Uvaysiy ijodini o‘qitishda interfaol usullardan foydalanish metodikasi
Abdisalomova Hilola,
ToshDO'TAU 2- kurs magistranti
Annotatsiya
Mamlakatimiz ta’lim tizimida mumtoz adabiyot namunalarini o‘qitish jarayonida yuqori samaradorlikka erishish uchun innovatsiyalar va ilg‘or xorijiy tajribalarni qo‘llash bugungi kunning dolzarb masalaridan biri hisoblanadi.
Key words: Ta'lim metodi, ish usullari, aqliy taraqqiyot, ifodali so'zlash
O‘qituvchi o‘quv jarayonini turli xil ta’lim usullari yordamida tashkil etadi. «Ta’lim metodi, bu – talabalarning bilim, malaka va ko‘nikmalarini o‘stirish, ularda dunyoqarashni shakllantirish, o‘zlashtirish qobiliyatlarini rivojlantirish-o‘qituvchi qo‘llaydigan ish usullaridir». Usul amaliy mashg‘ulotda o‘z mohiyatiga mos usullar orqali qo‘llanadi. «...ta’lim va tarbiya priyomlari ma’lum sharoitda o‘z ta’sir doirasini kengaytiradi, ta’lim va tarbiyaga kuchli ta’sir ko‘rsatadi. Bunday vaqtda biz ayrim priyomdan metod sifatida foydalanamiz yoki boshqacha aytganda, priyom metodga aylanadi».
Ta’lim jarayoni ikki tomonlamalik xarakterga ega: o‘qituvchi o‘qitadi, talaba o‘qiydi. Tabiiyki, o‘qituvchining ham, talabaning ham faoliyatida ma’lum maqsad bo‘ladi. O‘qituvchi faoliyatidagi asosiy maqsad-ta’lim berish, unda anglash ko‘nikmasini hosil qilish, his etish madaniyatini, axloqiy tushunchalarni rivojlantirish, uni ma’naviy pok inson qilib voyaga etishtirishdir. Talaba faoliyatidagi asosiy maqsado‘qituvchining topshirig‘ini bajarish, o‘quv jarayonida beriladigan bilimni o‘zlashtirishdir.
Talaba o‘qituvchining u yoki bu topshirig‘ini bajarish jarayonida bilim doirasi kengayib, bilish faoliyati rivojlanayotganini sezadi, lekin o‘qiyotgan fani usulini egallab borayotganini his etmaydi.
Shunga ko‘ra, o‘qituvchi ta’lim berish jarayonida talabalarda anglash faoliyatini hosil qilish, ularga adabiy materialni ongli va chuqur qabul qilish yo‘llarini, mustaqil vazifalarni bajarishda bu yo‘llardan foydalanishni o‘rgatishi lozim.
Adabiyot o‘quv fani sifatida murakkab ko‘p qirrali mazmunga ega bo‘lganligi sababli, darsda talabalarning estetik, axloqiy va aqliy taraqqiyotiga, bilimlarni ongli, chuqur va puxta egallashlariga, ularda bilish va anglash ko‘nikmalarini o‘stirishga yordam beradigan usul va uslublar qo‘llaniladi. Masalan, o‘qituvchi, ijodiy o‘qish, evristik (izlanish), tadqiqot, reproduktiv metodlarini qo‘llaydi.
Adabiyotni o‘quv fani sifatida o‘rganishning birinchi bosqichi-badiiy asarni o‘zlashtirishdir. O‘qituvchi-talabani badiiy asar orqali hayot bilan tanishtiradi, unda hayotni ko‘rish va anglashga qiziqish hissini o‘stiradi. Ko‘rish va anglash asarni chuqur, ijodiy o‘zlashtirishning zaruriy shartidir.
Talabaning shaxsiy ijodiy tajribasi, ijodiy o‘qish metodi bu shartlarni amalga oshirishga katta yordam beradi. Badiiy asarni o‘qish ilmiy va publitsistik asarlarni o‘qishdan sifat jihatdan farq qiladi. Ijodiy o‘qish so‘zga, jumlaga, vaznga alohida e’tibor berishni talab qiladi. Metodist olima M.Mirqosimova ko‘rsatib o‘tganiday: «Adabiy tahlil she’r yoki nasriy asarni ifodali o‘qishdan boshlanadi; o‘qish davomida ijodkor yaratgan tafakkur tarzi anglanadi, o‘zlashtiriladi, muhokama qilinadi, kitobxon ko‘z o‘ngida yaratilgan poetik manzara yoki holat ham tashqi, ham ichki harakatlar, tuyg‘ular orqali idrok etiladi, his qilinadi»1.
Talaba badiiy so‘zni tinglashni, qadrlashni, undan zavqlanishni, ifodali so‘zlash va yozishni bilishi kerak. Ijodiy o‘qish talabalarda ana shu ko‘nikmalarni o‘stirishni ta’minlaydi.
Badiiy qabul qilish, estetik zavqlanish adabiyotni ilmiy asosda anglashda birinchi va muhim bosqich hisoblanadi. Chunki badiiy qabul qilish va estetik zavqlanish orqali asar obrazlari, til xususiyati o‘zlashtiriladi. ”Boshqotirma” , ”Keysstadi”, “Erkin yozish”,”Chalkashtirilgan mantiqiy zanjirlar ketma-ketligi”, “Tushunchalar asosida matn tuzish” kabi metodlardan foydalanish ham ulug’ shoir asarlarini o‘rganishda samarali natijalarga olib keladi.
Muammoli o‘qitish. – Maqsadi - faol shaxsni tarbiyalash. Vazifasi - faol bilish jarayoniga undash, ijodiy fikrni rivojlantirish, tanqid va tahlil qilish, muammoni echish usulini izlashga o‘rgatish, tafakkurida ilmiy-tadqiqot uslubini shakllantirish.
➢ Muammoli vaziyatni yaratish metodikasi:
❖ Talabalar muammoning echimini o‘zlari topishga urinadilar; 1 Мирқосимова M. Ўқувчиларда адабий таҳлил малакасини шакллантириш ва такомиллаштириш асослари.- Тошкент, Фан, 2006, 18-бет.
❖ Talabalar bitta savolga har xil fikrlar bildiradilar;
❖ Fikrlar taqqoslanadi, umumlashadi va xulosa chiqariladi.
➢ Muammoli o‘qitishning shakllari:
❖ Ma’ruza (seminar)da o‘quv materialini muammoli bayon etish;
❖ Bitiruv ishlarini bajarishda mustaqil tadqiqot faoliyati.“Klaster” – g‘uncha, to‘plam, bog‘lam) metodi – Fikrlarning tarmoqlanishi -puxta o‘ylangan pedagogik strategiya bo‘lib, undan talabalar bilan yakka tartibda yoki guruh asosida tashkil etiladigan mashg‘ulotlar jarayonida foydalanish mumkin. Metod guruh asosida tashkil etilayotgan mashg‘ulotlarda o‘quvchilar tomonidan bildirilayotgan g‘oyalarning majmui tarzida namoyon bo‘ladi. Bu esa ilgari surilgan g‘oyalarni umumlashtirish va ular o‘rtasidagi aloqalarni topish imkoniyatini yaratadi, talabalarning biron-bir mavzuni chuqur o‘rganishlariga yordam berib, ularni mavzuga taaluqli tushuncha yoki aniq fikrlarni erkin va ochiq uzviy bog‘langan ketma-ketlikda o‘rgatadi. Darsda imkon boricha fikrlarning va o‘zaro bog‘liqlikning ketma-ketligini ko‘paytirishga harakat qilinishi lozim; ( 1-ilova)
1-ilova
Uvaysiy lirikasini o‘qitish jarayonida klaster grafik organayzeridan foydalanish.
Ushbu metodidan foydalanishda quyidagi shartlarga rioya qilish talab etiladi:
1. Nimaniki o‘ylangan bo‘lsangiz, shuni qog‘ozga yozing. Fikringizning sifati to‘g‘risida o‘ylab o‘tirmay, ularni shunchaki yozib boring.
2. Yozuvingizning orfografiyasi yoki boshqa jihatlariga e’tibor bermang.
3. Belgilangan vaqt nihoyasiga yetmagunicha, yozishdan to‘xtamang. Agar ma’lum muddat biror bir g‘oyani o‘ylay olmasangiz, u holda qog‘ozga biror narsaning rasmini chiza boshlang. Bu harakatni yangi g‘oya tug‘ilguniga qadar davom ettiring.
4. Muayyan tushuncha doirasida imkon qadar kiproq yangi g‘oyalarni ilgari surish hamda mazkur g‘oyalar o‘rtasidagi o‘zaro aloqadorlik va bog‘liqlikni
Uvaysiy
lirikasi
Kompozit
siya
Badiiyati
Mavzu ko‘rsatishga harakat qiling. G‘oyalar yig‘indisining sifati va ular o‘rtasidagi aloqalarni ko‘rsatishni cheklamang.
Ushbu metod yordamida talabalar topshiriq yuzasidan fikrlarini klaster (mayda, alohida qismlar) tarzida ifodalaydilar.
✓ Aqliy hujum. – Bevosita jamoa bo‘lib, “fikrlar hujumi”ni olib borish. Bu uslubdan maqsad – mumkin qadar katta miqdordagi g‘oyalarni yig‘ish, talabalarni ayni bir xil fikrlashdan holi qilish, ijodiy vazifalarni echish jarayonida dastlab paydo bo‘lgan fikrlarni engishdir. Aqliy hujumni tashkil etishda quyidagi savol va topshiriqlardan foydalanish mumkin. 1-guruh
Shoira qaysi janrda ijod qilgan?
(taxminiy javoblar-g`azal, murabba, muxammas, musaddas, chiston va doston ) 2-guruh: Uvaysiy she`rlarining nomlarini ayting
(kutilayotgan javoblar –“Uvaysiyman”, ”Dog` oldi, dog` o`ldi”, ”Sog`indim”) 3-guruh: Shoiraning “Sog`indim” g`azalida nima aks ettirilgan? (Farzand sog`inchi) 4-guruh: “Mumtoz adabiyotdagi she`riy topishmoq nima? (Chiston) 2-guruh: Chiston hajmi qancha bo`ladi? (Hajmi cheklanmagan) 1-guruh: “Uyimizning ziynati, ko`z ravshan” misrasi orqali nima aks ettirilgan? (Kecha – yu kunduz o`g`lini nomini takrorlab, uni o`ylashi aks ettirilgan) 2-guruh: Masuvo Uvaysiyman so`zining ma`nosi nima? (Dunyodan uzilgan Uvaysiyman) 1-guruh: Kavokib so`zining ma`nosi nima? (Yulduzlar) 2-guruh: Beriyozat so`zining ma`nosi nima? (Mashaqatsiz, azobsiz, qiynoqsiz)
Savol Bugungi kunda Uvaysiy lirikasini
o‘rganish kerak deb hisoblaysizmi?
(F) Fikringizni bayon eting
Albatta, faqat o’quvchiga kerak, ham
ta’limiy va ham tarbiyaviy ahamiyatga molik
she’rlarini o‘rganish kerak.
(S)Fikringiz bayoniga sabab ko‘rsating
”Sog’indim” she’rida ona va farzand
munosabatining go’ zal namunasi aks etgan.
(M)Fikringizni dalillang Bu kun, ey do‘stlar, farzandi
jononimni sog‘indim, Gado bo‘lsam ne ayb, ul
shohi davronimni sog‘indim.
Musofirman, g‘aribman, bekas-u ham
benavodurman,
Vujudim dardg‘a to‘ldi, emdi darmonimni
sog‘indim.
(U) Fikringizni umumlashti-ring
She’rni tushunish uchun o’quvchidagi
avvalgi bilimlarni ham faollashtirish lozim
Xulosa qilib aytganda, Uvaysiyning ijodini o‘qitishda interfaol metod, xorijiy davlatlardagi ilg‘or tajribalardan foydalanish talabalarning mavzularni o‘zlashtirishida, unda qo‘yilgan masalalar mohiyatini anglab olishida yaqindan yordam beradi. Talabalar muayyan mavzu bo‘yicha atroflicha tushuncha, tasavvurga ega bo‘lishi uchun ularga e’tibor qaratilayotgan masala xususidagi turlicha qarashlarni bayon etish, ayni muammoning zamonaviy talqinlari bilan tanishtirish ijobiy samara beradi. Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar berish, badiiy asar (she’r, hikoya va boshqa) va adabiyotshunoslik tadqiqoti (maqola, taqriz va boshqa) matnini tahlil qilish uchun tavsiya etish dars mashg‘ulotidagi ma’ruza, seminar va amaliy mashg‘ulotlarni chuqurroq o‘zlashtirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1. Uvaysiy https://arboblar.uz/uz/people/uvajsi
2. Jahon Otin Uvaysiy Hayoti va Ijodi
3. Uvaysiy, uvaysiy g'azallari, uvaysiy chistonlari, uvaysiy hayoti va ijodi
Metin PDF'den otomatik olarak çıkarılmıştır ve hatalar içerebilir.