Original paper
TEXNOLOGIYALARI
1Toshkent davlat pedagogika universiteti, Toshkent, O‘zbekiston
Annotatsiya
KIRISH
nutq eng yuqori aqliy funktsiya sifatida intellektual faoliyatning eng muhim tarkibiy qismi boʻlib, nutq faoliyati va fikrlash jarayonlarini amalga oshirishning yetakchi vositasi sifatida til uzoq vaqt davomida psixologiya va tilshunoslikni oʻrganuvchi mutaxassislarning diqqat markazida boʻlib kelgan. Nazariy va eksperimental tadqiqotlar insonning ontogenez jarayonida tilni oʻzlashtirish va nutq qobiliyatini shakllantirishning umumiy qonuniyatlarini, jamiyatdagi nutq faoliyati jarayonlari xususiyatlarini tavsiflovchi yetarlicha material toʻplash va umumlashtirish imkonini beradi. Tilni toʻg‘ri oʻrganish, uning grammatik tuzilishiga e’tibor berib so-*ʻzlashish, boshlangʻich sinf oʻquvchilarda erkin muhokama yuritish, savollar berish, boshqalardan eshitgan fikrlari yuzasidan xulosalar chiqarish, narsa va hodisalar oʻrtasidagi bog‘liqlikning toʻg‘ri anglab yetishga olib keladi.
MAQSAD
ushbu tadqiqot pedagogik jarayon bo‘lajak boshlangʻich sinf o‘qituvchilarining oʻquvchilar nutqini oʻstirishga metodik tayyorgarligini takomillashtirishga qanday yordam berishi mumkinligini oʻrganishga qaratilgan. U samarali yetakchilik rollari uchun muhim boʻlgan mustahkam aloqa qobiliyatlarini rivojlantirish uchun nazariy asoslar, taʼlim strategiyalari va amaliy yondashuvlarni oʻrganadi.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
adabiyot va amaliy tadqiqotlarni har tomonlama koʻrib chiqish orqali tadqiqot bo‘lajak boshlangʻich sinf o‘qituvchilarining oʻquvchilar nutqini oʻstirishga metodik tayyorgarligini asosiy tarkibiy qismlarini, jumladan, shaxslararo muloqot, ommaviy nutq, muzokaralar taktikasni aniqlaydi. Unda yetakchilik bilan muloqot qilish koʻnikmalarini oshirish uchun moʻljallangan rolli oʻyin mashqlari, ijodiy topshiriqlar, badiiy matn ustida ishlash ,taʼlim metodlari kabi pedagogik usullar tahlil qilinadi.
MATERIALLAR VA METODLAR
tadqiqot adabiyotlarni sintez qilish, taʼlim dasturlarini tahlil qilish va bo‘lajak boshlangʻich sinf o‘qituvchilarining oʻquvchilar nutqini oʻstirishga metodik tayyorgarligini takomillashtirishni oʻz ichiga olgan sifatli usullardan foydalanadi. Unda bo‘lajak boshlangʻich sinf o‘qituvchilarining oʻquvchilar nutqini oʻstirishga metodik tayyorgarligini qaratilgan metodik imkoniyatlarini ishlab chiqish va amalga oshirish ko‘rsatilgan. Boshlangʻich sinf oʻquvchilar nutqini, ulardagi muloqot koʻnikmalarini rivojlantirishga qaratilgan oʻqitish texnikalarini koʻrib chiqildi.
XULOSA
Boshlangʻich sinf oʻquvchilarining birinchi va ikkinchi oʻquv yillaridan soʻng taklif etilgan metodika boʻyicha tayanch kompetensiyalari shakllanganligi darajasining tashxisi davomida, innovatsion faoliyatda tayanch kompetensiyalarni shakllantirish va takomillashtirishning integrativ modeli va uni amalga oshirishning pedagogik sharoitlarining joriy etilishi boshlangʻich sinf oʻquvchilari oʻz faoliyatlarining maqsadini mustaqil belgilashlari, amalga oshirilgan xatti-harakatlarni tahlil qilishlari, muayyan xatti-harakatning oqibatlarini aniq belgilaganliklari, oʻzlari va atrofdagilarga toʻg‘ri baho berishlari, hamkorlikdagi faoliyatni rejalashtirish va kelishilgan holda bajarishlari, oʻz fikrlarini toʻg‘ri ifodalashlariga yordam berganligi tasdiqlandi.
Kalit soʻzlar: nutq, nutq faoliyati, boshlangʻich sinf, taʼlim metodlari, baholash koʻnikmalari, kommunikativ hamkorlikdagi faoliyat.
Iqtibos uchun: Qoʻychiyeva Z.A. Boʻlajak boshlangʻich sinf oʻqituvchilarini
oʻquvchilarni nutqini oʻstirishga metodik tayyorgarligini takomillashtirish
texnologiyalari // Inter education & global study. 2024. №6. B. 236–243.
ТЕХНОЛОГИИ СОВЕРШЕНСТВОВАНИЯ МЕТОДИЧЕСКОЙ ПОДГОТОВКИ
БУДУЩИХ УЧИТЕЛЕЙ НАЧАЛЬНЫХ КЛАССОВ К РАЗВИТИЮ РЕЧИ
УЧАЩИХСЯ
1Ташкентский государственный педагогический университет, Ташкент, Узбекистан
Аннотация
ВВЕДЕНИЕ
речь как высшая психическая функция является важнейшим компонентом интеллектуальной деятельности, а язык как ведущее средство речевой деятельности и мыслительных процессов издавна находится в центре внимания психологии и языкознания. Теоретические и экспериментальные исследования позволяют собрать и обобщить достаточный материал, характеризующий общие закономерности овладения языком и формирования речевых способностей в процессе онтогенеза человека, особенности процессов речевой деятельности в обществе. Правильное изучение языка, говорение, обращая внимание на его грамматический строй, свободное обсуждение, задавая вопросы, делая выводы на основе услышанного мнения других, приводит к правильному пониманию связи между вещами и событиями.
ЦЕЛЬ
данное исследование направлено на изучение того, как педагогический процесс может помочь улучшить методическую подготовку будущих учителей начальной школы к развитию речи учащихся. В нем исследуются теоретические основы, образовательные стратегии и практические подходы к развитию сильных коммуникативных навыков, необходимых для эффективной руководящей роли.
МАТЕРИАЛЫ И МЕТОДЫ
в исследовании использованы качественные методы, включающие синтез литературы, анализ образовательных программ, совершенствование методической подготовки будущих учителей начальной школы к развитию речи учащихся. Показана разработка и реализация методических возможностей, направленных на методическую подготовку будущих учителей начальной школы к развитию речи учащихся. Рассмотрены приемы обучения, направленные на развитие речевых и коммуникативных навыков учащихся младших классов.
ОБСУЖДЕНИЕ И РЕЗУЛЬТАТЫ
на основе комплексного обзора литературы и тематических исследований в исследовании определены основные компоненты методической подготовки будущих учителей начальной школы к развитию речи учащихся, включая межличностное общение, публичную речь, тактику ведения переговоров. В ней анализируются такие педагогические методы, как ролевые упражнения, творческие задания, работа над художественным текстом, воспитательные методы.
ЗАКЛЮЧЕНИЕ
при диагностике уровня сформированности базовых компетенций по предложенной методике после первого и второго учебного года учащихся начальной школы внедряется интегративная модель формирования и совершенствования базовых компетенций в инновационной деятельности и педагогических условиях. для ее реализации было реализовано, что учащиеся младших классов самостоятельно определяют цель своей деятельности, подтверждено, что это помогает им анализировать свое поведение, четко определять последствия определенного поведения, правильно оценивать себя и других, планировать и действовать. координировать совместную деятельность, правильно выражать свое мнение.
Ключевые слова: речь, речевая деятельность, начальный класс, методы обучения, умения оценивания, коммуникативно-кооперативная деятельность.
Для цитирования: Kуйчиева З.А. Технологии совершенствования
методической подготовки будущих учителей начальных классов к развитию
речи учащихся. // Inter education & global study. 2024. №6. С. 236–243.
TECHNOLOGIES FOR IMPROVING METHODOLOGICAL PREPARATION OF
FUTURE PRIMARY CLASS TEACHERS TO DEVELOP STUDENT SPEECH
1Tashkent state pedagogical university,Toshkent, Uzbekistan
Annotation
INTRODUCTION
speech, as the highest mental function, is the most important component of intellectual activity, and language, as the leading means of speech activity and thought processes, has long been the focus of psychology and linguistics. Theoretical and experimental research allows to collect and generalize sufficient material describing the general laws of language acquisition and formation of speech ability in the process of human ontogenesis, features of speech activity processes in society. Proper learning of the language, speaking paying attention to its grammatical structure, free discussion, asking questions, drawing conclusions based on the opinions heard from others, leads to the correct understanding of the connection between things and events.
AIM
this study is aimed at studying how the pedagogical process can help to improve the methodological preparation of future elementary school teachers for the development of students' speech. It explores theoretical frameworks, educational strategies, and practical approaches to developing strong communication skills essential for effective leadership roles.
DISCUSSION AND RESULTS
through a comprehensive review of the literature and case studies, the research determines the main components of the methodological preparation of future elementary school teachers for the development of students' speech, including interpersonal communication, public speech, negotiation tactics. Pedagogical methods such as role-playing exercises, creative tasks, work on artistic text, educational methods are analyzed in it.
MATERIALS AND METHODS
the research uses qualitative methods, including synthesis of literature, analysis of educational programs, and improvement of methodological preparation of future elementary school teachers for the development of students' speech. It shows the development and implementation of methodical opportunities aimed at the methodological preparation of future elementary school teachers for the development of students' speech. Teaching techniques aimed at developing speech and communication skills of elementary school students were considered.
CONCLUSION
during the diagnosis of the level of formation of basic competencies according to the proposed methodology after the first and second academic years of elementary school students, the introduction of the integrative model of formation and improvement of basic competencies in innovative activities and the pedagogical conditions for its implementation, it was realized that elementary school students independently determine the purpose of their activities. it was confirmed that it helped them to analyze their behavior, clearly determine the consequences of a certain behavior, to correctly assess themselves and others, to plan and coordinate cooperative activities, and to express their opinions correctly.
Key words: speech, speech activity, primary class, educational methods, assessment skills, communicative cooperative activity.
For citation: Zarnigor A. Kuychiyeva (2024), Technologies for improving
methodological preparation of future primary class teachers to develop student
speech, // Inter education & global study, (6), pp. 236–243. (In Uzbek).
Boʻlajak boshlangʻich sinf oʻqituvchilarini oʻquvchilarni nutqini oʻstirishga ona tilida avloddan-avlodga oʻtib kelayotgan xalq ma’naviy boyliklarini qanchalik meros qilib olishlari, tarbiyalanuvchilarning kelgusida oʻz davrining ilmiy yutuqlarini oʻzlashtira olishlari, ularning insoniyatning ilg‘or she’riy va estetik ideallariga sodiqligi, ya’ni mustaqil Oʻzbekistonda demokratik jamiyatning toʻlaqonli boʻla olishlari boshlangʻich sinf oʻqituvchisiga bog‘liqdir. Boshlangʻich sinf oʻquvchilarga nutqni oʻrgatish uchun boʻlajak boshlangʻich sinf oʻqituvchilari nutqni rivojlantirish ona tilini oʻzlashtirish qonuniyatlarini tushunib yetishi lozim.
Mashhur psixolog K.Delau ta’kidlashicha, nutqi yaxshi rivojlangan oʻrta maktab oʻqituvchisi eng katta professional muvaffaqiyatga erisha oladi. Hech shubha yoʻqki, bunday odam boshqalardan ustundir.
Boʻlajak boshlangʻich sinf oʻqituvchilarini oʻquvchilarni nutqini rivojlantirishning yuqori darajasi quyidagilar hisoblanadi;
- tilning adabiy me’yorlari va qoidalaridan xabardorlik;
- oʻz fikr-malohazalarini erkin bayon eta olish;
- muloqotga kira bilish, kattalar va tengdoshlar bilan muomala qila olish;
- suhbatdoshni tinglay bilish, soʻrash (savollarni toʻg‘ri bera olish), javob berish, e’tiroz bildirish, zarur boʻlganda esa tushuntirish, izohlash.
Nutqni rivojlantirishning monolog va dialog koʻrinishi mavjud boʻlib, dialog nutq rivojlanish koʻrsatkichi yuqori sanaladi. Bundan tashqari boshlangʻich ta’lim oʻquvchilarda nutqni rivojlantiruvchi bir nechta omillar mavjud ular 1-rasmda aks ettirilgan(1-rasm).
1-rasm. Boshlangʻich ta’lim oʻquvchilarda nutqni rivojlantiruvchi omillar
M.R.Lvov ta’kidlaganidek, oʻquvchini faoliyatga undash doimo oʻqituvchidan kelib chiqqunga qadar, uning oʻz faoliyati esa “ichki muhit”ga tayanmasa, vaziyatli rivojlanish toʻg‘risida aytish mumkin boʻlib, tashqaridan undashlarsiz u umuman soʻnishi ham mumkindir .
Shuning uchun mazkur pedagogik sharoitni amalga oshirish boshlangʻich sinf oʻquvchilari oʻyinlarni tashkil etish va oʻtkazishda ishtirok etishlarini nazarda tutadi. Oʻqituvchi yordamchi, konsultant rolida namoyon boʻldi. O‘qituvchi darslarni noan’anaviy shaklda oʻtkazish dasturining asosiy talabi (integratsiyalashgan darslar, dars-treninglar, dars-ekskursiya, taqdimotlar, dars-suhbatlar). Boshlangʻich sinf oʻquvchilar nutqini, ulardagi muloqot koʻnikmalarini rivojlantirishga qaratilgan oʻqitish texnikalarini koʻrib chiqamiz.
Baholash koʻnikmalarini rivojlantirishga yoʻnaltirilgan topshiriqlar. Topshiriqlarning mazkur toʻplami har bir boshlangʻich sinf oʻquvchisi imlo qoidalarini bilish va oʻz yozuvini toʻg‘ri baholashi, oʻzini tushunishi, oʻz nutqini tahlil qilishiga yoʻnaltirilgan. Misol tariqasida bir necha topshiriqlarni keltiramiz.
1-topshiriq. “Bilish qiziq...”. Siz koʻpincha qaysi soʻzni yozishda qiynalasiz, oʻylab koʻring? Oʻsha soʻzlarni toʻg‘ri yozish uchun siz tinmay mashq qiling va kitobdan qanday yozilishini koʻrib oʻrganishingiz mumkin? Yozishda muvaffaqiyatga erishish uchun nima qilish kerak? Chiroyli yozishda siz uchun nima muhim? va b.q.
2-topshiriq. Iborani qanday tushunishingizni ifodalang. Inson oʻz zimmasiga mas’uliyatni qabul qilishi kerak. U muvaffaqiyat yoki muvaffaqiyatsizlik, omad yoki omadsizlik koʻpincha faqat uning oʻziga bog‘liqligini bilishi kerak! “Unda oʻzingga oʻzing hukm qil”, – dedi podshoh. “Bu eng qiyini. Oʻzini oʻzi hukm qilish, boshqalarnikidan qiyinroqdir. Agar sen oʻzingga toʻg‘ri hukm chiqarishni bilsang, unda sen haqiqatda donishmandsan”, – dedi kichik shahzoda.
3-topshiriq. Oʻzingizning biror qilmishingiz (jasoratingiz) haqida soʻzlab bering. Sheriklaringizga imo-ishoralar, mimikalar bilan ular haqida nimani oʻylashingizni koʻrsating, gavda bilan ifodalang.
4-topshiriq. Oʻz oʻtmishingiz (hozirgi vaqt. kelajak)ni chizing. Shu tariqa, yuqorida keltirilgan topshiriqlarga misollar oʻquvchilarning qiziqishlarini faollashtirish, mustahkamlashga yordam beradi, qabul qilingan qarorlarni bashoratlash, tadqiq etish va toʻg‘riligini tekshirish uchun imkoniyat yaratadi.
Yuqorida sanab oʻtilgan topshiriqlar muloqot madaniyatini rivojlantirishga va jamoada hamda jamoa bilan ishlash koʻnikmasini shakllantirishga koʻmaklashdi. Topshiriqlarning ketma-ketligi har bir boshlangʻich sinf oʻquvchisi uchun “muvaffaqiyat vaziyati”ni yaratishini ta’minlaydigan tarzda shakllantirildi. Shunga koʻra, birinchi topshiriq uchun rag‘batlantirishga muhtoj boʻlgan boshlangʻich sinf oʻquvchilari uni yecha olishlari va oʻzlarini biladigan hamda tajribali his qilishlari uchun murakkab boʻlmagani tanlandi. Soʻngra oʻquvchilarga katta va murakkabroq topshiriqlar va mashqlar taklif etildi. Shu bilan birgalikda, boshlangʻich sinf oʻquvchilariga topshiriqni bajarishlarida tabaqalashgan yordam koʻrsatish mumkin. Masalan, zaif oʻzlashtiruvchi boshlangʻich sinf oʻquvchilari ularga taklif etilgan topshiriqni yechishlariga yordam beruvchi maslahat-kartochkalari, oʻxshash-namunalar, javobning rejalari va boshqa materiallarni olishlari mumkin edi. Soʻngra oʻquvchilarga birinchisiga oʻxshash mashqni mustaqil ravishda bajarish taklif etildi. Topshiriqlarni bajargandan soʻng, oʻzaro aloqalarni tashkil etishga yordam beruvchi tekshirish amalga oshirildi. Ikki oʻquvchilar bajargan topshiriqlarning toʻg‘riligini birbirlarida tekshirishlari doim yuqori qiziqish uyg‘otadi. Oʻzaro tekshirish davomida boshlangʻich sinf oʻquvchilari partadoshiga oʻz daftarini berib, partadoshining daftarini esa oʻzi tekshirishi uchun oladilar. Kichik, varaqda yozilgan, mustaqil ishlar yoki daftarda yozilgan alohida topshiriqlar, mashqlar va butun uy vazifalari tekshirilishi mumkin edi.
Boshlangʻich sinf oʻquvchilari, shuningdek, bir-birlari uchun topshiriqlar oʻylab topdilar. Shu tariqa, oʻzaro topshiriqlar oʻquv hamkorligini tezroq rivojlantirishga koʻmaklashdi. Uning mohiyati darsda boshlangʻich sinf oʻquvchilari partadoshlari yoki boshqa sinfdoshlari tomonidan oʻylab topilgan topshiriqlarni bajarishlaridan iborat edi. Boshqalardan olingan topshiriqlar darsda yoki uyda tayyorlanishi va uyga vazifaning qismi hisoblanishi mumkin. Mazkur usul oʻqituvchi bir necha maqsadlarga bir vaqtda erishishga yordam beradi. Birinchidan; oʻquvchilarning hamkorlikdagi faoliyat texnikasini oʻzlashtirishga; ikkinchidan; ijodiy faoliyatga jalb etish, uchinchidan; ta’limga bilishga oid qiziqishni oshirish.
Oʻzaro topshiriqlar usulining keyingi rivojlanishiga oʻzaro topshiriqlarni muhokama qilish usuli xizmat qildi. Mazkur usul boshlangʻich sinf oʻquvchilarini almashuvchi tarkibdagi juftliklarda ishlashga tayyorlanadi. Boshlanishi ma’lum: bir oʻquvchi oʻz masalasi yoki matnga, badiiy asarga va h.k. qiziqarli savolni oʻylab topadi, boshqasi esa, mazkur masalani yechadi yoki savolga javob beradi. Odatiy xatti-harakatlarga yangi element – oʻylab topilgan masala va yozilgan yechimning hamkorlikda juftlikdagi muhokamasini oʻtkazish qoʻshiladi. Muhokamaning maqsadi, topshiriqni bajarishning eng yaxshi yoki shunchaki boshqa variantlarini topish hisoblanadi. Bir-birlariga topshiriqni berib, boshlangʻich sinf oʻquvchilari ularni bajardilar, soʻngra esa oʻylab topilgan topshiriqlar va olingan yechimlarni navbatma-navbat muhokama qilishga oʻtadilar. Shunga koʻra, refleksiyani rivojlantirishga yoʻnaltirilgan topshiriqlar va mashqlar boshlangʻich sinf oʻquvchilarining oʻz faoliyatlarini, uning natijalarini oʻz-oʻzlari tahlil qilishlarini nazarda tutadi. Bunday topshiriqlar boshlangʻich sinf oʻquvchilariga koʻproq oʻquv mashg‘ulotlarining yakuniy bosqichida taklif etilib, shu bilan oʻquvchilar va oʻqituvchiga oʻz rivojlanishlari holatini qayd etishlariga imkon beradi. Misol: “Refleksiv davra” (“menga topshiriq ustida ishlash yoqdi...”, “menga topishiriqni bajarish qiyin boʻldi, chunki...”), “Mini-insho” (“birgalikda ta’lim olish qiziqarli va oson”), “Istaklar zanjiri” (“Sinfdoshingizga oʻqish qiziq boʻlishi uchun unga maslahat bering”), “Iborani yakunlang” (“Boshqalar uchun topshiriq oʻylab topish qiziqarli, chunki”) va b.q.
Boshlangʻich sinf oʻquvchilarining birinchi va ikkinchi oʻquv yillaridan soʻng taklif etilgan metodika boʻyicha tayanch kompetensiyalari shakllanganligi darajasining tashxisi davomida, innovatsion faoliyatda tayanch kompetensiyalarni shakllantirish va takomillashtirishning integrativ modeli va uni amalga oshirishning pedagogik sharoitlarining joriy etilishi boshlangʻich sinf oʻquvchilari oʻz faoliyatlarining maqsadini mustaqil belgilashlari, amalga oshirilgan xatti-harakatlarni tahlil qilishlari, muayyan xattiharakatning oqibatlarini aniq belgilaganliklari, oʻzlari va atrofdagilarga toʻg‘ri baho berishlari, hamkorlikdagi faoliyatni rejalashtirish va kelishilgan holda bajarishlari, oʻz fikrlarini toʻg‘ri ifodalashlariga yordam berganligi tasdiqlandi. Tajriba va nazorat guruhlaridagi boshlangʻich sinf oʻquvchilarini birinchi va ikkinchi oʻquv yillaridan keyin oʻquv va darsdan tashqari faoliyatda kuzatishlar natijalarida biz tomonimizdan tajribasinov ishlarining ta’kidlovchi bosqichida ajratilgan mezonlar (shaxsiy, tartibga soluvchi, bilishga oid, kommunikativ) boʻyicha tashxis ma’lumotlari bilan tasdiqlandi.
ADABIYOTLAR RO‘YXATI | СПИСОК ЛИТЕРАТУРЫ | REFERENCES
1. A.Bolotov- Богданова И.М. Профессионально-педагогическая подготовка будущих учителей на основе использования инновационных технологий: автореф. дисс. док. пед. наук. – Киев, 2003. – с. 39. 2. M. R. Lvov. Methodology of the speech development. M.: Education, 2000. - 318. 3. V.Yu. Lipatova, Improving the text-forming activity of students in the study of rhetoric: dis. doctor of pedagogical Sciences (Moscow, Enlightenment, 2006) http:// dissercat.com-Yes 4. G. Mamatova "Methodology of formation of literary concepts in elementary school students" Methodological manual. "Istiqlol" 2010. 5. Salnikova T.P. Methods of teaching grammar, spelling and speech development, M., 2001.
Matn PDFdan avtomatik ajratib olingan va xatoliklar bo'lishi mumkin.