ResearcherUz LogoResearcherUz
Dergiyi Görüntüle

Xorazm viloyatining shevalarida qo‘llaniladigan maqollarning mohiyati va xususiyatlari.

Özet

Ushbu maqolada rang-barang mavzularga ega bo‘lgan va Xorazm viloyatining Urganch, Xiva va Yangiariq hududlarining shevalarida qo‘llaniladigan maqollar va ularning ma’nolari haqida mulohaza yuritilgan.


Tam PDF Belgesi

İlgili Makaleler

Tam metin

Xorazm viloyatining shevalarida qo‘llaniladigan maqollarning mohiyati va

xususiyatlari.

Otaboyeva Nodira Baxtiyor qizi.

Urganch davlat universiteti magistranti.

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada rang-barang mavzularga ega bo‘lgan va Xorazm viloyatining Urganch, Xiva va Yangiariq hududlarining shevalarida qo‘llaniladigan maqollar va ularning ma’nolari haqida mulohaza yuritilgan.

Kalit so‘zlar: Maqol, donishmand xalq, ravshan, manmanlik, yaxshilik, el, aqlzakovat, jamiyat.

ABSTRACT

The article discusses some kinf of proverbs that people are use every day and given several example of proverbs in the dialect of Urgench, Khiva and Yangiariq districts of Khorazm. Key words: proverb, wise nation, light, arrogance, kindness, nation, mind, people.

Barcha xalqlar asrlar davomida hayotiy tajribalar to‘playdi, bu tajribalar esa kelajak avlodga me’ros qilib qoldiriladi. Maqol ham ana shunday ma’naviy va bebaho me’rosimiz hisoblanadi. Xalqimiz ming yillar davomida dono fikrni, o‘tkir haqiqatni, teran mazmunni o‘zida mujassamlashtirgan maqollar yaratganlar. Birinchi prezidentimiz ta’kidlagandek, “…ma’naviyat insonga ona suti, ota namunasi, ajdodlar o‘giti bilan birga singadi…”1 O‘zbek xalq maqollari mukammal badiiy ijod namunasi sifatida hozirga qadar o‘rganilib kelinmoqda. Xalq maqollarining qachon va qanday paydo bo‘lgani haqida aniq ma’lumotlar mavjud emas. Lekin maqollar asrlar davomida sayqallanib tugal ma’noni ifodalaydi. Mashhur rus yozuvchisi L.N.Tolstoy maqollar haqida shunday deydi:”Shunday fikrlar borki, ularni benihoya keng ma’noda qo‘llash mumkin; shu sababdan bunday fikrlar qanchalik ko‘pchilikka mos shaklda ifodalangan bo‘lsa, aql va yurakka shunchalik ko‘p oziq beradi, ular shu darajada chuqur his etilgan 1 I.A.Karimov, “O’zbekiston buyuk kelajak sari” . T.: “O’zbekiston,1997. 46-bet fikrlar bo‘lib chiqadi”.2 Maqollarning mavzu doirasi nihoyatda keng, obrazlar tizimi rang-barangdir. “Har bir maqolning vujudga kelishida birorta ibratli voqea ro‘y bergan va bu barchaga ibrat qilib ko‘rsatish maqsadida maqolga aylantirilgan”.3 Maqollarni o‘rganish va to‘g’ri xulosa chiqarish har bir yosh avlodning burchi hisoblanadi. Chunki maqollarning xalqimiz madaniyatida tutgan o‘rnini anglash ma’naviy yuksalish uchun muhim omildir. A.P.Chexov e’tirof qilganiday: “kichik janrning mavaffaqiyatiqisqalikni vujudga keltiradi. Talantning singlisi qisqalik esa maqollarning og’zaki ijodda faoliyat maydonini kengaytirib, umrini uzaytirishga hizmat qiladi”.4

Quyida shevamizda faol qo‘llaniladigan ayrim maqollarga to‘xtalib ularni izohlashga harakat qilamiz.

Rizqingni sot ravshan ol, qalamasina sovun ol – dastlab ushbu maqoldagi ayrim so‘zlar izohiga to‘xtalsak : ravshan- [fors. yorug’lik, nurli, yorqin, aniq ko‘rinarli] qalamasi – shevamizda faol qo‘llanilgan so‘z bo‘lib [pulning qaytimi] degan ma’noni anglatadi. Endi maqolga izoh bersak: bozorda nimadir sotsang albatta puliga chiroq, qaytimiga esa sovun ol. Inson qanday sharoitda yashasa ham uyida doim nur taralib turishi va uy a’zolaring kiyimlari ozoda bo‘lishi kerakligi nazarda tutilgan.

Qo‘ngishiga qarama, o‘ngayinga qara – xalqimiz shevasida faol ishlatilib kelinayotgan bu maqol esa adabiy tilimizdagi ko‘rpanga qarab oyoq uzat maqoliga to‘g’ri keladi. Hozirgi kunda ko‘pchilik meni falonchidan nima kamim bor deya qarzga bo‘lsa ham dabdali to‘ylar qilishayotgani barchaga ayon. Buning ortidan ko‘pchilik yoshlar to‘ydan keyin qarzni uzish maqsadida chet ellarga ketmoqdalar. Bu harakakatlar ko‘plab oilalarning buzilishiga yoki katta urish-janjallarga sabab bo‘lmoqda. Dono xalqimiz shunday insonlar uchun bu maqolni ishlatadilar. Hech kimni izidan quvish shart emas, har kim o‘z sharoitidan kelib chiqib ish qilishi kerak. Zero o‘zini kim bilandir solishtirish eng aqmoqona ishdir deydi xalqimiz.

El bolasi qiyshiq, qiyshiq bo‘lsada pishiq - bu Yangiariq tumanining Kattabog’ qishlog’ida eng ko‘p qo‘llaniladigan maqollardan biri bo‘lib, o‘z hududini nazarga ilmay uzoq joylarga turmushga chiqib oilasi buzilgan yoshlarga qarata aytiladigan 2 Voronsov V. Tafakkur gulshani. T.: G’.G’ulom nomidagi Adabiyot va San’at nashriyoti.1981,16-bet. 3 Xalq og’zaki poetik ijodi. 4 O’zbek tili va adabiyoti. T.:Fan. 1997,34-bet maqol hisoblanadi. Bu yerda pishiq [puxta] ma’nosida qo‘llanilmoqda. Har bir inson oila qurayotganda albatta hamma taraflama o‘ylashi lozimligi nazarda tutilgan.

Dangasaga ish buyursang, otangdan ko‘p aql o‘rgatar – bu maqol ishyoqmas va har ikki gapini birida aql o‘rgatuvchi insonlarga nisbatan ishlatiladi. Bu jarayonni biz yoshlar orasida ko‘p kuzatishimiz mumkin. Bilamizki ko‘pchilik yoshlar telefon o‘yinlariga mukkasidan ketib hurmat va mas’uliyat kabi insoniy sifatlarni unutib qo‘ymoqdalar. Bu maqol esa aynan shunday yoshlarga nisbatan ishlatiladi.

To‘yga borsang to‘yib bor, to‘y do‘nini giyib bor – ushbu maqol jamoat joylarida o‘zini qanday tutish, uyda kiyib yurgan kiyimlarini yangi to‘y kiyimlariga almashtirish va jamoat joylarida odob saqlash haqida. Bundan tashqari dasturxonga tortilgan noz-u ne’matlarni pala partish yeb kimnidir g’ashini keltirmaslikka chaqiradi.

Nafsi buzuq hayitda o‘lar. Dasturxon atrofiga yig’ilgan har bir inson o‘z nafsini boshqara olishi kerak. Ya’ni ovqat insonni emas, inson ovqatni yeyishi kerak. Bu maqoldan xalqimiz ochko‘zlik kabi illatni qoralash uchun foydalanishadi.

O‘ng qo‘ling barganni chap qo‘ling bilmasin. Har bir to‘rt munchasi sog’ odam yaxshilik qila oladi. Kimgadir yordam berish va uni minnat qilmaslik eng katta savobli ishlardan biridir. Lekin hozirgi kunda oramizda qo‘shnisiga yoki qarindoshiga ikkita non bersa darrov rasmga tushib o‘zini ko‘z ko‘z qiladigan insonlar ko‘paymoqda. Chin dildan yordam bergan inson o‘zini ko‘rsatishi shart emas degan ma’noda ushbu maqol ishlatiladi.

Xulosa o‘rnida shuni ta’kidlash mumkinki, maqollarda chuqur mazmun, xalq donoligi, uzoq asrlik turmush tajribasi, bir so‘z bilan aytganda hayot falsafasi mujassamlashgan. Maqol xalq hayoti va orzu intilishlarini ko‘p asrlik tajribalarda sinovdan o‘tkazib aks ettirishi tufayli kundalik turmushimizda katta g’oyaviy, tarbiyaviy mohiyatga ega. Maqolga murojat etgan kishi o‘z xalqi va vataniga iliq mehr bilan qarashga o‘rganadi. Adolat mardlik, tinchlik va insonparvarlikka intiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yhati:

1. I.A.Karimov “O‘zbekiston buyuk kelajak sari”.T.:O‘zbekiston,2018.

2. O‘zbek tili va adabiyoti. T.:Fan,1997.

3. Tafakkur gulshani. T.: G’G’ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti.1981.

4. B.Safarov, K.Mirzayev “O‘zbek xalq og’zaki poetik ijodi”. T.:O‘qituvchi,1990.

Metin PDF'den otomatik olarak çıkarılmıştır ve hatalar içerebilir.