LOGISTIK BOSHQARISHNI YAXSHILASH
Komilov A’zam Lutfullayevich,
Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti, o‘qituvchi
Suyunov Oltibek Do‘stmurodovich,
Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti, stajyor-o‘qituvchi
O‘rozov Asqar Davron o’g’li
Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti, talaba
Anotatsiya. Mazkur maqolada avtobus bekatlariga qo’yiladigan umumiy texnik talablari keltirilgan. Shuningdek, maqolada aholi sonining oʻsishi va harakatchanligi oʻzgarishlarni hisobga olgan holda jamoat transporti bekatlarini rejalashtirish, avtobus bekatlarini loyihalash sohasidagi normativ-huquqiy bazani takomillashtirish, yoʻlovchi tashish logistika tizimini rejalashtirish va rivojlantirish muhimligi taʼkidlangan.
Kalit so‘zlar. Yo‘lovchi tashish, jamoat transporti, yo‘lovchi, avtobus bekati, bekatlarni loyihalash, cho‘ntak.
Yo‘lovchi tashish shahar hayotini eng muhim tarmoqlaridan biri bo‘lib, uning faoliyati aholi hayotining sifatini, shahar iqtisodiyot tarmoqlarining samaradorligini va shaharsozlik va ijtimoiy-iqtisodiy salohiyatidan foydalanish imkoniyatini belgilaydi.
So‘nggi yillarda respublika iqtisodiyoti va aholisiga jamoat transportida xizmat ko‘rsatishni yaxshilash bo‘yicha ulkan ishlar amalga oshirildi. Yo‘lovchi tashish yo‘nalishlari tarmog‘i ko‘lami 1,6 baravarga ortdi, respublika bo‘yicha 120 dan ortiq yo‘lovchi avtovokzali va avtostansiyasi faoliyat ko‘rsatmoqda. Harakatdagi tarkibni zamonaviy, qulay avtobuslar, mikroavtobuslar bilan yangilash, yo‘nalishlarni oqilona tashkil etish va kengaytirish, yo’lovchi tashishlarini xavfsizligi choralarini kuchaytirish hisobiga aholining avtomobil tashishlariga ehtiyojini imkon qadar to‘laqonli ta’minlash avtomobil transportini rivojlantirishning asosiy yo‘nalishidir [1].
O‘zbekistan Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasi tomonidan shahar yo‘lovchi transporti tizimini isloh qilish va aholiga dunyo andozalariga mos keladigan transport xizmatini ko‘rsatish maqsadida bir qator qarorlar qabul qilindi.
2023-yil 16-fevral kuni O‘zbekistan Respublikasi Prezidentining “Jamoat transporti tizimini isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 59-sonli qarori qabul qilingan edi. [1].
Shaharlarning dinamik o‘sishi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi yangi turar joylar paydo bo‘lishi tufayli biznes, savdo, ko‘ngilochar va sport markazlari, shahar aholisi turar-joy tuzilmasidagi o‘zgarishlar kabi yo‘lovchi tashish uchun yangi marshrut liniyalarining paydo bo‘lishiga sabab bo‘ladi.
Transport infratuzilmasini modernizatsiyalash har bir davlat iqtisodiyoti uchun ustuvor hisoblanadi. Hududlar orasida yo‘llarining mavjudligi bir bir joydan ikkinchi joyga tezlik bilan o‘tish imkonini beradi. Avtobus to‘xtash punktining sig'imi jamoat transporti tizimining muhim qismi bo'lib, jamoat avtobuslarining samaradorligi ushbu punktlardagi yuqori ish qobiliyati va xizmat ko'rsatish darajasiga bog'liq [2, 3, 7].
Avtobus bekatlari shahar va yo‘l infratuzilmasining muhim elementi hisoblanadi. Ular har ikki yo‘nalishdagi transport vositalarining o‘zaro yo‘lovchilar bilan, shuningdek, yo‘nalishlar turli transport vositalar bilan a’loqa qilish joyi hisoblanadi. Bekatlarning joylashishi shahar infratuzilmasiga ham ta’sir ko‘rsatadi. Termiz shahrida ham oraliq bekatlarning qurilishi shahar normalariga mosligi talab darajasida emas. Jamoat transportlari xarakatlanish davomida marshrut intevallariga amal qilinmaydi va aniq belgilangan bekatlarga to’xtamaydi.
Biroq, o‘rganishlar shuni ko‘rsatadiki, aksariyat avtobus bekatlari daromad olish shoxobchalariga aylantirilgan. Bekatlarning hajmi kichikligi va ularning maydonlarini do‘konlar, fast-fud, kafelar egallaganligi sababli iste’molchilar avtobuslarni asosan quyosh yoki yomg‘ir ostida kutishlariga to‘g‘ri kelmoqda.
Zamonaviy avtobus bekatlarining yana bir muhim muammolardan biri – nogironlar aravachasi uchun suppachalarning yo`qligidir.
Bugungi kunda avtobus bekatlarini loyihalash va amaliyotga joriy qilish bo‘yicha bir nechta me’yoriy-huquqiy hujjatlarda aks etgan. Ya’ni joriy me’yorlarda avtobus bekatlarini loyihalashtirish talablarini tartibga soluvchi yagona aniq standart mavjud emas. Agar u bir me’yor bo‘yicha loyihalasa, uning oldiga kelib, boshqa me’yorga asoslangan holda qoidabuzarlik bo’yicha ayblashlari mumkin. 1-jadvalda me’yoriyhuquqiy hujjatlarda aks etgan tafovutlar misol keltirilgan.
1-jadval
Avtobus bekatlarini loyihalash bo‘yicha me’yoriy-huquqiy hujjatlar tafovutlari
Me’yoriy-huquqiy hujjatlar 1−2 ta
yo‘nalish
uchun bekat
uzunligi
2−3 va undan
ortiq
yo‘nalishlar
uchun bekat
uzunligi
Bekat
kengligi SHNQning 26-bandiga ko‘ra, qariyalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarning ehtiyojlarini hisobga olgan holda obyektlarni loyihalashtirish
12 metrdan kam
bo‘lmagan
24 metrdan
kam
bo‘lmagan
1,8 metrdan
kam
bo‘lmagan SanQvaMning kam harakatlanuvchi odamlar foydalanadigan binolarni loyihalash va qurish to‘g‘risidagi 3.19-bandi
10 metrdan kam
bo‘lmagan
20 metrdan
kam
bo‘lmagan
1,5 metrdan
kam
bo‘lmagan Davlat standarti ko‘pi bilan 35
metr
45 metrdan
kam
bo‘lmagan
3 metrdan
kam
bo‘lmagan
Jamoat transporti bekatlarining joylashishi, birinchi navbatda, foydalanuvchilarning (yo‘lovchilarning) ehtiyojlarini hisobga olishi muhim ahamiyat kasb etadi [5, 6, 8]. Bekatlarni quydagi joylarda loyihalashtirish maqsadga muvofiq hisoblanadi:
eng qulay va eng qisqa piyoda yo'nalishlari avtobus yo'nalishlariga
yaqinlashadigan joylarda;
muhim yo'nalishlarda yoki diqqatga sazovor joylarda;
boshqa jamoat transporti yo'nalishlari bilan kesishgan joylarda;
keyingi bekatgacha tegishli masofada (odatda 300-400 m);
to'xtatuvchi to'xtash joylari joylashgan joylarda.
Avtomobil yo‘llari toifasiga qarab, avtobus bekatlarida quyidagi elementlar: chiqish maydonchasi, tushish maydonchasi, yopiq yoki ochiq (kanopli) kutish paviloni, o‘tish chiziqlari, avtobuslar to‘xtashi uchun yo‘lning maxsus kengaytirilgan qismi, ajratuvchi chiziq, trotuar va piyodalar yurish yo‘lakchalari, piyodalar o‘tish joyi, avtopavilon, o‘rindiqlar, chiqindi uchun qutilar va yoritish uskunalari, jadvallar bilan ma'lumot taxtalari va yo‘l harakatini tashkil etishning texnik vositalari (yo‘l belgilari, belgilar, to‘siqlar); bo‘lishi lozim. Bekatlarda uskunalar elementlarini joylashtirishga qo‘yiladigan umumiy talablar 1-rasmda keltirilgan.
1-rasm. Bekatlarda uskunalar elementlarini joylashtirishga qo‘yiladigan umumiy
talablar
Avtobus to‘xtash joyi turini tanlashga ta’sir qiluvchi asosiy omillar quyidagilardir: • transport harakati intensivligi, • transport oqimi, • yo‘l tarmog‘idagi joylashuvi (qishloq yoki shahar hududi, transport bog‘lanmasi, • avtomatlashtirilgan harakatni boshqarish tizimi va hokazo), • jamoat transporti uchun qo‘yiladigan talablar (masalan, xavfsiz harakatlanish), • avtobuslarning to‘xtash vaqti, • ruxsat etilgan tezlik, xarajatlar, mahalliy sharoitlar va shu kabi boshqa omillarni hisobga olish talab etiladi.
Masalan, harakat intensivligi yuqori va transport oqimi uzluksiz bo‘lgan joylarda avtobus bekatlari cho‘ntak(yo‘l chetida maxsus ajratilgan to‘xtash joylari) ko’rinishida joylashtirish maqsadga muvofiq sanaladi. Agar transport oqimi kam bo‘lsa yoki avtobus to‘xtash joyi avtomatlashtirilgan harakatni boshqarish tizimiga ega hududda joylashgan bo‘lsa, u holda yo‘lning o‘zida to‘xtashga ruxsat berilgan joylar yoki maxsus to‘xtash bo‘limlari bo`lishi maqsadga muvofiq.
2-rasm. Chorrahalardan oldin va keyingi cho‘ntak bekatlar
Xulosa. Yo‘lovchi transportida tashish jarayonlarini samarali tashkil etish – yo‘nalishdagi transport vositalari to‘xtash bekatlarini ratsional belgilash va ularning harakatini tartibga solish asosida yo‘lovchi oqimlarini jo‘natuvchi manzildan etib borish manziligacha qisqa vaqtda yetkazishni ta’minlaydi.
Demak shahar jamoat transporti harakatini qat’iy va aniq belgilangan bekatlarda to‘xtashini tashkil etish, yo‘lovchilar oqimini tahlil qilish, harakat jadvallarini optimallashtirish kabi logistika operatsiyalarni amalga oshirish muhim ahamiyat kasb etadi.
Yuqorida ta’kidlaganimizdek, jamoat taransportidagi yechimini kutayotgan muammolardan biri, avtobus bekatlarining to‘g‘ri loyihalashtirish va zamonaviy talablar asosida qurish zarurligi hisoblanadi. Jamoat transportida qilinadigan ishlar sohadagi ayrim nazariy va amaliy jihatlari yetarli darajada o‘rganilmaganligi sababli, bu masalalarni yangicha yondashuvlar asosida tadqiq etishni taqozo etadi.
Foydalanilgan adabiyotlar 1. Исхаков М. М. Выбор участка на остановочном пункте для обслуживания
пассажиров маршрутных транспортных средств // «Вестник Оренбургского
государственного университета». – 2011. – № 10. – с. 59–63. 2. Kuziyev A. U., Suyunov O. D., Xurramov K. B. Improving the quality of passenger
service in city public transport //International bulletin of engineering and technology.
– Т. 2. – №. 12. – С. 157-161.
3. Urokovich K. A. et al. TERMIZ SHAHAR 3-SONLI AVTOBUS YO
‘NALISHINING XIZMAT KO ‘RSATISH SIFATINI OSHIRISH //Eurasian Journal
of Academic Research. – 2024. – Т. 4. – №. 4-1. – С. 7-12. 4. Uroqovich K. A., Do‘Stmurodovich S. O., O‘G‘Li F. T. K. TERMIZ SHAHAR
JAMOAT TRANSPORTIDA AVTOBUSLAR ISH UNUMDORLIGIGA TA'SIR
ETUVCHI EKSPLUTATSION KO ‘RSATKICHLAR TAHLILI //Eurasian Journal
of Academic Research. – 2024. – Т. 4. – №. 5-2. – С. 177-183. 5. Urokovich K. A., Do‘stmurodovich S. O. IMPROVING THE SERVICE QUALITY
OF BUS LINE 3 OF TERMIZ CITY.
6. Xolikberdiyevich M. A., Do‘Stmurodovich S. O., O‘G‘Li T. S. P. TERMIZ SHAHAR
JAMOAT TRANSPORT FAOLIYATINI TAKOMILLASHTIRISH //Eurasian
Journal of Academic Research. – 2024. – Т. 4. – №. 5-3. – С. 168-175.
7. Комилов А. Л. ШАҲАР ЙЎЛОВЧИ ТРАНСПОРТИНИНГ МАРШРУТ
ТАРМОҚЛАРИНИ ЛОЙИҲАЛАШ ТАЖРИБАСИНИ ТАҲЛИЛ ҚИЛИШ
(СУРХОНДАРЁ МИСОЛИДА) //Oriental renaissance: Innovative, educational,
natural and social sciences. – 2023. – Т. 3. – №. 4-2. – С. 139-145. 8. Комилов А. Л. Рационал маршрутда сутка соатлари бўйича йўловчилар
оқимининг тақсимланиши (Термиз шаҳри мисолида) //Scientific progress. – 2021.
– Т. 2. – №. 2. – С. 1449-1456. 9. Komilov A. L. Methods for Optimizing and Modeling Routes for Selecting a Routing
Scheme for Passenger Transport in Buses //Methods. – 2020. – Т. 7. – №. 9.
10.Комилов А. Л., Мирзаев А. Ш. Ў. МОДЕЛЬ ПРОПУСКНОЙ СПОСОБНОСТИ
ОСТАНОВОЧНОГО ПУНКТА (НА ПРИМЕРЕ ТЕРМЕЗА) //Oriental
renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences. – 2025. – Т. 5. – №.
3. – С. 154-163.
11.Coals B. U. T. INTEGRATION OF LOGISTICS FUNCTIONAL AREAS AND THE
PLACE OF WAREHOUSING IN THEM //International Journal Of Management And
Economics Fundamental. – 2023. – Т. 3. – №. 12. – С. 50-57. 12. Oʻgʻli J. Z. M., Oʻgʻli Y. M. O., Shavkatovna A. N. SHAHAR KOʻCHALARI VA
YOʻLLARI FANIDAN SHAHAR KOʻCHALARIDA HARAKAT JADALLIGINI
AMALGA OSHIRISH JARAYONI //Research Focus. – 2025. – Т. 4. – №. 1. – С.
60-63. 13.Abdikodirov, S. A., Eshkaraev, S. C., & Turaev, K. K. RADIOMETRIC
DETERMINATION OF THE PRESENCE OF THE RADIONUCLIDE RADON-222
IN THE ATMOSPHERIC AIR OF THE KUMKURGAN DISTRICT OF THE
SURKHANDARYA REGION. ИЛМИЙ ХАБАРНОМА Серия: Кимё
тадцицотлари, 7(11), 30.
14.Sh A A. et al. DETERMINATION OF THE AMOUNT OF RADON-222 BY
RADIOMETRIC METHOD IN THE ATMOSPHERIC AIR OF THE CITY OF
TERMEZ, SURKHONDARYA REGION OF THE REPUBLIC OF UZBEKISTAN
//Journal of Pharmaceutical Negative Results. – 2022. – Т. 13.
Matn PDFdan avtomatik ajratib olingan va xatoliklar bo'lishi mumkin.