ASOSLARI
Xolov Olimjon Chorshamiyevich
Termiz iqtisodiyot va servis universiteti
“Pedagogika” kafedrasi katta o‘qituvchisi,
pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Annotatsiya. Ushbu maqolada aksiologiya tushunchasi, aksiologik tarbiyaning mazmuni hamda tarixiy jarayonlarda G’arb va Sharq olimlarining qarashlari, qadriyatlarning turlari, milliy qadriyatlarimizga oid qaror va farmonlar shuningdek ilmiy tadqiqot ishlari haqida fikr yuritilgan.
Tayanch so‘z va tushunchalar. Aksiologiya, qadriyat, milliy tarbiya, xalq, ta’lim,tarbiya, an’ana, urf-odat.
ИСТОРИЧЕСКИЕ ОСНОВЫ ФОРМИРОВАНИЯ
АКСИОЛОГИЧЕСКОГО ОБРАЗОВАНИЯ
Холов Олимжон Чоршамиевич
Термезский университет экономики и сервиса,
старший преподаватель кафедры
«Педагогика», доктор философии
педагогических наук (PhD).
Аннотация. В данной статье рассматривается понятие аксиологии, содержание аксиологического образования, взгляды западных и восточных ученых на исторические процессы, виды ценностей, решения и указы, связанные с нашими национальными ценностями, а также научные исследования.
Ключевые слова и понятия. Аксиология, ценность, национальное воспитание, народ, воспитание, воспитание, традиция, обычай.
HISTORICAL FOUNDATIONS OF THE FORMATION OF
AXIOLOGICAL EDUCATION
Kholov Olimjon Chorshamiyevich
Termiz University of Economics and
Service, senior teacher of the "Pedagogy"
department, doctor of philosophy in
pedagogical sciences (PhD).
Annotation. This article discusses the concept of axiology, the content of axiological education, the views of Western and Eastern scientists in historical processes, types of values, decisions and decrees related to our national values, as well as scientific research.
Key words and concepts. Axiology, value, national education, people, education, education, tradition, custom.
Kirish. Tarbiya insonning boshqa mavjudodlardan farqlaydigan uning insoniyligini taʼminlaydigan eng qadimiy va abadiy qadriyatdir. Tarbiya har bir shaxsda muayyan jismoniy, ruhiy, axloqiy, maʼnaviy va boshqa sifatlarini shakllantirishga qaratilgan amaliy pedagogik jarayon bo’lib, insonning jamiyatda yashashi uchun zarur boʻlgan xususiyatlarga ega boʻlishini taʼminlaydigan chora tadbirlar yigindisidir. Tarbiyani yo’lga qo’ymagan jamiyat, jamiyat bo’la olmagani kabi tarbiyasiz inson ham qadr topmaydi. Chunki inson va jamiyatning mavjudligini taʼminlaydigan ko’plab qadriyatlar tarbiya tufayligina bir avloddan keyingisiga o’tib boradi.
Asosiy qism. Haqiqatdan ham dunyo xalqlarining barchasi doimo yosh avlodni tarbiyalshda qadr va qadrlash tushunchalarini har qanday holatda ham singdirib borishga alohida e’tibor qaratib kelgan. Ayniqsa bugungi globallashuv jarayonida yoshlarda aksiologik ongni shakllantirish har doimigidan ko’ra yanada muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Qadriyatlar mavzusining tarixiy ildizlari va insoniyatga hos qadrlash tamoyillari shakllanishi uzoq o’tmishga ega. G’arb olimlari bu borada, asosan, Yevropa madaniy merosi va g’oyalariga tayanadilar, ko’plab allomalarning nomlarini tilga oladilar. G’arbda qadriyatlar bilan shug’ullanadigan falsafiy soha - Aksiologiya (aksio - qadriyat, logos - ta`limot) fanining shakllangani ham ularning bunday qarashlari uchun muayyan asos bo’ladi.
Shu o’rinda qadriyat tushunchasiga to’xtaladigan bo’lsak, qadriyat inson va insoniyat uchun ahamiyatli boʻlgan barcha narsalar erkinlik, tinchlik, adolat, ijtimoiy tenglik, maʼrifat, haqiqat, yaxshilik, goʻzallik, moddiy va maʼnaviy boyliklar, anʼana, urf-odat va boshqalar qadriyat hisoblanadi. Qadriyat borasida so’z yuritilganda u faqat buyum va narsalarning iqtisodiy qimmatini emas, jamiyat va inson uchun biror ahamiyatga ega boʻlgan voqelikning shakllari, holatlari, narsalar, voqealar, hodisalar, talab va tartiblar va boshqalarning qadrini ifodalash uchun ishlatiladi.
Qadriyatlar ijtimoiy jarayonlar taʼsirida insonlarda qadriyat toʻgʻrisidagi qarashlari oʻzgarib goh u qadriyat, goh bu qadriyat insonlar uchun birinchisiga aylanadi. Bu borada misol o’rnida shuni aytish mumkinki, yurtni dushman bosganida – ozodlik qadri, mustabitlikda – istiqlol qadri, urush davrida – tinchlik qadri, tutqunlikda – erkinlik qadri, bemorlikda – sog’likning qadri yuqori bo’ladi.
Qadriyatlar ijtimoiy tarixiy taraqqiyot mahsuli sifatida oʻz tarixiy rivojlanish tarixiga ega bo’lib, uning tarixiy ildizlariga nigoh tashlaydigan bo’lsak uzoq o’tmis davrlarga borib taqaladi. Qadriyatlar borasida Sokrat, Platon, Dinarx, Giperid, Gorgiy, Isokrat, Isey, Esxil, Demosfen, TSitseron, Kvintilian kabi namoyondalar katta e`tibor berganlar, darhaqiqat G’arb falsafasida o’z tarixiga ega ekanligiga shubha qilmaymiz. Ammo ushbu mavzu ko’hna va navqiron Sharq hususan O’zbekiston uchun begona emas! Uning eng teran jihatlarini o’zbek xalq og’zaki ijodidagi Spitamen, Muqanna, Alpomish, To’maris, Shiroq hamda “Avesto”da vatanparvarlik, tinchlik va boshqa ko’plab umuminsoniy qadriyatlar ifodalangan. Shuningdek Abu Nasr Forobiy, Imom Al Buxoriy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali Ibn Sino, Alisher Navoiy, Abdulla Avloniy kabi mutafakkirlarimizning asarlarida aksiologik tarbiyani shakllantirish va qadriyatli dunyoqarashni barqaror rivojlantirishning nazariy-tarixiy asoslari keng bayon qilingan.
Aksiologik tarbiyani shakllantirishning ahamiyati yuqorida qayd etilgan Sharq va G’arb olimlarining davrida ham muhim ahamiyat kasb etgan bo’lsa, XX-XXI-asr olimlari tamonidan ham ilmiy-nazariy va amaliy tadqiqotlar amalga oshirildi.
Bu borada Respublikamiz faylasuf olimlari A.Begmatov, M.Bekmuradov, M.Qaxxarova, Q.Nazarov, J.Tulenov, E.Yusupov, M.A.Nurmatovalar o‘rganilgan bo’lsa, pedagogik jihatlarini B.Qodirov, B.Adizov, Sh.Mardonov, U.Mahkamov, O.Musurmonova, S.Nishonova, D.Ro‘zieva, X.J.Xudoyqulov, B.Xodjaev, M.Bozorova, M.Quronov, Sh.Z.Taylanova, A.D.Aliyarov, D.X.Kosimova, Z.B.Jalilov, G.A.Xolboeva, A.T.Tilegenov, S.U.Kistaubaev, psixolog olimlarimizdan Sh.Barotov, M.Davletshin, V.Karimova, N.Safaev, E.G‘oziev, G.Shoumarov, R.Sunnatovalar tadqiqot ishlarini olib borishgan [4,13-b].
Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) mamlakatlari olimlaridan I.Isaev, G.A.Melekesov, N.A.Popovanova, L.V.Vershinina, S.I.Rabazanov, O.A.Sidorenko, R.A.Gromov, R.A.Murtazin, Z.Ravkin, N.Rozov, V.Slastenin, I.Surina, L.A.Grigoreva, Ye.Shiyanov, M.Kagan, Ye.A.Osipova xorijlik olimlardan B.Wilson, J.M.Gottman (B.Vilson, J.M.Gottman), J.Kim (J.Kim), V.A.Kanke (V.A.Kanke), T.Parsons (T.Parsons) lar qadriyatli yo‘nalishlarining o‘ziga xosliklarini o‘rganishgan [9,13-b].
Davlatimiz mustaqillikga erishgan dastlabki yillardan milliy va umuminsoniy qadriyatlarni tiklash va uni yoshlar ongiga singdirishga alohida e’tibor qaratdi. Ayniqsa birinchi Prezidentimiz I.A.Karimovning qadriyatlar borasidagi fikrlari o’ziga xos ahamiyat kasb etdi. Ya’ni: “Vatan - eng oliy makon, u menikidir”, “eng oliy qadriyat - inson”, mulkning eng oliy shakli - intellektual mulk va inson faoliyatining eng oliy turi - intellektual mehnat”, vaqt eng oliy boylik, umuminsoniy qadriyatlar, moddiy qadriyatlar, milliy qadriyatlar, tabiiy qadriyatlar, iqtisodiy qadriyatlar, ijtimoiy-siyosiy qadriyatlar, ma'naviy qadriyatlar, axloqiy qadriyatlar, diniy qadriyatlar, oilaviy qadriyatlar, demokratik qadriyatlarni ta’kidlab o’tgandilar [3].
Ayni damda barcha sohalarda shiddat bilan rivojlanib borayotgan davlatimiz tamonadan xalq og‘zaki ijodi va milliy qadriyatlarga bo‘lgan e'tibor yanada oshirilib borilmoqda. Bu borada umumiy o’rta ta’lim maktab o’quvchilariga milliy va umuminsoniy qadriyatlarni singdirilishi “Uzluksiz ma'naviy tarbiya konsepsiyasi”da ko’rsatib o’tilgan. Ushbu konsepsiyada - milliy va umuminsoniy qadriyatlarni o‘rganish (VI-bob 39-modda tarkibida); milliy qadriyatlar, an'analarga hurmatning namoyon bo‘lishi (VI-bob 40-modda tarkibida); o‘g‘il bolalarda ona Vatanga muhabbat, milliy g‘oyaga sadoqat, mardlik, jasorat, fidoyilik, halollik, rostgo‘ylik, hojatbarorlik, vijdonlilik, vazminlik, yigitlik g‘ururi, or-nomus, mehr-oqibatlilik kabi fazilatlar, tadbirkorlik va oilaparvarlik malakalarini shakllantirishga qaratilgan treninglar dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish (VI-bob 49-modda); qiz bolalarda ona Vatanga muhabbat, milliy g‘oyaga sadoqat, mehnatsevarlik, jonkuyarlik, oilaparvarlik, ibo, hayo, nafosat, did-farosat, qanoat, vafodorlik, mehribonlik, rahmdillik, kamtarlik, ziyraklik, mehmondo‘stlik, bolajonlik, murosalilik, orastalik, saranjomlik, xushmuomalalik, pazandalik kabi malakalarni shakllantirishga qaratilgan trening dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish (VIbob 50-modda); vazifalari belgilangan [2].
Shu o’rinda aytish kerakki Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev tamonidan 2017-yil 17-noyabrdagi “Hunarmandchilikni yanada rivojlantirish va hunarmandlarni har tomonlama qo‘llab quvvatlash chora-tadbirlari” PF-5242-son Farmoni, 2017 yil 17 noyabrdagi “O‘zbek milliy maqom san'atini yanada rivojlantirish choratadbirlari to‘g‘risida” gi PQ-3391-son Qarori, 2019 yil 14 maydagi “Baxshichilik san'atini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari” to‘g‘risidagi PQ-4320-sonli qarori, 2019 yil 3 oktyabrdagi “Xalqaro hunarmandchilik festivalini o‘tkazib borishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-5841-son Farmoni, 2020 yil 4 fevraldagi “Milliy raqs san'atini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida, PQ4584-son kabi ko’plab qaror va farmonlar qabul qilindi. Usbu qaror va farmonlarda aks etayotgan xalq og‘zaki ijodi va milliy qadriyatlarga bo‘lgan e'tibor, yoshlarda aksiologik bilimlarni takomillashtirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Yuqorida keltirilgan qaror va farmonlarni qabul qilinishi bejizga emas Prezidentimizning milliy, ma'naviy qadriyatlarimizni asrash va rivojlantirish nima uchun zarur ekanligini quyidagi fikrlarda aytib o‘tgan edilar: “Ma'lumki, qadimiy madaniyat va sivilizatsiyalar chorrahasi bo‘lgan yurtimiz zaminidan o‘rta asrlarda minglab olimu ulamolar, buyuk mutafakkir va shoirlar, aziz-avliyolar yetishib chiqqan. Ularning aniq fanlar va diniy ilmlar sohasida qoldirgan bebaho merosi, butun insoniyatning ma'naviy mulki hisoblanadi. Hozirgi kunda O‘zbekistonimizning kitob fondlarida ming-mingdan ziyod qo‘lyozma asarlar saqlanmoqda. Afsuski, bu nodir kitoblar hali to‘liq o‘rganilmagan, ular olimlar va o‘z o‘quvchilarini kutib turibdi. Ushbu noyob asarlardan bugungi davr o‘rtaga qo‘yayotgan juda ko‘p dolzarb muammolarga javob topish mumkin. Xususan, islom dinining asl insonparvarlik mohiyatini chuqur ochib beradigan, barcha odamlarni ezgulik, mehr-oqibat va hamjihatlik yo‘lida birlashishga da'vat etadigan teran ma'noli fikr va g‘oyalar bugun ham o‘z qimmati va ahamiyatini yo‘qotgan emas. Lekin, biz ana shunday noyob meros vorislari, shunday boylik egalari bo‘la turib, ularni har tomonlama o‘qisho‘rganish, xalqimiz, avvalo, unib-o‘sib kelayotgan yoshlarimizga, jahon hamjamiyatiga yetkazish bo‘yicha yetarli ish qilmaganimizni ham ochiq tan olish kerak. Biz diniy jaholatga, zararli oqimlarga qarshi ma'rifat bilan kurashish kerakligi haqida ko‘p gapiramiz. Bu to‘g‘ri, albatta. Lekin ma'rifat, ma'rifiy bilimlar qaerda - avvalo ota-bobolarimiz bizga qoldirib ketgan mana shunday mo‘tabar kitoblarda emasmi?” degan edilar [1].
Xulosa. Xulosa o’rnida shuni aytish mumkinki yosh avlodda aksiologik tarbiyani shakllantirish bugungi kunda har doimgidanda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Aksiologiya borasidagi bilimlarni egallanishi yosh avlodda avvalo inson oliy qadriyat ekanligi, abadiy qadriyat, tabiiy va moddiy qadriyat, ma'naviy-madaniy qadriyat, umuminsoniy qadriyat, milliy qadriyat, ijtimoiy-siyosiy qadriyat, diniy qadriyat, shaxsiy qadriyat, mehnat qadriyatlari, turmush qadriyati, badiiy qadriyat, iqtisodiy qadriyat, ilmiy qadriyat, huquqiy qadriyat, oilaviy qadriyat, kasbiy va boshqa qadriyatlarni shakllantirish jarayoniga ijobiy ta'sir etadi. Shunday ekan ta’limtarbiya jaroyonida aksiologik tarbiya berishga o’rinli va maqsadli yondoshsak, yosh avlodni har tamonlama barkamol shaxs bo’lishida samarali bir vosita bo’lib xizmat qiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning Oliy majlisga qilgan murojaatnomasidagi nutqidan. Toshkent. 2017 yil 22 dekabr.
2. “Uzluksiz ma'naviy tarbiya konsepsiyasi” O’zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining 1059-son qarori. 31.12.2019. Lex.uz. elektron sayt.
3. “Ma'naviyat va ma'rifat” jamoatchilik markazi faoliyatini yanada takomillashtirish va samaradorligini oshirish to‘g‘risidaa”gi PF-1559-sonli Farmonini qabul qilish jaroyonidagi nutqidan. Toshkent. 1996 yil 9 sentyabr.
4. Xolov O.Ch. “Xalq og’zaki ijodi vositasida o‘quvchilarda aksiologik ongni shakllantirish” mavzusida pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya. Termiz. 2022. – 174 bet.
5. Xolov O.Ch. “Xalq og’zaki ijodi vositasida o‘quvchilarda aksiologik ongni shakllantirish” Monografiya. TerDU “IRFON-PRINT” nashriyoti. Termiz. 2023. 129 bet.
Matn PDFdan avtomatik ajratib olingan va xatoliklar bo'lishi mumkin.