YURAGI O‘ZBEKCHA URGAN RUS SHOIRI
Qurolboyeva Maftuna Olimjon qizi
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti
Xalqaro jurnalistika fakultetining 2-bosqich talabasi
ANNOTATSIYA
O‘zbek yozuvchilari asarlari bilan har bir mamlakatning qalbidan joy olib kelgan. Dunyoda o‘z o‘rniga ega yozuvchilar va shoirlar ko‘p. Ulardan biri rus,o‘zbek adabiyotining atoqli arbobi Aleksandr Faynberg ham o‘z hissasini qo‘shgan. Faynberg she‘rlari va tarjimalari bilan o‘zbek, rus va boshqa xalqlar qalbidan joy olgan. Ushbu maqolada rus shoiri va O‘zbekiston xaql shoiri Aleksandr Arkadeyivich Faynbergning hayot yo‘li va ijodiy faoliyati haqida yozilgan. Uning asarlari haqida ma’lumotlar taqdim qilingan.
Kalit so‘zlar: ikki millat shoiri, rossiyalik, o‘zbek, tarjimon.
АННОТАЦИЯ
Узбекские писатели своими произведениями завоевали место в сердцах каждой страны. В мире есть много писателей и поэтов. Один из них - известный деятель русской и узбекской литературы Александр Фейнберг, внесший свой вклад. Своими стихами и переводами Файнберг занял место в сердцах узбеков, россиян и других народов. Статья написана о жизни и творчестве Александра Аркадьевича Фейнберга, русского поэта и народного поэта Узбекистана. представлен.
Ключевые слова: поэт двух народов, русский, узбек, переводчик.
Aleksandr Faynberg rus shoiri,tarjimon,ssenariynavis,O‘zbekiston Respublikasi xalq shoiri. Aleksandr Faynberg 1939-yil 2-noyabr kuni Toshkentda tugʻilgan. Uning otaonasi 1937-yil Novosibirskdan koʻchib oʻtgan. Shoirning otasi Arkadiy Lvovich Faynberg(1891-1971),onasi Anastasia Alexandrovna(1904-?) . Sobiq Jukovskaya ichida uning bolaligi oʻtgan. Yetti yillik maktabni tugatgandan soʻng Aleksandr Faynberg Toshkent topografiya texnikumiga oʻqishga kirdi. Toshkent topografiya kollejiga o‘qishga kirganidan so‘ng,Faynberg geolog sifatida butun mamlakat bo‘ylab sayr qilib yurdi va uning go‘zal tabiatga bo ‘lgan muhabbati uyg ‘ondi. Aynan shu davrda uning “Velosiped yo ‘lakchasi “nomli birinchi kitobi nashr etildi. Texnikumni tugatgandan soʻng Tojikistonda armiyada xizmat qildi. Keyin Toshkent universitetini (hozirgi Oʻzbekiston Milliy Universiteti)tugatdi,u yerda filologiya fakultetining sirtqi jurnalistika boʻlimida oʻqidi va talabalar koʻp tirajida ishladi. 1961-yilda Inna Glebovna Kovalga uylandi.
Oʻzbekistonning sheʼriy osmonida Aleksandr Faynberg mubolagʻasiz eng yorqin nuroniylaridan biri hisoblanadi. U Toshkent,Moskva va Sankt-Peterburgda nashr etilgan 13 ta she‘riyat toʻplamining muallifi. “Etyud” (1967), “Soniya” (1969), ‘‘She‘rlar” (1977), ‘‘Ijobat” (1982),‘‘Qisqa to‘lqin” (1983), ‘‘Yoyma to‘r” (1984), ‘‘ Erkin sonetlar” (1990) kabilar shular jumlasidan. U Alisher Navoiy va ko’plab zamonaviy oʻzbek shoirlarining she’rlarini rus tiliga tarjima qilgan. Uning sherlari “Smena”, ‘‘Navbat”, ‘‘Yoshlik”, ‘‘Yangi dunyo”, ‘‘SHarq yulduzi”, ‘‘Yangi Volga” jurnallarida va xorijiy mamlakatlar:AQSH, Kanada va Isroil davriy jurnallarida chop etilga1. Faynberg 1965- 1969-yillarda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasida maslahatchi bo‘lgan. U rusiyzabon kitobxonlarga koʻplab oʻzbek shoirlarning asarlarini tarjima qilib berdi. Moskvada Oʻzbekiston xalq shoiri Erkin Vohidovning “Ruhlar isyoni” poemasi, Toshkentda ‘‘Oqqushlar galasi” nomli oʻzbek shoirlari ijodidan qilingan tarjimalar jamlanmasi nashr 1URL: https://n.ziyouz.com/portal-haqida/xarita/jahon-she-riyati/rus- she’riyati/aleksandr-faynberg-1939- etildi. 1999-yilda “Paxtakor” futbol jamoasining aviakashzada halok boʻlganing 20 yilligiga uning ssenariyasi boʻyicha ‘‘ularning osmondagi stadioni” filmi suratga olingan,unda Aleksandr Faynbergning 1979-yilgi paxtakorlar haqidagi soʻzlariga qoʻshiq yangraydi. 2004-yilda shoir Faynberg Rossiya prezidenti Farmoni bilan madaniy aloqalarni rivojlantirish,rus tili va rus madaniyatini saqlashga qoʻshgan ulkan hissasi uchun ushbu yuksak mukofotga sazovor boʻladi. Uning qalamiga 7 badiiy film ssenariyasi tegishli, eng muhimlari ‘‘Koʻk osmonning oʻzida”, ‘‘Issiq quyosh ostidagi uy”, ‘‘Qandahor ostida yonib ketgan”, shuningdek,u 18 ta animation film ssenariylari muallifi. Bundan tashqari “Issiq quyosh ostidagi uy” (1977, ‘‘O‘zbekfilm ”)filmining ssenariy muallifi 2.
Aleksandr Faynberg - ajoyib tarjimon. Tarjimon o‘zbek yozuvchi va shoirlari: Abdulla Oripov va Xosiyat Rustamova , Sirojiddin Said va Omon Matjon va boshqa shoirlarning sheʼrlarini va dostonlarini rus tiliga tarjima qilgan. Faynberg Alisher Navoiy asarlarini rus tiliga 10 jildini tarjima qilgan va nashr qilgan. “Rubayat yorlari”sheʼrida u oʻzbek choyxonasini oʻzgarmas palov bilan shunday zavq bilan tasvirlaganki ,uni tabassumsiz oʻqib boʻlmaydi . Uning sheʼriy ijodida oʻtmish bilan hozirgi kun ,shuningdek,o ‘zbek xalqining mehr-oqibati ,muhabbatini ko‘rishimiz mumkin. O‘zbek shoiri Abdulla Oripov ‘‘Aleksandr Faynbergning ijodiga kelsak , barcha baland so‘zlar haqiqatning yuzdan bir qismini aks ettirmaydi,chunki u aslida noyob shoir va tarjimon edi. Jahon darjasidagi yozuvchi rus tilida so‘zlashadigan yozuvchilardan hech biri bizning quyoshli diyorimizga samimiy qo‘shiq kuylashi mumkin emas ”- deb ta’riflagan3. Shoiri sermahsul ijod qilgan. Uning ijodi rang - barangligi,teranligi va falsafiligi bilan insonlar qalbini zabt etgan. 2 Malixina G. Poeticheskiy priisk Aleksandra Faynberga. - Т., 2014. 3 URL: https://uz.wikipedia.org/wiki/Aleksandr_Faynberg
Suzyapman ,muhabbat,olis
Gulxanlardan o‘rlaydi tutun.
Sendan bo‘sa oladi yulduz,
Bu qirg ‘oqdan ketaman bugun.
Qirg ‘oqga tashlayman langarcho‘p,
Izmiga soladi moviy suv.
To‘lqinlari yugurik ,to‘p-to‘p
Daryo tubi-adabiy g‘uluv.
Daryo bo‘ylab oqim betizgin,
Tikilasan samoda –qushlar.
To‘lqinlar ham ayriliq hissin
Sezgan kabi bir-birin ushlar.
Sirg‘aladi bo‘zlaring qaynoq,
Ko‘rinmaydi gulxan tutuni.
Bulutlarning ortida – qirg‘oq :
Kechir! - ko‘kka sig‘maydi uning4.
Shoir, tarjimon, ssenariynavis Aleksandr Faynberg 2009-yil 14-oktabr kuni Toshkent shahrida vafot etdi.
Aleksandr Faynberg o‘z vatanining haqiqiy vatanparvarlig timsoli. Faynbergning xotirasi qalbimizda mangu qoladi. Uning she‘riy to‘plamalari hozirgi kungacha qo‘lma– qo‘l bo‘lib kelmoqda ,matnlari oraqli qo‘shiqlar kuylanmoqda va ssenariylari asosida filmlar, multfilmlar yartilgan. Uning hayoti bilan bog‘liq sanalar har yili 4 Faynberg A. Ishk; degani bir karashda tuyular oson... She’rlar//Aleksndr Faynberg. - Т.: Ijod nashr, 2021. nishonlanadi,shuningdek,she‘riy kechalar va tadbirlar o‘tkaziladi. Shoir xotirasini abadiylashtirish maqsadida adiblar xiyobonida Faynbergning haykali o‘rnatildi. Bundan tashqari,Aleksandr Faynberg nomidagi stipendiya ham ta’sis etildi. Mohir tarjimon, ssenariynavis Aleksandr Faynberg qalbimizda mangu qoladi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI
1. Malixina G. Poeticheskiy priisk Aleksandra Faynberga. - Т., 2014.
2. Faynberg A. Ishk; degani bir karashda tuyular oson... She ‘rlar//Aleksndr Faynberg. - Т.: Ijod nashr, 2021.
3.URL: https://n.ziyouz.com/portal-haqida/xarita/jahon-she riyati/russhe‘riyati/aleksandr-faynberg-1939-2009
4. URL: https://yuz.uz/uz/news/aleksandr-faynbergning-yorqin-xotirasi
5. URL: https://uz.wikipedia.org/wiki/Aleksandr_Faynberg
6. URL: https://arboblar.uz/uz/people/fajnberg-aleksandr-arkadevich
7. URL: https://arboblar.uz/uz/people/fajnberg-aleksandr-arkadevich
8. Meliqo‘ziyeva Z. (aprel 2023). O‘zbek va rus yozuvchisi Aleksandr Arkadevich. Faynberg hayoti, ijodining bugungi kundagi ahamiyati. Scientific Impulse,1(9), P.770- 772.
9. O‘ralov U. (dekabr 2022). O‘zbek xalqining chin do‘sti, tarjimon va shoir –
Aleksandr Faynberg. Pedagog (4), B.745-747.
10. Odinayev A. (iyun 2023). O‘zbek adabiyotida Aleksandr Faynberg ijodining o‘rganilishi. Education and Innovation, 2(6), P.118-121.
11. Ibrohimova M. (fevral 2023). Faynberg va uning adabiy borlig‘i. Scientific Impulse, 1(7), P.338-339.
Metin PDF'den otomatik olarak çıkarılmıştır ve hatalar içerebilir.