ResearcherUz LogoResearcherUz
Jurnalni ko'rish

GLOBAL IQTISODIYOT SHAROITIDA BANK-MOLIYA XIZMATLARINI RAQAMLASHTIRISH ISTIQBOLLARI

Annotatsiya

Ushbu maqolada bank xizmatlari uning tadbirkorligini, daromadliligini ta'minlashga va iqtisodiyotning talablarini qondirishga yo'naltirilgan an’anaviy sohasi ekanligidan kelib chiqqan holda, iqtisodiyotni globallashtirish sharoitida O’zbekiston Respublikasi bank tizimi, shu jumladan moliya-bank xizmatlari doirasida ularni rivojlantirish bilan bog’liq bir qator muammolar aniqlangan va ushbu muammolarga yechim sifatida takliflar ishlab chiqilgan.


Based on the fact that banking services are a traditional area focused on ensuring its entrepreneurship, profitability and meeting the demands of the economy, this article identifies a number of problems related to the development of the banking system of the Republic of Uzbekistan, including financial and banking services, and developed proposals as a solution to these problems.

To'liq PDF hujjat

O'xshash maqolalar

Maqola matni

RAQAMLASHTIRISH ISTIQBOLLARI

Abdurasulov Ravshanbek

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti 3-bosqich talabasi

Annotatsiya. Ushbu maqolada bank xizmatlari uning tadbirkorligini, daromadliligini ta'minlashga va iqtisodiyotning talablarini qondirishga yo'naltirilgan an’anaviy sohasi ekanligidan kelib chiqqan holda, iqtisodiyotni globallashtirish sharoitida O’zbekiston Respublikasi bank tizimi, shu jumladan moliya-bank xizmatlari muammolarga yechim sifatida takliflar ishlab chiqilgan.

PROSPECTS OF DIGITALIZATION OF BANKING AND FINANCIAL

SERVICES IN A GLOBAL ECONOMY

Annotation. Based on the fact that banking services are a traditional area focused on ensuring its entrepreneurship, profitability and meeting the demands of the economy, this article identifies a number of problems related to the development of the banking system of the Republic of Uzbekistan, including financial and banking services, and developed proposals as a solution to these problems.

ПЕРСПЕКТИВЫ ЦИФРОВИЗАЦИИ БАНКОВСКИХ И ФИНАНСОВЫХ

УСЛУГ В ГЛОБАЛЬНОЙ ЭКОНОМИКЕ

Абстрактный. В данной статье рассматривается банковская система Республики Узбекистан, в том числе ее развитие в рамках финансово-банковских услуг, в условиях экономической глобализации, исходя из того, что банковские услуги являются традиционным сектором, направленным на обеспечение предпринимательства, прибыльности и удовлетворения потребностей экономики выявлен ряд проблем и разработаны предложения по решению этих проблем.

Kalit so’zlar. Bank tizimi, bank xizmatlari, raqamli banking, pul, raqamlashtirish, raqamli iqtisodiyot, moliyaviy xizmatlar, kredit.

Keywords. Banking system, banking services, digital banking, money, digitalization, digital economy, financial services, credit.

Ключевые слова. Банковская система, банковские услуги, цифровой банкинг, деньги, цифровизация, цифровая экономика, финансовые услуги, кредит.

1.KIRISH.

Iqtisodiyotni globallashtirish sharoitida moliya-bank tizimini tubdan isloh qilish va barqarorligini oshirish, bank tizimiga aholi hamda xorijiy investorlarning ishonchini yanada mustahkamlash, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng qo'llagan holda, ko'rsatilayotgan bank xizmatlarining turi va xizmatlar bozori ko'lamini kengaytirib borish bugungi kunning eng dolzarb masalalaridan biri hisoblanadi. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 23-martda qabul qilingan «Bank xizmatlari ommabopligini oshirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g‘risida»gi qarorida "Bank xizmatlari ommabopligining oshirilishini va bank xizmatlari iste’molchilari huquqlarining himoya qilinishini ta'minlash O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankining asosiy vazifalaridan biri ekanligi belgilab qo'yildi. Endilikda O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankining tuzilmasida bank xizmatlari iste'molchilarining huquqlari va qonuniy manfaatlari himoyasini ta’minlash, moliyaviy ochiqlikni hamda aholi va tadbirkorlik sub’ektlarining moliyaviy savodxonlik darajasini oshirish asosiy vazifalari bo'lgan Bank xizmatlari iste’molchilarining huquqlarini himoya qilish xizmati tashkil etildi.

2.Tahlil va natijalar.

Iqtisodiyotning raqamli modernizatsiyasi xozirgi kunda juda ham ommaviy masalalardan biri hisoblanadi. Jahon iqtisodiy munosabatlarining rivojlanishi sharoitida alohida davlatlar iqtisodiyotining integratsiyasi va toʻlov tizimlarining rivojlanishi, xususan, naqdsiz toʻlov shakllari, banklarning raqamli xizmatlari turlarini rivojlantirish yoʻnalishi kuzatilmoqda. Bank tizimiga elektron axborot texnologiyalarining kirib kelishi esa bu yoʻnalishdagi serxarajat ishlarni yangicha tashkil etish, takomillashtirishga sharoit yaratdi. Moliyaviy sektorda ro’y berayotgan turli xil muammolar va ularning salbiy oqibatlarini yengib o’tish uchun milliy iqtisodiyotda raqamli iqtisodiyotni keng ko’lamda qo’llashga erishish asosiy masalalardan biri bo’lib hisoblanadi. Raqamli banking usullarini qo’llash, iqtisodiy havfsizlikni ta’minlash va mobil tizimlar rivojlanishiga alohida ahamiyat qaratish moliyaviy bozorlar va banklar rivojlanishi uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu maqolada asosiy e’tibor qaratadigan masalalar raqamli iqtisodiyot sharoitida kredit tashkilotining havfsizligini ta’minlash hamda raqamli bankingning rivojlanish muammolari hisoblanadi. Kredit tashkilotining iqtisodiy xavfsizligi bankning ichki va tashqi salbiy havflardan himoya qilish uchun qo’llaniladigan tashkiliy, huquqiy, dasturiy-texnik vositalar va usullar jamlanmasi hisoblanadi. Lekin zamonaviy kredit tashkilotining iqtisodiy havfsizligini ta’minlash uchun kerak bo’lgan asosiy faktorlar majmuiga IT-infratuzilmaning himoyasini ta’minlash, ma’lumotlarning butunligi va firibgarliklarga qarshi kurashishni kiritishimiz mumkin.

Raqamli banking - banklarni va ularning barcha faoliyatlarini, dasturlarini va funktsiyalarini toʻliq raqamlashtirishni anglatadi. Bu nafaqat bank xizmatlari va mahsulotlarini raqamlashtirishga, balki mijozlar koʻrgan interfeysga, shuningdek, ichki jarayonlarni avtomatlashtirishga ham tegishli. Raqamli banking bank va uning mijozlari muloqotining yangi rivojlanish bosqichi bolib, u moliyaviy hizmatlar sektoridagi innovatsiyalarni hamda bu sohadagi raqamli, information va texnologik strategiyalarni o’z ichiga qamrab oladi. Bu haqda ilk bora Microsoft Money deb nomlangan internet banking texnologiyasi yaratilgan paytda gapirilgan edi. Digital Bank Report doirasida o’tkazilgan ilmiy izlanishlar doirasida keltirilgan ma’lumotlarga ko’ra, jahon miqyosidagi 70% moliyaviy muassasalar raqamli bankingni o’zlarining strategik prioritetlaridan biri deb hisoblaganlar. Raqamli banking bo’yicha zamonaviy ishlanmalarni tahlil qilgan holda bu sohadagi eng asosiy yo’nalishlarni ko’rsatishimiz mumkin:

-Pul mablag’larini legallashtirishning (noqonuniy) oldini olishga mo’jallangan jarayonlarni avtomatlashtirish;

-Virtual xodimlar tomonidan amalga oshirilayotgan amallarning havfsizlik qoidalariga rioya qilinishini boshqarish;

- Bankomatlarga o’rnatilgan kompyuterlashgan ko’rish tizimlaridan foydalanish;

- Mijozning ishonchliligi reytingini avtomatik ravishda aniqlash texnologiyasini tadbiq qilish.

Bank xizmatlari inson raqamli hayotining deyarli barcha sohalarida ham mavjud. Bu sohalarga misol qilib, mobil qurilmalarni, ijtimoiy saytlarni, elektron to’lovlarni va pul o’tkazmalarini, internet-narsalarni, pul depozitlarini va boshqalarni kiritishimiz mumkin. Hozirgi davrda bank va mijozning o’zaro muloqoti butunlay yangi – interaktiv tusga kirib, raqamli fikrlash tushunchasi ham paydo bo’ldi. The Millenial Disruption Index ning ma’ruzasida ham bu holat tasdiqlanadi: 68% respondentlar besh yildan so’ng pullar bilan ishlash butunlay boshqacha bo’lishiga ishonadilar; 33% respondentlar besh yil davomida ularga bankka boorish kerak bo’lamydi deb hisoblaydilar; 70% respondentlar esa besh yildan so’ng mahsulot va hizmatlarga bo’lgan to’lov usuli to’liq o’zgaradi deb ishonadilar; Salkam 50% respondentlar, banklarning ishlash prinstipi tubdan o’zgaradi deb hisoblaydilar. Yuqorida aytilganlarni hisobga olgan holda raqamli bankingning quyidagi aniqlanuvini keltirishimiz mumkin. Raqamli banking – dasturiy ta’minotlar to’plami bo’lib, u foydalanuvchilar uchun qulay interfeys ta’minlab beradi va barchaga bank hizmatlari va mahsulotlaridan onlayn rejimida foydalanishga imkon beradi. Banklarning raqamli transformatsiya qilinishi natijasida yangi to’lov usullarining paydo bo’lishi va mijozlarning bank bilan boshqacha muloqot usullari yuzaga kelishi mumkin. Bank biznesidagi bunday yangiliklar kredit tashkilotlarining faoliyatida ham, ularning iqtisodiy havfsizligini ta’minlashda ham bir qancha katta o’zgarishlarga sabab bo’lishi mumkin. Raqamli banking sharoitlarida iqtisodiy havfsizlikni ta’minlash uchun, quyidagi tadbirlarni amalga oshirish talab etiladi:

1. Dasturiy mahsulotlarni doimiy ravishda ishlab chiqarish va yangilash;

2. Markazlashgan ma’lumotlar bazasini yaratish;

3. Kredit tashkilotlarning iqtisodiy havfsiligini ta’minlash uchun qonuniy va normativ-xuquqiy asoslarni mukammallashtirish;

Iqtisodiyotni rivojlantirish doimo yangi texnologiyalar asosida amalga oshadi va shuning uchun ham zamonaviy ilmiy-texnik inqilob sharoitlarida bank sektori bu borada ilg’orlardan biri bo’lib qoldi. Shuning uchun ham bu boradagi katta moliyaviy yo’qotishlarning oldini olish uchun raqamli banking kontekstida kredit tashkilotlarining samarali havfsizlik tizimini yaratish talab etiladi. Yuqorilardan kelib chiqqan holda, raqamli iqtisodiyot sharoitlarida banklarning havfsiz va to’xtovsiz ishlashini ta’minlash bo’yicha quyidagi tadbirlarni hulosa sifatida keltirishimiz mumkin:

1. Raqamli iqtisodiyotga o’tish sharoitlarida kredit tashkilotlarining iqtisodiy havfsizlik darajasini oshirish eng birinchi navbatdagi ishlardan biridir;

2. Raqamli banking bank iqtisodiy havfsizligi tizimida zaruriy elementlardan biri bo’lib qoladi;

3. Raqamli banking – moliyaviy sektorning rivojlanish yo’nalishi bo’lib, zamonaviy analitika vositasida turli hildagi chakana bank hizmatlarining raqamli transformatsiyasiga olib keladi, turli darajadagi kredit tashkilotlari orasidagi hamkorlikni rivojlantiradi va eng yangi ilg’or texnologiyalar va raqamli innovatsiyalarning bank sektoriga kirib kelishiga sabab bo’ladi.

1-diagramma. Bank sektorining raqamli transformatsiyasini amalga oshirishning uch xil yondoshuvi

Moliyaviy sektorning rivojlanishi nuqtai-nazaridan raqamli transformatsiya yangi raqamlashtirilgan ish muhitini yaratish natijasida moliyaviy faoliyat yuritishni mukammallashtirishdir. Bank jarayonlarini raqamlashtirish uchun raqamli texnologiyalarni qo’llash asosida professional masalalarni hal qila oladigan malakali kadrlar va yangi mansablar talab qilinadi. Bu mansablar qatoriga raqamli texnologiyalar bo’yicha direktor va innovatsion rivojlanish bo’yicha direktor lavozimlarini kiritish mumkin. Mutahassislarning fikricha, bank sektorining raqamli transformatsiyasini amalga oshirish uchun uch xil yondoshuvdan foydalanish mumkin.(1-diagramma). Dunyo bo’ylab 26% banklar foydalanadigan yondoshuv raqamli texnologiyalarni to’liq raqamli transformatsiya sifatida emas, balki alohida

26%

42%

32%

Jahon amaliyotidagi yondashuvlar

1-yondashuv

2-yondashuv

3-yondashuv loyiha sifatida tadbiq qilishni ko’zda tutadi – bu brinchi yondoshuvdir. Bu holda raqamli transformatsiya uzoq muddatli rejalashtirish asosida va pilot loyihalarni amalga oshirgan holatda bosqichma-bosqich tadbiq qilinadi. Ikkinchi yondoshuv raqamli iqtisodiyotning talablarini hisobga olgan holda yaratilgan kompaniya filialini tashkil qilish orqali amalga oshiriladi. Raqamli transformatsiya usuli ancha ommabop hisoblanadi va u 42% banklar tomonidan ishlatiladi. Bu yondoshuvning afzalliklari uzoq muddatli perspektivada mijozlarning talablariga moslashganlik, tashkilot ichida turli yo’nalishlar bo’yicha mutaxassislar (dasturchilar, information texnologiya mutaxassislari, analitiklar va marketologlar)ni o’z ichiga olgan komandalar tashkil qilish hisoblanadi. Bular natijasida tashkiliy tuzilmaning yuqori darajadagi moslashuvchanligiga erishiladi hamda yangi faoliyat yo’nalishlarini testlashtirish imkoniyati yaratiladi. Raqamli trnsformatsiyaga bo’lgan uchinchi yondoshuv raqamli texnologiyalarni tashkilotning asosiy boyligi deb hisoblashga asoslangan. Bu usul boshqa yondoshuvlar bilan birgalikda ishlatilishi mumkin, ammo u bankdagi barcha ichki va tashqi jarayonlarning to’liq raqamli transformatsiyasi strategiyasi asosida amalga oshiriladi. Hozigri vaqtda ushbu usul vositasida raqamli transformatsiyani amalga oshirish 32% banklar tomonidan amalga oshiriladi. Hozirgi davrda raqamli transformatsiya jarayoni banklarning raqobatbardoshliligini saqlab turish uchun kerakli bo’lgan muhim tadbir hisoblanadi va bugungi kunda bank operatsiyalarning uchdan bir qismi raqamli texnologiyalar vositasida amalga oshirilayapti. Bunday holat raqamli innovatsion texnologiyalarning afzalliklarini tushuna boshlagan jamiyatning talablari tufayli ham yuzaga kelayapti. Shuni ham aytish lozimki, raqamli transformatsiya jarayoni konkret bankning xususiyatlar va talablarini hisobga olgan holdagi aniq strategiyaga asoslangan bo’lishi kerak. Shundagina amalga oshirilgan raqamli strategiya bank sektorining samaradorligini oshirish va moliya-kredit tashkilotlarida zamonaviy texnologiyalarni qo’llashga imkon beradi.

3.Xulosa va takliflar.

Ma'lumki jahonning aksariyat rivojlangan banklari mijozlarga uzluksiz xizmat ko'rsatishga harakat qiladilar, bunday xizmat ko'rsatishni «Doyche bank» (Germaniya), «ABN AMRO Bank» (Gollandiya], «Sosete Jeneral» (Fransiya] i «Sitibank» [AQSH] banklarida ko'rish mumkin. Bu banklarda bank xizmatlari strategiyasi asosan past tariflarda yangi mijozlar, korrespondent-banklarni jalb etish, zamonaviy to'lov tizimlaridan foydalana olish imkoniyatlariga asoslanadi va mijozlarga xizmat ko'rsatish kuniga 24 soat davomida haftasiga 7 kun olib boriladi. Xizmatlar mijozlarning ko'proq o'z-o'ziga xizmat ko'rsatish tamoyiliga asoslanadi, xizmatlarning hisoblanadi. Bugungi kunda moliaviy masalalar boʻyicha koʻpgina texnologiyalar naqd pul olish bankomatlari dasturidan ancha murakkabdir, shuning uchun banklar oddiy interfeyslarni va tushunarli koʻrsatmalarni yaratish haqida oʻylashlari kerak va mijozlarning yangi raqamli bank xizmatlariga koʻnikma hosil qilishlari uchun turli xildagi qoʻllanmalarni ishlab chiqish bank uchun maqsadga muvofiq boʻladi. Mazkur tadqiqot natijasida tijorat banklarining xizmat bozori va banklar tomonidan ko'rsatilayotgan xizmat turlari, samaradorligi va sifatini chuqur tahlil qilib chiqqan holda, quyidagi ilmiy xulosalar shakllantirildi va takliflar ishlab chiqildi:

1.O'zbekiston Respublikasi banklararo bozori bank kapitali, bank depoziti va kreditlar bo'yicha bozor konsentratsiyasi koeffitsientining haqiqatdagi darajasidan yuqori ekanligi sog'lom banklararo raqobatning to'liq shakllanmaganligidan dalolat beradi.

2.Respublikamizda banklararo raqobatni shakllantirish, yirik banklarning moliya bozoridagi monopol mavqeiga barham berish imkonini beradigan alohida qonunning mavjud emasligi sog'lom raqobat muhitni shakllantirishga to'sqinlik qilmoqda.

3.Respublikamizning ayrim yirik tijorat banklarida kreditlarning aktivlar hajmidagi salmog'ining beqaror bo'lganligi, ayrim davriy oraliqlarda pasayish sur’atiga ega bo'lganligi, bank aktivlari va kreditlarining daromadlilik darajasiga nisbatan salbiy ta'sirni yuzaga keltirdi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI.

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 23 mart 2018 yildagi "Bank xizmatlari ommabopligini oshirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to‘g'risida”gi qarori.

2. O'bekiston Respublikasi Prezidenti Sh/M/Mirziyoevning "Erkin va farovon, demokratik O'zbekiston davlatini birgalikda quramiz" T-: «O'bekiston», 2016. -56 b.

3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 12-maydagi “2020 — 2025-yillarga moʻljallangan Oʻzbekiston Respublikasining bank tizimini isloh qilish strategiyasi toʻgʻrisida”gi PF-5992-son Farmoni // Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.10.2021-y., 06/21/6325/0972-son

4. 2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi. www.lex.uz.

5. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 y ill2 sentyabrdagi PQ3270-sonli "Respublika bank tizimini yanada rivojlantirish vabarqarorligini oshirishga

6. Мишкин Ф.С. Экономическая теория денег, банковского дела и финансовых рынков. 7-е изд. Пер. с англ. - М.: ООО «И.Д. Вильямс», 2013. - 880 с.

7. Куликов А.Г. Деньги, кредит, банки: Учебник. - М.: КНОРУС, 2 0 09.- 656 с.

8. Nurillaev, J. (2024, April). The Role of Cluster Education and Science in The Stable Development of Society. In International Conference of Economics, Finance and Accounting Studies (Vol. 4, pp. 21-23).

9. Лаврушин О.И. Деньги. Кредит. Банки. Учебник под. ред. - М Кнорус, 2 0 1 4.-3 2 0 с.

10. Аббасов А.М., Мамедов З.Ф., Алиев С.А. Цифровизация банковского сектора: новые вызовы и перспективы. Экономика и управление. 2019;(6):81-89.

11. Nurillaev, J. Y. (2024). Theoretical and methodological foundations of financing karakul farming in a market economy.

12. Борисенко, В. С. Специфика взаимодействия банков и предприятий в условиях цифровой экономики / В. С. Борисенко // Инновационные технологии в машиностроении, образовании и экономике. – 2018. - № 1-2 (7) . – С. 420-424

13. Nurillayev, J. Y. (2022). The role of corporate management system in providing financial security in commercial banks.

14. Yarashevich, P. N. J. (2023). Factors for Choosing a Marketing Strategy in Tourism Development.

15. Dr. Deniza Aliyeva, Dr. Sherzod Aktamov. “The integration of innovative technologies and digital services into the banking sector of the Republic of Uzbekistan”. Management Development Institute of Singapore in Tashkent, 2019. 81 pages.

Matn PDFdan avtomatik ajratib olingan va xatoliklar bo'lishi mumkin.