Ushbu maqolada Ca²⁺ va Na⁺ kationlari bilan modifikatsiyalangan katalitik faol seolitlarni olish usullari hamda ularning adsorbsion xususiyatlari o‘rganilgan. Seolitlarning ion almashinish usuli orqali natriy va kalsiy kationlari bilan modifikatsiyalanishi natijasida ularning fizik-kimyoviy xossalari, g‘ovak tuzilishi, adsorbsion sig‘imi va katalitik faolligidagi o‘zgarishlar tahlil qilingan. Shuningdek, Ca²⁺ va Na⁺ kationli seolitlarning suv va gaz muhitidan turli ifloslantiruvchi moddalarni adsorbsiya qilish samaradorligi baholangan. Tadqiqot natijalari ushbu seolitlarning yuqori adsorbsion samaradorlikka ega ekanligini hamda kimyo, neft-kimyo, ekologiya va suvni tozalash texnologiyalarida istiqbolli adsorbent va katalizator sifatida qo‘llanilishi mumkinligini ko‘rsatadi.
This article studies the methods of obtaining catalytically active zeolites modified with Ca²⁺ and Na⁺ cations and their adsorption properties. As a result of the modification of zeolites with sodium and calcium cations by ion exchange, changes in their physicochemical properties, pore structure, adsorption capacity and catalytic activity were analyzed. Also, the efficiency of Ca²⁺ and Na⁺ cationic zeolites in adsorbing various pollutants from water and gas environments was evaluated. The results of the study show that these zeolites have high adsorption efficiency and can be used as promising adsorbents and catalysts in chemical, petrochemical, environmental and water treatment technologies.