ResearcherUz LogoResearcherUz
Dergiyi Görüntüle

YEVROPA DAVLATLARIDA VOYAGA YETMAGANLARGA NISBATAN TAYINLANGAN OZODLIKDAN MAHRUM QILISH JAZOSINI IJRO ETISHNING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI

Özet

Maqolada muallif tomonidan Yevropa davlatlarida voyaga yetmaganlarga nisbatan ozodlikdan mahrum qilish jazosini ijro etishning o‘ziga xos xususiyatlari tahlil etilgan.


Tam PDF Belgesi

İlgili Makaleler

Tam metin

IJRO ETISHNING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI

Kulturayeva Sarvinoz Sadriddin qizi

Yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD)

Annotatsiya: Maqolada muallif tomonidan Yevropa davlatlarida voyaga yetmaganlarga nisbatan ozodlikdan mahrum qilish jazosini ijro etishning o‘ziga xos xususiyatlari tahlil etilgan.

Kalit so‘zlar: voyaga yetmaganlar, ozodlikdan mahrum qilish, jazo, jazoni ijro etish, tarbiya koloniyalari.

Ozodlikdan mahrum qilish jazosini samarali ijro etish, shuningdek mazkur jazodan ko‘zlangan maqsadga ijobiy erishishda ilg‘or xorijiy davlatlarning tajribasini tadqiq etish muhim ahamiyat kasb etadi. Bu borada Yevropa davlatlarida ozodlikdan mahrum qilish jazosini ijro etishning samarali usullaridan foydalanishda boy tajribaga ega ekanligini ko‘rishimiz mumkin.

Xususan, Buyuk Britaniyada 21 yoshgacha bo‘lgan voyaga yetmagan mahkumlarni ozodlikdan mahrum qilish jazosini borstal axloq tuzatish muassasalari va maktablarida o‘taydi1. Mazkur davlatda voyaga yetmasdan turib jinoyat sodir etgan shaxslar uchun ularni qisqa muddatda saqlab turiladigan va tarbiyalaydigan axloq tuzatish-tarbiya markazlariham mavjud.

Buyuk Britaniyada qonunchiligiga ko‘ra, jazoni ijro etish muassasalarida mahkumlarni jazoni o‘tash davri 3 bosqichga ajratiladi2 :

- sinov davri;

- axloqan tuzalish davri;

- muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilish davri.

Bu borada Germaniyada 14-18 yoshli mahkumlar jazo o‘taydigan muassasalar 1 Беляева Л.И. Исполнение наказания в виде лишения свободы в отношении несовершеннолетних: международные стандарты. – M.: Вестник института, 2014. – C. 67. 2 Yuldashev M.Sh. Ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo ijrosini tashkil etishda xorij tajribasi. – T.: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining axborotnomasi, 2009. № 3. – B. 99. asosiy urg‘uni mahkumni ijtimoiy-foydali mehnatni rag‘batlantirish orqali ularni axloqan tuzatishga qaratadi. Germaniyada jazolarni ijro etish 1971-yil 15-maydagi Jinoyat kodeksi va 1976-yil mart oyida qabul qilingan “Ozodlikdan mahrum qilish tarzidagi jazoni ijro etish va ozodlikdan mahrum qilish bilan ifodalangan tuzatish va xavfsizlik choralari to‘g‘risida”gi qonun bilan tartibga solinadi.

Bugungi kunda Germaniyada penitensiar muassasalar tomonidan mahkumlarni ta’lim olish huquqida foydalanish imkoniyatlari kengaytirilmoqda, Xususan, ushbu davlatda masofaviy oliy ta’lim joriy etilgan bo‘lib, maxsus ishlab chiqilgan qo‘llanmalar orqali mahkumlar o‘qitiladi va muayyan mutaxassislikka ega

Ushbu davlatda voyaga yetmagan jinoyatchilar uchun muassasalardagi rejim axloq tuzatishning ijtimoiy va psixologik-pedagogik usullariga asoslanadi. Germaniya qamoqxonalarida voyaga yetmagan mahkumlar maktabda umumiy ta’lim olishadi va kasb-hunar maktabida mehnat kasbini egallashadi. Biroq, ularning bo‘sh vaqtini muassasa xodimlari asosan oilaviy tarbiyaga yaqinlashtirishga intilishadi.

G.Xaynsberg qamoqxonasida zamonaviy, yaxshi jihozlangan sport zali mavjud bo‘lib, u yerda voyaga yetmaganlar futbol, basketbol, voleybol kabi sport turlari bilan shug‘ullanishadi. Ushbu qamoqxona hududda katoliklar, protestantlar, yevangelistlar bilan ibodat qilish uchun cherkov qurilgan va hozirda faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Islom dinini qabul qilgan mahkumlar uchun esa islomiy ibodatxonalar mavjud. Ushbu qamoqxonada 22 yoshgacha bo‘lgan voyaga yetmagan mahkumlar saqlanadi3.

O‘smirlar jazo o‘tash davomida turli xil kasb-hunarlarni o‘zlashtiradilar, xususan: g‘isht teruvchi, plitka o‘rnatuvchi, betonchi, mexanik-chilangar, dastgoh sozlovchi, elektr tuzatuvchi kabilar. Kasbga qarab o‘qish muddati bir yildan uch yilgacha davom etadi. Mahkumlar bilan ishlashda tabaqalashtirilgan yondashuv qo‘llaniladi. Bu muassasalarga yangi kelgan mahkumlar uchun moslashish kameralarining mavjudligi, shuningdek, giyohvandlikka chalingan voyaga yetmagan mahkumlar uchun alohida kameralar mavjudligi bilan izohlanadi. Psixologlar va ijtimoiy xodimlar maxsus tuzatish dasturlari bo‘yicha ular bilan individual tartibda maqsadli ishlaydi. Voyaga yetmagan 3 Рябых С.Б. Правовой режим исполнения и отбывания наказания в воспитательных колониях России. Дисс.канд.юрид.наук: – Москва, 2011. – C 71. mahkumlarning kameradagi tarkibi guruh va jamoaviy mashg‘ulotlarni tashkil etishga xalaqit bermaydi.

Germaniyada voyaga yetmagan mahkumga ta’sir qilishning asosiy vositalaridan biri qamoqxona xodimlari tomonidan ishlab chiqilgan mahkumlarni rag‘batlantirish uchun uch bosqichli tizimdir. Birinchi bosqich jazoni o‘tashning dastlabki bosqichi bo‘lib, bunda mahkum saqlanadigan kamerada ma’lumot vositalaridan faqat devor radiosi mavjud bo‘ladi. Agar mahkum o‘zini intizomli tutib, jazoni o‘tash shartlarini buzmasa, maktabda ta’lim olsa, u ikkinchi bosqichga o‘tkaziladi. E’tiborli jihati shundaki, ikkinchi bosqichda mahkum intizom talablariga to‘liq rioya etgan hollarda o‘zining shaxsiy mablag‘iga saqlanadigan kamerasiga televizor sotib olish huquqiga ega bo‘lishidir. Uchinchi bosqichda esa, mahkum ta’lim olish va jazoni o‘tash shartlariga to‘liq rioya etgan hollarda televizordan tashqari, musiqa instrumenti, xattoki kompyuter sotib olish huquqiga ega bo‘ladi. Agar mahkum ushlab turish rejimini buzsa, u darhol kamerada yuqorida sanab o‘tilgan narsalarga ega bo‘lish huquqidan mahrum etilib, eng past darajaga o‘tkaziladi.

Bugungi kunda Germaniya qamoqxonalarida mavjud rejimni ta’minlashga quyidagi omillar salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda: mahkumlarning ko‘p millatli tarkibi, ko‘p sonli giyohvandlarning mavjudligi (mahkumlarning 90% giyohvand moddalarni iste’mol qilganligi uchun jinoyat sodir etadilar), mahkumlarning katta qismi savodsiz ekanligi (taxminan 10 %)4.

Ozodlikdan mahrum qilish jazosini ijro etishda ilg‘or tajribaga ega bo‘lgan davlatlardan biri Finlandiya davlati qonunchiligiga asosan, voyaga yetmagan mahkumlar saqlanadigan jazoni ijro etsh muassasalarida mahkumlarga televizor, magnitofon, kitob, o‘quv qurollari, kompyuter o‘yinlaridan foydalanishga ruxsat etiladi. Shuningdek, jazoni ijro etish muassasalarida pedagog va psixolog xodimlar uchun alohida shtat birligi mavjud bo‘lib, ular voyaga yetmagan mahkumlarni tarbiyalashda

Shubhasiz, tarbiya koloniyalarida jazo o‘tayotgan mahkumlarga tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatishda pedagog va psixologlarning o‘rni katta. Chunki ular jazoni ijro etish muassasalari xodimlariga qaraganda mahkumlarni axloqan tuzatishda maxsus ko‘nikma 4 Фомин Ф., Александров Ю. Несовершеннолетние в тюрьмах Германии. Преступление и наказание. 2009. № 2. – C. 58-59. va bilimlarga ega ekanliklari, bu borada o‘zlarining maxsus metodlari orqali mahkumlarga individual ta’sir etish yo‘llarini ishlab chiqishlari bilan ajralib turadi.

Bundan tashqari, Finlandiyada mahkumlarning ta’lim olish huquqi ham tartibga solingan bo‘lib, talim berish Finlandiya davlatining “Ta’lim to‘g‘risida” gi Qonuniga asosan olib boriladi. Mahkumlarning ta’lim olishi bilan bog‘liq xarajatlarning yarmi ya’ni ellik foizi jazoni ijro etish muassasalari ma’muriyati tomonidan qoplanadi5.

Shvetsariya qonunchiligi bu borada boshqa Yevropa mamlakatlaridagi kabi bir qancha umumiy xususiyatlarga, ayni vaqtda alohida farqli tomonlarga ega davlat ekanligini qayd etib o‘tish lozim. Eng asosiy farqli tomonlaridan biri shundaki, ushbu davlatda yagona jinoyat-ijroiya qonunchiligi mavjud emas, ya’ni Shvetsariyadagi jami 26 ta konton (provinsiya) larda ozodlikdan mahrum qilish jazosini ijro etish turli xil tartib qoidalar asosida amalga oshiriladi6.

Shvetsariya penitensiar muassasalari tomonidan ijobiy xulq-atvorga ega, ijtimoiy foydali mehnatda o‘zini ko‘rsatib borayotgan voyaga yetmagan mahkumlar saqlanadigan kameralarda televizor va musiqiy instrumentlardan foydalanishga ruxsat etiladi. Xattoki, mazkur davlat muassasalarida mahkumlarning televizor va musiqiy asboblarini ma’muriyatdan ijaraga olish huquqi ham berilishi diqqatga sazovordir.

Televideniya orqali mahkumlarga tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatisha, ularning xulqatvori ijobiy tarafga o‘zgarishida yordam beradigan 30 ga yaqin dasturlar nemis, fransuz va italyan tillarida namoyish etiladi7. Agarda mahkumlar tomonidan rejim talablari buzilsa, xususan ular tomonidan majburiy mehnatdan bo‘yin tovlaganilganda, kun tartibi buzilganda muassasa ma’muriyati intizomiy jazo sifatida mahkumlarni teleko‘rsatuvlarni ko‘rish huquqidan vaqtinchalik yoki doimiy mahrum qilish huquqiga ega.

Shvetsariyada mahkumlarni ijtimoiy foydali faoliyat bilan jalb etishda yuqori saviyada jihozlangan sport maydonchalaridan, maktablardan, ibodat qilish xonalaridan va turli xil tillarda yozilgan adabiyotlar bilan to‘ldirilgan mavjud kutubxonalardan 5 Yuldashev M.Sh. Ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo ijrosini tashkil etish: O‘quv qo‘llanma. – T.: O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi, 2010. – B. 77. 6 Кузнецов М.И. Организация социалной служби пенитенсиарних учреждениях Швецарии. Преступления и наказания. 2003. № 11. – C. 26-29. 7 Кузнецов М.И. Организация социалной служби пенитенсиарних учреждениях Швецарии. Преступления и наказания. 2003. № 11. – C. 26-29. unumli foydalaniladi. Mamlakat penitensiar muassasalari tizimi faoliyatining o‘ziga xos e’tiborli tomoni shundaki, mahkumlarni nafaqat jazoni o‘tash jarayonidagi hayotiga, balki ozodlikka chiqarilgandan keyingi hayotlariga ham jiddiy e’tibor beriladi.

Shvetsariyada voyaga yetmasdan turib jinoyat sodir etgan shaxslar maxsus axloq tuzatish muassasasi bo‘lgan ta’lim va mehnat muassasalariga yuboriladi. Markazlardagi barcha xavfsizlik funksiyalari zamonaviy videokuzatuv tizimi tomonidan amalga oshiriladi. Xodimlarning asosiy qismi o‘qituvchilar, psixologlar va sotsiologlardir8.

E’tiborlisi, Shvetsariyadagi muassasalarda xodimlar maxsus kiyim (forma) kiymaydilar. Markaz xodimlari qurol va maxsus vositalarni olib yurish huquqiga ham ega emaslar. Favqulodda vaziyatlar yuz bergan hollarda barcha harakatlar 7-8 daqiqa ichida kelgan politsiyachilar tomonidan amalga oshiriladi.

Mahkumlar uchun yashash joylari ularning sodir etgan jinoyatga bog‘liq ravishda maydoni 11 kv.m. li yopiq va ochiq bo‘limlardan iboratdir. Yopiq bo‘limda saqlanayotgan mahkum muayyan vaqtdan so‘ng, ijobiy xatti-harakatlariga qarab ochiq bo‘limga o‘tkazilishi mumkin. Qoida tariqasida, yopiq bo‘limda saqlash vaqti taxminan to‘rt oyni tashkil qiladi, ammo salbiy xul-atvorga ega mahkumlar u yerda ikki yilgacha bo‘lishlari ham mumkin. Yopiq bo‘limda saqlanadigan mahkumlar sport va madaniy tadbirlarga oyiga 1-2 marta qatnashishlari mumkin. Ochiq bo‘limda saqlanadigan mahkumlar uchun ushbu tadbirlarda ishtirok etish chegarasi belgilanmagan.

Ochiq bo‘limda joylashgan xonalar har bir mahkumning didiga qarab bezatilgan. Jazoni o‘tash rejimini buzmagan mahkumlar dam olish kunlari uylariga qo‘yib yuboriladi. Ochiq bo‘lim hududida maxsus izolyator mavjud bo‘lib, u yerda mahkumlar jazo o‘tash davomidagi turli huquqbuzarliklar uchun joylashtiriladi. Izolyatorda bo‘lish qoidalari maxsus reglament bilan tartibga solinib, u yerda bo‘lish muddati mahkum tomonidan sodir etilgan harakatning xavflilik darajasiga qarab 1-2-xaftadan 9 oygacha bo‘lishi mumkin9.

Voyaga yetmaganlar saqlanadigan axloq tuzatish muassasalarida keng yordamchi xo‘jalik mavjud bo‘lib, ushbu xo‘jalikda issiqxona va bog‘lar tashkillashtirilgan. Ustaxonalarda voyaga yetmagan mahkumlar florist-dekorativ kasbini egallaydilar. 8 Рябых С.Б. Правовой режим исполнения и отбывания наказания в воспитательных колониях России. Дисс.канд.юрид.наук: – Москва, 2011. – C. 74. 9 Рябых С.Б. Правовой режим исполнения и отбывания наказания в воспитательных колониях России. Дисс.канд.юрид.наук: – Москва, 2011. – C. 74-75. Muassasada mukammal jihozlangan sport zallari, o‘yinlar va mashg‘ulotlar uchun xonalar, kompyuter xonalari, ustaxonalar mavjud. Muassasadagi rejim va kundalik hayot ko‘proq yoshlar lageriga o‘xshash tarzda tashkil etilgan.

Muassasadagi barcha mahkumlar qondagi alkogol va giyohvand moddalar uchun muntazam ravishda tekshiriladi. Shuningdek, muassasa ma’muriyati o‘spirinni spirtli ichimliklar yoki giyohvand moddalarni iste’mol qiladigan yaqinlari bilan aloqa qilishdan himoya qilish huquqiga ega. Bunday qarindoshlar va tanishlar uchrashuvlarga kelishlari taqiqlanadi. Shvetsariyaning yosh jinoyatchilarga ta’siri tizimidagi eng qimmatli narsa shundaki, asosiy e’tibor to‘liq nazoratga emas, balki ular bilan ishlashning barcha bosqichlarida reabilitatsiya va sotsializatsiyaga qaratilganligidir.

Italiyada esa voyaga yetmagan shaxslar uchun jinoyiy javobgarlik belgilaydigan haqida alohida qonunlar mavjud. Xususan, 2006-yilda qabul qilingan “Voyaga yetmaganlar huquqi to‘g‘risida”gi Qonun (Legge 285/1997) 10 voyaga yetmaganlar tomonidan sodir etilgan jinoiy xatti-harakatlarni tartibga soladi. Ushbu davlatda Voyaga yetmaganlar uyi (Istituti Penale Minorile) ya’ni voyaga yetmaganlarning jazoni o‘tashi uchun maxsus muassasalar mavjud. Mazkur davlatda mahkumlarning ta’lim olish huquqi bilan bir qatorda chet tillarni o‘rganishi ham rag‘batlantiriladi. Muassasalarda che tillarini o‘rgatadigan maxsus kurslar ham mavjud bo‘lib, ularnin haqi mahkumning hisobidan amalga oshiriladi11.

Jazo o‘tash tartibi va shartlarini buzgan voyaga yetmagan mahkumlar ta’lim olish, kutubxona xizmatidan foydalanish, sport o‘yinlari va ko‘ngilochar tadbirlarda ishtirok etish, yaqin qarindoshlari bilan uchrashish kabi huquqlardan mahrum etilishi mumkin.

Italiya davlatida ozodlikdan mahrum qilish jazosini samarali ijro etish, mahkumlarni ijtimoiy foydali mehnatga jalb etish maqsadida penitensiar muassasalar ma’muriyati mahkumlar zarur kasb va mutaxassisliklarga o‘qitilib, jazoni o‘tab chiqqanlaridan o‘zini kasbiy ko‘nikmalaridan kelib chiqib tegishli korxona va muassasalarda faoliyat olib borishiga ko‘maklashadi. 10 “Voyaga yetmaganlar huquqi to‘g‘risida”gi Qonun, 28 mart 1997 yil, 285-sonli qonun. Legge 285/1997 - Normativa 11 Беляева Л.И. Исполнение наказания в виде лишения свободы в отношении несовершеннолетних: международные стандарты. – M.: Вестник института, 2014. – C. 112.

Fransiyaning voyaga yetmagan jinoyatchilarga nisbatan jazo siyosati “yangi ijtimoiy himoya” konsepsiyasining qoidalariga asoslanadi, unga ko‘ra jazo birinchi navbatda ijtimoiy xavfli shaxslarni tuzatish, ularni qayta ijtimoiylashtirish maqsadini ko‘zlashi kerak. 1958-yildagi Fransiya Jinoyat-protsessual kodeksining 728-moddasida jazoni o‘tash uchun mo‘ljallangan qamoqxonalardagi rejim “mahkumlarni qayta tarbiyalash va ularni jamiyatda normal holatga qaytarish”ga yordam berishi kerakligi nazarda tutilgan12.

Ushbu vazifalar Fransiyada jazo o‘tayotgan voyaga yetmagan mahkumlarga nisbatan to‘liq amalga oshiriladi. E’tiborlisi, ushbu davlatda ozodlikdan mahrum etilgan voyaga yetmagan mahkumlar mamlakatning qolgan aholisi kabi barcha tibbiy xizmatlardan foydalanish huquqiga ega. Bu borada 1994-yil 18-yanvarda qabul qilingan qonun muhim ahamiyat kasb etib, mazkur qonun mahkumlarni qamoqxona joylashgan joyda joylashgan kasalxonalarda davolashni, shuningdek ularning har birini ijtimoiy ta’minot organlarida ro‘yxatdan o‘tkazishni nazarda tutadi. Bundan tashqari, mahkumlar ozodlikdan mahrum qilish joylaridan ozod qilinganidan keyin ularni davolash zarur bo‘lsa, davolash kursini davom ettirish imkoniyati ko‘zda tutilgan.

Fransiyaning jazoni ijro etish muassasalarida, voyaga yetmaganlarga rag‘batlantirish chorasi sifatida o‘zi xohlagan shaxsiy buyumidan foydalanish huquqi berilishi mumkin.

Fransiya qamoqxonalarida voyaga yetmaganlarni birinchi navbatda o‘qitishga katta ahamiyat beriladi. Ta’lim tizimiga asosan, maktabda o‘qish 16 yoshgacha majburiydir. O‘quv jarayonini Fransiya ta’lim vazirligining qamoqxona muassasalariga yuborilgan o‘qituvchilari amalga oshiradilar. 1995-yilda Adliya vazirligi va Ta’lim vazirligi tomonidan imzolangan shartnoma tufayli qamoqxona xizmatining har bir mintaqaviy boshqarmasi huzurida pedagogika bo‘limlari tashkil etildi 13 . Ularning maqsadi mahkumlarning boshlang‘ich ta’limining barcha turlarini ta’minlash va ta’lim jarayoni yakunlangandan so‘ng belgilangan shakldagi hujjatlarni berishdir. Agar mahkum o‘zi xohlasa, u ta’limning keyingi bosqichlarida ham o‘qishini davom ettirishi mumkin. 12 Рябых С.Б. Правовой режим исполнения и отбывания наказания в воспитательных колониях России. Дисс.канд.юрид.наук: – Москва, 2011. – C. 68. 13 Basic education in prisons. https://unesdoc.unesco.org/

Voyaga yetmagan mahkumlarning ijtimoiy moslashuvi va reabilitatsiyasiga hissa qo‘shadigan rejimning muhim elementlaridan biri bu ularda madaniyatga bo‘lgan qiziqish va muhabbatni shakllantirishdir. Muassasa ijtimoiy xodimlari shahar va departament tuzilmalari yordamida, shuningdek, mamlakat Madaniyat vazirligi ko‘magida mahkumlarni rassomchilik bilan tanishtirishga qaratilgan tadbirlarni tashkil etadilar. Tadbirlar jarayonida mahkumlar badiiy asarlar, ijodiy jamoalar estetik yo‘nalishining turli jabhalarini ko‘rishga muvaffaq bo‘ladi.

Shuningdek, Fransiya axloq tuzatish muassasalarida barcha mahkumlar kirishi mumkin bo‘lgan kutubxona, Adliya vazirligi hamda Yoshlar va sport vazirligi homiyligida tashkil etilgan ijtimoiy-madaniy va sport assotsiatsiyasi mavjud. Ushbu tuzilmalarning maqsadi mahkumlarning ijtimoiy hayotga qo‘shilish istagini qo‘llabquvvatlashdir.

Xorijiy davlatlarning voyaga yetmaganlarga nisbatan ozodlikdan mahrum qilish jazosini ijro etish bilan bog‘liq tajribasi tahlili shuni ko‘rsatadiki, zamonaviy Yevropada voyaga yetmagan mahkumlar uchun muassasalarda ozodlikdan mahrum qilish tarzidagi jazoni ijro etish va o‘tashni huquqiy tartibga solish Liberal model bilan ajralib turadi, bu yerda rejimning faqat eng muhim masalalari normativ hujjatlar bilan tartibga solinadi, qolganlari uchun esa, muassasalarning mahalliy hujjatlari chiqariladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI

1. Беляева Л.И. Исполнение наказания в виде лишения свободы в отношении C. 67. 2. Yuldashev M.Sh. Ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo ijrosini tashkil etishda xorij tajribasi. – T.: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining axborotnomasi, 2009. № 3. – B. 99. 3. Рябых С.Б. Правовой режим исполнения и отбывания наказания в воспитательных колониях России. Дисс.канд.юрид.наук: – Москва, 2011. – C 71. 4. Фомин Ф., Александров Ю. Несовершеннолетние в тюрьмах Германии. Преступление и наказание. 2009. № 2. – C. 58-59. 5. Yuldashev M.Sh. Ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo ijrosini tashkil etish: O‘quv qo‘llanma. – T.: O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi, 2010. – B. 77. 6. Кузнецов М.И. Организация социалной служби пенитенсиарних учреждениях Швецарии. Преступления и наказания. 2003. № 11. – C. 26-29. 7. “Voyaga yetmaganlar huquqi to‘g‘risida”gi Qonun, 28 mart 1997 yil, 285-sonli qonun. Legge 285/1997 - Normativa 8. Беляева Л.И. Исполнение наказания в виде лишения свободы в отношении C. 112. 9. Basic education in prisons. https://unesdoc.unesco.org/

Metin PDF'den otomatik olarak çıkarılmıştır ve hatalar içerebilir.