ResearcherUz LogoResearcherUz
Jurnalni ko'rish

“BOLA HUQUQLARINING KAFOLATLARI TO‘G‘RISIDA” GI QONUNNING AHAMIYATI

Annotatsiya

ushbu maqolada “Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonunning ahamiyati haqida so‘z boradi.


To'liq PDF hujjat

O'xshash maqolalar

Maqola matni

--⊱⊱ 103 ⊰⊰--

AHAMIYATI

Shatursunova Surayyo Abdulbakievna

Bektemir tumani 108-DMTT direktori

Annotatsiya: ushbu maqolada “Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonunning ahamiyati haqida so‘z boradi.

Kalit so‘zlar: bola huquqlari, bola, bolaning qonuniy vakili, vasiylik, homiylik, yetim bola, jismoniy va (yoki) ruhiy rivojlanishida nuqsonlari bo‘lgan bola.

Kirish

Mazkur qonun bolaning yashash huquqi, individuallikka va uni saqlab qolishga bo‘lgan huquqi, erkinlik va shaxsiy daxlsizlik huquqini himoya qilishni, umuman, bolalarning hayoti, eminerkin o‘sib ulg‘ayishi va yetuk kamolga yetishi bilan bog‘liq manfaatlari muhofazasini ta’minlashni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan.

Har bir bola bilim olish huquqiga ega. Bu huquq O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi hamda “Ta’lim to‘g‘risida”gi va boshqa qonunlarda mustahkamlab qo‘yilgan. Ushbu Qonunning maqsadi bola huquqlarining kafolatlari sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.

Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi: bola (bolalar) o‘n sakkiz yoshga to‘lgunga (voyaga yetgunga) qadar bo‘lgan shaxs (shaxslar); bolaning qonuniy vakillari ota-onalar, farzandlikka oluvchilar, vasiylar, homiylar; vasiylik va homiylik ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni ularga ta'minot, tarbiya hamda ta'lim berish, shuningdek ularning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish maqsadida joylashtirishning huquqiy shakli.

Vasiylik o‘n to‘rt yoshga to‘lmagan, homiylik esa o‘n to‘rt yoshdan o‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan bolalarga nisbatan belgilanadi; yetim bola otasi ham, onasi ham vafot etgan yoki ular sud qaroriga binoan vafot etgan deb e’lon qilingan bola; jismoniy va (yoki) ruhiy rivojlanishida nuqsonlari bo‘lgan bola nogironlikni belgilash uchun yetarli bo‘lmagan jismoniy, aqliy, sensor (sezgi) va (yoki) ruhiy nuqsonlari bo‘lgan bola.

Ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalar yuzaga kelgan holatlar sababli og’ir turmush sharoitida qolgan, davlat va jamiyat tomonidan alohida himoya qilishga hamda qo‘llab-quvvatlashga muhtoj bolalar, shu jumladan: nogironligi bo'lgan bolalar, jismoniy va (yoki) ruhiy rivojlanishida nuqsonlari bo‘lgan bolalar, yetim bolalar, ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar, ixtisoslashtirilgan bolalar muassasalarida tarbiyalanayotgan bolalar, muayyan yashash joyiga ega bo‘lmagan bolalar, kam ta'minlangan oilalardagi bolalar, jinoiy javobgarlikka tortilgan va jazoni ijro etish muassasalarida turgan bolalar, zo‘ravonlik va ekspluatatsiya, qurolli mojarolar va tabiiy ofatlar natijasida jabrlangan bolalar.

Nogironligi bo‘lgan bolalar (bola) barqaror jismoniy, aqliy, sensor (sezgi) yoki ruhiy nuqsonlari mavjudligi oqibatida hayot faoliyati cheklanganligi munosabati bilan davlat va jamiyat tomonidan ijtimoiy yordam ko'rsatilishiga hamda o‘z huquqlari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishiga muhtoj bo'lgan bolalar (bola).

Ota-onaning o‘rnini bosuvchi shaxslar qonunda belgilangan tartibda bolaga nisbatan otaonalik huquqini amalga oshiruvchi va ota-onalik majburiyatlarini bajaruvchi, lekin bolaning ota-onasi bo‘lmagan shaxslar (farzandlikka oluvchilar, vasiylar va homiylar).

--⊱⊱ 104 ⊰⊰--

Ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bola ota-onalik huquqidan mahrum qilinganligi yoki cheklanganligi, bedarak yo'qolgan yoki muomalaga layoqatsiz deb topilganligi yoxud muomalaga layoqati cheklanganligi, bolani tarbiyalashdan yoki uning huquq va manfaatlarini himoya qilishdan bo'yin tovlaganligi, shu jumladan, uzrsiz sabablarga ko'ra o‘z bolasini tug'uruqxona yoki boshqa davolash muassasasidan, tarbiya, aholini ijtimoiy himoyalash muassasasi va shunga o‘xshash boshqa muassasalardan olishdan bosh tortganligi yoxud ota-ona qaramog‘i mavjud bo‘lmagan boshqa holatlar sababli ota-ona yoki yagona ota (ona) qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bola.

Bola huquqlarini himoya qilish bo‘yicha davlat siyosati.

Bola huquqlarini himoya qilish bo‘yicha davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari quyidagilardan iborat:

- bolaning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ta'minlash;

- bolaning hayoti va sog‘lig‘ini muhofaza qilish;

- bolaning kamsitilishiga yo‘l qo‘ymaslik;

- bolaning sha’ni va qadr-qimmatini himoya qilish;

- bolalar huquqlari va imkoniyatlarining tengligini ta'minlash;

- bola huquqlari kafolatlarining huquqiy asoslarini takomillashtirish;

- bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risidagi qonunchilikka rioya etilishini ta'minlash;

- bola huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ta'minlash hamda himoya qilish bo'yicha davlat organlari va ularning mansabdor shaxslari faoliyatining ochiqligi hamda oshkoraligini ta’minlash;

- bolalarning jismoniy, intellektual, ma'naviy va axloqiy kamol topishiga ko‘maklashish;

- bola huquqlarini himoya qilish sohasida faoliyatni amalga oshiruvchi kadrlar tayyorlash, ularning malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash;

- bolalarda vatanparvarlik, fuqarolik, bag‘rikenglik va tinchliksevarlik tuyg‘ularini tarbiyalash;

- bolani O‘zbekiston xalqining tarixiy va milliy an'analari, ma'naviy qadriyatlari hamda jahon madaniyati yutuqlari bilan tanishtirish;

- bolaning shaxsini, uning ilmiy, texnikaviy va badiiy ijodkorligini rivojlantirish;

- bolalar tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash;

- bolada huquqiy ong va huquqiy madaniyatni shakllantirish;

- bola huquqlarini ta'minlash maqsadida davlat organlari va nodavlat notijorat tashkilotlari o‘rtasida hamkorlik qilish;

- bola huquqlarini himoya qilish sohasida faoliyatni amalga oshiruvchi xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni rivojlantirish;

- bolalarning ijtimoiy ko‘nikmasiga, voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklarni kamaytirishga ko‘maklashish.

7-modda. Bola huquqlarining qonuniy kafolatlari. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlariga muvofiq har bir bolaga inson hamda fuqaro huquqlari va erkinliklari tegishli bo‘ladi hamda davlat tomonidan kafolatlanadi.

Nikohda va nikohsiz tug‘ilgan bolalar teng hamda har taraflama himoyadan foydalanadi. Davlat bolaning barcha shakllardagi kamsitishlardan himoya qilinishini ta’minlash uchun zarur choralarni ko'radi. Bola huquqlari cheklanishi mumkin emas, qonunda belgilangan hollar bundan mustasno.

--⊱⊱ 105 ⊰⊰--

10-modda. Bolaning erkinlik va shaxsiy daxlsizlik huquqi kafolatlari. Har bir bola erkinlik, shaxsiy daxlsizlik, turar joyi daxlsizligi va xat-xabarlarini sir tutish huquqiga ega. Har bir bola o‘z sha'ni va qadr-qimmatiga qilingan tajovuzlardan, shaxsiy hayotiga g‘ayriqonuniy aralashuvlardan himoyalanish huquqiga ega. Bola qonunga asoslanmagan holda ushlab turilishi, hibsga olinishi, qamoqqa olinishi mumkin emas.

Davlat bolaning shaxsi, uy-joyi daxlsizligini, xat-xabarlari sir tutilishini ta'minlaydi hamda bolani ekspluatatsiya va zo‘ravonlikning barcha shakllaridan, shu jumladan jismoniy, ruhiy va jinsiy zo‘ravonlikdan, qiynoqlarga solishdan yoki shafqatsiz, qo'pol yoxud inson qadr-qimmatini kamsituvchi boshqa shakldagi muomaladan, shahvoniy shilqimliklardan, huquqbuzarliklar va g'ayriijtimoiy harakatlar sodir etishga jalb etilishidan himoya qilinishini amalga oshiradi.

15-modda. Bolaning o‘z fikrini ifoda etish huquqi kafolatlari. Oilada har qanday masala hal qilinayotganda bola o‘z fikrini ifoda etishga, shuningdek har qanday sud muhokamasi yoki ma'muriy muhokama jarayonida so'zlashga haqlidir. Bunda qaror qabul qilishga vakolatli bo'lgan organlar va mansabdor shaxslar bolaning manfaatlariga taalluqli masalalarni hal qilishda bolaning fikrini, uning yoshidan qat'i nazar, ko'rib chiqishi hamda bolaning eng ustun manfaatlaridan kelib chiqqan holda qarorlar qabul qilishi kerak.

16-modda. Bolaning axborot olish huquqi kafolatlari. Har bir bola o‘zining sog‘lig‘i, axloqiy va ma'naviy kamol topishiga ziyon yetkazmaydigan axborotni olish huquqiga ega. Har bir bola har qanday axborotni izlash, olish va tarqatish huquqiga ega, qonunda nazarda tutilgan cheklashlar bundan mustasno. Pornografiya, shafqatsizlik va zo‘ravonlikni namoyish etuvchi, inson qadrqimmatini tahqirlovchi, bolalarga zararli ta’sir ko'rsatuvchi va huquqbuzarliklar sodir etilishiga sabab bo'luvchi ommaviy axborot vositalaridan foydalanish, adabiyotlarni tarqatish hamda fil'mlarni namoyish etish taqiqlanadi.

17-modda. Bolaning fikrlash, so‘z, vijdon va e‘tiqod erkinligi huquqi kafolatlari. Bola fikrlash, so‘z, vijdon va e’tiqod erkinligi huquqiga ega. Bolaning fikr yuritish va uni ifodalash erkinligi qonunda belgilangan tartibda cheklanishi mumkin.

20-modda. Bolaning mehnat qilish huquqi kafolatlari. Har bir bola o‘zining yoshi, sog‘lig‘ining holati va kasbiy tayyorgarligiga muvofiq qonunchilikda belgilangan tartibda mehnat qilish, faoliyat turini va kasbni erkin tanlash, adolatli mehnat sharoitlarida ishlash huquqiga ega.

Ishga qabul qilishga o‘n olti yoshdan yo‘l qo'yiladi. Bolalarni mehnatga tayyorlash uchun umumta‘lim maktablari, o‘rta maxsus, kasb-hunar o‘quv yurtlarining o‘quvchilarini ularning sog‘lig‘iga hamda ma'naviy va axloqiy kamol topishiga ziyon etkazmaydigan, ta'lim olish jarayonini buzmaydigan yengil ishni o‘qishdan bo‘sh vaqtida bajarishi uchun ular o‘n besh yoshga to‘lganidan keyin ota-onasidan birining yoki ota-onasining o‘rnini bosuvchi shaxslardan birining yozma roziligi bilan ishga qabul qilishga yo'l qo'yiladi.

Davlat o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan ishlovchi shaxslarga ishni ta'lim bilan qo‘shib olib borishi uchun zarur sharoitlarni yaratib berish va qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa choralarni ko'rish orqali bolaning mehnat qilish huquqi ta'minlanishini kafolatlaydi.

Mustaqillikning ilk kunlaridan boshlab mamlakatimizda jismoniy va ma’naviy jihatdan etuk avlodni voyaga etkazish davlat siyosatining ustuvor yo'nalishlaridan biriga aylandi.

Vatanimizdagi rivojlanishlar va islohotlarning muvafaqqiyati respublikamizda qabul qilinayotgan qonunlar soniga emas, balki ko'p jihatdan xalqning huquqiy ongi va huquqiy madaniyati darajasi, amalga oshirilayotgan islohotlar mohiyati, qabul qilinayotgan qonunlar mazmunini anglab etishi hamda ularga amal qilish darajasiga bog'liqdir.

--⊱⊱ 106 ⊰⊰--

Sog'lom bola tug'ilishi, barkamol avlod ta’lim-tarbiyasi, yoshlar huquqlariga oid normalar eng avvalo bosh qomusimiz hisoblangan O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida o'z aksini topdi.

Xususan, Konstitutsiyaning 50-moddasida har kim bilim olish huquqiga ega ekani, bepul umumiy ta’lim olish davlat tomonidan kafolatlanganligi, maktab ishlari davlat nazoratida ekani, 77- moddasida oila jamiyat va davlat muhofazasida bo'lish huquqiga ega ekanligi belgilangan.

Konstitutsiyamiz asosida qabul qilingan qonunlar, Fuqarolik, Fuqarolik protsessual hamda Oila kodekslarining hayotga joriy etilishi oila munosabatlarini huquqiy tartibga solish va takomillashtirish yo'lida yana bir muhim qadam bo'ldi.

Mazkur kodekslar, ayniqsa O'zbekiston Respublikasi Oila kodeksi xalqaro va umummilliy qadriyatlarni o'zida mujassamlashtirgan huquqiy manba bo'lib, unda oilaviy munosabatlarda, bola tarbiyasi, ularning farovon hayot kechirishi va kamoloti haqida g'amxo'rlik qilish, shaxsiy va mulkiy huquqlarda er-xotin huquqlarining tengligi, onalik va bolalikning muhofaza qilinishi, voyaga etmagan bolalar ta’minoti, oilaviy muhitdan mahrum bo'lgan bolalar huquqlarini muhofazalash, bolalarni farzandlikka olish, muruvvatga muhtoj bolalarga yashash, tarbiyalanish va ta’lim olish uchun sharoitlar yaratish, o'z fikrini erkin ifoda etish hamda huquqlarini mustaqil ravishda himoyalash masalalariga alohida ahamiyat berilgan.

Oila kodeksining aksariyat moddalarida fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish idoralarida jamiyatning eng kichik va birlamchi bo'g'ini bo'lgan oilani tuzish, unda dunyoga keladigan farzandlarning tug'ilishini davlat ro'yxatiga olish, bolalarning nasl-nasabi va qarindoshligini belgilash, dalolatnoma yozuvlarini qayd etish orqali bolalarga onalik va otalik faktlarini o'rnatish, fuqarolarning, jumladan bolalarning familiyasi, ismi va ota ismini hujjatlar asosida tasdiqlash va o'zgartirish, farzandlikka olish, otalikni belgilash, dalolatnoma yozuvlariga o'zgartirish, tuzatish va qo'shimchalar kiritish fuqarolik holatlarini rasmiylashtirish orqali fuqarolarning jamiyatda ma’lum bir shaxs sifatida o'rin topishi uchun huquqiy asoslar keltirilgan.

Adabiyotlar ro‘yxati 1. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi.— T.: “O‘zbekiston”, 2023-yil 2. Bola huquqlari to‘g‘risidagi konvensiya. BMT Bosh Assambleyasining 1989-yil 20- noyabrdagi 44/25-qarori bilan qabul qilingan. Nyu-York, 1989-yil 20-noyabr. 3. O‘zbekiston Respublikasining “Bola huquqlari kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonuni. 2008-yil 7- yanvar. 4. Valiyeva F.R. The importance of educational content in preparation of competative personnels// 2nd International Conference BRIDGE TO SCIENCE: RESEARCH WORKS San Francisco, USA February 28, 2018 5. Abdullayeva N.Sh. Pedagogical Conditions for the Development of Artistic Perception in Children of the Fifth Year of Life in the Process of Familiarization with Works of Fine Art// International journal of multidisciplinary research and analysis ISSN(print): 2643-9840, Impact Factor: 5.522 Page No.- 321-323 6. Abdullayeva N.Sh. The role of modeling in the development of coherent speech of senior preschoolers// International journal of multidisciplinary research and analysis ISSN(print): 2643- 9840, ISSN(online): 2643-9875 Volume 03 Issue 12 December 2020 DOI: 10.47191/ijmra/v3-i12- 09, Impact Factor: 5.522 Page No.- 321-323

Matn PDFdan avtomatik ajratib olingan va xatoliklar bo'lishi mumkin.