JIHATLARI
Uralova Muxabbat Sanjar qizi
Termiz iqtisodiyot va servis universiteti
“Pedagogika” kafedrasi o‘qituvchisi
Tel: 91 906 14 77 e-mail: uralovamuhabbat50@gmail.com
Annotatsiya. Maqolada bo`lajak boshlang`ich sinf o`qituvchisining ijodiymetodik tayyorganligini oshirishning o`ziga xos jihatlari haqida so`z yuritilgan. Boshlang‘ich sinf o‘qituvchisining kasbiy faoliyatga tayyorgarligini ko‘rsatuvchi sifatlarni shakllantirish yo‘llari keltirib o‘tilgan.
Kalit so`zlar: ta`lim, integrativ yondashuv, fenomenal usul, bilish, pedagogika, kompetentlik, kasbiy faoliyat, integratsiya.
Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchisining umumiy, kasbiy va maxsus fanlarni o‘zlashtirishida integrativ yondashuvdan foydalanishning asosiy maqsadlariga quyidagi maqsadlarni kiritish mumkin:
-bo‘lajak mutaxassisda fuqarolik ongini shakllantirish va rivojlantirish;
-ta’lim oluvchi o‘zligini shakllantirish uchun ijtimoiy-pedagogik va kommunikativ muhit yaratish;
-ta’lim oluvchi ijtimoiy-huquqiy, ma’naviy-ma’rifiy meyorlar asosida zarur bilimlarni olishlarini ta’minlash;
-ta’lim oluvchida loyihalash, tadqiqotchilik, refleksif, kommunikativ va boshqa mahoratlarni shakllantirish hamda davomli rivojlantirish;
-ta’lim oluvchinin kasbiy va shaxsiy xususiyatlarini tarbiyalash va hokazo [1].
Biz integrativ yondashuvning qanday tamoyillarga asoslanishi va qanday tashkil etuvchi komponentlardan iboratligi hamda mazkur yondashuvni amalga oshirishdan qanday asosiy maqsadlar ko‘zda tutilishi xususida zarur xulosalar chiqara olish imkoniga ega bo‘ldik. Endi esa integrativ yondashuvning tub mohiyatidan kelib chiqqan holda, mutaxassislarning mazkur yondashuv qanday qo‘llanilishi zarurligi haqidagi muloahazalariga o‘rin berib, ularni umumlashtirish (integratsiya qilish) orqali o‘z tadqiqotlarimiz doirasidagi takliflarimizni tavsiya etamiz. YE.N.Puzankovaning taklifiga ko‘ra, integrativ yondashuv:
-fanlararo;
-fanning o‘zida;
-shaxslararo;
-shaxsning o‘zida kabi darajalarda joriy etilishi maqsadga muvofiqdir [2]
Integrativ yondashuvning fanlararo aloqadorlik darajasida joriy etilishi o‘zida integratsiyaning nazariy-mundarijali, meyoriy-uslubiy, tashkiliy-boshqaruv aspektlarini mujassam etadi. Masalan:
-pedagogikaning falsafa bilan integratsiyalashuvi pedagogikada metodologik funksiyaning mukammal bajarilishini ta’minlaydi;
-pedagogika va psixologiyadagi integratsiyaning natijasi o‘quv-tarbiya ishlarining takomillashuviga zamin yaratadi;
-pedagogika bilan biologiya o‘rtasidagi integratsiya insonning tabiiy zaxiralari va imkoniyatlarining ta’lim-tarbiya va shaxsni rivojlantirishga yo‘naltirishni nazarda tutadi;
-pedagogika va sotsiologiyaning integratsiyalashuvida inson shaxs sifatida rivojlanishining muhim aspektlari namoyon bo‘ladi;
-tarix va pedagogikaning integratsiyasi orqali ulkan qamrovli tarbiyaviy potensial yuzaga chiqadi va hokazo [3].
Pedagogik nazariya va amaliyotning murakkabligi, bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarni tayyorlash masalasining ko‘pqirrali ekanligi hamda bu borada bir-biriga mazmunan zid qarashlarning mavjudligi integrativ yondashuvni joriy etishda turli nuqtai nazarlarni integratsiyalash zaruratini keltirib chiqaradi. Integrativ yondashuvni o‘qitish amaliyotiga joriy etishning pedagogik vazifa va dars mashg‘ulotidan ko‘zda tutilgan maqsaddan kelib chiqib, quyidagi usullarini keltirib o‘tish mumkin.
1. Integrativ yondashuvni qo‘llashning komplekslashtirish (yalpilashtirish) usuli. Integrativ yondashuvni qo‘llashni kompleks usulda amalga oshirishning predmeti, asosan, tarbiya masalasi ustivorlik qilgan pedagogik jarayonlar hisoblanadi. Bunda, integrativ yondashuvni joriy etishdan avval bir qator pedagogik faktorlarning, xususan, o‘quv materiallari faktorlari, psixologik, tashkiliy-pedagogik, ilmiy-metodik faktorlarning o‘zaro uyg‘unlashganligi nazarda tutiladi. Kompleks usul yuqorida sanab o‘tilgan faktorlarning ta’sirini rejalashtirishni hamda pedagogik jarayon shakllarini ustivor qadriyatlar atrofida birlashtirishni taqozo etadi [4].
2. Integrativ yondashuvni qo‘llashning yaxlitlash usuli.. Mazkur usulni qo‘llashdan ko‘zlangan asosiy g‘oya pedagogik hodisaning yaxlit tarzda bir qator komponentlar yig‘indisidan mukammalroq ekanligi, o‘rganilayotgan obekt yaxlit xususiyat va afzalliklarining uni tashkil etuvchi komponentlar hamda elementlardagi sifatlar va afzalliklar yig‘indisidan yaxshiroq ekanligini amalda e’tirof etishdan iborat. Pedagogik obektlarni tahlil va tadqiq etishda yaxlitlash usulining quyidagi aspektlari muhimdir:
-murakkab tizimlarga kirgan elementlarning alohida olingan xususiyatlari va tizimga kirgandan keyin orttirgan xususiyatlari o‘rtasidagi tafovutni aniqlash;
-pedagogik jarayonning tuzilmaviy va dinamik xususiyatlarini belgilash;
-pedagogik jarayonning invariantlarini ajratib ko‘rsatish va hokazolar V. [5].
3. Tizimlashtirish usuli. Integrativ yondashuvni joriy etishning tizimli usuli umumilmiy metologiyaning negizi sifatida qaraladi. Tizimli usuldagi asosiy kategoriyalarga quyidagilar kiradi:
-tizimlashtirilgan obekt (uning tarkibidagi tarkib hosil qiluvchi elementlar va ularning o‘zaro aloqadorliklari ko‘rsatiladi) va tizimli tadqiqotlar (turli yondashuvlar, nuqtai nazarlar, ma’lumotlarni olish va ularga ishlov berishning usullaridan foydalanish;
-element (tizimning eng birlamchi qismi) va integratsiya (tizim elementlari o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqliklar);
-tizimning tarkibi (obektdagi barcha elementlar yig‘indisi) va tuzilmasi (elementlar o‘rtasidagi aloqalarning tartibli tavsifi);
-funksiyalar (tizimdagi alohida elementlarning o‘rni va tizimning yaxlit holdagi ahamiyati, tizim ichidagi aloqalar va munosabatlarning mazmuni);
-tizim haqidagi tashqi tasavvurlar va uning boshqarilishi [6].
Integrativ yondashuvni qo‘llashning tizimli usuli uchun o‘zaro aloqadorlikda bo‘lgan uchta tamoyil xosdir. Bu tamoyillar quyidagilar:
-yaxlitlik tamoyili (tizimning yaxlit holdagi xossalari uni tashkil etuvchi elementlar xossalarining yig‘indisidan tubdan farq qiladi);
-to‘ldiriluvchanlik tamoyili (tizimdagi elementlarning xossalari o‘zgartirilish natijasida tizim xossalari to‘ldirilishi);
-muvofiqlik tamoyili (tizimni tavsiflashdagi turli usullar va darajalar bir-birini inkor etmaydi, ammo ma’lum vaziyatlarda o‘zaro o‘tuvchanlikka ega bo‘ladi) [7]
4. Fenomenal usul. Mazkur usulning boshlang‘ich nuqtasi olam haqidagi “Mavjudlik nima o‘zi?” degan falsafiy savolga borib taqaladi. Muammo shundaki, savolning bu tarzda qo‘yilishi mavjudlik haqida hech qanday tasavvur bera olmaydi, ya’ni tushuncha holida qo‘yilgan berilgan savol aynan o‘sha tushunchaning mohiyatini ochishga xizmat qilmaydi. Falsafada paydo bo‘lgan ana shu parodoksal holat integrativ yondashuvni joriy etishning fenomenal usuliga qo‘yilgan tamal toshi bo‘lib xizmat qildi. Fenomenol usulda qayd etilishiga ko‘ra, eng birlamchi mavjudlik so‘z bilan emas, o‘sha mavjudlikni anglatuvchi hodisa (fenomen) bilan ifodalanadi va o‘sha fenomen keyinroq tasavvur, tajriba, ong, idrok etish ketma-ketligida sayqallanadi. Fenomenal usulning mohiyati mantiqiy jihatdan shaxsning “Men nimani bilaman?” degan savoldan “Men qanday o‘rgandim?” savoliga o‘tishida, ya’ni bilish va bilish obekti o‘rtasidagi aloqalarning anglanishida namoyon bo‘ladi.
Bilish subektining (ta’lim oluvchining) bilish obektiga munosabatlarida yuqorida keltirib o‘tilgan aloqadorlikning mavjud bo‘lishi fenomenal usulni takomillashtirishga qaratilgan yangi talqin va g‘oyalarning paydo bo‘lishiga olib keldi [8]. Jumladan:
1. Bilishning intensional va subektli ekanligi. Bilish – subektning kashfiyoti emas, biroq subekt va obekt o‘rtasida munosabat o‘rnalitganligini belgilovchi omildir. Demak, bilishning har qanday usulida bilish shartlari va bilish obekti o‘rtasida umumiylik mavjud bo‘ladi.
2. Bilish obekti va predmetlarining turlicha ekanligi. Bilish jarayonida obektning subekt o‘rgangan va o‘zlashtirgan ko‘rinish hamda tavsiflari bilish predmeti hisoblanadi. Bilish obekti esa o‘rganish predmetlarining integratsiyasi natijasida izchillik bilan ochilib boradi.
3. Bilishning mazmun va ahamiyati. Bilishga oid har qanday harakat astoydillik va umume’tirof etilganlik ahamiyatiga ega bo‘ladi. Bilishning mazmuni esa bilish subektining bilish hodisaga bo‘lgan qiziqishida namoyon bo‘ladi. Subekt bilish jarayonlarini amalga oshirish asnosida mazmun va ma’no o‘rtasidagi izchil integratsiyaga erishishi jarayonning samaradorligini ta’minlaydi.
4. Olamning global-lokalligi. Olamning globalligi uning eng birlamchi xossasi emas, balki doimiy yangilanishlar, o‘zgarishlar joriy etilib borilishining natijasidir. Mazkur yangilanishlar va o‘zgartirishlar inson bilish faoliyatiga qaratilgan turli tajribalar, kashfiyotlar hosilasi o‘laroq, olamning globalligini ta’minlaydi. YA’ni, alohida odamning olam manzarasi haqidagi lokal (faqat o‘ziga tegishli bo‘lgan) bilim va tajribalari integratsiyalashuvi natijasida dialektik xususiyatga ega bo‘lgan global olam haqidagi tasavvur shakllanadi va dialektik tarzda rivojlanib boradi [9].
Integrativ yondashuvni qo‘llashning fenomenal usuli zamonaviy pedagogikada “doiraga joylashtiruvchi”lik funksiyasini o‘taydi bilim va tajribalarni hamda pedagogik vaziyatlar majmuasining mazmunini tahlil etishga qaratilgan muhit yaratadi.
5. Sinergetik usul. Integrativ yondashuvni qo‘llashning mazkur usuli fenomenal va tizimlashtirish usullariga asoslanadi. “Sinergetika” atamasining iste’molga kiritilishi yunoncha “sinergiya” so‘zi negiziga qurilgan bo‘lib, “hamkorlikdagi harakat” ma’nosini beradi. Sinergetikaning mohiyati ikki yoki undan ortiq harakat sabablarining natijasi aynan o‘sha harakatlarni keltirib chiqargan alohida sabablardan farqlanishida ko‘rinadi.
Sinergetikani tushunishning muhim xususiyatlaridan biri shuki, jarayon va hodisalarning sodda modellari hamda universal nazariyalarini yaratish, keyin esa ularni umumlashtirish natijasida olingan tasavvur o‘sha jarayon va hodisalar haqidagi mavjud tasavvurdan farq qiladi. Yanayam to‘g‘riroq tavsif etadigan bo‘lsak, “A” obektini hosil qilgan “a”, “b” va hokazo elementlarining xususiyatlari haqidagi “yig‘ma” tasavvur bilan “A” haqidagi mavjud tasavvur hech qachon o‘xshash bo‘lmaydi, biroq “A” xususiyatlari orasida uning elementlari (a, b va hokazolar)ga xos xususiyatlar ham mavjud bo‘lishi inkor etilmaydi. Bu esa sinergetika hodisasi bilish obekti elementlarining rivojlanib borishini nazarda tutishini anglatadi [10].
6. Paradigmalar usuli. Mazkur usulning tub mohiyati “paradigma” so‘zining ma’nosi bilan bog‘liq. Paradigma – so‘z shakllarining yig‘indisi bo‘lib, bunda har bir so‘z tegishli grammatik kategoriyalar bo‘yicha o‘zgargan mazmunni o‘zida aks ettiradi.
Tomas Kunning mashhur «Ilmiy inqiloblar tuzilmasi” kitobi (1962)dan so‘ng “paradigma” atamasi umumiste’molga kirdi: ilmiy jamoatchilikda bu so‘z orqali muammo qo‘yish va uni hal etish usullari, ilmiy muassasalarning tashkiliy tuzilmasi, aloqalari va boshqa jihatlari ifodalanadigan bo‘ldi.
Zamonaviy pedagogikada “paradigma” tushunchasi ikkita ma’noni anglatadi:
A. Pedagogik paradigma – sof ilmiy va pedagogik muammolarni qo‘yish usullari hamda ular bilan bog‘liq nazariy-metodik yechimlarning tavsifi.
V. Ta’lim paradigmasi – ta’lim amaliyotining yaxlit ko‘rinishdagi xususiyatlari, maqsad, vazifa, qadriyatlari, ta’limni boshqarishning mundarijaviy va metodik jihatlari, ta’limning ilmiy-metodik va axborot ta’minoti va shu kabilar.
Bizning tadqiqotlar doirasida “paradigma” tushunchasi pedagogik hayotiylikning tavsiflanish usuli, uning idrok etilishi, yangi bilimlar hosil qilish shakllarini ifodalaydi [11].
Integrativ yondashuvni qo‘llashning paradigmalar usulida:
-shaxsning intellektual, refleksiv sifatlarini rivojlantirish, subektiv-faoliyatli qobiliyatlarini yuzaga chiqarish nazarda tutiladi;
-subektning shaxsiy ta’limiy ehtiyojlari va uning sotsiumga moslashishiga yo‘naltirilgan imkoniyatlari hisobga olinadi;
-turli etnik va madaniyatlarning o‘zaro aloqalari sharoitida ta’lim olish imkoniyatlari va shu kabilar ko‘zda tutiladi [12].
Boshlang‘ich sinf o‘qituvchining ijodiy-metodik faoliyatga tayyorligi boshlang‘ich ta’lim tizimiga davlat va jamoatchilik tomonidan qo‘yilayotgan zamonaviy talablar va ijtimoiy ehtiyojlarga javob sifatida qaralmog‘i lozim. Mazkur masalaga oid mulohazalarni bildirishdan avval, biz boshlang‘ich sinf o‘qituvchisining ijodiy-metodik faoliyatga tayyorlik darajasini belgilovchi mezonlarga to‘xtalib o‘tishimiz lozim. Savol an’anaviy tarzda qo‘yiladi: ya’ni biz qanday shaxsiy va kasbiy sifatlarga ega bo‘lgan boshlang‘ich sinf o‘qituvchisini ijojiy-metodik jihatdan tayyorlangan deb ayta olamiz?
Birinchi galda, o‘qituvchi bu sohadagi pedagogik jarayonlarning metodologik negizi haqida yetarlicha bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishi lozim. Shuningdek boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi:
-ta’lim tizimi va o‘qitishning tamoyillari, shakl, metod, texnologiyalari hamda ilmiy bilishning vositalarini chuqur tahlil eta olishi;
-pedagogik jarayonlardagi tendensiyalar, g‘oyalar, mavjud voqeliklarni teran anglashi, baholay olishi va o‘z faoliyatiga tatbiq qila bilishi;
-o‘quv maqsadlari bilan bog‘liq pedagogik va ta’limiy vazifalarni loyihalashtirish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi lozim bo‘ladi [ 13].
Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchining faoliyatidagi ijodiylik, ijodiy-metodik tayyorlik, kompetensiya, kompetentlilik kabi sifat va xususiyatlar uning shaxsiy sifatlari bilan uyg‘unlashadi va uning pedagogik faoliyatga tayyorlik darajasini belgilaydi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO`YXATI
1. I.A.Larionova, Integrativniye tendensii v professionalnoy podgotovki spetsialistov sotsialnoy sferi, avtorefereat dissertatsii doktora ped. nauk M: 2009
2. YE.N.Puzankova, Sovremennaya pedagogicheskaya integratsiya, yeyo xarakteristiki, “Obrazovaniye i obshestvo” 2007, №1
3. A.N.Nadyurmagomedov, Integratsionniye protsessi v pedagogicheskom obrazovanii, dis. dok. ped. nauk. Rostov na Donu, 1999. S.126.
4. Y.I.Dik Integratsiya uchebnix predmetov, Sovremennaya pedagogika, 1987 №9.
5. A.P.Belyayeva, Integrativnao-modulnaya pedagogicheskaya sistema professionalnogo obrazovaniya / A.P.Belyayeva – SPb, 1997
6. Shaxgulari V. V. Podgotovka budushix uchiteley v tvorcheskoy deyatelnosti v shkole. A.: G‘ilim, 2002.-255 s.
7. Shaxnoza, D. Uralova, M(2021). Boshlangich Sinf O’quvchilarining Ijodiy Faoliyatini Shakllantirish YoLlari. BARQARORLIK VA YETAKCHI TADQIQOTLAR
ONLAYN ILMIY JURNALI, 1(6), 85-92.
8. Уралова, М. (2022). O ‘quvchilarda ijodiy faoliyatni shakllantirishda texnologiya fanining o ‘rni. Общество и инновации, 3(2/S), 356-361.
Matn PDFdan avtomatik ajratib olingan va xatoliklar bo'lishi mumkin.