ResearcherUz LogoResearcherUz
Dergiyi Görüntüle

XOBL va bronxial astmada zamonaviy davolash va terapevtik yondashuvlarning samaradorligi (Surxondaryo viloyati misolida)

Özet

Surunkali obstruktiv o‘pka kasalligi (XOBL) va bronxial astma Surxondaryo viloyatida keng tarqalgan nafas tizimi kasalliklari sirasiga kiradi. Viloyatning iqlim sharoiti (changli, quruq havo, qishloq xo‘jaligi kimyoviy moddalari bilan aloqadorlik) ushbu kasalliklarning rivojlanishiga turtki bo‘luvchi omillardan biridir. So‘nggi yillarda JSST tavsiyalari asosida GINA va GOLD protokollariga muvofiq zamonaviy davo usullarini amaliyotga joriy etish muhim ahamiyat kasb etmoqda.


Tam PDF Belgesi

İlgili Makaleler

Tam metin

(SURXONDARYO VILOYATI MISOLIDA)

Xamidov Shahzod Bazar o’g’li

Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filiali Pulmonologiya 1-kurs

Xolbayev Akbar Yo’ldashevich

Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filiali

Yuqumli kasalliklar, dermatovenerologiya, ftiziatriya va pulmonologiya kafedra Mavzuning dolzarbligi: Surunkali obstruktiv o‘pka kasalligi (XOBL) va bronxial astma Surxondaryo viloyatida keng tarqalgan nafas tizimi kasalliklari sirasiga kiradi. Viloyatning iqlim sharoiti (changli, quruq havo, qishloq xo‘jaligi kimyoviy moddalari bilan aloqadorlik) ushbu kasalliklarning rivojlanishiga turtki bo‘luvchi omillardan biridir. So‘nggi yillarda JSST tavsiyalari asosida GINA va GOLD protokollariga muvofiq zamonaviy davo usullarini amaliyotga joriy etish muhim ahamiyat kasb etmoqda. Tadqiqot maqsadi: Surxondaryo viloyatida yashovchi XOBL va bronxial astma bilan og‘rigan bemorlarda zamonaviy terapevtik protokollar, antibiotik va biotexnologik dori vositalarining samaradorligini baholash hamda komorbid kasalliklar mavjud holatlarda davolashning o‘ziga xos jihatlarini aniqlash. Materiallar va usullar: Tadqiqot 2024–2025-yillar davomida Surxondaryo viloyat ftiziatriya va pulmonologiya markazi Pulmonologiya bo’limida davolangan 110 nafar bemorlarda o‘tkazildi. Bemorlarning 60 nafari XOBL, 50 nafari bronxial astma bilan og‘rigan. Bemorlar GINA 2024 va GOLD 2024 yo‘riqnomalari asosida davolandi. Qo‘llanilgan dori vositalari: ingalyatsion kortikosteroidlar (budesonid, flutikazon), uzoq ta’sirli bronxodilatatorlar (formoterol, salmeterol), antibiotiklar (amoksiklav, azitromitsin). Natijalar: Kombinatsiyalangan ingalyatsion terapiya olgan bemorlarda 3 oy ichida nafas yetishmovchiligi simptomlari 60% bemorlarda kamaygan, FEV₁ o‘rtacha 18% ga oshgan. Antibiotiklar infeksion qo‘shilma mavjud XOBL bemorlarida kasallik zo‘rayishini erta bosqichda to‘xtatgan. Biotexnologik preparatlar qo‘llanilgan astmatik bemorlarda yiliga o‘rtacha 2–3 marta zo‘rayish o‘rniga 1 martagacha kamaygan. Jadval 1. Bemorlarning demografik ko‘rsatkichlari Ko‘rsatkich / Umumiy / Total

(n=120)

XOBL (n=80) Astma (n=40) O‘rtacha yosh / 56 ± 7.2 59 ± 6.8 49 ± 5.5 Ayollar ulushi (%) /

42% 39% 48% Chekuvchilar (%) /

61% 73% 38% Natijalar Davolashdan so‘ng bemorlarning 78 foizida simptomlar kamaydi, FEV₁ o‘rtacha 20% ga oshdi. Astma bilan og‘riganlarda bronxospazm chastotasi kamaydi. Rasm 1. FEV₁ o‘zgarish dinamikasi Rasm 2. Astma zo‘rayish chastotasi kamayishi Jadval 2. FEV₁ ko‘rsatkichlari Ko‘rsatkich Davolashdan oldin (ml) Davolashdan keyin

(ml)

FEV₁ (XOBL) 1420 ± 180 1700 ± 190

FEV₁ (Astma) 1580 ± 160 1860 ± 170 Xulosa: Zamonaviy GINA va GOLD protokollari asosida Surxondaryo viloyatida olib borilgan kompleks terapiya xronik obstruktiv o‘pka kasalligi (XOBL) va bronxial astma kasalliklar uchun samarali bo‘ldi. Antibiotiklarni faqat infeksion holatlarda qo‘llash tavsiya etiladi. Har bir kasallikda individual davo tanlash ahamiyatga shu jumladan komorbid kasalliklarda individual yondashuv muhim. Hozirgi kunda zamonaviy davolashda biotexnologik preparatlar yuqori natija berdi. Bundan tashqari zamonaviy davolash metodlari bilan birgalikda reabilitatsiya dasturlari bemorlarda olish borish bemorlarning hayot sifatini yaxshiladi.

PULMONOLOGIYADA REABILITATSIYA USULLARI

FIZIOTERAPIYA VA OKSIGENOTERAPIYA

Xo‘jaqulova Zulayxo

Toshkent Tibbiyot Universiteti Termiz filiali Yuqumli kasalliklar, dermatovenerologiya, ftiziatriya va pulmonologiya kafedrasi

Xolbaev A.Y.

Toshkent Tibbiyot Universiteti Termiz filiali Yuqumli kasalliklar, dermatovenerologiya, ftiziatriya va pulmonologiya kafedrasi Dolzarbligi: So‘nggi yillarda nafas olish tizimi kasalliklari, xususan surunkali obstruktiv o‘pka kasalligi, bronxial astma va pnevmoniyadan keyingi asoratlar ko‘paymoqda. Ushbu kasalliklarda nafas yetishmovchiligi, mushak zaifligi va jismoniy faoliyatning cheklanishi bemor hayot sifatini keskin pasaytiradi. Shu sababli pulmonologiyada reabilitatsiya usullarini, xususan fizioterapiya va oksigenoterapiyani qo‘llash dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Bu yondashuv nafaqat simptomlarni yengillashtiradi, balki nafas olish funksiyasini tiklash, kislorod bilan ta’minlanishni yaxshilash va kasallikning qaytalanishini oldini olishda muhim rol o‘ynaydi. Surunkali obstruktiv o‘pka kasalligi va boshqa nafas yo‘llari kasalliklari dunyo bo‘yicha o‘lim va yotoq muddatlarini ko‘paytiradigan kasalliklar sifatida yuqori o‘rinni egallaydi. Masalan, 2019 yilda dunyo bo‘yicha taxminan 455 million odam SO‘OK bilan zararlangan edi, va bu kasallik 3,9 million o‘limga sabab bo‘lgan. Reabilitatsiya dasturlari bu bemorlarning jismoniy faolligini va hayot sifatini yaxshilash imkonini beradi. Metaanalizlar shuni ko‘rsatdiki, nafas qo‘llab-quvvatlash terapiyalari bilan birgalikda jismoniy mashqlar 6-daqiqa yurish masofasini sezilarli darajada oshiradi Tadqiqot maqsadi: Pulmonologik kasalliklarga chalingan bemorlarda fizioterapiya va oksigenoterapiya yordamida nafas faoliyatini tiklash, jismoniy bardoshlikni oshirish hamda umumiy sog‘lomlashuv dinamikasini tahlil qilish. Fizioterapiya va oksigenterapiya yordamida pulmonologik kasalliklarga chalingan bemorlarning nafas funksiyasi, jismoniy chidamliligi va hayot sifatini qo‘shimcha yaxshilash istiqbollarini ilmiy asosda aniqlash.

Metin PDF'den otomatik olarak çıkarılmıştır ve hatalar içerebilir.