ResearcherUz LogoResearcherUz

AMALIY PSIXOLOGIYADA PSIXOLOGIK XIZMATNI TASHKIL ETISHNING FUNKSIONAL MAZMUNI VA METODOLOGIK ASOSLARI.

Annotatsiya

ushbu maqolada amaliy psixologiyada psixologik xizmatning tarkibiy mazmuni, tuzilmasi hamda uni turli ijtimoiy sohalarda, xususan, ta’lim tizimida tashkil etish prinsiplari tadqiq etilgan. O‘zbekiston Respublikasining 2024-yilgi “Aholiga psixologik yordam ko‘rsatish to‘g‘risida”gi Qonuni va sohadagi hukumat qarorlarining amaliyotchi psixolog faoliyatidagi huquqiy va deontologik ahamiyati yoritilgan. Psixologik xizmatning oltita asosiy yo‘nalishi (ma’rifat, profilaktika, diagnostika, korreksiya, maslahat va kasb- hunarga yo‘naltirish) va ularning o‘zaro uzviyligi tizimli tahlil qilingan. Murojaat qiluvchi mijozlarning kutilmalari, motivatsiyasi hamda psixologik muammolarning uchta darajasi (shaxsiy, guruhli, ommaviy) klassifikatsiya qilinib, amaliyotchi psixolog faoliyatini samarali modellashtirish bo‘yicha xulosalar ilgari surilgan.


в данной статье исследуются структурное содержание, устройство и принципы организации психологической службы в практической психологии в различных социальных сферах, в частности, в системе образования. Освещено правовое и деонтологическое значение Закона Республики Узбекистан «Об оказании психологической помощи населению» (2024 г.) и правительственных постановлений в деятельности практического психолога. Проведен системный анализ шести основных направлений психологической службы (просвещение, профилактика, диагностика, коррекция, консультирование и профориентация) и их взаимосвязи. Классифицированы ожидания и мотивация обращающихся клиентов, а также три уровня психологических проблем (личностный, групповой, массовый). Сформулированы выводы по эффективному моделированию деятельности практикующего психолога.

To'liq PDF hujjat

O'xshash maqolalar

Maqola matni

FUNKSIONAL MAZMUNI VA METODOLOGIK ASOSLARI.

Yadgarova Ozoda Ibragimovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent, Samarqand davlat chet tillar instituti.

Annotatsiya

KIRISH

ushbu maqolada amaliy psixologiyada psixologik xizmatning tarkibiy mazmuni, tuzilmasi hamda uni turli ijtimoiy sohalarda, xususan, ta’lim tizimida tashkil etish prinsiplari tadqiq etilgan. O‘zbekiston Respublikasining 2024-yilgi “Aholiga psixologik yordam ko‘rsatish to‘g‘risida”gi Qonuni va sohadagi hukumat qarorlarining amaliyotchi psixolog faoliyatidagi huquqiy va deontologik ahamiyati yoritilgan. Psixologik xizmatning oltita asosiy yo‘nalishi (ma’rifat, profilaktika, diagnostika, korreksiya, maslahat va kasbhunarga yo‘naltirish) va ularning o‘zaro uzviyligi tizimli tahlil qilingan. Murojaat qiluvchi mijozlarning kutilmalari, motivatsiyasi hamda psixologik muammolarning uchta darajasi (shaxsiy, guruhli, ommaviy) klassifikatsiya qilinib, amaliyotchi psixolog faoliyatini samarali modellashtirish bo‘yicha xulosalar ilgari surilgan.

MAQSAD

Tadqiqotning maqsadi O‘zbekiston Respublikasining "Aholiga psixologik yordam ko‘rsatish to‘g‘risida"gi Qonuni hamda tegishli normativ-huquqiy hujjatlar doirasida amaliy va oliy ta’lim tizimidagi psixologik xizmat ko‘rsatishning funksional yo‘nalishlarini tizimlashtirish.

MATERIALLAR VA METODLAR

Tadqiqotda kompleks va fanlararo tizimli yondashuvlar majmuasidan foydalanilgan bo‘lib, empirik materiallarni umumlashtirishda nazariy-strukturali tahlil, ob’yektlarni o‘zaro ta’sir etuvchi mikrotizim sifatida o‘rganuvchi tizimli yondashuv, psixolog va mijoz munosabatlarini optimallashtiruvchi funksional modellashtirish hamda mijozlar motivatsiyasini 5 ta toifaga ajratuvchi konseptual klassifikatsiya metodlari qo‘llanildi; shuningdek, professional etika va konsilium tamoyillari

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Tadqiqot natijasida amaliy psixologiyada psixologik xizmatning oltita asosiy yo‘nalishi (ma’rifat, profilaktika, diagnostika, korreksiya, maslahat va kasbga yo‘naltirish) uzviy zanjir shaklida tizimlashtirildi hamda muammolarni shaxsiy, guruhli va ommaviy darajalarda tahlil qilish mexanizmlari ishlab chiqildi; mijozlarning ruhiy madad izlovchilardan skeptiklargacha bo‘lgan motivatsion tiplari aniqlanib, noaniq verbal va noverbal materiallarni diagnostika orqali lokalizatsiya qilish hamda ta’lim tizimida tibbiydefektologik tarmoqlar bilan komplementarlik (tenglik) asosida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish zarurati asoslab berildi.

XULOSA

tizimli tashkil etilgan psixologik xizmat shaxsning ma’naviy va aqliy kamolotini ta’minlovchi fundamental institut bo‘lib, uning oltita yo‘nalishini bosqichmabosqich amalga oshirish yuqori samara beradi; amaliyotchi psixolog faoliyatida professional deontologiya va maxfiylik (sir saqlash) tamoyillariga rioya qilish majburiy etika mezoni hisoblanadi hamda ta’lim muassasalarida boshqa yordamchi tarmoqlar bilan teng huquqli ko‘p tomonlama hamkorlikni yo‘lga qo‘yish orqali inson kapitali va psixologik xavfsizlikni kafolatlashga erishiladi.

Kalit so‘zlar: amaliy psixologiya, psixologik xizmat, psixologik profilaktika, psixologik korreksiya, psixologik maslahat, mijozlar kutilmalari, shaxsiy muammolar, kasbiy etika, konsilium, huquqiy asoslar.

ФУНКЦИОНАЛЬНОЕ СОДЕРЖАНИЕ И НОРМАТИВНО-ПРАВОВЫЕ ОСНОВЫ

ОРГАНИЗАЦИИ ПСИХОЛОГИЧЕСКОЙ СЛУЖБЫ В ПРАКТИЧЕСКОЙ

ПСИХОЛОГИИ.

Ядгарова Озода Ибрагимовна, доктор философии по педагогическим наукам (PhD), доцент, Самаркандский государственный институт иностранных языков.

Аннотация

ВВЕДЕНИЕ

в данной статье исследуются структурное содержание, устройство и принципы организации психологической службы в практической психологии в различных социальных сферах, в частности, в системе образования. Освещено правовое и деонтологическое значение Закона Республики Узбекистан «Об оказании психологической помощи населению» (2024 г.) и правительственных постановлений в деятельности практического психолога. Проведен системный анализ шести основных направлений психологической службы (просвещение, профилактика, диагностика, коррекция, консультирование и профориентация) и их взаимосвязи. Классифицированы ожидания и мотивация обращающихся клиентов, а также три уровня психологических проблем (личностный, групповой, массовый). Сформулированы выводы по эффективному моделированию деятельности практикующего психолога.

ЦЕЛЬ

целью исследования является систематизация функциональных направлений оказания психологической помощи в системе практического и высшего образования в рамках Закона Республики Узбекистан «Об оказании психологической помощи населению» и соответствующих нормативно-правовых актов, раскрытие специфических детерминант ожиданий обращающихся клиентов, а также научное обоснование организационно-практической значимости данной сферы в образовательных учреждениях.

МАТЕРИАЛЫ И МЕТОДЫ

в исследовании использован комплексный и междисциплинарный системный подход, а при обобщении эмпирического материала применялись такие научно-методологические методы, как теоретикоструктурный анализ, системный подход (рассматривающий процесс как микросистему взаимосвязанных субъектов), функциональное моделирование алгоритмов взаимодействия психолога и клиента, а также концептуальная классификация и типологизация, разделяющая мотивацию клиентов на 5 категорий; кроме того, использовались методы комплементарности и деонтологического анализа в рамках профессиональной этики и консилиума.

ОБСУЖДЕНИЕ И РЕЗУЛЬТАТЫ

в результате исследования были систематизированы в единую неразрывную цепь шесть основных направлений психологической службы (просвещение, профилактика, диагностика, коррекция, консультирование и профориентация), а также разработаны механизмы анализа проблем на личностном, групповом и массовом уровнях; были определены мотивационные типы клиентов — от ищущих поддержку до скептиков, и доказана необходимость локализации неопределенного вербального и невербального материала через диагностику, а также обоснована важность выстраивания взаимодействия в сфере образования с медицинскими и дефектологическими структурами на основе комплементарности (равноправия).

ЗАКЛЮЧЕНИЕ

системно организованная психологическая служба представляет собой фундаментальный институт, обеспечивающий всестороннее духовное и интеллектуальное развитие личности, поэтапная реализация шести направлений которого дает наилучший эффект; соблюдение принципов профессиональной деонтологии и конфиденциальности (профессиональной тайны) является обязательным этическим критерием деятельности практикующего психолога, а обеспечение человеческого капитала и психологической безопасности достигается только путем налаживания равноправного многостороннего сотрудничества с другими вспомогательными структурами в образовательных учреждениях.

Ключевые слова: практическая психология, психологическая служба, психологическая профилактика, психологическая коррекция, психологическое консультирование, ожидания клиентов, личностные проблемы, профессиональная этика, консилиум, правовые основы.

FUNCTIONAL CONTENT AND LEGAL AND REGULATORY FRAMEWORKS OF

ORGANIZING PSYCHOLOGICAL SERVICES IN PRACTICAL PSYCHOLOGY.

Yadgarova Ozoda Ibragimovna, Doctor of Philosophy (PhD) in Pedagogical Sciences, Associate Professor, Samarkand State Institute of Foreign Languages.

Annotation

INTRODUCTION

this article examines the structural content, framework, and organizational principles of psychological services in practical psychology across various social sectors, particularly within the education system. The legal and deontological significance of the 2024 Law of the Republic of Uzbekistan "On Providing Psychological Assistance to the Population" and relevant government decrees in the performance of practical psychologists are highlighted. A systemic analysis of the six core dimensions of psychological services (education, prevention, diagnostics, correction, counseling, and vocational guidance) and their interconnectedness is presented. The expectations and motivations of seeking clients, alongside three levels of psychological challenges (individual, group, and mass), are classified. Conclusions for the effective modeling of practical psychologists' professional workflows are proposed.

AIM

the objective of the study is to systematize the functional directions of psychological services within the practical and higher education systems under the Law of the Republic of Uzbekistan "On the Provision of Psychological Assistance to the Population" and relevant regulatory documents, to reveal the specific determinants of client expectations, and to scientifically substantiate the organizational and practical significance of this field in educational institutions.

MATERIALS AND METHODS

the study utilizes a comprehensive and interdisciplinary systemic approach, applying scientific and methodological tools for the synthesis of empirical data, including theoretical-structural analysis, a systemic approach that views the psychological service as a microsystem of interacting subjects, functional modeling of the psychologist-client interaction algorithm, and conceptual classification and typologization dividing client motivation into 5 categories; additionally, complementarity and deontological analysis methods were employed within the framework of professional ethics and confidentiality.

DISCUSSION AND RESULTS

as a result of the research, the six primary areas of psychological service (enlightenment, prevention, diagnostics, correction, counseling, and vocational guidance) were systematized into an interconnected chain, and mechanisms for analyzing problems at personal, group, and mass levels were developed; the motivational types of clients—ranging from support-seekers to skeptics—were identified, demonstrating the necessity of localizing ambiguous verbal and non-verbal information through professional diagnostics and establishing collaboration within the education system with medical and defectological branches based on equality and complementarity.

CONCLUSION

a systematically organized psychological service acts as a fundamental institution that ensures the comprehensive spiritual and intellectual development of the individual, where the step-by-step implementation of its six functional directions yields maximum efficiency; strict adherence to the principles of professional deontology and confidentiality (secrecy) serves as a mandatory ethical criterion for practicing psychologists, and the advancement of human capital along with psychological safety is achieved exclusively by establishing equal, multilateral cooperation with other supportive networks in educational institutions.

Keywords: practical psychology, psychological service, psychological prevention, psychological correction, psychological counseling, client expectations, personal problems, professional ethics, consult, legal framework.

Jamiyat taraqqiyotining hozirgi dinamik bosqichida inson kapitalini rivojlantirish va aholining, xususan, uzluksiz ta’lim tizimi ishtirokchilarining ruhiy salomatligini muhofaza qilish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Bugungi kunda amaliy psixologik xizmat ko‘rsatish sohasi shunchaki yordamchi tarmoq emas, balki shaxs munosabatlarini tartibga soluvchi, jamiyatda barqaror ijtimoiy-psixologik muhitni ta’minlovchi fundamental institutga aylandi. O‘zbekiston Respublikasida so‘nggi yillarda ushbu sohaning huquqiy poydevorini mustahkamlashga qaratilgan qator konseptual normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilindi. Xususan, O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 5-noyabrdagi "Aholiga psixologik yordam ko‘rsatish to‘g‘risida"gi Qonuni sohada yangi davrni boshlab berdi.[1] Mazkur Qonun bilan ilk bor mamlakatimizda psixologik yordam ko‘rsatishning asosiy prinsiplari, vazifalari, turlari va huquqiy standartlari qat'iy belgilab qo‘yildi. Bu esa amaliyotchi psixolog faoliyatining qonuniy maqomini oshirish bilan birga, uning zimmasiga yuksak professional va deontologik mas’uliyat yuklaydi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Ta’lim muassasalarida psixologik xizmat faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida"gi hamda "Psixologiya sohasida kadrlarni tayyorlash va aholiga psixologik xizmat ko‘rsatish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarorlari uzluksiz ta’lim tizimida psixologik xizmatlarning uzviyligini ta’minlashda muhim dasturilamal bo‘lib xizmat qilmoqda.[2] Ushbu me’yoriy hujjatlar talablariga muvofiq, ta’lim muassasalarida shaxsning har tomonlama kamol topishi, uning ham ma’naviy, ham aqliy rivojlanishi, o‘zligini anglashi va individual qobiliyatlarini namoyon etishi uchun tegishli tizimli shart-sharoitlarni yaratish psixologik xizmatning birlamchi vazifasi etib belgilangan.

Davlat darajasidagi ushbu yuksak e’tibor va huquqiy islohotlar amaliyotchi psixolog zimmasiga o‘z xizmatining tarkibiy mazmuni va funksional tuzilmasini zamonaviy fan yutuqlari asosida mukammal tashkil etish majburiyatini qo‘yadi. Zero, har qanday ijtimoiy muhitda (maktab, universitet, korxona yoki harbiy tuzilmalarda) inson omili samaradorligi bevosita uning psixologik xavfsizligi va barqarorligi bilan o‘lchanadi. Yuqoridagi konseptual va huquqiy asoslardan kelib chiqqan holda, mazkur tadqiqotimizning maqsadi oily ta’lim tizimida hamda amaliy psixologiyada psixologik xizmat ko‘rsatish tizimining funksional yo‘nalishlarini qonuniy mezonlar doirasida tizimlashtirish, mijozlar kutilmalarining o‘ziga xos determinantlarini ochib berish va uning ta’lim tizimidagi amaliy ahamiyatini ilmiy asoslashdan iborat.

Zamonaviy amaliy psixologiyaning eng dolzarb vazifalaridan biri — jamiyat a’zolarining har tomonlama kamol topishi, ularning ham ma’naviy, ham aqliy rivojlanishi, o‘zligini anglashi va qobiliyatlarini to‘liq namoyon etishi uchun tegishli sharoitlarni yaratishdir. Bu jarayonda amaliyotchi psixolog o‘z xizmatining tarkibiy mazmuni va tuzilmasini to‘g‘ri tashkil qilishi fundamental ahamiyat kasb etadi. Psixologik xizmat sub’yektlarning individual-psixologik xususiyatlarini tizimli o‘rganish bilan birga, ularga ta’limiy-tarbiyaviy va ma’naviy-ruhiy jihatdan ko‘maklashishni nazarda tutadi.

Bugungi kunda psixologik xizmat yuridik, reklama, harbiy, ta’lim va boshqa ko‘plab sohalarda faol faoliyat yuritmoqda. Shunday ekan, kishilar qaysi sohada faoliyat yuritishidan qat’iy nazar, ijtimoiy-hayotiy muammolarning yechimini topishda ushbu xizmat imkoniyatlariga tayanadilar. Ushbu maqolaning maqsadi amaliy psixologiyada psixologik xizmat ko‘rsatishning asosiy yo‘nalishlarini tizimlashtirish, mijozlar kutilmalarining psixologik mohiyatini ochib berish va uning ta’lim muassasalaridagi tashkiliy asoslarini yoritishdan iborat.

Tadqiqotning metodologik arxitekturasini shakllantirishda ob'ektning ko'p o'lchovli va dinamik tabiati inobatga olinib, kompleks va fanlararo tizimli yondashuvlar majmuasidan foydalanildi. Empirik materialni tahlil qilish va umumlashtirish jarayonida quyidagi ilmiymetodologik usullar qo'llanildi:[4]

1. Nazariy-strukturali tahlil: Mazkur metod yordamida amaliy psixologiyada “psixologik xizmat” fenomening tarkibiy elementlari, funktsional aloqalari va tizimli iyerarxiyasi ochib berildi. Muammoning o‘rganilish darajasi zamonaviy psixologik tadqiqotlar va kontseptual modellar prizmasi orqali tahlil qilinib, shaxs rivojlanishidagi qonuniyatlar tizimlashtirildi.

2. Tizimli yondashuv: Psixologik xizmat ko'rsatish jarayoni o'zaro ta'sir etuvchi sub'ektlarning (amaliyotchi psixolog – mijoz – ijtimoiy-akademik muhit) yaxlit mikrotizimi sifatida o'rganildi. Bu yondashuv muammolarni shunchaki lokal holat sifatida emas, balki shaxs rivojlanishidagi ichki ziddiyatlar va tashqi mikromuhit (oilaviy, guruhli, ommaviy) determinatligining uzviy oqibati sifatida tahlil qilish imkonini berdi.

3. Funktsional modellashtirish: Amaliyotchi psixolog va mijoz o‘rtasidagi munosabatlar algoritmini optimallashtirish maqsadida o‘zaro ta’sirning funktsional modeli ishlab chiqildi. Bunda mijoz tomonidan taqdim etiladigan og‘zaki (verbal) va og‘zaki bo‘lmagan (noverbal) ma’lumotlarni qabul qilish, tahlil qilish, muammoni lokalizatsiya qilish hamda korreksion-maslahat strategiyasini belgilash bosqichlari tizimli modellashtirildi.

4. Kontseptual klassifikatsiya va tipologizatsiya: Murojaat qiluvchi sub’yektlarning motivatsion yo‘nalganligi, psixologik kutilmalari va qarshilik ko‘rsatish xususiyatlaridan kelib chiqqan holda, mijozlarning 5 ta asosiy toifasi (madad izlovchilar, echim qidiruvchilar, ikkilanuvchilar, yolg‘izlar va skeptiklar) kontseptual jihatdan klassifikatsiya qilindi. Shuningdek, psixologik inqirozlar va vazifalar tizimi shaxsiy, guruhli va ommaviy darajalar kesimida taksonomik iyerarxiyaga keltirildi.

5. Komplementarlik va Deontologik tahlil: Ta’lim muassasalaridagi psixologik xizmatni boshqa yordamchi tarmoqlar (tibbiy, defektologik, pedagogik) bilan integratsiyalash mexanizmlari munosabatlar tengligi va fikrlarning bir-birini o‘zaro to‘ldirishi (komplementarlik) prinsiplari asosida modellashtirildi. Psixolog faoliyatining samaradorlik mezonlari professional etika va konsilium (maxfiylik) tamoyillari doirasida baholandi.

Amaliy psixologiyada tizimli tashkil etilgan psixologik xizmatning mazmun yaxlitligini ta’minlaydigan oltita asosiy yo‘nalish mavjud bo‘lib, ular o‘zaro uzviy va uzluksiz zanjir shaklida bog‘langan:[3]

✓ Psixologik ma’rifat va tashviqot: Aholini, jamoa xodimlarini va mijozlarni psixologik bilimlarni egallashga jalb etish, ularning psixologik madaniyatini oshirish maqsadida turli mashg‘ulotlar, o‘quvlar hamda ma’ruzalar uyushtirish.

✓ Psixologik profilaktika: Jamoa a’zolarining yosh davri psixik taraqqiyoti haqidagi bilimlarni tarkib toptirish orqali shaxs aqliy rivojlanishida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan har qanday salbiy og‘ishlarning o‘z vaqtida oldini olishga qaratilgan tadbirlar.

✓ Psixologik diagnostika: Shaxsni bolalik davridan boshlab uzluksiz, har tomonlama o‘rganish, ularning individual-psixologik xususiyatlarini va o‘qish hamda xulq-atvoridagi nuqsonlarning tub sabablarini aniqlash.

✓ Psixologik korreksiya va rivojlantirish: Shaxs shakllanishi va psixik rivojlanishidagi salbiy burilishlarni, ruhiy og‘ish va kechikishlarni bartaraf etish. Shaxs va jamoaga faol ijobiy ruhiy ta’sir o‘tkazish, ijtimoiy-psixologik muhitni sog‘lomlashtirish hamda nizolarni yumshatish.

✓ Psixologik maslahat (Konsultatsiya): Xodimlarga shaxsiy, kasbiy va hayotiy muammolarini hal etishga yordam berish, ularni o‘z psixologik salomatligini muhofaza qilishga o‘rgatish. U individual yoki guruhiy tarzda o‘tkazilib, profilaktik hamda korrektsion xarakterga ega bo‘ladi.

✓ Kasb-hunarga yo‘naltirish: Ta’lim muassasalarida o‘quvchilarni o‘z layoqati, qiziqishi va qobiliyatlariga mos kasb-hunarlarni ongli tanlashga tayyorlash.

Psixologik xizmat ko‘rsatish jarayonida "Mijoz psixologdan nimani kutadi va nima uchun unga murojaat etadi?" degan savol tug‘iladi. Kuzatishlar mijozlar motivatsiyasini quyidagi toifalarga ajratish imkonini beradi:[4]

1. O‘z muammolarini qanday hal etishni biladigan, lekin psixologdan faqatgina ruhiy madad izlaydiganlar.

2. Muammoni qanday hal qilishni mutlaqo bilmaydigan va tayyor maslahat so‘rab keladiganlar.

3. O‘zlariga to‘la ishonmaydigan yoki mavjud imkoniyatlar ichidan qaysi birini tanlashni bilmaydigan, faolligini to‘g‘ri tomonga yo‘naltirish kerak bo‘lganlar.

4. Jiddiy muammosi bo‘lmagan, shunchaki o‘zini yakka his qilgan va o‘zini diqqat bilan eshitadigan, mehribon suhbatdoshga muhtoj bo‘lganlar.

5. Qiziquvchanlik yoki psixolog bilan bahslashish, uni noqulay holatga solish istagi bilan keladiganlar.

Professional amaliyotchi psixolog barcha mijozlarni qabul qilishi, ularning maqsadi va dastlabki xulq-atvoridan qat’i nazar, e’tibor va mehribonlik bilan munosabatda bo‘lishi shart. Bu talab professional odob qoidalari (deontologiya) bilan belgilanadi. Psixolog o‘z yoniga kelgan har bir mijozning muammolarini konsulium (sir) tutishi shart. U sog‘lom, lekin shaxsiy, kasbiy, oilaviy va guruhli nizolarga duch kelgan insonlarga maslahat beruvchi va yo‘l-yo‘riq ko‘rsatuvchidir.

Amaliy psixologiyada barcha muammolar uch xil darajada tahlil qilinadi va hal etiladi:[5.6]

• Shaxsiy daraja: Odamlarning shaxsiy rivojlanishiga to‘sqinlik qiluvchi qiyinchiliklar, ularning ma’naviy va ruhiy salomatligining buzilishi. Psixologik muammo — mijozning rivojlanishdagi muayyan ziddiyatlardan kelib chiqadigan noqulay holatidir.

• Guruhli daraja (oilaviy, tashkiliy): Kishilarning kasbiy faoliyatida, oilada ularning sifatlari va shart-sharoitlarining talablariga mos kelmasligi tufayli yuzaga keladigan inqirozlar.

• Ommaviy daraja (strategik): Keng ko‘lamli ijtimoiy-psixologik jarayonlar.

Vazifani aniqlash uchun psixolog dastlab mijoz taqdim etgan og‘zaki (verbal) va og‘zaki bo‘lmagan (noverbal) materialga ega bo‘ladi. Ba’zan mijoz o‘z qiyinchiliklarini aniq lokalizatsiya qilsa (masalan: "menda qo‘rquv bor, lekin tushunarsiz"), ba’zan material juda noaniq shakllantirilgan bo‘ladi. Psixolog bu materialni o‘z kasbiy bilimlari va ko‘nikmalari asosida, shaxs xususiyatlari va muloqot tarziga qarab tahlil qiladi hamda tashxislab oladi.

Ta’lim muassasalaridagi psixologik xizmat o‘z faoliyatida tibbiy, defektologik va boshqa xizmat turlari hamda jamoatchilik xodimlari bilan yaqin hamkorlikda ish olib boradi. Barcha mutaxassislar bilan munosabat tenglik va fikrlarning bir-birini o‘zaro to‘ldirishi (komplementarlik) asosida quriladi. Bu tizim o‘quvchilarning individual-psixologik xususiyatlarini o‘rganish orqali shaxsning har tomonlama kamol topishi uchun tegishli ta’limiy-tarbiyaviy hamda ruhiy sharoitlarni yaratishga xizmat qiladi.

1. Amaliy psixologiyada psixologik xizmat shaxsning har tomonlama ma’naviy va aqliy rivojlanishini ta’minlovchi yaxlit tizimdir. Xizmatning oltita yo‘nalishi o‘zaro uzviy bog‘liq bo‘lib, ularni bosqichma-bosqich amalga oshirish maqsadga muvofiqdir.

2. Psixologik muammolar o‘z tabiati va ko‘lamiga ko‘ra shaxsiy, guruhli va ommaviy darajada namoyon bo‘ladi. Psixolog mijoz taqdim etgan noaniq materiallarni kasbiy diagnostika va muloqot tahlili orqali lokalizatsiya qilishi lozim.

3. Professional psixolog uchun mijoz toifasi va uning xulq-atvoridan qat’i nazar mehribonlik ko‘rsatish va konsilium (sir saqlash) tamoyiliga amal qilish uning etika va professionallik mezonidir.

4. Ta’lim muassasalarida psixologik xizmat tibbiy va defektologik tarmoqlar bilan tenglik hamda o‘zaro fikr to‘ldirish asosida kooperatsiyani tashkil etgandagina yuqori samaradorlikka erishadi.

ADABIYOTLAR RO‘YXATI | СПИСОК ЛИТЕРАТУРЫ | REFERENCES

1. O‘zbekiston Respublikasining Qonuni. Aholiga psixologik yordam ko‘rsatish to‘g‘risida:

2024-yil 5-noyabrdagi O‘RQ-989-son // Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi,

06.11.2024-y., 03/24/989/1001-son. 2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qarori. O‘quvchilarni psixologik-

pedagogik qo‘llab-quvvatlash ishlarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari

to‘g‘risida: 2019-yil 12-iyuldagi 577-son // Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi,

13.07.2019-y., 09/19/577/3413-son. 3. Nishonova Z.T. Oliy maktab psixologiyasi. Darslik. – Toshkent: “Nodirabegim”

nashriyoti, 2021. – 412 b. 4. G‘oziyev E.E. Umumiy psixologiya. Darslik. – Toshkent: “Universitet”, 2010. – 358 b. 5. Yadgarova Ozoda Ibragimovna Statistical Analysis of Attitude Indicators Towards

Psychological Services Among Higher Education Students Based on Age Factors.

EXCELLENCIA: INTERNATIONAL MULTI-DISCIPLINARY JOURNAL OF

EDUCATION https://multijournals.org/index.php/excellencia-imje

6. Ядгарова О.И. МЕТОДОЛОГИЯ ОРГАНИЗАЦИИ ПСИХОЛОГИЧЕСКОЙ СЛУЖБЫ

В ВЫСШИХ УЧЕБНЫХ ЗАВЕДЕНИЯХ. Вестник интегративной психологии //

Журнал для психологов. Вып. 39. Часть 1. /Под ред. В.В.Козлова. –Ярославль:

МАПН, 2026. 590.

Matn PDFdan avtomatik ajratib olingan va xatoliklar bo'lishi mumkin.