 turi uchraydi.


Tam PDF Belgesi

İlgili Makaleler

Tam metin

RIVOJLANISHI.

Axmadjonova Gulnoza Axadjon qizi

Qodirjonova Madina Umidjon qizi

Andijon Davlat Pedogogika Insitituti Aniq va Tabiy Fanlar Fakulteti Biologiya

yo’nalishi 1-bosqich 102-guruh talabasi

Annotatsiya: Mazkur maqolamizda Kurakoyoqli Molyuskalarning tuzlishi, tarqalishi va hayot kechirishi haqida ma’lumotlar keltirilgan. Kurakoyoqli Mollyuskalar sinfining hozirgi zamon faunasida 500 turi uchraydi.

Kalit so’zlar: Kurakoyoqli mollyuska, chig’anoq, mantiya, o’simtalar, foraminefaralar.

Аннотация: В этой статье представлена информация о засолении, распространении и жизнедеятельности моллюсков кураноголовых в современной фауне класса кураногих моллюсков встречается 500 видов.

Ключевые слова: брюхоногий моллюск, раковина, мантия, наросты, фораминефары..

Annotation: in this article, we will talk about the molyuska with currants records of salinity, distribution, and livelihood are given. 500 species of the class off curacow molluscs it is found.

Keywords: shellfish, mantle, growths, foraminephara, molluscan.

Kurakoyoqli mollyuskalar (Scaphopoda) sinfi hozirgi zamon faunasida 500 turi uchraydi. Barcha vakillari tipik dengiz hayvonlari hisoblanadi, qum va balchiqni yorib dengiz tubida hayot kechiradi. Chig’anog’i uzun turubkasimon bo’lib sutemizuvchilar tishining tuzlishiga o’xshash. Shuning uchun bir paytlar tishsimon mollyuskalar deb ham atalgan. Turlar kattaligi 4-mmdan 30-smgacha bo’ladi (1).

Kurakoyoqlilar kam sonli mollyuskalar bo’lib, tashqi ko’rinishi ko’proq qorinoyoqlilarga o’xshash. Chig’anog’i yaxlit konussimon nayga o’xshash: uning ikki uchida teshigi bor. Chig’anog’ining oldingi kengaygan tomonidan oyog’i va boshi chiqib turadi. Hazm qilish sistemasi ham qorinoyoqlilarnikiga o’xshaydi. Lekin tana simmetriyasi, mantiya bo’shlig’i va nerv sistemasining tuzilishi plastinkajabralilarga o’xshaydi. O’simtaga o’xshash boshining uchki qismida og’iz teshigi joylashgan. Boshidagi uchi to’mtoq mo’ylovlari sezgi va ozig’ni ushlash vazifasini bajaradi. Oyog’i tomtoq konus shaklida, uning asosida bir juft plastinkasimon yon o’simtalari bo’ladi. Kurakoyoqlilar nomi ana shu o’simtalar tufayli kelib chiqqan.

Kurakoyoqlilar suv tubidagi loyga ko’milib hayot kechiradi, faqat tanasining keying uchi loydan chiqib turadi. Chig’anoq uchidagi teshikdan molyuska tanasiga toza suv kirib turadi. Harakatlanayotgan mollyuska oyog’ini oldingi tomonga cho’zganda oyoqning yon o’simtalari taxlanib loyga oson kiradi. Oyoq o’simtalari yoyilganda ular yakorga o’xshab mollyuskani ushlab turadi; ana shundan so’ng tana muskullari qisqarib, mollyuska oldinga suriladi. Kurakoyoqlilar foraminiferalar va boshqa mayda suv hayvonlari bilan oziqlanadi. Ozig’ini mo’ylovlari uchiga yopishtirib oladi. Chig’anog’ining uzunligi 2-3mmdan bir necha smga yetadi.(2)

Kurakoyoqli mollyuskalar nerv sistemasi plastinkajabralilarga o’xshaydi. Shunga ko’ra kurakoyoqlilarning 3juft nerv gangliylari bor .Ular serebroplevral gangliylari qizilo’ngach ustida, pedal gangliylari oyog’ida, uchinchisi visseropariyetal gangliylari tanasining keyingi qismida chig’anoq ostida joylashgan. Gangliylar kommisuralar orqali bir-biri bilan bog’langan. Nerv tugunlari ichki organlar, osfradiylar va jabralarni innervatsiya qiladi. Serebroplevral nerv gangliylari serebral va plevral nerv gangliylarining qo’shilishi natijasida kelib chiqqan.

Kurakoyoqli mollyuskalar hazm qilish sistemasi qorinoyoqlilarnikiga o’xshash. Halqumi ancha uzun qizilo’ngachga ochiladi .Qizilo’ngachning kengaygan qismi jig’ildon deb ataladi. Oshqozon bo’shlig’iga ‘’jigar’’ yo’li ochilgan. Jigar mollyuslarda ichakdan kelib chiqqan. Jigar sekret ishlab chiqarish bilan birga ichak singari oziqni so’rish vazifasini ham bajaradi. Jigar suyuqligi uglevodlarga ta’sir qiladi. Bundan tashqari jigarda yog’ va glikogen to’planadi. Oziqning bir muncha mayda bo’laklari oshqozon epiteliysi kiprikchalarining harakati tufayli jigar hujayralari tomonidan qamrab olinib, hazm qilinadi. Oshqozon ingichka ichak bilan tutashgan. Ingichka ichak bir nechta buralib, orqa ichakka ulanadi. Orqa ichak bosh yaqinidagi chiqaruv teshigi orqali tashqi muhitga ochiladi. Ayrim yirqich mollyuskalar so’lak bezi tarkibida erkin xlorid kislotasi bo’ladi. Bu kislotaning so’lakdagi miqdori 4%ga yetadi. Yirtqich mollyusalar chig’anog’I va ignaterlilar terisini yemiradi.

Kurakoyoqli mollyuskalarni mantiyasi plastinkajabralilarnikiga o’xshaydi. Shunga ko’ra ularning mantiyasi ikkita burma shaklida tanasining ikki yonida osilib turadi .Bu burmalar bilan mollyuska tanasi o’rtasidagi mantiya bo’shlig’idagi oyog’i va jabralari joylashgan .Mantiya burmalari orqa tomondan bir-biriga qo’shilib ketgan, oldingi va keyingi tomonining uchlari erkin bo’ladi. Ko’pincha mantiya burmalarining cheti bir necha joydan tutashishi natijasida mantiya bo’shlig’i teshiklari hosil bo’ladi. Ko’pchilik xollarda mantiya burmachalarining ikki joydan tutashib, uchta mantiya teshik hosil bo’ladi. Ulardan ikkitasi ustki va ostki teshiklar torroq, uchinchi teshik ancha keng bo’ladi. Ostki teshik kirish sifoni bo’lib, u orqali mantiya bo’shlig’iga suv bilan birga oziq moddalar va kislorod kiradi. Ustki teshik–chiqarish sifoni orqali suv va oziq qoldiqlari chiqib ketadi.Qorin qismining oldida joylashgan keng teshikdan oyog’i chiqib turadi. Qumda ko’milib yashaydigan turlarining kirish va chiqarish sifoni nayga o’xshash uzun bo’ladi. Sifonlar qumdan chiqib turadi. Shuning uchun mantiya bo’shlig’i chig’anoq hosil qiladi. Ikkala chig’anoq mollyuska tanasini yon tomondan qoplab turadi (2).

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1.ARXIV.UZ SAYTI

2.’’Umurtqasizlar zoologiyasi’’ O.Mavlonov, Sh.Xurammov, X.Eshova

3.’’Umurtqasizlar zoologiyasi’’ Edvard E.Ruppert, Richard S.Foks, Robert, D.Barns.

Metin PDF'den otomatik olarak çıkarılmıştır ve hatalar içerebilir.