ResearcherUz LogoResearcherUz
Dergiyi Görüntüle

ZULFIYAXONIM HAYOTIDAN KICHIK BADIA

Özet

Ushbu sahna ko'rinishi Zulfiyaxonim shogirdi Qutlibeka va “Yangi Oʻzbekiston” muxbiri Muxtasar Tojimamatova suhbatiga asoslanadi


Tam PDF Belgesi

İlgili Makaleler

Tam metin

ZULFIYAXONIM HAYOTIDAN KICHIK BADIA

(Ushbu sahna ko'rinishi Zulfiyaxonim shogirdi Qutlibeka va “Yangi Oʻzbekiston”

muxbiri Muxtasar Tojimamatova suhbatiga asoslanadi)

Denov tadbirkorlik va pedagogika institute Pedagogika fakulteti boshlang'ich ta'lim

yo'nalishi 2-bosqich talabasi

Muxtorqulova Rushona Zohidjon qizi

Annotatsiya: Ushbu sahna ko'rinishi Zulfiyaxonim shogirdi Qutlibeka va “Yangi Oʻzbekiston” muxbiri Muxtasar Tojimamatova suhbatiga asoslanadi

Kalit so’zlar: bahor, suhbat, asr.

Boshlovchi: Bahor avvallaridan kech kuzlargacha Doʻrmonda–dala hovlilarida yashardik. Bilasiz, atrof dov-daraxtli, xushhavo joy. Ammo faqat shomdan keyingina aylangani chiqardik. Chunki kunduzi baʼzi yozuvchilarimiz zamonaviy yoz kiyimida yurishardi. “Ular xijolat boʻlishmasin”, derdilar. Mana shu gapning oʻzidanoq oʻzbekona nafas kelib turmayaptimi...

Hozir sizlar uchun Zulfiyaxonim va ularning shogirdlari o'rtasida bo'lgan suhbatdan kichik lavha namoyish etamiz. (parda ochiladi sahnada Zulfiyaxonim va uning shogirdi suhbat qurayotgan edi)

- Nega boshqalar kabi turmush oʻrtogʻingiz haqida koʻproq xotiralaringizni yozib qoldirishga harakat qilmaysiz?

- Ular manim, yolgʻiz oʻzimning boyligim, xotiralarimdir. Bu haqda boshqalarga gapirishga hayo qilaman. “Mening Oybegim”, “Chorak asr hamnafas” kitoblari haqida kitob yozishga burchliman.

– Atrofingizda hamisha yosh ijodkorlar bilan gavjum boʻlgan, deyishadi. Shogirdsevar ustoz boʻlishingizni sababi nimada deb oʻylaysiz?

- Men hech qachon hech kimni shogirdim, deb ayta olmayman, ularning oʻzlari meni “ustoz”, desa boshqa gap. Menga sheʼrlaringdagi ijtimoiy ruh yoqdi, aksariyat qizlarimiz muhabbat mavzulari atrofida oʻralashib qolishadi, shu yoʻnalishda mahkam tur.

(Sahnadan chiqib ketadilar)

Boshlovchi:

- Zulfiyaxonim oʻzi tiynati toza, pokiza, bilimdon, sabr-bardoshli ayol edi, unga bunday nufuzli martabada yurish hech qanday qiyinchilik tugʻdirmadi.

Foydalanailgan adabiyotlar: 1. https://oz.sputniknews-uz.com/20230227/zulfiya-biografiya-32472048.html 2. https://uz.wikipedia.org/wiki/Zulfiya 3. https://mmp.tma.uz/2020/07/tibbiy-profilaktika-fakulteti-2-bosqich-203- guruh-talabasi-jo-raboyeva-shohidaning-o-zbek-shoirasi-zulfiyaxonim-hayotiva-unitilmas-ijodini-zulfiyani-eslab-mavzusi-ostida-yoritilib-berilgan-maqolasi/

Metin PDF'den otomatik olarak çıkarılmıştır ve hatalar içerebilir.