KIRISH: ushbu maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida ma’naviy-axloqiy sifatlarni shakllantirishda hadislarning o‘rni va ahamiyati ilmiy-pedagogik jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqotda hadislarning tarbiyaviy imkoniyatlari, ularni ta’lim jarayoniga integratsiya qilish usullari hamda o‘quvchilarning axloqiy rivojlanishiga ta’siri yoritiladi. MAQSAD: boshlang‘ich sinf (1-4 sinflar) o‘quvchilarining ma’naviy dunyosini boyitish, ularda yuksak insoniy fazilatlarni shakllantirishda sharqona tarbiya manbai bo‘lmish hadislardan foydalanishning pedagogik imkoniyatlarini ochib berish hamda ushbu jarayonni zamonaviy ta’lim tizimiga samarali integratsiya qilish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iboratdir. MATERIALLAR VA METODLAR: tadqiqot jarayonida mavzuga oid falsafiy, pedagogik va psixologik adabiyotlar, xususan, Imom al-Buxoriyning "Al-jome’ as-sahih" va "Al-adab al-mufrad" asarlari hamda boshlang‘ich sinflarning "Ona tili va o‘qish savodxonligi", "Tarbiya" darsliklari tahlil qilindi. Tadqiqotda nazariy-qiyosiy tahlil metodi orqali hadislardagi axloqiy mezonlar zamonaviy pedagogik prinsiplar bilan qiyoslandi. Shuningdek, pedagogik kuzatuv va suhbat metodlari yordamida o‘quvchilarning dars va darsdan tashqari jarayonlardagi xulq-atvori o‘rganilib, hadislar mazmunini o‘quvchilar yoshiga mos ravishda soddalashtirib o‘rgatishning maxsus pedagogik modeli yaratildi. NATIJALAR VA MUHOKAMA: boshlang‘ich sinf yoshidagi bolalar dunyoni ko‘proq aniq obrazlar, hikoyalar va jonli misollar orqali qabul qiladi. Hadislar o‘zining qisqa, lo'nda va chuqur ma'noli ekanligi bilan aynan shu yoshdagi o‘quvchilar psixologiyasiga to‘la mos kelishi aniqlandi. Izlanishlar natijasida ota-onaga hurmat, to‘g‘rilik, halollik, ilmga muhabbat, saxiylik va kamtarlik haqidagi hadislar o‘quvchilarda ijobiy xulq-atvor mezonlarini shakllantiruvchi asosiy omil ekanligi ma’lum bo‘ldi. Pedagogik muhokamalar shuni ko‘rsatadiki, hadislarni shunchaki yodlatish kutilgan samarani bermaydi; ularni hayotiy vaziyatlar (keyslar), interaktiv o‘yinlar va muammoli vaziyatlar orqali o‘rgatish o‘quvchilarning darsga bo‘lgan qiziqishini sezilarli darajada oshiradi va ularda "yaxshi" hamda "yomon" tushunchalari o‘rtasidagi chegarani aniq belgilab olishga yordam beradi. XULOSA: O‘zbekistonda ma’naviy barkamol avlodni tarbiyalashda hadislar shunchaki tarixiy meros emas, balki fundamental umuminsoniy qadriyatlar majmuasi sifatida xizmat qiladi. Boshlang‘ich sinf darslarida hadislardan tizimli foydalanish o‘quvchilarning milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida shakllanishini tezlashtiradi, ularda agressiv xulq-atvorning oldini oladi hamda ijtimoiy munosabatlarda odob-axloq ko‘nikmalarini mustahkamlaydi. Xulosa qilib aytganda, hadislar vositasida yosh avlod qalbida ma’naviy immunitetni shakllantirish, ularni komil inson qilib tarbiyalashning eng samarali va sinalgan pedagogik vositalaridan biridir.
INTRODUCTION: this article provides a scientific and pedagogical analysis of the role and significance of Hadiths in shaping the spiritual and moral qualities of primary school students. The study highlights the educational potential of Hadiths, the methods of their integration into the educational process, and their impact on the moral development of pupils. AIM: the main goal is to reveal the pedagogical potential of using Hadiths as a source of Eastern upbringing in enriching the spiritual world and fostering high human virtues in primary school students (grades 1–4), and to develop practical recommendations for the effective integration of this process into the modern education system. MATERIALS AND METHODS: in the course of the research, philosophical, pedagogical, and psychological literature related to the topic was analyzed, particularly Imam al-Bukhari’s works "Al-Jami' as-Sahih" and "Al-Adab al-Mufrad", as well as primary school textbooks such as "Mother Tongue and Reading Literacy" and "Upbringing" (Tarbiya). The theoretical-comparative analysis method was applied to compare the moral standards in Hadiths with modern pedagogical principles. Additionally, pedagogical observation and interview methods were used to study students' behavior during classes and extracurricular activities, leading to the creation of a special pedagogical model for simplifying and teaching the essence of Hadiths according to the students' age. RESULTS AND DISCUSSION: it was found that primary school children perceive the world mainly through concrete images, stories, and vivid examples. The conciseness, briefness, and deep meaning of Hadiths make them fully compatible with the psychology of students of this age. Research indicates that Hadiths regarding respect for parents, truthfulness, honesty, love for knowledge, generosity, and humility are key factors in shaping positive behavioral criteria in students. Pedagogical discussions show that merely memorizing Hadiths does not yield the expected results; teaching them through real-life situations (case studies), interactive games, and problem-solving scenarios significantly increases students' interest in lessons and helps them clearly distinguish between "good" and "bad." CONCLUSION: in raising a spiritually mature generation in Uzbekistan, Hadiths serve not merely as a historical heritage but as a complex of fundamental universal human values. The systematic use of Hadiths in primary school lessons accelerates the formation of students in the spirit of national and universal values, prevents aggressive behavior, and strengthens etiquette skills in social relations. In conclusion, building a spiritual immunity in the hearts of the younger generation through Hadiths is one of the most effective and proven pedagogical tools for raising a well-rounded and perfect individual.