BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARINING INTELLEKTUAL LAYOQATINI OSHIRISHDA KINEZIOLOGIK MASHQLARNING INNOVATSION PSIXOLOGIK MODULI
Annotatsiya
Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining intellektual layoqatini oshirishda kineziologik mashqlardan iborat innovatsion psixologik modulning ahamiyati neyrobiologik va neyropsixologik nuqtayi nazardan tahlil qilinadi. Unda neyroplastiklik fenomeni, yarim sharlararo integratsiya va BDNF neyrotrofik omilining kognitiv jarayonlarga ta’siri mavjud ilmiy xulosalar asosida yoritilgan. P.Dennisonning «Miya gimnastikasi» konsepsiyasi va diqqatni boshqarishning neyropsixiatrik mexanizmlari (miyacha va bazal gangliyalar) o‘rtasidagi bog‘liqlik ochib berilgan. Maqola yakunida ta’lim jarayoniga kineziologik «pauza»larni integratsiya qilish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berilgan.
This article analyzes the importance of an innovative psychological module consisting of kinesiological exercises in enhancing the intellectual abilities of primary school students from neurobiological and neuropsychological perspectives. The study highlights the phenomenon of neuroplasticity, interhemispheric integration, and the influence of the brain derived neurotrophic factor (BDNF) on cognitive processes based on existing scientific findings. In addition, the relationship between P. Dennison’s “Brain Gym” concept and the neuropsychiatric mechanisms of attention regulation (cerebellum and basal ganglia) is explained. The article concludes with practical recommendations for integrating kinesiological “pauses” into the educational process.