BOSHLANG‘ICH SINF TABIIY FANLARNI O‘QITISHDA PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH ORQALI TA’LIM SAMARADORLIGIGA ERISHISH USULLARI
Annotatsiya
Mazkur maqolada boshlang‘ich sinf tabiiy fanlarni o‘qitishda zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanish orqali ta’lim samaradorligini oshirish masalalari ilmiy-nazariy va empirik jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida interfaol metodlar, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, muammoli ta’lim va kompetensiyaviy yondashuvning o‘quvchilarning bilish faolligi hamda o‘zlashtirish ko‘rsatkichlariga ta’siri o‘rganildi. Tajriba-sinov natijalari pedagogik texnologiyalar tizimli qo‘llanganda bilimlarni o‘zlashtirish darajasi o‘rtacha 8-10 % ga oshishini ko‘rsatdi. Olingan natijalar asosida amaliy tavsiyalar ishlab chiqildi.
This article analyzes the effectiveness of using modern pedagogical technologies in teaching natural sciences in primary education. The study examines the impact of interactive methods, problem-based learning, and digital tools on students’ learning outcomes. Experimental results show that systematic use of pedagogical technologies increases learning achievement by 8-10 %. Practical recommendations are provided based on the findings.