Boʻlajak pedagoglarni tayyorlashda Dinshunoslik fanining ahamiyati
Axmedov Sanjar
Perfect Universitety dotsenti, t.f.f.d. (PhD)
Tel.: +998909551819, e-mail: 9551819@gmail.com
Ubaydullayeva Xadicha
Perfect Universitety talabasi
Annotatsiya. Maʼlumki, Dinshunoslik fani hozirda bakalavr bosqichining 1- kursida tahsil olayotgan barcha talabalar uchun majburiy shaklda oʻtilmoqda. Bu fanning oliy taʼlim tizimida barcha talabalarga oʻtilayotganligi bejizga emas albatta. Uning komil insonni tarbiyalashdagi oʻrni va ahamiyati juda katta hisoblanadi. Ayniqsa, boʻlajak pedagoglar oʻzining kelgusi faoliyatida muhim koʻnikma va malakaga ega boʻlishlari hisobga olinsa, masalaning ahamiyati yanada oydinlashadi. Maqolada boʻlajak pedagoglarni tayyorlashda ushbu fanning ahamiyati tahlil qilingan.
Kalit soʻzlar: Dinshunoslik, Pedagogika, islom, dinning funksiyalari, ildizlari, taʼlim muammolari, yechim
Kirish. Pedagogika fani talabalarga oʻqituvchilik koʻnikmalarini oʻrgatadi. Dinshunoslik fani esa, dunyo dinlari, tarixi, kelib chiqishi, ilohiy va mahalliy dinlar maqsadi va vazifalarini oʻrgatuvchi fandir. Bu ikki fanning bir biriga bogʻliqligi shundaki biror talaba pedagogika yoʻnalishida oʻqimoqda ekan, kelajakda u albatta qaysidir oʻzlashtirgan fanidan dars berishi mumkin. Misol uchun tarix fani maʻlumki bu fanda ham pedagogika ham dinshunoslik muhim rol oʻynaydi. Yaʻni asosiy tarmoqlar hisoblanadi. Hammaga maʻlumki, diniy erkinlik mustaqillikga erishganimizdan soʻng rivojlana boshladi. Ungacha esa dinga Oʻzbekistonda deyarli ruhsat berilmagan. Sababi Sovet davlati xudosizlik mafkurasi hukm surgan mamlakat edi. Mustaqillikka erishganimizdan soʻng diniy erkinlik va bagʻrikenglik siyosati oʻrnatildi. Bundan foydalangan ayrim gʻarazli kuchlar oʻzlarining gʻarazli maqsadalari yoʻlida hali diniy ilmi boʻlmagan xalqimiz vakillarini yoʻldan urib, turli jinioiy hakarakatlarga boshladi. Natijada bir qator qoʻporuvchilik harakatlari va totinchliklar yuzaga keldi. Hozirgi kunda ham din urushi toʻxtadi deb ayta olmaymiz. Dunyo boʻylab turli dinlar, turli yoʻnalishlar bor ekan bu kabi hodisalar boʻlishi tabiiy albatta. Diniy savodxonlik va bagʻrikenglik esa bu urushlarni yoqotishi mumkin. Yaʻni shaxsga dinlar boʻyicha toʻgʻri tushuncha va kerakli bilim berilsa, johillik kamayadi, oʻzaro hurmat va anglashuv vujudga keladi. Bizda avvaldan din tushunchasi toʻgʻri oʻrgatilgan deb ham ayta olmaymiz. Buning sababi esa internetdagi norasmiy kanallarda uchraydigan ayrim buzgʻunchi gʻoyalarning tez tarqalishi fikrimizga misol boʻla oladi. Dinshunoslik fani din tabiat, jamiyat, inson va uning ongi, yashashdan maqsadi hamda taqdiri insoniyatning bevosita qurshab olgan atrof-muhitdan tashqarida boʻlgan, uni yaratgan, ayni zamonda insonlarga toʻgʻri, haqiqiy, odil hayot yoʻlini koʻrsatadigan va oʻrgatadigan ilohiy qudratga ishonch va ishonishni ifoda etadigan maslak, qarash, taʻlimot ekanligini koʻramiz.
Asosiy qism. Din muayyan taʻlimotlar, his-tuygʻular, toat-ibodatlar va diniy tashkilotlarning faoliyatlari orqali namoyon boʻladi. U olam, hayot yaratilishini maʻnaviy ehtiyojlaridandir. Din tabiat, jamiyat, inson va uning ongi, yashashdan maqsadi hamda taqdiri insoniyatning bevosita qurshab olgan atrof-muhitdan tashqarida boʻlgan, uni yaratgan, ayni zamonda insonlarga toʻgʻri, haqiqiy, odil hayot yoʻlini koʻrsatadigan va oʻrgatadigan ilohiy qudratga ishonch va ishonishni ifoda etadigan maslak, qarash, taʻlimotdir. Din muayyan taʻlimotlar, his-tuygʻular, toatibodatlar va diniy tashkilotlarning faoliyatlari orqali namoyon boʻladi. U olam, hayot yaratilishini tasavvur qilishning alohida tariqasi, uni idrok etish usuli, olamda insoniyat paydo boʻlgandan to bizgacha oʻtgan davrlarni ilohiy tasavvurda aks etishidir. Din komil insonni tarbiyalashda salmoqli tarbiyalovchi qudratga ega boʻlgan maʻnaviy-axloqiy kuchdir. Din nima ekanligi turlicha izohlansa-da, umumiy nuqtayi nazar shuki, din ishonmoq tuygʻusidir. Ishonmoq tuygʻusi insoniyatning eng teran va eng goʻzal ruhiy-maʻnaviy ehtiyojlaridandir. Din insoniyat maʻnaviy hayotining tarkibiy qismidir. Oʻzbekiston ziyolilari oldiga maʻnaviy barkamol insonni shakllantirish vazifasi qoʻyilgan bir paytda din masalasini chetlab oʻtish mumkin emas. Mazkur masalani hal etishda ilgarigi dinga agressiv hujum etish uslubining salohiyatsizligi hammaga ochiq ayon. Lekin keyingi paytda paydo boʻlgan diniy boʻlmagan masalalarni diniy deb atash, har qanday, hatto bir-biriga zid boʻlgan, fikrlarni tahlil qilmasdan turib maqtash uslubi ham oʻzini oqlamaydi. Demak, ushbu masalaga prinsipial, professional, ilmiy yondashuv darkordir. Oʻzbekiston mustamlaka tarkibida boʻlgan va jahon hamjamiyatidan ajratilib yashagan bir davrda, Gʻarbda XIX asrning oʻrtalarida vujudga kelgan dinshunoslik fani ancha yoʻl bosib oʻtib, koʻplab ilmiy natijalarga erishdi. Mustaqillik yillarida Oʻzbekiston tadqiqotchilari bu yangi soha bilan yaqindan tanishib, mutaxassis-kadrlarni tarbiyalay boshladilar. Din - eʻtiqod hamdir, bu esa har bir kishining shaxsiy ishi. Lekin shaxsni har qanday missioner tashkilotlar ixtiyoriga ham tashlab qoʻyib boʻlmaydi. Ozod jamiyatda har bir inson oʻz shaxsiy munosabatini belgilab olishi uchun unga har tomonlama, boy, xolis-ilmiy axborot zarur. Bunday axborot koʻp qirrali boʻlmogʻi, birovning gʻarazli sharhisiz asl matnlar shaklida boʻlsa maqsadga muvofiqdir. Eskirgan maʻlumotlar asosida mutaxassis boʻlmagan mualliflar tomonidan yozilgan asarlar hozirgi zamon axborot erkinligi va uning yetib kelishi oson boʻlgan sharoitlarda oʻquvchilarning koʻz oʻngida mazkur mualliflarning obroʻsizlanishiga yoki oʻquvchini notoʻgʻri tasavvurga ega boʻlib qolishiga olib keladi. Oʻzbekiston Respublikasi jahon hamjamiyatiga kirib borayotgan bir sharoitda uning fuqarolari turli konfessiyalar vakillari bilan muloqot etishning yuksak madaniyatiga ega boʻlishi ham juda muhimdir. Din tabiat, jamiyat, inson va uning ongi, yashashdan maqsadi hamda taqdiri insoniyatning bevosita qurshab olgan atrof-muhitdan tashqarida boʻlgan, uni yaratgan, ayni zamonda insonlarga toʻgʻri, haqiqiy, odil hayot yoʻlini koʻrsatadigan va oʻrgatadigan ilohiy qudratga ishonch va ishonishni ifoda etadigan maslak, qarash, taʻlimotdir. Din muayyan taʻlimotlar, his-tuygʻular, toat-ibodatlar va diniy tashkilotlarning faoliyatlari orqali namoyon boʻladi. U olam, hayot yaratilishini maʻnaviy ehtiyojlaridandir. Dunyoda dini, ishonchi boʻlmagan xalq yoʻq. Chunki muayyan xalq dinsiz, eʻtiqodsiz, biror-bir narsaga ishonchsiz holda yashay olmaydi. Dinshunoslikda dinga “dinning oʻzi nima?”, “uning mohiyati nimadan iborat?” degan savol nuqtayi nazaridan yondashishdan tashqari “din qay tarzda faoliyat olib boradi?” degan savol nuqtayi nazaridan ham yondashuv mavjud. Bu masala bilan koʻproq din sosiologiyasi shugʻullanadi. Sosiologik nuqtayi nazardan qaralganda din jamiyat uchun zaruriy narsa, ijtimoiy hayotning ajralmas qismidir. U ijtimoiy munosabatlarni yuzaga keltiruvchi va amalga oshiruvchi omil sifatida namoyon boʻladi. Bu degani dinni jamiyatdagi bajaradigan vazifalariga koʻra oʻrganish mumkin demakdir. Dunyoda dini, ishonchi boʻlmagan xalq yoʻq. Chunki muayyan xalq dinsiz, eʻtiqodsiz, biror-bir narsaga ishonchsiz holda yashay olmaydi. Masalan, insonda va jamiyat bilan boʻlgan munosabatlari jarayonida hayoti maqsadlariga erishishi ilojsiz boʻlib koʻringanida, unda qandaydir maʻnaviy-ruhiy ehtiyojga zaruriyat sezgan. Ana shunday ehtiyoj diniy ehtiyoj edi. Din bu oʻrinda maʻnaviy-ruhiy ehtiyojni qondiruvchi, tasalli beruvchilik vazifasini bajargan va hali ham bajarmoqda. Buddaviylik dini rohiblikni targʻib qilar ekan, bu dunyoda orzu-havaslardan, rohatfarogʻatdan voz kechgan inson nirvana holatiga erishgach, abadiy rohatda boʻlishini taʻkidlaydi. Shuningdek, xristianlikda har bir xristian Iso Masihning qaytishiga umid qilgan holda hayotning turli muammolarini yengib, sabr-bardosh bilan hayot kechiradilar. Chunki xristianlik Iso Masih qaytib kelgach barcha izdoshlarini saodatli hayotga yetkazishi haqidagi taʻlimotni ilgari suradi. Shuningdek, islom dinida ham har bir musulmon bu dunyoda erishmagan moddiy yoki ruhiy orzu-istaqlariga oxiratda erishishga ishongan holda dunyo orzu-havaslariga ortiqcha berilmay, turmush mashaqqatlariga sabr qiladi. Muayyan din oʻz taʻlimot tizimini vujudga keltirgach, oʻziga eʻtiqod qiluvchilar jamoasini doirasida saqlashga harakat qilgan va hozirda ham shunday. Bu ijtimoiy hodisa dinning birlashtiruvchilik - integratorlik vazifasi deb ataladi. Din hamisha muayyan ijtimoiy, etnik va maʻnaviy hayotning oʻz taʻsirida boʻlishiga intiladi. Masalan, yahudiylikda mazkur din vakillarini bir mafkura atrofida saqlab turish uchun ularni bir millat va yagona maslak egalari ekanliklari, yagona xudo - Yahvening eng sevimli bandalari ekanliklari uqtiriladi. Xristianlikda ham eʻtiqod qiluvchilarn i bu dinga yanada koʻproq jalb etish uchun diniy memoriy, tasviriy, musiqa sanʻati turlaridan unumli foydalaniladi. Xristianlikda maxsus ikona chizuvchilik maktablari faoliyat olib boradi. Har bir din oʻz qavmlari turmushini tartibga solib, nazorat qiluvchilik – regulyatorlik vazifasini bajaradi. Inson va uni shakllantirishga doir fan sifatida Pedagogika falsafa, etika, estetika, madaniyatshunoslik, psixologiya, iqtisodiyot, siyosatshunoslik, demografiya, tarix, adabiyot, tibbiyot, va boshqa fanlar bilan uzviy bogʻliq. Pedagogika fani va amaliyoti taraqqiyotida bu fanlarning nazariy asoslari, tadqiqot metodlari, ilmiy xulosalarni aniqlash, tahlil qilish hamda umumlashtirish usullaridan foydalanadi. Pedagogikada taʼlim va tarbiya jarayonlarining qaysi jihatlarini oʻrganishdan kelib chiqadigan bir qancha soha va boʻlimlar mavjud. Oʻqitishning maqsadi, vazifalari, tamoyillari, usullari bilan shugʻullanadigan sohasi didaktikadir. Shaxsning axloqiy sifatlarini tarkib toptirish, unda eʼtiqod, dunyoqarash, axloq singari maʼnaviy jihatlarni shakllantirish masalalarini pedagogikaningning tarbiya nazariyasi va amaliyoti tarmogʻi oʻz ichiga oladi. Taʼlim-tarbiyani tashkil etish, uyushtirish va uni boshqarish singari tashkiliy pedagogik ishlar qonuniyati pedagogikaning maktabshunoslik sohasi tomonidan ishlab chiqiladi. Pedagogika hamisha muayyan yoshdagi, maʼlum hayotiy va aqliy tajribaga ega boʻlgan kishilar bilan ish koʻradi. Shuning uchun ham pedagogikanining qonuniyatlarini belgilashda taʼlim tarbiya oluvchining yosh xususiyatlarini hisobga olish hal qiluvchi ahamiyatga ega boʻladi. Ayrim oʻquv fanlarini oʻqitish qonuniyatlari va usullarini oʻrgatuvchi metodika (tadris) fanlari ham pedagogikaning sohalari hisoblanadi. Bularga nisbatan didaktika umumiy metodika hisoblanadi va har bir alohida predmeti metodikasi xususiy didaktika sanaladi. Ammo bu hil chegaralanish anchagina shartlidir. Chunonchi, adabiyot oʻqitish metodikasi didaktikaga nisbatan xususiy didaktika hisoblanadi, ayni vaqtda, u mumtoz adabiyot tarixini oʻrganish metodikasi, chet el adabiyotini oʻrganish metodikasi, xalq ogʻzaki ijodini oʻrganish metodikasiga nisbatan umumiy metodika vazifasini bajaradi. Xususiy metodikalar umumiy didaktikaga tayangan va uning nazariy umumlashmalariga asoslangan holdagina rivojlana oladi. Ayni vaqtda, har bir aniq fanga tatbiq etilgan didaktik qonuniyatlar oʻsha oʻquv predmetini oʻqitish tajribasidagi oʻziga xoslik bilan boyitiladi, umumiy jihatlarni konkretlashtiradi, har bir oʻziga xoslikda oʻqitishning universal jihatlarini namoyon etadi. Defektologiya bolaning qanday jismoniy nuqsonga egaligi hamda ularga beriladigan taʼlim tarbiyaning yoʻnaltirilganligiga qarab tiflopedagogika, surdopedagogika, oligofrenopedagogika, logopediya singari tarmoqlarga boʻlinadi.
Pedagog oʻquvchilarga bilim berar ekan, avvalo uni oʻzi puxta anglab yetgan boʻlishi lozim. Xususan Dinshunoslik fani ham bundan mustasno emas. Dinni anglamagan inson oʻquvchilarga notoʻgʻri maʼlumot berishi mumkin. Bu holat notoʻgʻri axborot olgan shaxslar tomonidan notoʻgʻri axborot tashish orqali koʻpayadi. Shu holat avval shaxsda keyin oilada va keyin esa jmiyatda sodir boʻladi. Mana dinlar oʻrtasidagi urushning kichik sababi. Bundan tashqari yer orttirish maqsadida ham dunyoviy va diniy mamlakatlarda urush sodir boʻladi. Misol keltirish uchun juda koʻp sabablar bor ammo ular orasida eng koʻp sabab boʻlayotgani ham din haqidgi notoʻgʻri fikrlar rivojlanishiga omil boʻladi. Oʻqitishning maqsadi, vazifalari, tamoyillari, usullari bilan shugʻullanadigan sohasi didaktikadir. Shaxsning axloqiy sifatlarini tarkib toptirish, unda eʼtiqod, dunyoqarash, axloq singari maʼnaviy jihatlarni shakllantirish masalalarini pedagogikaningning tarbiya nazariyasi va amaliyoti tarmogʻini oʻz ichiga oladi. Taʼlim-tarbiyani tashkil etish, uyushtirish va uni boshqarish singari tashkiliy pedagogik ishlar qonuniyati pedagogikaning maktabshunoslik sohasi tomonidan ishlab chiqiladi. Pedagogika hamisha muayyan yoshdagi, maʼlum hayotiy va aqliy tajribaga ega boʻlgan kishilar bilan ish koʻradi. Shuning uchun ham pedagogikanining qonuniyatlarini belgilashda taʼlim tarbiya oluvchining yosh xususiyatlarini hisobga olish hal qiluvchi ahamiyatga ega boʻladi. Ayrim oʻquv fanlarini oʻqitish qonuniyatlari va usullarini oʻrgatuvchi metodika (tadris) fanlari ham pedagogikaning sohalari hisoblanadi. Bularga nisbatan didaktika umumiy metodika hisoblanadi va har bir alohida predmeti metodikasi xususiy didaktika sanaladi. Ammo bu xil chegaralanish anchagina shartlidir. Chunonchi, adabiyot oʻqitish metodikasi didaktikaga nisbatan xususiy didaktika hisoblanadi, ayni vaqtda, u mumtoz adabiyot tarixini oʻrganish metodikasi, chet el adabiyotini oʻrganish metodikasi, xalq ogʻzaki ijodini oʻrganish metodikasiga nisbatan umumiy metodika vazifasini bajaradi. Xususiy metodikalar umumiy didaktikaga tayangan va uning nazariy umumlashmalariga asoslangan holdagina rivojlana oladi. Oʻzbek pedagogikasi juda qadim tarixga ega boʻlib, uning dastlabki ildizlari Avestota, UrxunYenisey bitiklariga, Selungur madaniyatiga borib taqaladi. Avestodagi ezgu fikr, ezgu soʻz va ezgu amal haqidagi, kishilarga koʻngil maʼrifati berish borasidagi qarashlar yozma milliy pedagogik qarashlarning dastlabki namunasi boʻlib, yetuk insonning shakllantirishga yoʻnaltirilgan. Milliy pedagogikaning taraqqiyotida islom dini va tasavvur taʼlimoti hal qiluvchi oʻrin tutadi. Chunki Qurʼoni karim, Xadisi sharif va tasavvuf taʼlimotining markazida axloq, komil inson maʼnaviyatini shakllantirish turardi. Komil inson taʼlim-tarbiya yordamida, yaʼni pedagogika vositasida tarkib toptirilishi mumkin edi. Forobiyning fozil odamlari, Beruniy, Ibn Sino falsafiy qarashlaridan oʻrin olgan yetuk shaxslar, Yusuf Xos Hojib, Ahmad Yugnakiy asarlarida tasvirlangan benuqson odamlar, Abduxoliq Gʻijduvoniy, Ahmad Yassaviy, Bahouddin Naqshband, Alisher Navoiy, Bobur, Mashrab orzulagan komil inson Oʻzbek pedagogikasining markazida turardi. 17-asrdan boshlab, milliy pedagogikada taʼlim-tarbiyaning mohiyatiga emas, balki tashqi jihatlariga eʼtibor kuchaydi, turmush talablarining hisobga olmay, hayotiy zamindan uzilish sodir boʻldi. Natijada, jamiyat taraqqiyoti susaydi, ijtimoiy-siyosiy hayotda ham tanazzulga yuz tutildi.
Xulosa. Agar dinshunoslik va pedagogika bir birini toʻldirsa boʻlajak pedagogning mahorati ortib, oʻz oʻquvchilariga yanada sifatliroq taʼlim berishi, umumiy dunyoqarashi keng boʻlishi anglashiladi. Pedagoglar dinlarni shaxsga tushintirish va tanitish, tarixini oʻrgatish va har kimda vijdon erkinligi borligini maktab oʻquvchilaridan boshlab tushuntirsa, dinlar aro nizolar boʻlmaydi. Boʻlajak pedagoglarga Dinshunoslik fanini puxta va chuqur oʻrgatish har tomonlama manfaatli va keraklidir. Zero, bugungi murakkab zamonda oʻz dinini va ildizlarini yaxshi bilgan mutaxassislar jamiyat uchun oʻta zaruriy kuch boʻlib xizmat qiladi.
Foydalangan adabiyotlar roʻyhati:
1. Хиясова С. Г., Мустафаева М. Г., Мустафаев Ф. М. Проблемы преподавания религиоведения в вузе (вопросы статуса, структуры и методологии) //Экономические и гуманитарные исследования регионов. – 2018. – №. 3. – С. 51-56.
2. Касимова З. Х. Специфические особенности преподавания религиоведческих дисциплин в светском вузе //Proceedings of International Educators Conference. – 2023. – Т. 2. – №. 4. – С. 101-105.
3. Шубаева У. К. Проблемы преподавания религиоведения в университете //Редакторлық алқа. – 2016. – С. 79.
4. Taira T. Categorizing “religion”: From case studies to methodology //Implicit Religion. – 2017. – Т. 20. – №. 4. – С. 377-384.
Matn PDFdan avtomatik ajratib olingan va xatoliklar bo'lishi mumkin.