KIRISH: fonematik eshituv va idrokning yetarli shakllanmaganligi tovushlarni farqlash va to‘g‘ri talaffuz qilishda qiyinchiliklar keltirib chiqaradi. Bu holat o‘qish va yozish jarayonidagi muammolar bilan chambarchas bog‘liqdir. MAQSAD: FFNR mazmunini ilmiy asosda tahlil qilish va uni bartaraf etishga qaratilgan uch bosqichli korreksion tizimni tavsiflash. MATERIALLAR VA METODLAR: fonema, fonematik eshituv va idrok tushunchalari nazariy tahlil qilindi. Talaffuz nuqsonlari va ularning savod o‘rgatish jarayoniga ta’siri qiyosiy o‘rganildi. Logopedik amaliyotdagi bosqichma-bosqich yondashuv umumlashtirildi. MUHOKAMA VA NATIJALAR: FFNRda tovushlarni farqlamaslik va noto‘g‘ri talaffuz tovush tahlili-sintezini qiyinlashtirib, disleksiya va disgrafiyaga olib kelishi mumkin. Korreksiya uch bosqichda amalga oshiriladi: tayyorlov (artikulatsiya va eshituvni rivojlantirish), mustahkamlash (tovushlarni nutqda qo‘llash), yakuniy (erkin nutqqa ko‘chirish). XULOSA: tizimli logopedik ish tovush talaffuzi va fonematik differensiatsiyani barqarorlashtiradi. O‘z vaqtida yordam bolalarning savodxonlik va muloqot ko‘nikmalarini yaxshilaydi.
INTRODUCTION: insufficient phonemic hearing leads to pronunciation problems and literacy difficulties. AIM: to analyze phonetic-phonemic disorders and present a structured correction system. MATERIALS AND METHODS: core concepts and mechanisms of speech disorders were theoretically analyzed and systematized. DISCUSSION AND RESULTS: poor sound differentiation complicates phonological analysis and may result in dyslexia and dysgraphia. Correction includes preparatory, consolidation, and final stages. CONCLUSION: systematic speech therapy improves pronunciation and phonemic skills, reducing literacy difficulties.
Usmanxodjayeva Nargiza Adilbekovna. (2026). FONETIK-FONEMATIK NUTQ BUZILISHLARI KUZATILADIGAN BOLALAR BILAN KORREKSION ISHLASHNING MAZMUNI VA VAZIFALARI. Inter Education & Global Study, 4(2), 160-165. https://researcher.uz/uz/article/fonetik-fonematik-nutq-buzilishlari-kuzatiladigan-bolalar-bilan-korreksion-ishlashning-mazmuni-va-vazifalari-038030 https://doi.org/10.5281/zenodo.18834560
Ochiq kirish — materiallar CC BY-NC-ND 4.0 litsenziyasi shartlarida tarqatiladi.
Maqolada raqamli ta’lim muhitida talabalarning tanqidiy va ijodiy fikrlashini rivojlantirishga xizmat qiladigan pedagogik-psixologik omillar tizimlashtirilgan. Ichki motivatsiya, fikr bildirish erkinligi, muammoli topshiriqlar, axborotni tekshirishga yo‘naltirilgan ko‘mak, moslashuvchan yordam va rivojlantiruvchi bahol… Annotatsiyani o‘qish va iqtibos keltirish →
raqamli ta’limtanqidiy fikrlashijodiy fikrlashichki motivatsiyapsixologik xavfsizlikmoslashuvchan ko‘mak
Mazkur maqolada O‘zbekiston Respublikasi va Xitoy Xalq Respublikasida muzeylar faoliyatini huquqiy tartibga solishning normativ-huquqiy asoslari qiyosiy tahlil qilinadi. Muzeylar faoliyatini tashkil etish, muzey fondlarini shakllantirish va boshqarish, madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish, shuningdek, muzey ashyo… Annotatsiyani o‘qish va iqtibos keltirish →
muzeymuzey faoliyatihuquqiy tartibga solishnormativ-huquqiy hujjatlarmadaniy merosmuzey fondi
Maqolada texnik oliy ta’lim muassasalarida O‘zbekiston tarixini o‘qitish jarayonida tarixiy manbalar va interfaol metodlardan foydalanishning didaktik imkoniyatlari tahlil qilinadi. Tarixiy hujjatlar, davriy matbuot materiallari, statistik ma’lumotlar va vizual manbalar bilan ishlash orqali talabalarda dalillarni taqqo… Annotatsiyani o‘qish va iqtibos keltirish →
tarixni o‘qitish metodikasitarixiy manbalarinterfaol metodlartahliliy tafakkurtexnik oliy ta’limmanbalar tanqidi
Inson faoliyatining barcha sohalarida matematika faninning erishgan yutuqlaridan foydalanish katta samara berib kelmoqda. Bu, ayniqsa, iqtisodiyot sohasining barcha jarayonlarida yaqqol namoyon bo‘lmoqda. Bozor iqtisodiyoti sharoitida turli korxona va tashkilotlar o‘zaro iqtisodiy munosabatlarga kirishganda ular o‘rtas… Annotatsiyani o‘qish va iqtibos keltirish →
logistikaoptimal logistikasonli usullaritransport masalasimatematik model
Maqolada pedagogika yo'nalishi talabalarining tarbiyaviy ish ko'nikmalarini rivojlantirishda STEAM (Science, Technology, Engineering, Arts, Mathematics) yondashuvining integrativ imkoniyatlari nazariy-metodologik jihatdan tahlil qilingan. O'zbekiston Respublikasining ta'lim, STEAM va uzluksiz ma'naviy tarbiyaga oid olt… Annotatsiyani o‘qish va iqtibos keltirish →
STEAM yondashuvintegratsiyatarbiyaviy ish ko'nikmalaribo'lajak o'qituvchifanlararo aloqaloyihaviy ta'lim