AHAMIYATI
Berdikulov Chingiz Dusmuradovich
Sh.Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti Falsafa va milliy g‘oya
kafedrasi tadqiqotchisi
Annotatsiya. Mazkur maqolada yoshlarning estetik dunyoqarash madaniyatini shakllantirishda ijtimoiy mas’uliyat va ma’naviy kollaboratsiyaning o‘rni yoritilgan. Unda estetik tarbiya, san’at, madaniyat, ta’lim va tarbiyaning o‘zaro bog‘liqligi, turli ijtimoiy institutlarning hamkorlikda ishlash zarurati asoslab berilgan. Yoshlarda tafakkur madaniyati va salohiyatining ro‘yobga chiqishi, estetik madaniyatning muhim metodologik asosi ekanligi ko‘rsatilgan.
Kalit so‘zlar: kollaboratsiya, yoshlar, madaniyat, tafakkur, farzand tarbiyasi, majburiyat, burch, ta'lim, javobgarlik.
Аннотация. В данной статье освещается роль социальной ответственности и духовного сотрудничества в формировании культуры эстетического мировоззрения молодежи. В ней обоснована взаимосвязь эстетического воспитания, искусства, культуры, образования и воспитания, необходимость совместной работы различных социальных институтов. Показано, что реализация культуры и потенциала мышления у молодежи является важной методологической основой эстетической культуры.
Ключевые слова: коллаборация, молодежь, культура, мышление, воспитание детей, обязанность, долг, образование, ответственность.
Abstract. This article highlights the role of social responsibility and spiritual collaboration in shaping the aesthetic worldview culture of young people. It establishes the interconnectedness of aesthetic education, art, culture, education, and upbringing, as well as the necessity for cooperation among various social institutions. The article demonstrates that the realization of the culture and potential of thinking in young people serves as an important methodological foundation for aesthetic culture.
Key words: collaboration, youth, culture, thinking, child-rearing, obligation, duty, education, responsibility.
Bugungi ijtimoiy taraqqiyot jarayonlarida yoshlarning faol fuqarolik pozitsiyasi negizida estetik dunyoqarashlarining rivojlanishiga o‘z ta’sirini ko‘rsatgan milliy va umuminsoniy qadriyatlarni o‘rganish muhim jarayon sanaladi. Shu boisdan, yurtimizda estetik dunyoqarash sohasidagi falsafiy ilmiy izlanishlarni kuchaytirish bugungi kunning asosiy tadqiqot obyektlaridan biriga aylandi. Shu o‘rinda bugungi globallashuv davrida jamiyat taraqqiyotining poydevori sifatida yoshlarga bo‘lgan e’tibor tobora ortib bormoqda. Ayniqsa, yoshlarning ma’naviy dunyoqarashi, estetik didi, madaniy tafakkuri va ijtimoiy mas’uliyati yurt kelajagini belgilovchi eng muhim omillardan biri sanaladi.
Shu bois, zamonaviy jamiyatda yosh avlod vakillarining estetik dunyoqarashini yuksaltirish, ularni ma’naviy jihatdan yetuk va barkamol insonlar qilib tarbiyalash dolzarb vazifalardan biri bo‘lib qolmoqda. Bu yo‘nalishda nafaqat ta’lim tizimi, balki oilalar, jamoatchilik tashkilotlari, san’at va madaniyat sohasi vakillari hamda ommaviy axborot vositalarining hamkorligi, ya’ni ma’naviy kollaboratsiya muhim o‘rin tutadi. Estetik dunyoqarash - bu insonning go‘zallikni idrok etish, uni qadrlash, estetik qadriyatlarni anglash va hayotda qo‘llash qobiliyatidir. Aynan shu jihat kishining madaniyati, ruhiy holati va ijtimoiy munosabatlariga bevosita ta’sir ko‘rsatadi.
Yoshlar madaniyati va tarbiyasini Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ta'kidlashicha “Zero, bugun har qanday davlatning ravnaqi, taraqqiyot bobida erishadigan natijalari va xalqining farovonligi, avvalo, yoshlarning ta’lim- tarbiyasi va kelajagiga qaratiladigan e’tiborga bog‘liqdir”1. deb ta’kidlab o‘tadilar. Yoshlar bu borada eng sezgir va shakllanishda bo‘lgan qatlam hisoblanadi. Ularning dunyoqarashi, hayotga, jamiyatga, san’atga va ma’naviyatga bo‘lgan munosabatlari ijtimoiy muhit, ta’lim, san’at va axborot manbalaridan olgan bilim va taassurotlar orqali rivojlanadi. Shu sababli ham ularning estetik madaniyatini shakllantirish masalasi ko‘p tomonlama yondashuvni, ya’ni ma’naviy kollaboratsiyani taqozo etadi. Ma’naviy kollaboratsiya deganda, turli soha va institutlarning, xususan, maktab va oliy ta’lim muassasalari, madaniyat markazlari, san’atkorlar, diniy ulamolar, blogerlar va ota-onalarning bir yoqadan bosh chiqarib, yoshlarning estetik va axloqiy tarbiyasini uyg‘unlashtirishga qaratilgan hamkorligi tushuniladi. Bunday hamkorlik yoshlarning ichki dunyosida ma’naviy uyg‘onish, estetik did va ijtimoiy mas’uliyat hissini oshiradi. Zero, jamiyatda go‘zallik va ezgulikni anglay oladigan, uni qadrlaydigan va hayotida tatbiq eta oladigan 1 Mirziyoyev Sh.M. Hozirgi zamon va Yangi O‘zbekiston. Toshkent. “O‘zbekiston”. 2024. – B 230 avlodgina barkamol jamiyatni barpo eta oladi. Shu nuqtai nazardan qaralganda, yoshlar estetik dunyoqarashini yuksaltirish – bu nafaqat ma’naviy-ma’rifiy vazifa, balki strategik ehtiyoj hamdir. Chunki yuksak estetik tafakkurga ega bo‘lgan shaxs, o‘zligini anglaydi, jamiyatdagi o‘rnini biladi va uni yanada obod qilish yo‘lida mas’uliyat bilan harakat qiladi. Bu esa nafaqat individual, balki ijtimoiy barqarorlik, tinchlik va taraqqiyot garovidir.
Har bir millatning estetik madaniyati murakkab va ko‘p qatlamli shakllangan jabhadir. Estetik madaniyatning mohiyati va uning milliy o‘ziga xosligini chuqur anglash muhimdir. Estetik madaniyat muammolarini tahlil qilish uchun o‘zligini anglatadigan etnomadaniy boyliklarni falsafiy tahlil etish, milliy bir butunlikni tarannum etuvchi sifatida ko‘rib chiqmaslik milliy estetik madaniyat haqida yetarlicha chuqur va aniq tasavvur bera olmaydi. Faqatgina estetik madaniyat strukturasini yanada aniqroq va asosli ravishda yoritib berish sharti bilan uning tarkibiy qismlarining bunday rivojlanishi jarayonida uning rivojlanishi, evolyutsiyasini aniq aniqlangan dialektik aloqadan iborat motivatsion va obyektiv tahlilga ishonish mumkin. “U faoliyat orqali madaniyatni aniqlashga estetik yondashuvni, ijtimoiy yo‘naltirilgan shakllarda insonning ijtimoiy subyekt sifatida ehtiyojlari va qobiliyatlarini amalga oshirish deb tushunadi, obyektiv natijasi - bu ijtimoiy subyektning o‘zi va ushbu shakllarini oddiy yoki kengaytirilgan qayta ishlab chiqarish bo‘lib, milliy madaniyatni aniq tahlil qilish uchun yanada oqilona va samarali bo‘ladi. Unda belgilangan tadbirlar amalga oshiriladi”2. An’anaviy madaniyatlar uchun kengaytirilgan emas, balki oddiy dekorativ shakllarni ko‘paytirish, tantanalar uchun bezak, hunarmandchilik, bezak buyumlari, turar-joy binolari milliy estetik madaniyatdan dalolat beradi.
Shu jarayonlarga yosh avlod vakillarining ishtirokini miqyosini oshirish, ularda etnoestetik dunyoqarashni shakllantirishga yo‘naltirilgan badiiy ijod namunalari, amaliy san’at yo‘nalishidagi bilimlar salmog‘ini oshirish asosiy vazifalar qatoriga kirishini ko‘rsatadi. Jamiyatda faol subyekt sifatida yoshlarning o‘z pozitsiyasiga ega bo‘lishi etnografik omillarni ham o‘z ichiga qamrab oladi. Ijtimoiylashgan jamiyatda atro-muhitning etnoestetik rangbarang ko‘rinish olishida “..badiiy adabiyot, rang tasvir san’ati, musiqa va boshqalarda insonning nafaqat estetik, shu bilan birga gnoseologik, tashkilotchilik ehtiyojlari va qobiliyatlari ham ishtirok etadi”3. Natijada insonning o‘z ehtiyoj va maqsadlarini amalga oshirishida estetik dunyoqarashga ham zavqiy 2 Абдуллаев М. Эстетическая культура. Теоретико-методологический аспект.-Т.:Фан, 1991. – С.13. 3 Арзиматова И., Ибрагимова Ф. Шахс маданияти ва бадиий-эстетик ўзгаришлар. – Фарғона: Classic”, 2020. - Б.63. munosabat tizimida yondashiladi.
Yosh avlodda etnoestetik dunyoqarashni shakllantirish jarayonida tabiat va jamiyat uyg‘unligi, rangbaranglikni his etish, yashash tarziga intilish, mehnat layoqati, bilim olishga, Vatanga sidqidildan xizmat qilishga bo‘lgan qiziqishni kuchaytiradi. Xalq mehnat jarayonini kuyga solish, nazm-navo, laparlar aytish yagona milliy o‘ziga xoslik, axloqiy-estetik g‘oyalarni anglab yetguncha bo‘lib o‘tgan jarayonlardir. Barcha xalqlar madaniyatida aynan shu bosqich belgilari mavjud. Mehnat qilish orqali estetik tamoyillarni amalga oshirib borib, bir vaqtning o‘zida kundalik hayotni estetiklashtirishga va kelajak uchun muhim boylikni qoldirishga intilish yuz bergan.
Shaxsning ma’naviy-ruhiy rivojlanishida ushbu tarkibiy qismlar jamiyatning estetik madaniyatini o‘zlashtirish darajasini ifodalaydi. Shuning uchun yoshlarning estetik madaniyatining tarkibiy qismlari quyidagilardan iborat bo‘ladi: 1) yoshlar estetik ongini rivojlantirish sifatida go‘zallik va xunuklilik, fojialilik hamda kulgilikni aglash sifatlari; 2) yosh avlodda estetik dunyoqarashni qaror toptirib borishda ideal, xuquq-normalar, estetik tamoyillar, yo‘nalishlar, e’tiqodlilik kabi sifatlar; 3) estetik diddagi mukammal bo‘lgan daraja sifatlari; 4) estetik qadriyatlarni estetik idealga muvofiq ravishda izchilligini ta’minlash.
Jamiyatda estetik madaniyat ham yoshlar faoliyatida faollikni oshirish bilan birga etnografik dunyoqarashning muhim tarkibiy qismlarini o‘z ichiga qamrab olib, yoshlarning tarixni chuqur bilishi yaxgi natija beradi va etnografik bilimlarning estetik ong va tafakkur bilan uyg‘un tomonlari o‘zini namoyon etadi. Chunki yoshlarning ijtimoiy fanlar doirasida egallagan bilimlari ham muhim kaloroitni anmoyish etib, tabiatga nisbatan zavqiy munosabatni, san’at asarlarini chuqur mushohada qilishni, o‘z xatti-harakatlarini va boshqalarning xatti-harakatlarini ham his qilishni o‘rgatadi. Yoshlarning estetik dunyoqarashi madaniyatini shakllantirish, avvalo, ularning go‘zallikka bo‘lgan munosabatini rivojlantirish, san’at va madaniyat bilan ichki bog‘liqligini mustahkamlash orqali amalga oshiriladi.
Estetik tarbiya yoshlarning qalbida noziklik, sezgirlik, go‘zallikni qadrlash, yomonlik va xunuklikdan yiroqlashish tuyg‘ularini shakllantiradi. Bu esa ularni insoniylik, odob-axloq va mas’uliyat tamoyillariga rioya qiladigan barkamol shaxs sifatida tarbiyalaydi. Estetik madaniyat yosh avlodning tafakkuri, ruhiy olami va hayotga bo‘lgan qarashlarida muhim o‘rin egallaydi. Ammo bu jarayonni faqat bir tomonlama - faqat ta’lim orqali amalga oshirish yetarli emas. Bu yerda ma’naviy kollaboratsiya, ya’ni turli ijtimoiy institutlarning birgalikdagi faoliyati muhim ahamiyat kasb etadi. Misol uchun, maktab o‘quvchisi darsda o‘qituvchidan estetik g‘oyalarni oladi, ammo ularni hayotda mustahkamlash uchun ota-onasining, san’atkorlarning, diniy va ma’rifiy ulamolarning, hamda jamiyatdagi boshqa yetuk shaxslarning o‘rnak bo‘lishi lozim.
Ma’naviy kollaboratsiyaning samarali amalga oshirilishi yoshlar ongida ijobiy o‘zgarishlar yuzaga keltiradi. Bunday hamkorlik natijasida ular milliy qadriyatlar, tarixiy meros, san’at asarlari, me’moriy yodgorliklar, musiqa, adabiyot va boshqa estetik manbalardan ruhlanadi. Masalan, teatr, muzey, adabiy kechalar, madaniy festivallar, estetik mavzudagi davra suhbatlari yoshlar ongiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Har bir ijtimoiy institut bu jarayonda o‘z mas’uliyatini chuqur anglab, birgalikda harakat qilsa, natija ancha samarali bo‘ladi. Bugungi kunda ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlar yoshlarning dunyoqarashini shakllantirishda kuchli vositaga aylangan. Shuning uchun, blogerlar, jurnalistlar va kontent yaratuvchilarning mas’uliyati ham yuqori bo‘lishi lozim. Ular tomonidan yaratilayotgan materiallar estetik qadriyatlarga mos, milliy madaniyatimizga xos, yoshlarning ruhiy va axloqiy kamolotiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadigan bo‘lishi kerak. Aks holda, turli yot madaniyatlar ta’siri ostida yoshlar o‘zligidan yiroqlashishi mumkin. Shuningdek, yoshlarni estetik tarbiyalashda masjidlar, diniy ulamolar, mahalla faollari ham faol ishtirok etishi lozim. Diniy-ma’rifiy so‘zlar orqali ularning qalbida poklik, halollik, go‘zallik va ezgulik tushunchalari chuqur ildiz otadi. Bu esa umumiy ma’naviy muhitni sog‘lomlashtiradi va yoshlarda ijtimoiy mas’uliyat hissini kuchaytiradi.
Yoshlarni milliy estetik ruhda tarbiyalashda muhim jihatlar e’tibor berishni zarur va ular quyidagilardir:
1) har bir o‘sib kelayotgan yosh avlodda estetik idrokni individual tarzda rivojlantirish orqali jamiyatga nisbatan go‘zallik va xunuklik tuyg‘ularini oshirish;
2) yuksak estetik dunyoqarashli yoshlarni tarbiyalashda did va ideal masalalariga alohida e’tibor qaratish;
3) yoshlarda badiiy tanqidchilik san’atini kuchaytirish orqali xilma-xil innovatsiyalarga jalb etish;
4) ijod namunalarini yaratishda milliy identlikni aks ettirish, kundalik hayot, munosabatlarda, odamlar harakatlarida va ularning xatti-harakatlarida chiroyli amallar bilan boyishi kerak.
Etnoestetik madaniyatning rivojlanishida, oilaviy muhitda estetik manzara sog‘lom bo‘lishi mezonlari o‘rinli ajratilishi kerak. “Chunki, farzandlarimiz onatabiatni tug‘ilganlaridan boshalab o‘zlarining ong tasavvurlari doirasida anglab boradi. Shu bilan birgalikda ularni his qilb borish tuyg‘ulari ham rivojlanib boradi. Ularda shu bilan etnoestetik tafakkur ham shakllanadi. Shu bilan birga bunday ijtimoiy-psixologik jarayon bevosita erkin, ozod, hech qanday tazyiqsiz, ko‘rsatmasiz, buyruqsiz bo‘lishni ham taqozo qiladi”4.
Kishining etnoestetik madaniyatining aksiologik komponenti o‘zining eng umumiy ko‘rinishida ma’lum bir kishining etnoestetik ma’lumotlarga va faoliyatga moyilligini, tegishli his-tuyg‘ular to‘plamining birlashishini, ularning zamonaviy ijtimoiy-madaniy sharoitda o‘ziga xosligi tavsiflanadi. Ijtioiy omillar va etnopedagogik qadriyatlar negizida etnik birlik va jamiyat ijtimoiyi holatini, an’anaviy turmush an’analarining ta’siriga ko‘ra, jamiyatda xukm surayotgan ma’naviy muhitning ta’siriga ko‘ra, milliy qadriyat va an’analarimizning jamoaviy holatiga ko‘ra yosh avlodning barcha sifatlari shakllanib boradi. Bu omillar farzand tarbiyasi uchun, ularning etnoestetik jihatdan barkamol bo‘lishlari, jamiyatda shaxs sifatida kamol topishida ta’lim tizimi bilan birgalikda kundalik tarbiyada birgalikda izchillik bilan olib borilishi, mantiqiy tafakkurlashining o‘tkirlashishi, hayotiy tajribaga xos mahoratning namoyon bo‘lishi kabi jihatlarda voqelikda mavjud bo‘ladi.
Xulosa qilib aytganda, yoshlarning estetik dunyoqarash madaniyatini yuksaltirish - bu oddiy tarbiyaviy jarayon emas, balki jamiyatning har bir qatlamini o‘zaro uyg‘unlikda harakatga undaydigan murakkab va mas’uliyatli vazifadir. Bu yo‘lda ta’lim muassasalari, oilalar, madaniyat va san’at sohasi vakillari, diniy-ma’rifiy tashkilotlar, ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoq faollari bir-birini to‘ldirib borishi, ya’ni chinakam ma’naviy kollaboratsiyani amalga oshirishi kerak. Chunki bu birgalikdagi harakatlar natijasida yosh avlodda estetik did, axloqiy poklik, go‘zallikka intilish va ijtimoiy mas’uliyat tuyg‘usi shakllanadi. Shu o‘rinda ularda turli etnomadaniyatlar voqelikni go‘zallik va xunuklikning mavjud bo‘lishini ifodalab beradi. Shu tarzda borliqdagi xilma-xil ranglar jilosi xalqlarning etnomadaniyati integratsiyalashib, estetik dunyoqarashning bir-biridan farq qilishiga olib keladi. Yoshlarda badiiy tafakkur yordamida estetik dunyoqarashni milliylik bilan uyg‘unlashtirish, real hayotdagi estetik tajribani egallashga o‘rgatish, tarixan shakllangan xalqning folklor san’atini zamonaviylik bilan uyg‘unlashtiradi;
Adabiyotlar ro‘yxati: 1.Mirziyoyev Sh.M. Hozirgi zamon va Yangi O‘zbekiston. Toshkent. “O‘zbekiston”. 2024. – B 230 2.Абдуллаев М. Эстетическая культура. Теоретико-методологический аспект.- 4 Ғайбуллаев О. Шахс маънавий камолоти ва эстетик маданият. – Тошкент, Chashma print, 2008. – Б.73. Т.:Фан, 1991. – С.13. 3. Арзиматова И., Ибрагимова Ф. Шахс маданияти ва бадиий-эстетик ўзгаришлар. – Фарғона: Classic”, 2020. - Б.63. 4.Ғайбуллаев О. Шахс маънавий камолоти ва эстетик маданият. – Тошкент, Chashma print, 2008. – Б.73. 5.Madatovich R. The Role of Civic Responsibility In Educating Youth In A Healthy Spiritual Environment In An Information Society //Pubmedia Social Sciences and Humanities. – 2025. – Т. 3. – №. 1. – С. 6-6. 6.Rо‘Zimurodov S. M., Abdualiov M. S. YOSHLARDA OMMAVIY
MADANIYATGA QARSHI MAFKURAVIY IMMUNITETNI SHAKLLANTIRISH
MEXANIZMLARI //Journal of marketing, business and management. – 2024. – Т. 3. – №. 8. – С. 416-418. 7.Madatovich R. S., Maxamadiyevna S. D. The Role Of The System Of Education And Family Education In Forming Youth's World View //European Journal of Humanities and Educational Advancements. – Т. 4. – №. 4. – С. 128-130.
8.АЗИЗКУЛОВ А. А., РУЗИМУРОДОВ С. М. ФИЛОСОФСКОЕ НАСЛЕДИЕ
ИБН СИНЫ В ТРАКТОВКЕ ЗАРУБЕЖНЫХ УЧЕНЫХ //К ЧИТАТЕЛЯМ. – С.
40. 9.Ruzimurodov S. M. Ethnomadanian, Ethnoestetic Aspects Of The Formation Of A Healthy Lifestyle In Society //The American Journal of Social Science and Education Innovations. – 2021. – Т. 3. – №. 05. – С. 188-194. 10.Азизкулов А. А., Рузимуродов С. М. БЫЛ ЛИ АЛЬ-ГАЗАЛИ
ИРРАЦИОНАЛИСТОМ-МИСТИКОМ?(ИЛИ РАЦИОНАЛИСТИЧЕСКИЙ
ПОДХОД В ТЕОЛОГИИ ИСЛАМА) //ФИЛОСОФИЯ В СОВРЕМЕННОМ
МИРЕ. – 2017. – С. 12-17.
Metin PDF'den otomatik olarak çıkarılmıştır ve hatalar içerebilir.