Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf ona tili darslarida matn ustida ishlashning kreativ
shakllarini joriy etish masalasi ko‘rib chiqiladi. Matn bilan ijodiy ishlash usullarining o‘quvchilar nutqi,
tafakkuri va kommunikativ kompetensiyasini rivojlantirishdagi o‘rni ochib beriladi. Maqolada interfaol va
loyiha asosidagi metodlar, o‘quvchi ijodiyotini rag‘batlantiradigan topshiriq turlari tahlil qilingan. Tadqiqot
natijalari shuni ko‘rsatadiki, kreativ shakllardan tizimli foydalanish o‘quvchilarning matnga nisbatan faol
munosabatini va o‘z fikrlarini og‘zaki hamda yozma ravishda ifodalash qobiliyatini sezilarli darajada
kuchaytiradi.
Zamonaviy ta’lim paradigmasining o‘zgarishi o‘quvchini bilim iste’molchisidan faol ijodkor sifatida
shakllantirishni talab qilmoqda. Boshlang‘ich ta’lim bosqichida ona tili fani bu vazifani amalga oshirishning
asosiy maydoniga aylanadi. Chunki aynan shu davrda o‘quvchi nutqi, fikrlash qobiliyati va ijodiy
imkoniyatlari eng tez sur’atda rivojlanadi.
Ammo amaliyot ko‘rsatadiki, ko‘plab darslar hali ham an’anaviy — savol-javob va qayta hikoyalash
doirasida qolib kelmoqda. Bu esa o‘quvchilarning matnni mustaqil tushunishi, unga nisbatan shaxsiy
munosabat bildirishi va ijodiy fikrlashini cheklab qo‘yadi. Natijada o‘quvchi matnni o‘qiydi, lekin undan
ma’no yaratmaydi.
Xalqaro PISA va PIRLS tadqiqotlari ham matnni o‘qib tushunish sifatida emas, balki undan
foydalanish — tahlil qilish, munosabat bildirish va yangi g‘oyalar yaratish ko‘nikmasi sifatida baholanishi
lozimligini ta’kidlaydi. Ushbu nuqtai nazardan kreativ shakllar — bu nafaqat darsni qiziqarli qilish vositasi,
balki o‘quvchida matn bilan ijodiy muloqot madaniyatini shakllantirishning pedagogik texnologiyasidir.
This article discusses the implementation of creative forms of working with
texts in primary school native language lessons. The role of creative text-based activities in developing
students’ speech, thinking, and communicative competence is revealed. The article analyzes interactive and
project-based methods, as well as types of tasks that stimulate students’ creativity. The research results show
that the systematic use of creative forms significantly strengthens students’ active attitude toward texts and
their ability to express their thoughts both orally and in writing.
The transformation of the modern educational paradigm requires shaping students not as passive
consumers of knowledge, but as active creators. At the primary education stage, the native language subject becomes the main platform for implementing this task. It is precisely during this period that students’ speech,
thinking abilities, and creative potential develop most rapidly.
However, practice shows that many lessons still remain within traditional methods such as question
answer activities and retelling texts. This limits students’ ability to independently understand texts, express
personal attitudes toward them, and think creatively. As a result, students read texts but fail to create meaning
from them.
International studies such as PISA and PIRLS also emphasize that reading comprehension should be
evaluated not only as understanding a text, but also as the ability to use it — to analyze, respond, and generate
new ideas. From this perspective, creative forms are not only a means of making lessons more engaging, but
also a pedagogical technology for developing a culture of creative interaction with texts.
Falsafa faniKompetensiyaKasbiy-pedagogik kompetensiya
Abdullayev Sherzod Amat o‘g‘li
Mazkur maqolada oliy ta’lim tizimida falsafa fanini o‘qitishda o‘qituvchining kasbiy
pedagogik kompetensiyalarini rivojlantirishning ilmiy-metodik asoslari tahlil qilingan. Tadqiqot jarayonida
o‘qituvchining ilmiy-nazariy, metodik, kommunikativ va refleksiv kompetensiyalarining ta’lim
samaradorligiga ta’siri o‘rganil…
OSIYO XALQARO UNIVERSITETI AXBOROTNOMASI03.10.202610
Mazkur maqolada elektron darsliklar kontentini baholashda qo‘llaniladigan pedagogik
baholash modelining nazariy jihatdan chuqur tahlil qilinadi. Raqamli ta’lim jarayonida elektron darsliklar
sifati ta’lim samaradorligini oshirish, o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarni egallash darajasini
aniqlashda muhim o…
OSIYO XALQARO UNIVERSITETI AXBOROTNOMASI03.10.202620
Еngil atletikaChidamkorlikKo‘p yillik tayyorgarlik
Mamadaliyev Abror Akbarjonovich
Mazkur maqolada O‘zbekiston iqlim sharoitida o‘rta va uzoq masofaga yuguruvchilarni ko‘p
yillik tayyorlash tizimining nazariy hamda amaliy jihatlari tahlil qilindi. Yuqori harorat, quruq iqlim,
mintaqaviy tabiiy sharoit va mavsumiy o‘zgarishlarni hisobga olgan holda mashg‘ulot jarayonini
rejalashtirish, yuklamalarni…
OSIYO XALQARO UNIVERSITETI AXBOROTNOMASI03.10.202640
Ushbu tadqiqot ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish intensivligi va imposter sindromi
darajasi o‘rtasidagi bog‘liqlikni o‘rganishga qaratilgan. Tadqiqotda Toshkent viloyatidagi oliy o‘quv
yurtlarining 312 nafar talabasidan iborat namunaviy guruh ishtirok etdi. Clance Imposter Phenomenon Scale
(CIPS) va maxsus ishlab ch…
OSIYO XALQARO UNIVERSITETI AXBOROTNOMASI03.10.202621
Mamlakatimizda kechayotgan zamonaviy globallashuv jarayonlarida malakali kadrlar
tayyorlash, demokratik o‘zgarishlarni chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyati asoslari konsepsiyasini hayotga
tatbiq etish, ijodiy tafakkur, innovatsion fan va texnologiyalarni, innovatsion ta’lim yo‘nalishlari asosida
xalqaro pedagogik …
OSIYO XALQARO UNIVERSITETI AXBOROTNOMASI03.10.202620