maqolada oliy ta’lim muassasalarida “Amaliy dasturlar paketi” fanini o‘qitish jarayonida talabalarning mustaqil o‘quv faoliyatini maxsus texnologiyalar vositasida tashkil etishning yaxlit didaktik modeli va uni amalga oshiruvchi Blended Project-Based Learning (aralash loyihaviy o‘qitish) algoritmi taqdim etiladi. Model maqsadli, tashkiliy- mazmunli, jarayonli-metodik va baholovchi-natijaviy komponentlar asosida ishlab chiqilgan bo‘lib, blended learning, project-based learning, flipped classroom va muammoli o‘qitish elementlarini yagona metodik andozaga birlashtiradi. Algoritm besh bosqichda (tayyorgarlik, muammo aniqlash va loyiha tanlash, rejalashtirish va mustaqil izlanish, amaliy ijro, refleksiya va himoya) amalga oshiriladi hamda Google Classroom va MathCad kabi maxsus texnologiyalar bilan integratsiyalashgan holda talabalarning mustaqil ishlash, tahliliy, ijodiy va tadqiqotchilik kompetensiyalarini rivojlantirishga xizmat qiladi.
в статье представлена целостная дидактическая модель организации самостоятельной учебной деятельности студентов с использованием специальных технологий при преподавании дисциплины “Пакет прикладных программ”, а также алгоритм методики Blended Project-Based Learning, реализующий данную модель. Модель включает целевой, организационно-содержательный, процессуально-методический и оценочно-результативный компоненты и объединяет элементы смешанного, проектного, проблемного обучения и технологии «перевернутого класса».