ResearcherUz LogoResearcherUz
Dergiyi Görüntüle

Xorazm Xalq Sovet Respublikasida nazorat organlar faoliyati (1920-1924) yillar.

Özet

Turkistonda Sovet xukumati oʻrnatilgandan keyin qisqa vaqt ichida Xiva xonligida ham xon hokimiyati tugatilib Xorazm Xalq Sovet Respublikasi tashkil etildi va uning konsitutsiyasi ham eʻlon qilindi. Bu jarayonda Xorazmda markaziy ijroiya qoʻmita va nazorat organlari tuzilib, ular Xorazm Xalq Sovet Respublikasi tugatilgunga qadar oʻz faoliyatlarini olib bordi. O’z navbatida ushbu tashkilot Xorazm hududlarida bolsheviklar hokimyatini mustahkamlashda asosiy ro’lni o’ynagan edi.


Tam PDF Belgesi

İlgili Makaleler

Tam metin

Xorazm Xalq Sovet

Respublikasida nazorat organlar faoliyati

(1920-1924) yillar.

Oʻzbekiston Milliy universitet Tarix fakulteti

Oʻzbekistonning eng yangi tarix kafedrasi

mustaqil tadqiqotchisi

Nazirov Maxmudjon Xasanjon

Ilmiy rahbar: T.f.d., professor. A.A.Yermetov

Annotatsiya Turkistonda Sovet xukumati oʻrnatilgandan keyin qisqa vaqt ichida Xiva xonligida ham xon hokimiyati tugatilib Xorazm Xalq Sovet Respublikasi tashkil etildi va uning konsitutsiyasi ham eʻlon qilindi. Bu jarayonda Xorazmda markaziy ijroiya qoʻmita va nazorat organlari tuzilib, ular Xorazm Xalq Sovet Respublikasi tugatilgunga qadar oʻz faoliyatlarini olib bordi. O’z navbatida ushbu tashkilot Xorazm hududlarida bolsheviklar hokimyatini mustahkamlashda asosiy ro’lni o’ynagan edi.

Kalit soʻz: Nozirlik, Harbiy inqilobiy kengash, MIQ, Inspeksiya, Ishchidehqon, Rais, Sovet, Xorazm, Qurultoy, Bolshevik, Kotib, Ichki ishlar, Pochta, Xiva.

Аннотaсия

Вскоре после установления советской власти в Туркестане Хивинское ханство было упразднено и создана Хорезмская Народная Советская Республика и объявлена ее конституция. В ходе этого процесса в Хорезме были сформированы Центральный исполнительный комитет и органы контроля, которые осуществляли свою деятельность вплоть до распада Хорезмской Народной Советской Республики. В свою очередь, эта организация сыграла ключевую роль в укреплении большевистской власти в Хорезмской области.

Ключевые слова: Инспекция, Военно-революционный совет, МИК, Инспекция, Рабоче-Крестьянская, Председатель, Совет, Хорезм, Съезд, Большевик, Секретарь, Внутренние дела, Почтамт, Хива.

Abstract

Shortly after the establishment of the Soviet government in Turkestan, the Khiva Khanate was abolished and the People's Soviet Republic of Khorezm was established and its constitution was announced. In this process, the central executive committee and control bodies were formed in Khorezm, and they carried out their activities until the dissolution of the Khorezm People's Soviet Republic. In turn, this organization played a key role in strengthening the Bolshevik power in Khorezm regions.

Keywords: Inspectorate, Military Revolutionary Council, MIQ, Inspection, Worker-Peasant, Chairman, Soviet, Khorezm, Congress, Bolshevik, Secretary, Internal Affairs, Post Office, Khiva.

1917-yili oktyabr toʻntarishi natijasida oʻlkada sovet xokimiyati oʻrnatilganidan soʻng, bolsheviklar tomonidan bir qator xukumat organlari tashkil etila boshladi. Turli sohalarni boshqarish uchun tuzilgan sovet tashkilotlari oʻlkadagi ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy oʻzgarishlarni amalga oshirishda asosiy rolni o’ynadi. 1920-yil 1-fevralda Xivaning oxirgi xoni taxtdan tushirilib, hujjatga imzo chekkandan keyin, 2-fevral kuni inqilob g’alabasi e’lon qilindi va inqilobiy qo’mita tuzildi. Ana shu tariqa Xorazmda yangicha hayot va boshqarish tartibi e’lon qilindi. 1920-yil 2-aprelda esa turkman urug’ boshliqlari Qo’shmuhammad, G’ulomalixon, Baxshi va boshqalar ishtiroqida Gelbart kotibligida, Olloqulov tarjimonligida majlis o’tkazilib, birinchi navbatda o’zaro nizolarga chek qo’yish masalasi muhokama qilindi1. Chunki Xorazm vohasi xalqlari o’rtasidagi munosabatlarni to’g’ri yo’lga qo’yishda asosiy masala ilgarigi Xiva xonligi xududidagi o’zbek, turkman, qozoq. qoraqalpoq millat mehnatkashlari o’rtasida o’zaro ishonchni mustahkamlash, qo’shni Amudaryo viloyati bilan ularning o’zaro hamkorligini kuchaytirish, umuman Xorazm mehnatkashlari bilan Turkiston Respublikalari mehnatkashlari o’rtasidagi do’stlikni yuqori darajaga ko’tarishdan iborat edi. 1920-yil 9-aprelda Vaqtli hukumatning majlisi chaqirilib, Nozirlar sho’rosi tuzildi. Polvonniyoz hoji Yusunov (Davlat nazorati), Bekjon Rahmonberganov – Xalq madaniyati va maorifi noziri, Bobooxun Salimov adliya noziri, Jumaniyoz Sultonmurodov vaqtli hokimiyat raisi, Odomoxun Ortiqov muovini va boshqalar2. 1920-yil 27-aprelda Xiva shahrida Butun Xorazm vakillarining birinchi qurultoyi chaqirilib (buning ishtirokchilari turli millatga mansub kishilar edi) barcha millat mehnatkashlarining manfaatiga mos keladigan masalalarni muhokama qildilar va bu borada zarur qarorlar qabul qildilar. Ko’p yillardan buyon davlat nomi «Xiva» shaklida ishlatilib kelingan bo’lsa, endi Xorazm nomi bu qurultoyda qayta tiklandi, Xorazm Xalq Sovet Respublikasi (XXSR) tuzilgani e’lon qilindi va uning Konstitutsiyasi qabul qilindi. Qurultoyda Xorazm Xalq Sovet Respublikasi kengashining Markaziy Ijroiya Qo'mitasi tuzilib, uning ichida Markaziy Ijroiya Qo'mitasi Prezidiumi va Sovet xalq nozirligi tashkil etildi va Xorazm XSR ning Nozirlar Sovetini sayladilar3. 8 ta nozirlik tashkil qilinib, 5 nafar kommunist, bir 1 OʻzR MDA, 72-fond, 1-roʻyxat, 1-ish, 1-varaq 2 OʻzR MDA, 72-fond, 1-roʻyxat, 1-ish, 2-varaq 3 OʻzR MDA, 71-fond, 1-roʻyxat, 1-ish, 1-varaq yosh Xivalik va 2 nafar partiyasiz kiritildi4. 1920-yil 28-aprelda esa XXSR e’lon qilindi.

1920-yil 30-aprelda Xorazm millatidan va dinidan qat’iy nazar barcha mehnatkashlarning respublikasidir deb e’lon qilindi. Shunday qilib 1920-yil aprel oyida Xorazmda mustaqil Xalq Respublikasi e’lon qilinib, barcha xalqlar bilan birodarlikda yashashga katta umid bog’landi5. Endigina siyosiy xaritada paydo bo’lgan mustaqil Xorazm respublikasiga qo’shni xalqlar yordam qo’lini cho’zdilar. Qo’shni Jumhuriyatlar 700 ming kishi hayot kechirayotgan Xorazm vohasini mahsulotlar va texnika uskunalari bilan ta’minlashni o’z zimmasiga oldi va qaytib olmaslik sharti bilan 20 million so’m ajratdi. Turkiston komissiyasining qarori bilan 1920-yil aprel – may oylarida yana 150 million so’m yordam berildi. Joylarda yangi tashkilotlar tashkil qilishga kirishdilar6. Tezda yangi zamon maktablari, bolalar bog’chasi, qariyalar uyi, internat-maktablar vujudga keltirildi. Turkkomissiya esa Xorazmga tezlik bilan birinchi navbatda 3 do’xtir, 8 feldsher, bir tish do’xtiri, bir akusherka, uch kasalxonani ta’minlashga etadigan dori-darmonlar 10 o’qituvchi, o’qish qurollari, 50 ming pud kerosin, 50 ming pud neft, idish-asboblar yubordi7. 1921-yil may oyida Xorazm Xalq Sovet Respublikasining 2-qurultoyida Xorazm Xalq Sovet Nozirlar Kengashlari Markaziy Ijroiya Qo'mitasining 60 kishidan iborat yangi tarkibi, ular orasidan Markaziy Ijroiya Qo'mitasi va Kengash prezidiumi saylandi. Nozirlar kengashi Xorazm Markaziy Ijroiya Qo'mitasi Sovet xalq nozirligining ijro etuvchi, ma'muriy va qonun chiqaruvchi organi bo'lib, quyidagi Nozirliklardan iborat edi: 1. Tashqi ishlar. 2. Harbiy ishlar; 3.Ichki ishlar (sog‘liqni saqlash, pochta, telegraf bo‘limlari bilan8) 4.Adliya; 5.Ta’lim; 6. Moliya; 7. Qishloq xo‘jaligi;. savdo sanoati va mehnat va ijtimoiy taʼminot boʻlimlaridan iborat edi9. Oʻsha yili Nozirlar kengashi buyrugʻi bilan 6 kishidan iborat davlat nazorat. Organi tashkil etilib, va 4 Polvonov N. Xorazmda ijtiomiy harakatlar va siyosiy partiyalar tarixi (1900-1924). Toshkent: Akademik nashr, 2011. - 186 b. 5 Axangarov M. Xorazm tarixi materiallari. -Urganch, 1964. -182 b. 6 OʻzR MDA, 72-fond, 1-roʻyxat, 1-ish, 3-varaq 7 Ўзбекистон совет мустамлакачилиги даврида. Илмий муҳаррир М.Жўраев. -Тошкент: Шарқ. 2000; 8 OʻzR MDA, 76-fond, 1-roʻyxat, 1-ish, 1-varaq. 9 OʻzR MDA, 71-fond, 1-roʻyxat, 1-ish, 4-varaq. uning asosiy vazifasi etib sobiq xon mulkini tasarruf etishni nazorat qilish edi10. Davlat nazoratining oliy organi sifatida davlat nazorati oʻz eʼtiborini xoʻjalik va maʼmuriy faoliyatning eng yirik tarmoqlariga qaratdi, masalan:

a) davlatning iqtisodiy mablagʻlarini sezilarli darajada sarflaydigan muassasalar;

b) davlat daromadlari va soliqlari hamda moliya organlari faoliyati., gʻaznachilik tomonidan xususiy shaxslar bilan katta miqdorda tuziladigan shartnomalar,

d) davlat muassasalari va ishlab chiqarish korxonalari rahbarlarining xizmat va maʼmuriy faoliyati: Davlat nazorati tomonidan ajratilgan mablagʻlarning toʻgʻri va maqsadli sarflanishi ustidan nazorat olib borildi, xalq mablagʻlarining qay tarzda sarflanishi qatʼiy nazoratga olindi, barcha sarflangan xalq mablagʻlari Nozirlikka to'g'ri hisobot berishni qati’y nazorat qilib turilgan. 1923-yil oktabrda davlat nazorati ishchi-dehqon inspeksiyasining xalq nozirligiga aylantirildi. Davlat apparatini takomillashtirishda Sovet hokimiyatining asosiy organi Ishchi-dehqon inspeksiyasi nozirligi edi.

Uning zimmasiga quyidagi vazifalar yuklatildi: 1.Nazorat organlarni faoliyati o‘rganish, mavjud boshqaruv organlari faoliyatidagi kamchiliklarni aniqlash, boshqaruv usullarini, ish yuritish va hisobotlarni yanada takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish, davlat organlari tuzilmasini o‘zgartirish rejalarini ishlab chiqish; 2. Davlat, maʼmuriy va xoʻjalik boshqaruvi organlarini oʻz apparatini takomillashtirish uchun har tomonlama ragʻbatlantirish; 3. Byudjetni sarf-harajatlarni nazorat qilish; 4. Ma'muriy-xo'jalik organlarining rahbar va xodimlarining ishini baholash va tekshirish; 5. Jinoyatlarning sabablarini o'rganish va, davlat organlarining noto'g'ri boshqaruvi ustida qaror va qonun ishlab chiqib ularga tegishlik jazolarni qo’llash. 6. Davlat apparatini takomillashtirish; 7. Xodimlardan shikoyat va arizalarni qabul qilish11. Ushbu vazifalarni amalga oshirish uchun Ishchi-dehqon inspeksiyasi nozirligiga quyidagi huquqlar berildi: 10 OʻzR MDA, 79-fond, 1-roʻyxat, 1-ish, 1-varaq. 11 OʻzR MDA, 79-fond, 1-roʻyxat, 1-ish, 1-varaq.

1. Markaziy, hududiy va mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatida to'liq va qisman audit va tekshirish so'rovlarini o'tkazish.

2. Oliy organlar tomonidan markazda va joylarda tashkil etiladigan komissiyalar va majlislarda maslahat ovozi bilan ishtirok etish huquqi.

3. Tekshirilayotgan muassasalar harakatlarining aniq noqonuniy buyruqlarini to'xtatib turish12. Shtat jadvaliga ko'ra, Ishchi-dehqon inspeksiyasi nozirligi quyidagi tuzilishga ega edi; Hay’at, Instruktor va audit bo'limi; Ariza va shikoyatlar byurosi; va umumiy bo'limni tashkil qilar edi..

Xorazm Xalq Sovet Respublikasi Markaziy Ijroiya Qo'mitasining 1923-yil 7- iyuldagi buyrug'i bilan mehnatni muhofaza qilish boshqarmasi tashkil etildi13. Nozirlar Kengashiga qurultoy tomonidan tayinlangan rais boshchilik qilib, qurultoy va Markaziy saylov komissiyasi ishiga mas’ul bo‘lgan, Sovet xalq nozirligining siyosiy va texnik raisi ham tashqi ishlar vaziri lavozimini egallagan. Nozirlar kengashining vakolatiga quyidagilar kiritilgan edi: Xorazm Markaziy Ijroiya Qo'mitasi tomonidan chiqarilgan barcha farmon va tadbirlarni tegishli davlat apparati orqali amalga oshirish; barcha Nozirliklarning ishini umumiy reja asosida olib borish; nozirliklar faoliyatida yuzaga keladigan fundamental xarakterdagi masalalarni hal etish.

Xorazm Markaziy Ijroiya Qo'mitasining umumiy huquqiy qoidalari va farmonlari doirasida Nozirlik va alohida bo'limlar uchun nizomlar ishlab chiqarish huquqiga ega edi. Nozirlik sho‘rosi qoshida Davlat plan komissiyasi bo‘lib, u Nozir kengashi tomonidan tasdiqlangan nizom asosida faoliyat olib borardi.14 Xalq Nozirlari Kengashi barcha Nozirliklardan o‘z ishlari haqida ma’lumot talab qilish huquqiga va kelgusidagi ish rejalarini ko‘rib chiqib tasdiqlar edi. Shtat jadvaliga ko‘ra, Xalq Nozirlari Kengashi quyidagi tuzilmaga ega edi: Nozirlar kengashining raisi, Rais oʻrinbosari, Kotib15. Xorazm xalq sovet respublikasi tashkil etilib xon hokimiyati agʻdarilib tashlangandan keyin inqilobiy harbiy kengashi ham tuzildi. U Inqilobiy hokimiyatning vaqtinchalik markaziy organi sifatida faoliyat yuritib, XXSR Inqilobiy 12 OʻzR MDA, 79-fond, 1-roʻyxat, 1-ish, 1-varaq. 13 OʻzR MDA, 71-fond, 1-roʻyxat, 1-ish, 2-varaq. 14 OʻzR MDA, 71-fond, 1-roʻyxat, 1-ish, 2-varaq 15 OʻzR MDA, 71-fond, 1-roʻyxat, 1-ish, 3-varaq. Harbiy Kengashi harbiy idoraning bo'linmalari, direksiyalari, muassasa va muassasalarini tashkil etish, boshqarish, nazorat qilish, birlashtirish, respublika qo'shinlarining siyosiy ta'limi va mamlakat mudofaasi masalalarini ishlab chiqish uchun tashkil etilgan. Inqilobiy Harbiy Kengash XXSRning oliy harbiy organi boʻlib, Barcha qurolli kuchlar, shuningdek, orqa va frontda joylashgan muassasalar, idoralar va harbiy muassasalar Xorazm Xalq Sovet Nozirligi Inqilobiy Harbiy Kengashining yurisdiktsiyasida edi16. Inqilobiy Harbiy Kengash tomonidan kiritilgan milliy ahamiyatga ega bo'lgan barcha ishlab chiqilgan masalalar Xorazm Markaziy Ijroiya Qoʻmitasi tomonidan ko'rib chiqilar va faqat ikkinchi tomonidan ma'qullangandan keyin ular qonun kuchiga ega bo'lar edi.

Inqilobiy Harbiy Kengash yuridik bo'linmalarga quyidagicha ko'rsatmalar berar edi: qonun loyihalari, yo'riqnomalar, nizomlar, harbiy qo'mondonlik va boshqaruv organlari, muassasalarining nizomlari va shtatlarini ko'rib chiqish, mahalliy harbiy qo'mondonlikni tashkil etish, harbiy mutaxassislarni taqsimlash, umumiy harbiy tayyorgarlik loyihasini ishlab chiqishni, tashkillashtirish iborat edi. Barcha boʻlim va muassasalar bilan aloqada boʻlib, harbiy roʻyxatga olish ishlari olib borilar va Xorazm Qizil Armiyasining siyosiy taʼlim va targʻibot-maʼrifiy ishlarini tashkil etish haqida tashviqotlar olib borar, shuningdek, safarbarlik rejalarini tuzish va taqsimlash, respublika qurolli kuchlarining shakllanishini nazorat qilar edi. XXSR markaziy ijroiya qoʻmitasining 1921-yil 26-maydagi qarori bilan XXSR inqilobiy harbiy kengashining doimiy tarkibi 5 kishidan iborat etib tayinlandi.

1. Harbiy Nozir, shuningdek, rais.

2. XXSR qoʻshinlari qoʻmondoni, shuningdek, rais oʻrinbosari.

3. Harbiy.

4. Siyosiy boʻlim boshligʻi.

5. Respublika qoʻshinlari taʼminoti boshligʻidan iborat edi17. 1923-yil 17- oktabrda IV Xorazm xalq deputatlari Kengashlari qurultoyi boʻlib oʻtdi18. Qurultoyda 16 OʻzR MDA, 1505-fond, 1-roʻyxat, 1-ish, 1-varaq. 17 OʻzR MDA, 1505-fond, 1-roʻyxat, 1-ish, 2-varaq. Sovet Ittifoqining aralashuvi bilan Xorazm Xalq Sovet Respublikasini Xorazm Sovet Sotsialistik Respublikasiga aylantirishga qaror qildi. Lekin oradan hech qancha vaqt oʻtmasdan Xorazm Sovet Sotsialistik Respublikasi Markaziy Ijroiya Qo'mitasining 1924-yil 23-noyabrdagi 251-sonli qarori bilan Xorazm Xalq Sovet Respublikasi barcha nazorat organlari nozirliklari faoliyati tugatildi19. Qolaversa Xorazm Sovet Sotsialistik Respublikasi ham tugatilib yangi tuzilgan Oʻzbekiston Sotsialistik Respublikasi tarkibiga qoʻshib yuboriladi.

Shuni takidlash lozimki Xorazm Xalq Sovet respublikasida tuzilgan nazorat organlari ko`plab tarmoqlarni keng qamrob olib markazdan bevosita boshqarib turilgani ko`rishimiz mumkin. Xorazm Markaziy Ijroiya Qo'mitasi Sovet xalq nozirligining ijro etuvchi, ma'muriy va qonun chiqaruvchi organi bo'lib, uning vakolati mamlakatda juda ham katta ahamiyatga ega edi.

Foydanalingan manba va adabiyotlar roʻyxati.

1. 71-fond., Xorazm Xalq Sovet Respublikasi Markaziy Ijroiya Qoʻmitasi.

2. 72-fond., Xorazm Xalq Sovet Respublikasi Xalq Nozirlar Soveti.

3. 76-fond., Xorazm Xalq Sovet Respublikasi Ichki Ishlar Xalq Sovet Nozirligi.

4. 79-fond., Xorazm Xalq Sovet Respublikasi Ishchi-Dehqon Inspeksiyasi Xalq Nozirligi.

5. 1505-fond., Xorazm Xalq Sovet Respublikasining Inqilobiy Xarbiy Kengash Soveti.

6. Axangarov M. Xorazm tarixi materiallari. -Urganch, 1964. -182 b.

7. Polvonov N. Xorazmda ijtiomiy harakatlar va siyosiy partiyalar tarixi (1900-1924). Toshkent: Akademik nashr, 2011. -186 b.

8. Ўзбекистоннинг янги тарихи. Ўзбекистон совет мустамлакачилиги даврида. Илмий муҳаррир М.Жўраев. -Тошкент: Шарқ. 2000; 18 OʻzR MDA, 1505-fond, 1-roʻyxat, 1-ish, 4-varaq. 19 OʻzR MDA, 71-fond, 1-roʻyxat, 2-ish, 12-varaq.

Metin PDF'den otomatik olarak çıkarılmıştır ve hatalar içerebilir.