ResearcherUz LogoResearcherUz
Jurnalni ko'rish

BAXSHINING BADIHAGO`YLIK MAHORATI

Annotatsiya

Bu maqola orqali xalq og'zaki ijodining yirik janri bo'lgan dostonlarimizning hozirgi kungacha sayqallanib yetib kelishida Sherobod dostonchilik maktabining benazir xizmatini ommaga yetkazish va shu bilan birgalikda bu maktabdan yetishib chiqqan baxshilarimizning mashaqqati benihoya ekanligini ko'rsatishdir.


To'liq PDF hujjat

O'xshash maqolalar

Maqola matni

BAXSHINING BADIHAGO`YLIK MAHORATI

Xushbaxtova Dilnoza Jaylov qizi

Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti o`qtuvchisi

Annotatsiya:

Bu maqola orqali xalq og'zaki ijodining yirik janri bo'lgan dostonlarimizning hozirgi kungacha sayqallanib yetib kelishida Sherobod dostonchilik maktabining benazir xizmatini ommaga yetkazish va shu bilan birgalikda bu maktabdan yetishib chiqqan baxshilarimizning mashaqqati benihoya ekanligini ko'rsatishdir.

Kalit so‘zlar:

doston, baxshixhilik, Sherobod dostonchilik maktabi, badihago`y

Badihago`ylik - og`zaki ijod asarlarining shakliy ko`rinishi bilan bog`liq hodisa. Asrlar davomida bizgacha yetib kelgan doston, ertak, qo`shiq, maqol va boshqa asarlar og`zaki tarizda yetkazilgan, og`zaki tarzda avloddan avlodga o`tgan va xalq madaniyatining og`zaki merosiga aylandi. Ko`p yillardan buyon og`zaki ijod na`munalarini o`rganish bo`yicha olib borilgan kuzatuvlar og`zakilikning ijobiy va salbiy jihatlari borligini tasdiqlamoqdadir.

Bizningcha, og`zakilik xalq ijodining omma orasiga tarqalishida va keng tus olishida ijobiy ahamiyatga egadir. Chunki, asarlarning bu shaklda ijro etilishi ijrochi zimmasiga ortiqcha mas`uliyat yuklamaydi. Ammo masalaning ikkinchi tomonini ham qayd etmoq lozim, xususan, ayrim ijod namunalari aynan og`zaki tarzda ijro etilganligi uchun ijrochining vafoti bilan asarning hayoti ham to`xtaydi, unutiladi. Ayrim ijod namunalarining shogirdlar tomonidan o`zlashtirilmaganligi yoki olimlar tomonidan yozib olinmaganligi oqibatida vaqt o`tish bilan unitiladi, asar yo`qolib ketadi. Badihago`ylik xalq og`zaki ijodidagi bevosita og`zakilik xususiyatidan kelib chiqadigan belgi.

Badihago`ylik yozma ijodda yo`q, chunki yozma jarayon individual ijod bilan bog`langan. Badihago`ylik esa tinglovchi auditoriyasi bilan bog`langan holda namoyon bo`ladigan xususiyat. Xalq og`zaki ijodidagi askiya janrini badihago`yliksiz tasavvur qilish mumkin emas.

Shuningdek, doston, ertak va boshqa folklor namunalarining ijrosi jarayonida ijrochi asar matniga yo`l-yo`lakay o`zgarish kiritishi, ba`zan yangi lavhalarni o`ylab topishi, ayrimlaridan voz kechishi ham mumkin.

Folklor ekspeditsiyalari jarayonida ba`zi badihago`y shoir-qo`shiqchilar ekspeditsiyaning har bir a`zosiga atab alohida-alohida to`rtliklar to`qiganiga guvoh bo`lganmiz. Aytish mumkinki, doston, ertak, umuman, folklor namunalarining yangi nusxalarini yaratishda ham badihago`ylikning ahamiyati sezilarli.

“Baxshi” so`zining “O`zbek tilining izohli lug`ati”da to`rt xil ma`nosi izoh olgan:

1 – donishmand,

2 – dostonlarni kuylovchi,

3 – dam solib davolovchi tabib,

4 – Buxoro xonligida qurilish mablag`ini nazorat qiluvchi.

Yuqoridagi to`rt ma`nodan uchtasi bevosita doston aytuvchi baxshilarga tegishli. Chunki xalq orasida baxshi bo`lish uchun inson donishmand, aqlli bo`lishi kerak, degan fikr qayta-qayta ta`kidlanadi. Ikkinchidan, "baxshi" xalq dostonlarining ijrochisi. Uchinchidan, ibtidoda baxshi va shomon yagona tizimda qaralgan va so`zning mo`jizaviy magik fazilatidan foydalanib kishilarni turli xastaliklardan forig` qiluvchi shaxs hisoblangan. O`zbek folklorshunosligi asoschisi H.T.Zarifovning ma`lumot berishicha, baxshi mo`g`ulcha va buryatcha "baxsha", "bag`sha" so`zlaridan olingan bo`lib, "ustod", "ma`rifatchi" ma`nolarida qo`llangan. Baxshi keng ma`noda xalq dostonlarini kuylovchi, yodda saqlovchi va nasldan naslga o`tkazuvchi san`atkor. Doston ijrochilarini Surxondaryo va Qashqadaryoning ayrim hududlarida yuzboshi, Janubiy Tojikiston o`zbeklari orasida soqi, ba`zi joylarda sozanda, Farg`ona vodiysida sannovchi, ba`zi joylarda jirov, jirchi, oqin, oxun deb ham atashagan.

Yetuk baxshilar, badihago`y, epik an`ana doirasida o`zlarining yangi-yangi variantlarini, hatto yangi dostonlarni yarata bilgan ijodkorlarga nisbatan shoir nisbati ham qo`shib aytilgan. Masalan, Ergash shoir, Fozil shoir, Islom shoir, Po`lkan shoir, Abdulla shoir kabi. Baxshilar o`z dostonlarini do`mbira, ayrimlari qo`biz yoki dutor jo`rligida, ichki ovozda ijro qilishgan”1.

Xo`shboq baxshi Mardonaqulov Surxon vohasining bebaho boyligi bo`lgan doston, terma, ertak va maqollarimizning sayqallanib yashab kelishida benazir xizmat qilmoqda. Bu insonning xalq oldidagi bu beminnat xizmati e`tiborsiz qoldirilmadi. O`zbekiston Respublikasi birinchi Prizideti I. A. Karimov tomonidan 2013-yil 1 T.Mirzayev, Sh.Turdimov, M.Jo‘rayev, J.Eshonqulov, A.Tilavov .O‘ZBEK FOLKLORI (Darslik) Toshkent – 2020. 42-43-betlar. "O`zbekiston xalq baxshisi" unvoni taqdim etildi. Bu ham yurtimizda hech bir qilingan mehnat e`tiborsiz qolmasligidan darakdir.

Baxshi o`z iste`dodi, mahorati sababli o`nlab kitoblar muallifiga aylandi. Uning "O`zbek xalq maqollari" kitobidan o`rin olgan, Xo`shboq baxshi tomonidan yaratilgan ikki maqolida ham ma`no kuchlidir. Ulardan biri: "Och elga, oqsoqol bo`lma", - deb aytilgan. Bunda baxshi umri davomida ko`rgan kechirganlaridan kelib chiqib, xalq hayotiga to`g`ri tushadigan hikmatni dunyoga keltirgan. Chindan ham bundagi badiiy ma`noni teran anglasak, aqlimiz shoshadi. "Och el"- bu majoziy ma`noda ya`ni "ko`zi och insonlar, nafsiga qul insonlar" nazarda tutilgan. Chunki, bundylarning ko`zini (nafsini) tuproq to`ydiradi, boshqa narsa bilan to`ydirib bo`lmaydi. Ular bo`lgan sari yana, yana, yana,- deydigan insonlar hilidandir.

"Oqsoqol"-bu maslahatchi, nasihat qiluvchi ma`nosidadir. Ya`ni, nafsi buzuq insonga qancha nasihat, maslahat qilma foydasi yo`q.

Keyingi ibratli maqoli:

Bulbul ko`rsang, bog`ga bor,

Tojik ko`rsang, tog`ga bor.2

Bu yerda ham baxshining kuchli badiiy mahorati aks etgan desak mubolag`a bo`lmaydi. Chunki, insonni yashaydigan joyi, oilasi, qarindoshlariga qarab kimligini bilish mumkin. Tojiklarning qanday mehnatkash, tinib-tinchimas, ushlaganini uzadigan xalqligini bilish uchun yashaydigan joyiga borish kerak ekanligi aks ettirilgan. Ya`ni, kimni qanday insonligini bilish uchun uyiga borib ko`rish kerakligi nazarda tutilgan.

Xo`shboq baxshi o`zining badihago`ylik mahoratini dostonlarida, termalarida, she`rlarida aks etira olgan serqirra ijodkordir. Bahshi ijodidan o`rin olgan an`anaviy termalardan biri "Qolmadi" termasiga nazar solsak uning ham baxshi mahoratidan benihoya suv ichganini ko`rishimiz mumkin:

Nil daryodan qasir qilgan,

Muso bilan urush qilgan, 2 Mardonaqulov. X. "O‘zbek xalq maqollari" (sharhlar)."Noshirlik yog‘dusi". Toshkent. 2019. 24-25-betlar.

Shu daryoga g`arq bo`p o`lgan,

Layin Fira`vin qolmadi.

Bunda inson yomonlik bilan hech narsaga erishmasligi, umri behuda ketishi ko`rsatilgan. Buning uchun tarixiy nomlardan Nil, Muso, Fira`vin kabi insonga ta`siri kuchli ismlardan foydalanilgan.

Maxluqotning tilin bilgan,

Yerning ostin ustin olgan,

Dev, parining dodin bergan,

Taxti Sulaymon qolmadi.

Bu bayt orqali insonning qanchalik mukammal, qo`rqmas, boy bo`lishiga qaramay abadiy yashamasligini, dunyoning foniyligini talqin qilgan. Bunda ham Sulaymon tarixiy shaxs nomidan foydalanib, ruhimizga ta`sir etgan.

Din islomga kofir bo`lgan,

Ibrohimni o`tga solgan,

Yer yuzidan jannat qilgan,

Kofir Nomurd qolmadi.

Bu baytda ham abadiy narsa yo`qligi, barcha narsalar va insonlar bir kun kelib bu dunyoni tark etishi badiiy ifodalar bilan ongimizga singdirilgan. Shoir Payg`ambar Ibrohim, kofir Namurd misolida jonlantirgan.

Yerga tushib mirza bo`ldi,

Bir go`zalni zino qildi,

Al oqibat choxda qoldi,

Xorut-morut ham qolmadi.

Yuqoridagi baytda Alloh harom qilgan ishlarni, biz ham haromligini his qilgan holda qo`l urmasligimiz aytilgan. Zino - bu ollohning qahrini keltiradigan gunohdir. Bundan yosh avlodni ogoh qilishimiz, bunday gunohga hech qachon, o`tkinchi hoyihavasni deb , qilmasligini uqtirgan.

To`rt ming yillab umr ko`rgan,

Ollohim boylik bergan,

Kambag`alning haqqin bergan,

Luqmoni hakim qolmadi.

Uzoq umr ko`rgan, tuganmas boylik yig`gan Luqmon ham bu dunyoda boqiy yashamadi. Unga ham dunyo vafo qilmadi. Lekin, o`zidan yaxshi nom qoldirib ketdi. Yaxshilik hech qachon unitilmasligini ko`ramiz.

Siz bandalar ibrat oling,

Kimga qolar ketsa moling,

Go`rga kirsang nadir xoling,

Eslamaydi qizing, uling

Kelganlar bari qolmaydi.3

Bu satrlar orqali yuqorida qncha buyuk shaxslar, sahobalar, payg`ambarlar ham abadiy yashamadi. Shundan xulosa chiqarib, biz bandalar yolg`onchi dunyoning nafsidan voz kechib, Alloh uchun yaxshklik yo`lida yashashimiz kerakligi, bir kun hammamiz ketishimiz ochib berilgandir.

Baxshi o`zinning salmoqli ijodida mumtoz adabiyot namunalarini ham benihoya noziklik bilan yarata oldi. Uning "Ko`ngling o`zga bo`lmasin" nomli kitobiga kiritilgan tuyuqlari ham beixtiyor kitobxonni o`ziga tortadi. Tuyuqlardan biri:

Boqqa kirib so`rmasdan omongul,

Bog`bon bo`lsa bog`chasida omongul,

Bu falakning jabri olib ketdilar

Jigarbandim nomi edi Omongul.4

Bu to`rtlikda "Omongul" so`zi orqali tuyuq hosil qilingan. Endi bu so`zlarning ma`nosini tahlil orqali ko`rsatib o`tamiz. 3 Mardonaqulov X. .Ko‘ngling o‘zga bo‘lmasin. "Nasaf" nashriyoti. Qarshi 2009. 14-15-betlar. 4 Mardonaqulov X. .Ko‘ngling o‘zga bo‘lmasin. "Nasaf" nashriyoti. Qarshi 2009.57-58-betlar.

1-satrda "Boqqa kirib so`rmasdan omongul,"-bunda, omongul - bu so`ramasdan gulni olmang, uzmang ma`nosida kelgan. Baxshi baxshilarga xos bo`lgan talaffuz bilan yozgan.

2-satrda "Bog`bon bo`lsa bog`chasida omongul,"-bunda esa, omongul- bu omonlik, tiriklik ya`ni bog`boni bor bog` doim barqurib, gullab turishini nazarda tutgan. Gulning tirikligini omonligini ko`rsatib bergan.

3 va 4-satrlarda:

"Bu falakning jabri olib ketdilar

Jigarbandim nomi edi Omongul."

Bunda Omongul ism ma`nosida bizga tushuntiriladi. Dunyo sitamlari sababli olamni tark etgan singlisi nomi ya`ni, ismi ekanligi ko`rinadi. Buni bilish uchun baxshining hayot yo`li bilan tanish bo`lish kerak. Bu yuqoridagi tuyuqdan ham baxshi salohiyati nechog`lik keng qamrovli ekanligini anglashimiz mumkin. Tuyuqni bunday o`zining yuqori cho`qqisiga chiqarib yozish hozirgi vaqtda kamdan kam shoirlarimiz ijodida uchraydi. Demak, Xo`shboq baxshi tug`ma talant, badihago`y dostonchi ekanligini hech, shubhasiz, baralla aytsak bo`ladi.

Umumo`zbek dostonchiligida xalqning ezgu-orzularini ifodalovchi afsonaviy qahramonlar: Go`ro`g`li, uning o`g`illari va keyingi zurriyodlari, Alpomishning avlodlari, Rustamxon, Kuntug`mish, Shirin bilan Shakar kabi personajlarning qiziq sarguzashtlari va aqlbovar qilmas qahramonliklari beqiyos ko`tarinki ruhda tasvirlanadi. Shuning bilan bir qatorda ko`plab mashhur tarixiy shaxslar va real odamlar to`g`risida ham dostonlar bitilgan. Sohibqiron Amir Temur, To`xtamishxon, Boyazid, Maxtumquli, Shayboniyxon, Ollonazar- Olchinbek kabilar haqidagi dostonlar shular jumlasidandir.

"Ollonazar-Olchinbek" dostoninig qahramoni Ollonazar-Olchinbek baxshi bo`lgan. Aslida u- hayotda mavjud inson bo`lib, Sherna baxshining amakisi. Bu zotning ajdod-avlodlarida sozanda, juzboshi va baxshilar ko`p. Bu kishining so`zga chechanligi, doston aytishda mohirligi, soz chalishda o`tkirligi Olchinbek haqida rivoyatlar, termalar to`qilishiga asos bo`lgan. U kishi ayni navqiron-yigirma bir yoshida olamdan o`tgan. Shundan keyin rivoyat, termalar baxshilar tomonidan yiriklashtirilib, yaxlitlanib doston shaklini olgan. Bu doston avvallari har xil diniy irim-sirimlar sababli to`liq aytilmagan. Doston, asosan, Mardonaqul baxshi Avliyoqul o`g`li davriga kelib to`liq aytila boshlagan. Chunki, Mardonaqul baxshi har xil irimsirimlarga ko`p ishonavermas ekan.

Xo`shboq baxshi Mardonaqulov do`mbirani xilma-xil nag`malarda "sayrata olish"da, dostonlar, termalar rivoyatlar, xalq qo`shiqlarini ko`p bilishda va mahorat bilan ijro etishda, badihago`ylik ( tayyorgarliksiz, istagan mavzuda terma to`qish) da bugungi barhayot baxshilarning eng iqtidorli, talantlilardan biri. Shu bois uning nodir qobiliyatini, ijodkorligini hamma baxshilar Xo`shboq baxshi ellikka yaqin dostonni biladi va mahorat bilan kuylay oladi "Soqibulbul", "Suv parisi", " Zarnigor", "Sanam Gavhar" kabi "Go`ro`g`li" turkumiga kiruvchi o`nga yaqin an`anaviy doston faqat uning xotirasi, repertuari orqali bizgacha yetib kelgan, alohida ilmiy-badiiy qimmatga ega. Shuning o`zi ham Xo`shboq baxshining tug`ma is`tedod sohibi ekanligini va mahoratli dostonchi ijodkorligini ma`lum qiladi. Baxshi mahorati shundaki, u istalgan vaqt qofiyaga solib, hazl-mutoyibaga boy va xohlasa ko`ngilni jumbushga keltiruvchi dardli termalarni do`mbira jorligida kuylay oladi.

Xo`shboq baxshi bilan bo`lgan bir suhbatimizda: " Men badihago`y baxshi deganda, eng avvalo, dostonlarni yod bilgan va o`z talqini, chechanligi bilan avlodlar ko`ngliga jo qilgan san`atkorni tushunaman. Ular o`zining so`zamolligi, quyma va o`ynoqi satrlari bilan tinglovchini o`ziga jalb etadi. Badihago`ylik Alloh tomonidan insonga in`om etiladi. Uni rivojlantirib yuzaga chiqarish har kimning qo`lidadir. Shu o`rinda, shuni aytish kerakki, mening ham uch o`g`lim bor. Lekin, faqat, to`ng`ich o`g`lim Saidmurod baxshi bo`ldi. Unga Alloh tomonidan shu iste`dod in`om etildi. Kenja o`g`lim Otabekning bu san`atga qiziqishi yo`q edi. Qarangki, Alloh Taoloning amri bilan o`g`li yetti yoshli Shahzodbek baxshichilik san`atiga mehr qo`ymoqda",- deydi. Bu fikrlardan kelib chiqib insonga baxshichilik Alloh tomonidan taqdir qilinadi desak mubolag`a bo`lmaydi.

Baxshining mahoratini uning ijod mahsuli bo`lgan bir termasi orqali ham ko`rishimiz mumkin. "Otajonim istaram" termasini o`qir ekansiz, undagi sog`inch, dard, Otaga hurmat, cheksiz ehtirom va shuningdek, Otadan yetim qolgan farzandlar va beva ayol ruhiyatini mahorat bilan ko`ngillarga yetkazgan:

Erta turib ko`zim ochsam diyorga

Bog`i qolgan bog`bonimni istaram,

Hech qachon ketmaysiz mening yodimdan

Guli qolgan bulbulimni istaram.

Bu to`rtlikda falsafiylik ufurib turadi. Otani bog`bon, bulbul- deya atashida ham majoziy ma`no kuchlidir. Farzandlar- bog`ga, Ona esa Gulga o`xshatilgan. Bulbul-deyishining sababi, Otaning baxshi-shoir bo`lib o`tganiga ishoratdir. Bog`bondeyilishida esa farzandlarni voyaga yetkazuvchi insonga ishora qilingan.

Har yerlarda qoldi yurgan izingiz,

Esimdan chiqmaydi aytgan so`zingiz,

O`rtanadi gulbahorday qizingiz,

Karvon qoldi sarbonimni istaram.

Yoshligimdan a`za tushdi boshimga

Parvo qilmay ketdingiz ko`z yoshimga,

Hech bo`lmasa, bir ko`rining tushimda

Salobatli pahlavonim istaram.

Bu satrlar orqali shoir ichki kechinmalarini ochiq qalamga olgan. Yigirma uch yoshida otadan judo bo`lgan qahramon, ichki sezimlari orqali hali ham o`zining yosh ekanligini, sog`inch tig`i dilni tirnashi, hech bo`lmasa, tushida ko`rgisi kelishini kitobxonga ta`sirli yetkazgan. Bu yerda ham otani- sarbon, pahlavon deb atashida majoziylik kuchli. Negaki, ota-yo`lboshchi va himoyachidir.

Kecha-kunduz suyanch edi boringiz,

Bugun yigit bo`ldi ulug` noringiz,

Xali ham yig`lar bolalaringiz

Boshga soyabon posbonim istaram.

Quyosh kabi bevaqt borib botdingiz,

O`g`il-qizni kimga tashlab ketdingiz,

Kecha-kunduz onamni yig`latdingiz,

Soya solgan soyabonim istaram.

Bu satrlar shoirning ota vafotidan so`nggina o`zini tutib yigit, ya`ni oila boshlig`i bo`lganini (chunki ikki akasi: Qosim va Mamarasul urush davrida 1939- 1940-yillarda vafot etgan), lekin, ota dog`i hamon oilani dardmad qilganini qalamga olindi. Otani- posbon, quyosh, soyabon deya bejizga atamaydi. Quyosh insonga ziyo, nur taratadi, ota esa oilaga mehr va huzurdir. G`amni aritguvchi, yo`lini to`suvchi posbon, soyabon otadir farzandlari uchun.

Men yig`layman har kuni dilim abgor

Dunyoda otasi o`lmagan kim bor,

Nasixat qiluvchi ustozlaring bor,

So`zi qolgan suxandonim istaram.5

Bu to`rtlikda lirik qahramon ichki tug`yonlarini baralla yoyadi. Chunki, Otasi bor insonlar Otaga ya`ni Ustozga egadirlar. Ular hayot yo`lida qoqilmaydi. Ustoz o`z suxandonligi, nasihatlari bilan yo`limizni sham kabi yoritib turadi. Otani-Ustoz, suxandon deya ulug`laydi.

Biz yuqorida Xo`shboq baxshi ijodining bir zarrasi bilangina tanishdik. Shuning o`zi ham baxshi kamolotini, zehnini va falsafiy dunyoqarashini ochib bera oldi. Baxshining umr yo`li o`zi aytgandek: " Tofon va bo`ronlarga to`la bo`ldi", lekin o`zini yo`qotib qo`ymadi, yashashda davom edi. Ijodini yanada gullatdi.

Nashr qilingan dostonlarimiz orqali xalq og`zaki ijodining yirik janri bo`lgan dostonlarimizning hozirgi kungacha sayqallanib yetib kelishida Sherobod dostonchilik maktabining benazir xizmatini ommaga yetkazish va shu bilan birgalikda bu maktabdan yetishib chiqqan baxshilarimizning mashaqqati benihoya ekanligini ko`rsatishdir. Bu borada hozirgi kunda benazir xizmat qilayotgan baxshi Xo`shboq Mardonaqul o`g`lining badihago`ylik mahorati, chechanligi, shu bilan birgalikda mahoratli shoir ijodkorligini ommaga yetkazish va yanada chuqurriroq o`rganilishini tadbiq qilishdir. Baxshi "Alpomish" dostonining Surxondaryo variantini yaratganligini va "Go`ro`g`li" turkumiga kiruvchi bir qancha dostonlarning nashrga tayyorlanishida o`zining beminnat xizmatini qo`shganligini ko`rsatish bizning vazifamiz hisoblanadi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Akromov, A. A., & Mehridinovna, A. G. (2022). TECHNOLOGIES

FOR IMPROVING THE FORMATION OF PROFESSIONAL COMPETENCE OF

5 Mardonaqulov X. .Ko‘ngling o‘zga bo‘lmasin. "Nasaf" nashriyoti. Qarshi 2009.52-53-betlar. STUDENTS ON THE BASIS OF A CREATIVE APPROACH. Galaxy International Interdisciplinary Research Journal, 10(5), 639-642.

2. Mexridinovna, A. G. (2021). INTEGRATIVE APPROACH TO

INCREASING THE EFFECTIVENESS OF FINE ARTS CLASSES. Galaxy

International Interdisciplinary Research Journal, 9(12), 351-354.

3. Mirzayeva, F. O., & Abulova, M. K. (2023). PREPARING FUTURE

TEACHERS FOR EDUCATIONAL ACTIVITY BASED ON INNOVATIVE

TECHNOLOGIES. Galaxy International Interdisciplinary Research Journal, 11(12), 548-552.

4. Abulova, M. K. (2023). The Concept of the Family in Modern Society and its Main Tasks in the Republic of Uzbekistan. Journal of Pedagogical Inventions and Practices, 20, 47-51.

5. Abulova, M. K. (2023). THE ROLE OF LEGAL EDUCATION IN

REFORMING THE EDUCATION SYSTEM. World Bulletin of Social Sciences, 22, 39-40.

6. Тилеумуратова, Б. А. (2015). Ресурсоведческая характеристика некоторых видов лекарственных растений в Каракалпакстане. Austrian Journal of Technical and Natural Sciences, (5-6), 21-23.

7. Халмуратов, П., Кутлымуратова, Г. А., & Романова, Л. К. (2017). Биоэкологические особенности atropabelladonnal. При интродукции в условиях Каракалпакстана. Вестник науки и образования, 1(3 (27)), 30-32.

8. Кутлымуратова, Г. А. (2013). К вопросу интродукции лекарственных растений в условиях Республики Каракалпакстан. Аспирант и соискатель, (4), 88-90.

9. Косназаров, К. А., Кутлымуратова, Г. А., & Романова, Л. К. (2013).

АНТРОПОГЕННОЕ ВЛИЯНИЕ НА ЭКОЛОГИЧЕСКОЕ СОСТОЯНИЕ

РАСТЕНИЙ MATRICARIA L. И ИХ ФИТОЦЕНОЗОВ В УСЛОВИЯХ

10. РЕСПУБЛИКИ КАРАКАЛПАКСТАН. SCIENCE AND WORLD, 59.

11. Ochildiyevna, Y. M., & Bozorovna, C. S. (2023). TABIAT BILAN

TANISHTIRISH ORQALI BOLALAR NUTQINI O’STIRISH. Journal of Universal

Science Research, 1(12), 621-624.

12. Ochildiyevna, Y. M. (2023). Pedagogical skill of the educator. Eurasian Journal of Learning and Academic Teaching, 20, 5-7.

Matn PDFdan avtomatik ajratib olingan va xatoliklar bo'lishi mumkin.