“FARMAKOLOGIYA, FARMATSEVTIKA VA XALQ TABOBATI
DOLZARB MUAMMOLAR VA INNOVATSIYALAR”
ANIQLASH
Xalturayev Xoltura Kuvatovich, Mamatmoʻminova Salomat Tajiyevna
Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filiali Mikrobiologiya, jamoat
salomatligi, gigiyena va menejment kafedrasi, Termiz shahri, Oʻzbekiston Mavzuning dolzarbligi: Vitaminlar organizmdagi metabolik jarayonlar uchun katalizator rolini oʻynaydi. Ular ajralmas oziqaviy omillardir (vitamin: B1, B2, B6, B12, PP, C, folivoy kislotasi, pantotenik kislota, biotin, A, β-karotin, D. E, K), shuning uchun ularni doimiy ravishda istemol qilish kerak. Vitamin yetishmasligi rivojlanish mexanizmiga koʻra bir necha shakllar ajralib turadi. Dessimilyatsiya shakli metabolizmadagi fiziologik oʻzgarishlar, shu jumladan vitaminlar bilan bogʻliq. Gipovitaminozning ushbu shakli turli omillar taʼsirida kuzatiladi: toksik va yuqumli vositalar, kimyoviy terapiya va bir qator dorilarni qoʻllash. Masalan, ayrim kasalliklarni (ayniqsa yuqumli kasalliklarni) davolashda ishlatiladigan sulfanilamidlar va antibiotiklar ichak mikroflorasini oʻzgarishiga taʼsir qiladi va bakteriyalar (B2, B6, B12, biotin, K, para-aminobenzoy kislotasi) tomonidan baʼzi vitaminlar sintezini buzilishiga olib keladi. Tadqiqotning maqsadi: Vitaminlarning biologik taʼsirini va organizmning vitaminlarga boʻlgan ehtiyojlarini aniqlash. Tadqiqot tekshirish materiallari: Vitaminlarning biologik taʼsiri va odam organizmidagi miqdorini aniqlash boʻyicha qilingan ilmiy izlanish natijalari yoritilgan maqola va adabiyotlar. Tadqiqot natijalari: Vitaminlarning biologik taʼsirining xilma xilligi. B1, B2, PP, B6, B12, C, A, D, E vitaminlari, biotin, xolin, liptoik kislota, markaziy asab tizimining funksional holatini, metabolizm va toʻqima trofizmini tartibga solish tufayli organizmning umumiy qarshiligining oshishiga olib keladi; C, P vitaminlari antigemorragik taʼsir koʻrsatadi, qon tomirlarining normal oʻtkazuvchanligi va qarshiligini taʼminlaydi, qon ivishini oshiradi; B12, C, (foliy kislotasi), B6, kolin vitaminlari gematopoyezni normalizatsiya qilish va ragʻbatlantirish tufayli antianemik taʼsir koʻrsatadi; A, C, B guruh vitaminlari infeksiyaga qarshi xususiyatlarni namoyon qiladi, organizmning infektsiyalarga qarshi turgʻunligini oshiradi: antijismlar ishlab chiqarilishini ragʻbatlantiradi, fagotsitozni kuchaytiradi, epiteliyning himoya xususiyatlarini oshiradi va patogenning toksik taʼsirini zararsizlantiradi; A, B2, C vitaminlari, lipotik kislota, PUFA koʻrishning tartibga soluvchi taʼsiriga ega, koʻzni qorongʻilikka moslashishini taʼminlaydi, koʻrish qobiliyatini yaxshilaydi, rang koʻrish sohasini kengaytiradi, koʻzning toʻr pardasini rivojlanishiga hissa qoʻshadi; C, E vitaminlari, karotin va lipotik kislota tarkibiy lipidlarni oksidlanishdan himoya qiladi, yaʼni kuchli antioksidantlar; D vitamini antitratsit xususiyatlarga ega, ichakdagi kalsiy va fosfor tuzlarining soʻrilishini normallashtirishda, suyaklarda kalsiy fosfat toʻplanishida, organizmdagi fosfor va kalsiy almashinuvini tartibga solishda ishtirok etadi;
XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA
B6, B12 vitaminlari, lipoy kislotasi B15, kolin, inozitol, PUFAC lipotrop xususiyatlariga koʻra antisklerotik taʼsir koʻrsatadi, yaʼni lipid va yogʻ almashinuvini va xolesterol metabolizmini normallashtirish, jigar semirib ketishining oldini olish; Vitaminlar A, D, B2, B6, B12, PUFA, lipoik kislota oʻsish omilidir. Gipovitaminozni erta aniqlash usullari. Organizmning ovqatlanish holatini koʻrsatkichlari toʻplamiga uning vitaminlar bilan taʼminlanganlik belgilari ham kiradi. Vitaminlarning fiziologik oʻrni ularning biokatalitik xususiyatlari bilan belgilanadi - organizmdagi metabolizmni tartibga solishda ishtirok etish. Aholi orasida eng koʻp uchraydigan gipovitaminoz C, A gipovitaminozidir, kamroq B guruhi, ayniqsa erta bahorda, oʻsimlik zahiralari pasayganda va ulardagi askorbin kislotasi va karotin kamayganda. Biroq, zamonaviy hayot sharoitlariga xos boʻlgan psixoemotsional stresslar tananing vitaminlarga boʻlgan ehtiyojining oshishiga yordam beradi, bu esa boshqa fasllarda gipovitaminozni rivojlanishiga imkon beradi.
Metin PDF'den otomatik olarak çıkarılmıştır ve hatalar içerebilir.