TOPSHIRIQLARDAN SAMARALI FOYDALANISH
Berdaq nomidagi Qoraqalpoq
davlat universiteti assistenti
Avezbayeva Jamila Muxtarbayevna
Annotatsiya: maqolada adabiy taʼlim jarayonida nasriy asarlarini oʻqib tushunish koʻnikmasini hosil qiluvchi vositalardan boʻlgan lingvistik tahlil malakasini hosil qilish tizimi, oʻquv topshiriqlar tizimi, usuli va vositalari, oʻquv topshiriqlar turi, tasnifi va tavsifi bayon qilingan. Unda oʻquvchilarida nasriy matnni kalit soʻzlar, tayanch tushunchalar orqali tahlil qilish, oʻqib tushunish haqida fikr yuritilgan.
Kalit soʻzlar: asosiy tushuncha, leksik tahlil, fonktik tahlil, matn, nasriy matn, soʻz maʼnosi, izohli lugʻat, oʻquv topshiriqlari tasnifi, matn, savol va topshiriqlar
Аннотация: в статье описывается система формирования квалификации лингвистического анализа, система учебных заданий, методы и инструментарий, тип, классификация и описание учебных заданий, которые являются инструментами, формирующими навыки понимания при чтении прозаических произведений в процессе литературного образования. Она была сосредоточена на анализе, чтении и понимании прозаического текста с помощью ключевых слов, основных понятий для своих читателей.
Ключевые слова: базовое понятие, лексический анализ, фонетический анализ, текст, прозаический текст, значение слова, толковый словарь, классификация учебных заданий, текст, вопросы и задания
Abstract: the article describes the system of linguistic analysis qualification formation, the system of educational tasks, methods and tools, type, classification and description of educational tasks, which are tools that form comprehension skills when reading prose works in the process of literary education. She focused on analyzing, reading and understanding prose text using keywords, basic concepts for her readers.
Keywords: basic concept, lexical analysis, phonetic analysis, text, prose text, word meaning, explanatory dictionary, classification of educational tasks, text, questions and tasks
Taʼlim tizimida topshiriqlarning xilma-xil turlaridan foydalanib kelinadi. Jumladan, ona tili taʼlimining modernizatsiya qilinishi munosabati bilan juda koʻplab ishlar amalga oshirilmoqda. Ammo oʻquv topshiriqlaridan foydalanish masalasiga koʻp hollarda eskicha yondashilmoqda. Keyingi yillarda ona tili taʼlimi mazmunini takomillashtirish boʻyicha ijobiy natijalarga erishildi, yaʼni ortiqcha grammatizmdan voz kechib, nutqiy malakalarni rivojlantirishga, matn ustida ishlashga oʻtildi.
Adabiy taʼlim maqsadlari bilan bogʻliq holda uning aniq vazifalarini tushunamiz. Axborotlashuvning inson hayotidagi oʻrni oshgan hozirgi paytda ijtimoiy va maktab pedagogikasi roli qanchalik paradoksal koʻrinmasin, taʼlimni insonparvarlashtirish dolzarb vazifaga aylanib bormoqda. Binobarin, adabiyot eng insonparvar fanlardan biridir. Bu borada taniqli adib Nazar Eshonqul oʻrinli yozganidek, “Adabiyotning bosh vazifasi haqidagi bahslar hamma davrlarda ham boʻlgan. Shoʻro davri adabiyotning vazifasi oʻrgatish, namuna boʻlish, “tarbiya vositasi” deb bilgan boʻlsa, bu shoʻrolar kashf etgan yoki adabiyotga kommunistlar yuklagan vazifa emas. Buni adabiyotning ilk asarini yozganlar kashf etgan, shuning uchun adabiyotni adab oʻrgatish deb hisoblaganlar... Adabiyot baribir bevosita ham, bilvosita ham insonni “tarbiyalaydi”. Uning didini, dunyoqarashini, saviyasini, insonga, millatga, dunyoga, ezgulik va yovuzlikka munosabatini tarbiyalaydi”1.
Amerikalik pedagog Robert Vaytxed bu haqda shunday degan edi: “Adabiyot oʻqitishning asosiy vazifalaridan biri bolalarda oʻqishga mehr uygʻotishdir. Buning shartlari – yaxshi kitoblar, yaxshi dasturlar, ilhomlangan oʻqituvchi va oʻquvchi faoliyati, albatta, adabiyotshunoslik bilan bogʻliq bilimlar ham”2.
Metodist M. Toʻychiyevaning oʻquv topshiriqlarini takomillashtirish yuzasidan olib borgan tadqiqot ishida zamonaviy taʼlim sharoitida yoʻldosh darsliklar yaratish masalasi ham tavsiya qilinadiki, ularda asosiy darslikdan oʻrin olgan kichik hajmdagi badiiy asarlar kengaytirilgan tarzda berilishi, dasturda mustaqil oʻqish uchun tavsiya etilgan asarlar ham yoʻldosh darsliklarning materiali boʻlishi mumkin”ligiga urgʻu qaratiladi.3
Ayni choqda adabiyotning mohiyati nimada, u nima uchun va qanday oʻqitiladi degan savol bir-birini taqozo etadigan birlik sifatida alohida yondashishni talab etadi. Shu kunga qadar mazkur tushunchalar xususida koʻplab fikrlar ilgari surilgan, sohaga 1 Эшонқул, Н. “Мен”дан “мен”гача: aдабий-танқидий мақолалар. – Тошкент: Akademnashr, 2014. – 56–57-б. 2 Вайтхед Р. Детская литература: Руководство обучением. – Нью-Джерси, 1968. – С. 3. 3 Туйчиева М.У. 5–7-синфлар адабиёт дарсларида ўзлаштириладиган ўқув материалларини такомиллаштириш тизими. Пед. фан. бўй. фалс. док. (PhD) ... дисс. – Самарқанд, 2019. – 148-б. tegishli mutaxassis borki, ular tomonidan kuzatishlari doirasida muayyan tavsiyalar berilgan. Adabiyot “Sanʼatning soʻz, til vositasida badiiy obrazlar yaratuvchi turi”.
Darhaqiqat, nasriy asarlarni oʻqib tushunish uchun oʻqituvchi tomonidan oʻquvchilarga pragmatik savol va topshiriqlar berilishi kerak. Savollar shunday tuzilishi kerakki, asar mohiyati osongina ochilsin.
Nasriy matnlar bilan ishlash
Oʻtkan kunlar romani (Birinchi bob)
Matn
Saroyning toʻrida boshqalargʻa qaragʻanda koʻrkamrak bir hujra, anovi hujralarga kiygiz toʻshalgani holda bu hujrada qip-qizil gilam, uttalarda boʻz koʻrpalar koʻrilgan boʻlsa, munda ipak va adras koʻrpalar, narigilarda qora charogʻ sasigʻanda, bu hujrada shamʼ yona-dir, oʻzga hujralarda yengil tabiʼatlik, serchaqchaq kishilar boʻlgʻanida bu hujraning egasi boshqacha yaratilishda.
Ogʻir tabiʼatlik, ulugʻ gʻavdalik, koʻrkam va oq yuzlik, kelishgan, qora koʻzlik, mutanosib qora qoshliq va endigina murti sabz urgan bir yigit. Bas, bu hujra bino va jihoz yogʻidan, ham ega jihatidan diqqatni oʻziga jalb etarlik edi. Qandogʻdir bir xayol ichida oʻlturgʻuchi bu yigit Toshkandning mashhur ayonlaridan boʻlgʻan Yusufbek hojining oʻgʻli — Otabek.
Shu orada hujraga bir chol kirib ul ham mehmonlar bilan soʻrashib chiqdi. Bu chol Hasanali otliq boʻlib, oltmish yoshlar chamasida, choʻziq yuzlik, doʻnggiroq peshonalik, sariqqa moyil, toʻgarak qora koʻzlik, oppoq uzun soqollik edi. Soqolining oqligʻiga qaramasdan uning qaddida keksalik alomatlari sezilmas va tusida ham uncha oʻzgarish yoʻq edi.
Otabek mehmonlarni tanchaga oʻtquzib, fotihadan soʻng Hasanalidan soʻradi:
— Tuzukmisiz, ota? — Xudoga shukur, — dedi Hasanali, — boyagʻidan bir oz yengilladim. Mazmuni is tekkan ekan. — Baʼzi yumushlar buyursam…
— Buyuringiz, oʻgʻlim. — Rahmat, ota, boʻlmasa bizga choy qaynatib bersangiz-chi. — Xoʻb, begim. Hasanali chiqdi. Rahmat Otabek bilan yana bir qaytib sogʻliq soʻrashqandan keyin soʻradi: — Bu kishi kimingiz boʻladir, bek aka?
Otabek Rahmatning savoliga javob bermay eshikka qaradi. Hasanalini hujradan uzoqlatib soʻngra javob berdi:
— Qulimiz.
Bu so‘zdan nima uchundir Homid ajablangan edi.
— Qulingiz?
— Shundog‘.
(Otabekning oʻz quliga boʻlgan hurmatini mehmonlar nega ajablanib qabul qilishdi?)
Homid tagʻin soʻradi.
— Uylanganmisiz?
—Yo‘q. Hasanali Otabekning yolgʻiz “yoʻq” bilan toʻxtashiga qanoatlanmadi va bu toʻgʻrida oʻz tomonidan izohlar berishni lozim koʻrdi: — Bek uchun bir necha joylarga qiz aytdirmak istalingan boʻlsa ham, — dedi, — avval taqdir bitmaganlik, undan keyin bekning uylanishka boʻlgʻan qarshiliq-laridan bu kungacha toʻy qilolmay kelamiz. Ulugʻ xoʻja-mizning qatʼiy niyatlari bu safardan qaytgʻach bekni uylandirishdir.
— Manimcha, uylanishdek nozik bir ish dunyoda yoʻqdir, — dedi Rahmat va Otabekka yuz oʻgirdi. — Uylangach, xotining tabʼingga muvofiq kelsa bu juda yaxshi; yoʻqsa, munchalik ogʻir gap dunyoda boʻlmas.
Otabek Rahmatning bu soʻzini samimiyat bilan qarshiladi.
— Soʻzingizning toʻgʻriligʻida shubha yoʻq, — dedi,— ammo shuni ham qoʻshmoq kerakki, oladirgʻon xotiningiz sizga muvofiq boʻlishi barobarida er ham xotingʻa muvofiquttabʼ boʻlsin.
— Xotingʻa muvofiq boʻlish va boʻlmasliqni uncha keragi yoʻq, — dedi Homid eʼtirozlanib, — xotinlarga “yer” degan ismning oʻzi kifoya… ammo jiyan aytkandek, xotin degan erga muvofiq boʻlsa bas.
Rahmat kulib Otabekka qaradi. Otabek ham isteh-zolik tabassum orasi Homidga koʻz qirini tashladi.
— Uylanishdagi ixtiyorimiz, — dedi Rahmat, — ota-onalarimizda boʻlgʻanliqdan, oladirgʻan kelinlari oʻgʻillarigʻa yoqsa emas, balki uning ota-onalari oʻzlariga yoqsa bas. Bu toʻgʻrida uylanguchi yigit bilan er qilgʻuchi qizning lom-mim deyishka haq va ixtiyorlari boʻlmay, bu odatimiz maʼqul va mashruʼ ishlardan emasdir. Masalan, men ota-onamning yoqdirishlari bilan uylandim… ammo xotinim otaonamga muvofiq boʻlsa ham menga muvofiq emas, siz aytgandek, ehtimol men ham xotinimgʻa muvofiq emasdirman… Soʻzingiz juda toʻgʻri, bek aka. Otabek Rahmatning soʻzini ixlos bilan eshitdi va “sen nima deysan?” degandek qilib Homidga qaradi.
— Jiyan, — dedi Homid Rahmatka qarab, — boshlab uylanishing albatta otaonang uchun boʻlib ulardan ranjib yurishingni oʻrni yoʻq. Xotining koʻnglingga muvofiq kelmas ekan, muvofiqini olib, xotinni ikki qil. Bunisi ham kelishmasa uchunchisini ol. Xotinim muvofiq emas deb zorlanib, hasratlanib yurish er kishi-ning ishi emas. Rahmat Otabekka kulimsirab qaradida, togʻasigʻa javob berdi. — Xotin koʻpaytirib, ular orasida azoblanishning nima hikmati boʻlsin? — dedi. — Bir xotin bilan muhabbatlik umr kechirmak, manimcha, eng maʼqul ish.
Савол:
(Ajratib koʻrsatilgan jumlani izohlab bering, togʻa-jiyan birga kelgan boʻlsa-da uylanish masalasida ikkisining fikri nega mos kelmagan deb, oʻylaysiz. Rahmat ham Homid xotinbozning hamtovogʻi aslida. Lekin qaysi gaplari oʻquvchida unga boʻlgan munosabatni ijobiy tomonga oʻzgartiradi?)
Matnni tahlil qilishda undagi muhim nuqtalarga eʼtibor berish lozim. Jumladan, “Oʻtkan kunlar” romanining mazmun-mohiyati, yozuvchining maqsadini anglash uchun, albatta, boblardagi eng muhim jumla, fikr yoki yondashuvlarni ajratib olish va tahlil qilib koʻrish lozim.
Bunda matn bilan ishlash uchun savol va topshiiqlar tizimini puxta ishlab chiqish kerak boʻladi. Amaliyotda, asosan, oddiy savollar beriladi. Masalan, Otabek oʻtirgan hujraning jihozlanishi, nimlardan iboratligi, atrofdagi boshqa detallar, umuman, narsabuyumlarning sifati va xususiyatiga eʼtibor qaratilib, topshiriq ularni sanab berish, yoki tavsiflashga yoʻnalgan boʻladi.
Aslida mazkur roman orqali muallif oʻquvchiga nima demoqchi, degan katta savolni qoʻyish kerak va barcha vositalarni shunga xizmat qildirishi lozim. Bu borada savol va topshiriqlar quyidagicha boʻladi:
1. Keltirilgan matnni sinchiklab oʻqib chiqing.
2. Qaysi fikr sizga maʼqul boʻlgan boʻlsa, oʻzingizga belgilab oling.
3. Otabekning shu yoshga qadar uylanmaganiga qanday munosabat bildirasiz va asardagi qahramonning javobiga nima deysiz?
4. Hasanali haqida mehmonlarga Otabek nega unga eshittirmasdan maʼlumot berdi?
5. Matnda uylanish va xotin haqida uch xil fikr aytilgan, ularni topib, solishtiring. Siz qaysi fikrga qoʻshilasiz, nega?
6. Uylanish, ayolga munosabat haqida qaysi manbada maʼlumot oʻqigansiz?
7. Homidni oqlab bshladimi?
8. Matnda maʼno koʻchishining qanday turlari mavjud?
9. Metonemiya va metafora hodisasiga misollar keltiring.
10. Asardagi kinoyaviy jamlalarni aniqlab, unga fikringizni bildiring.
11. Matndan ajratib koʻrsatilgan soʻzlarning maʼnolarini izohlang.
Xulosa oʻrnida aytish mumkinki, berilgan matn va unga ishlab chiqilgan savol va topshiriqlar, avvalo, soʻz, jumla mazmunini, oʻzbek tilining keng lisoniy imkoniyatlarini anglashga yordam beradi, eng muhimi, dialog orqali muloqot madaniyatini oʻrganib olish mumkin, qolaversa, ikki xotinlilik oqibatlari, yoki ayollarga munosabat qanday boʻlishi lozimligi haqida muayyan tasavvurlarga ega boʻladi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Eshonqul, N. “Men”dan “men”gacha: adabiy-tanqidiy maqolalar. – Toshkent: Akademnashr, 2014. – 56–57-b.
2. Vaytxed R. Detskaya literatura: Rukovodstvo obucheniyem. – Nyu-Djersi, 1968. – S. 3.
3. Tuychiyeva M.U. 5–7-sinflar adabiyot darslarida oʻzlashtiriladigan oʻquv materiallarini takomillashtirish tizimi. Ped. fan. boʻy. fals. dok. (PhD) ... diss. – Samarqand, 2019. – 148-b.
4. Oʻzbek tilining izohli lugʻati. I jild. – Toshkent: “Oʻzbekiston Milliy ensiklopediyasi” Davlat ilmiy nashriyoti, 2006. – 38-b.
Matn PDFdan avtomatik ajratib olingan va xatoliklar bo'lishi mumkin.