ResearcherUz LogoResearcherUz
Dergiyi Görüntüle

ZAMONAVIY DARSLARDA OʻZBEK TILINI OʻQITISHNING INNOVATSION USULLARI

Özet

Ushbu maqolada zamonaviy ta’lim jarayonida oʻzbek tilini oʻqitishda innovatsion yondashuvlarning ahamiyati yoritilgan. Bugungi avlodga bilim berishda faqat grammatikani oʻrgatish emas, balki milliy qadriyatlar, madaniyat va tafakkurni singdirish zarurligini ta’kidlangan. Darslar interaktiv, qiziqarli va samarali boʻlishi uchun axborot texnologiyalaridan, yangi pedagogik metodlardan foydalanish zarurati asoslab berilgan. Maqolada oʻzbek tilining davlat tili sifatidagi mavqeini singdirish, o‘quvchilarda mustaqil fikrlashni shakllantirish, kreativ yondashuv orqali dars samaradorligini oshirish bo‘yicha aniq tavsiyalar berilgan. 


Tam PDF Belgesi

İlgili Makaleler

Tam metin

USULLARI

Toʻyliyeva Sevara Erkin qizi

Termiz davlat universiteti 2-bosqich talabasi

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada zamonaviy ta’lim jarayonida oʻzbek tilini oʻqitishda innovatsion yondashuvlarning ahamiyati yoritilgan. Bugungi avlodga bilim berishda faqat grammatikani oʻrgatish emas, balki milliy qadriyatlar, madaniyat va tafakkurni singdirish zarurligini ta’kidlangan. Darslar interaktiv, qiziqarli va samarali boʻlishi uchun axborot texnologiyalaridan, yangi pedagogik metodlardan foydalanish zarurati asoslab berilgan. Maqolada oʻzbek tilining davlat tili sifatidagi mavqeini singdirish, o‘quvchilarda mustaqil fikrlashni shakllantirish, kreativ yondashuv orqali dars samaradorligini oshirish bo‘yicha aniq tavsiyalar berilgan. Shuningdek, zamonaviy oʻqituvchining vazifalari va masʼuliyati yoritilib, innovatsion taʼlim – bu kelajak sari qadam ekani taʼkidlanadi. KALIT SOʻZLAR: Innovatsion yondashuv, oʻzbek tili taʼlimi, interaktiv metodlar, axborot texnologiyalari, mustaqil fikrlash, ta’lim samaradorligi, oʻquvchi markazli yondashuv, til va madaniyat, zamonaviy oʻqituvchi, milliy ruh va tarbiya, innovatsion yondashuvlar,til oʻqitish jarayonida texnologiyalardan foydalanish, interaktiv oʻqitish usullari,raqamli vositalar, oʻquvchi va oʻqituchi hamkorligi, platformlar.

Bugun biz bilim va texnologiyalar rivojlangan zamonda yashayapmiz. Har bir kun oʻz yangiligini,oʻz talabi va yondoshuvini olib kelmoqda.Ilm, maʼrifat va taʼlim bu jarayonda oldingi safda turibdi. Ayniqsa, oʻzbek tilini oʻqitish- bu nafaqat bilim berish, balki milliy ruh, madaniyat va tafakkurni yetkazish oʻzligimizni anglashdir.Bugungi kun darslari kechagi kabi boʻla olmaydi.Endi bizdan yangilik, izlanish va samaradorlik talab qilinadi.Shuning uchun ham zamonaviy oʻzbek tili darslarida innovatsion usullardan foydalanish bugungi kunda zaruriyatga aylandi.Ta'lim tarbiya haqida yurtboshimiz bodbod takrorlaydilar.Quyidagi jumlalarida ham aynan ta'lim tarbiya haqida gapirgan.

"Eng katta boylik- bu aql-zakovat va ilm,eng katta meros-bu yaxshi tarbiya,eng katta qashshoqlik -bu bilimsizlikdir."deya keltirganlar. Til-bu nafaqat soʻzlar jamlanmasi,balki hayot tarzi. Avvalo,til oʻqituvchisining vazifasi faqat grammatikani tushuntirish emas.Bu har bir shaxs qalbiga yoʻl topish.Har bir shaxsning oʻz ona tilini qon- qonigacha singdirish. Bugungi avlod boshqacha ular uchun matn emas, balki harakat, interaktivlik,hayotiylik muhim.

Innovatsion yondashish kerak. Innovatsion usullar deganda,yangi texnologiyalar, interaktiv metodlar oʻquvchi markaziga asoslangan yondashuvlar tushuniladi.Endi oʻqituvchi markazda emas, oʻquvchi markazda turadi.U oʻzi izlanadi, oʻrganadi, anglaydi.Oʻqituvchi esa yoʻl koʻrsatuvchi, yoʻlboshchi boʻladi. Interaktiv taʼlim- dars jarayonida oʻquvchilar faolligi yuqori boʻlish kerak, savol-javob, guruhli ishlar,fikr almashuv, munozara bularning barchasi tilni yaxshi oʻzlashtirish va dars qiziqarli boʻlishiga xizmat qiladi. Axborot texnologiyalaridan foydalanish - kompyuter, planshet,smartfonlar yordamida video darslar audio matnlar, testlar,slaydlar turli platformalar Oʻzbek tili darslarini qiziqarli va samarali qiladi.

Rivojlantiruvchi metodlar tahlil, taqqoslash, insho yozish, badiiy asarlar asosida topshiriqlar tuzish orqali oʻquvchining tafakkuri,nutqi va dunyo qarashi shakllanadi.Zamonaviy oʻqituvchi darsga oʻzgacha yondashadi.Chunki U doim oʻz ustida ishlaydigan, yangiliklar qilishgan intiladigan, texnologiyalardan qoʻrqmaydigan oʻquvchining tilini topa oladigan shaxsdir. U eski usullar bilan yangi avlodni ilhomlantira olmaydi.Bu esa yaxshi natija bermaydi.Masalan,"Oʻzbek tili-davlat tili" mavzusida dars oʻtayotganda oʻquvchilarga davlat tiliga oid videoroliklar namoyish qilinadi,maqola oʻqitiladi,ular mustaqil fikr bildiradi.shunda dars bahs va tahlil shaklida oʻtadi. Bunday yondashuv oʻquvchini faollikka undaydi,darsda ishtirok etishga majbur qiladi.

Innovatsiya-bu kelajak sari qadam. Oʻzbek tilini oʻqitishda innovatsion yondashuvlar -bu shunchaki yangilik emas, balki zaruratdir.Bugun biz oʻzbek tilining goʻzalligini, boyligini,hayotga yaqinligini yosh avlodga yetkazishimiz shart. Bu esa faqat yangilikdan,ijodkorlikdan, texnologiyalardan qoʻrqmagan holda oʻqitish orqali amalga oshadi. Til bu - millat timsoli.Uni oʻrganish ham,oʻrgatish ham yuksak masʼuliyat talab qiladi. Har bir soʻz, har bir tushuntirilgan fikr - bu kelajak avlod qalbiga singadigan muqaddas saboqdir. Shu sababli ham biz yoshlar innovatsion yondashuvlarni qoʻllabquvvatlashimiz va ulardan toʻgʻri foydalanishni oʻrganishimiz kerak.

Xulosa qilib aytganda, oʻzbek tilini oʻqitishda innovatsion yondashuvlardan foydalanish bugungi kun talabi boʻlib, bu orqali nafaqat bilim, balki milliy qadriyatlar, madaniyat va tafakkur ham yoshlarga singdiriladi. Zamonaviy taʼlim metodlari – interaktivlik, texnologiyalardan foydalanish, tahlil va munozaraga asoslangan darslar – o‘quvchilarning fikrlash doirasini kengaytiradi, tilga bo‘lgan mehrini oshiradi. Oʻqituvchi endilikda faqat bilim beruvchi emas, balki yoʻl ko‘rsatuvchi, ruhlantiruvchi va ilhomlantiruvchi shaxsga aylanmoqda. Shunday ekan, biz yoshlardan talab qilinadigan eng muhim jihat – bu doimiy izlanish, yangilikka intilish va innovatsion usullarni qo‘llashga tayyor bo‘lishdir. Chunki til – bu millat timsoli, uni o‘rganish va o‘rgatish esa yuksak mas’uliyatdir.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ROʻYXATI

1. Karimov, I. A. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. – T.: Ma’naviyat, 2008. 2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ta’lim va tarbiya tizimini yanada rivojlantirish strategiyasi to‘g‘risida”gi farmoni. – 2023-yil. 3. www.edu.uz – O‘zbekiston Respublikasi Ta’lim portali.

Metin PDF'den otomatik olarak çıkarılmıştır ve hatalar içerebilir.