ResearcherUz LogoResearcherUz
Jurnalni ko'rish

HARBIY MADANIYATNI SHAKLLANTIRISHNING PEDAGOGIK MEXANIZMLARI.

Annotatsiya

mazkur maqolada harbiy madaniyatning mazmun-mohiyati, uning yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashdagi o‘rni hamda ta’lim tizimidagi ahamiyati ilmiy- pedagogik nuqtai nazardan tahlil qilingan. Harbiy madaniyatni shakllantirishning nazariy asoslari, tarixiy ildizlari va zamonaviy pedagogik mexanizmlari yoritilgan. Tadqiqotda harbiy madaniyatni rivojlantirishda ta’lim muassasalarining o‘rni, chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik tizimining ahamiyati, harbiy-vatanparvarlik tarbiyasining normativ-huquqiy asoslari hamda zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanish masalalari tahlil qilingan. Shuningdek, interaktiv metodlar, keys tahlili va loyiha faoliyatining yoshlar ongida harbiy madaniyatga oid bilim, ko‘nikma va qadriyatlarni shakllantirishdagi samaradorligi asoslab berilgan.


ность военной культуры, её значение в воспитании молодёжи в духе патриотизма и роль в системе образования. Освещены теоретические основы, исторические корни и современные педагогические механизмы формирования военной культуры. Рассмотрены значение системы допризывной подготовки, роль образовательных учреждений в развитии военной культуры, нормативно-правовые основы военно-патриотического воспитания, а также вопросы использования современных педагогических технологий. Особое внимание уделено эффективности интерактивных методов, кейс-технологий и проектной деятельности в формировании у молодёжи знаний, навыков и ценностей, связанных с военной культурой.

To'liq PDF hujjat

O'xshash maqolalar

Maqola matni

HARBIY MADANIYATNI SHAKLLANTIRISHNING PEDAGOGIK MEXANIZMLARI.

Kaxxarov Siyavush Xudoyor o‘g‘li, Namangan Davlat Universiteti mustaqil tadqiqotchisi.

Annotatsiya

KIRISH

mazkur maqolada harbiy madaniyatning mazmun-mohiyati, uning yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashdagi o‘rni hamda ta’lim tizimidagi ahamiyati ilmiypedagogik nuqtai nazardan tahlil qilingan. Harbiy madaniyatni shakllantirishning nazariy asoslari, tarixiy ildizlari va zamonaviy pedagogik mexanizmlari yoritilgan. Tadqiqotda harbiy madaniyatni rivojlantirishda ta’lim muassasalarining o‘rni, chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik tizimining ahamiyati, harbiy-vatanparvarlik tarbiyasining normativ-huquqiy asoslari hamda zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanish masalalari tahlil qilingan. Shuningdek, interaktiv metodlar, keys tahlili va loyiha faoliyatining yoshlar ongida harbiy madaniyatga oid bilim, ko‘nikma va qadriyatlarni shakllantirishdagi samaradorligi asoslab berilgan.

MAQSAD

yoshlarda harbiy madaniyatni shakllantirishning ilmiy-pedagogik va nazariy asoslarini tahlil qilish, uning tarixiy ildizlarini o‘rganish hamda ta’lim tizimida zamonaviy pedagogik mexanizmlar va interaktiv texnologiyalarni qo‘llash samaradorligini asoslash.

MATERIALLAR VA METODLAR

tadqiqot jarayonida O‘zbekiston Respublikasining me’yoriy-huquqiy hujjatlari (qonunlar, konsepsiyalar, Hukumat qarorlari), T. Kun va A. A. Samadovning ta’lim paradigmalari haqidagi ilmiy yondashuvlari, Amir Temur harbiy merosi va “Temur tuzuklari” tamoyillari, xalqaro (NATO davlatlari) va milliy tajriba hamda pedagogik tahlil, tizimli yondashuv va kompetensiyaviy modellashtirish metodlaridan foydalanildi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

harbiy madaniyatni ta’lim bosqichlariga integratsiyalashning o‘quv-metodik, ma’naviy-tarbiyaviy, tashkiliy va axborotkommunikatsion mexanizmlari tizimlashtirilib, chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik, keys-stadi, loyiha faoliyati, “Vatan tayanchi” harakati hamda “Shunqorlar” va “Vatanparvarlar” musobaqalarining yoshlarda intizom, mas’uliyat va strategik tafakkurni shakllantirishdagi amaliy ahamiyati yoritildi.

XULOSA

harbiy madaniyatni shakllantirish ta’lim tizimining barcha bosqichlarida izchil amalga oshirilishi lozim bo‘lgan, shaxsning ma’naviy yetukligi, fuqarolik mas’uliyati va Vatan himoyasiga tayyorligini ta’minlovchi kompleks ijtimoiy-pedagogik tizim

Kalit so‘zlar: harbiy madaniyat, harbiy-vatanparvarlik tarbiyasi, ta’lim tizimi, pedagogik mexanizmlar, chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik, vatanparvarlik, kompetensiyaviy yondashuv, interaktiv ta’lim texnologiyalari.

ПЕДАГОГИЧЕСКИЕ МЕХАНИЗМЫ ФОРМИРОВАНИЯ ВОЕННОЙ КУЛЬТУРЫ.

Каххаров Сиявуш Худойор оглы, независимый исследователь Наманганского государственного университета.

Аннотация

ВВЕДЕНИЕ

в данной статье с научно-педагогической точки зрения анализируются сущность военной культуры, её значение в воспитании молодёжи в духе патриотизма и роль в системе образования. Освещены теоретические основы, исторические корни и современные педагогические механизмы формирования военной культуры. Рассмотрены значение системы допризывной подготовки, роль образовательных учреждений в развитии военной культуры, нормативно-правовые основы военно-патриотического воспитания, а также вопросы использования современных педагогических технологий. Особое внимание уделено эффективности интерактивных методов, кейс-технологий и проектной деятельности в формировании у молодёжи знаний, навыков и ценностей, связанных с военной культурой.

ЦЕЛЬ

научно-педагогический анализ теоретических основ формирования военной культуры у молодежи, изучение ее исторических корней и обоснование эффективности применения современных педагогических механизмов и интерактивных технологий в системе образования.

МАТЕРИАЛЫ И МЕТОДЫ

в ходе исследования использованы нормативноправовые акты Республики Узбекистан (законы, концепции, постановления Правительства), научные подходы Т. Куна и А. А. Самадова о парадигмах образования, военное наследие Амира Темура и принципы «Уложений Темура», международный (страны НАТО) и национальный опыт, а также методы научнопедагогического анализа, системного подхода и компетентностного моделирования.

ОБСУЖДЕНИЕ И РЕЗУЛЬТАТЫ

систематизированы учебно-методические, духовно-воспитательные, организационные и информационно-коммуникационные механизмы интеграции военной культуры в образовательный процесс, а также раскрыта практическая значимость допризывной подготовки, кейс-методов, проектной деятельности, движения «Ватан таянчи», военно-спортивных соревнований «Шункорлар» и «Ватанпарварлар» в формировании дисциплины, ответственности и стратегического мышления молодежи.

ЗАКЛЮЧЕНИЕ

формирование военной культуры представляет собой комплексную социально-педагогическую систему, которая должна последовательно реализовываться на всех уровнях образования, обеспечивая духовную зрелость, гражданскую ответственность и готовность личности к защите Родины.

Ключевые слова: военная культура, военно-патриотическое воспитание, система образования, педагогические механизмы, допризывная подготовка, патриотизм, компетентностный подход, интерактивные образовательные технологии.

PEDAGOGICAL MECHANISMS OF MILITARY CULTURE FORMATION.

Kakhkharov Siyavush Khudoyor oglu, independent researcher at Namangan State University.

Annotation

INTRODUCTION

this article analyzes the essence of military culture, its role in fostering patriotism among young people, and its significance within the educational system from a scientific and pedagogical perspective. The theoretical foundations, historical roots, and modern pedagogical mechanisms of military culture formation are examined. The study highlights the role of educational institutions, the importance of preconscription training, the legal and institutional framework of military-patriotic education, and the application of modern educational technologies. Particular attention is paid to the effectiveness of interactive methods, case-study approaches, and project-based learning in developing military-cultural knowledge, skills, and values among young people.

AIM

to provide a scientific-pedagogical analysis of the theoretical foundations of military culture formation among young people, explore its historical roots, and substantiate the effectiveness of implementing modern pedagogical mechanisms and interactive technologies in the education system.

MATERIALS AND METHODS

the study utilized the regulatory and legal framework of the Republic of Uzbekistan (laws, concepts, government resolutions), scientific paradigms of T. Kuhn and A. A. Samadov, the military heritage of Amir Temur and the principles of "Temur's Code", international (NATO countries) and national experiences, alongside methods of scientific-pedagogical analysis, systemic approach, and competency-based modeling.

DISCUSSION AND RESULTS

the educational-methodological, spiritualdevelopmental, organizational, and information-communicative mechanisms of integrating military culture into education were systematized, emphasizing the practical role of preconscription training, case studies, project-based learning, the "Vatan Tayanchi" movement, and sports competitions like "Shunqorlar" and "Vatanparvarlar" in fostering discipline, responsibility, and strategic thinking.

CONCLUSION

the formation of military culture serves as a comprehensive sociopedagogical system that must be implemented consistently across all educational levels to ensure spiritual maturity, civic responsibility, and readiness for national defense.

Keywords: military culture, military-patriotic education, education system, pedagogical mechanisms, pre-conscription training, patriotism, competency-based approach, interactive educational technologies.

Bugungi globallashuv sharoitida dunyo miqyosida kuzatilayotgan murakkab harbiysiyosiy jarayonlar, geosiyosiy raqobatning kuchayishi hamda xalqaro xavfsizlikka tahdidlarning xilma-xillashuvi jamiyat oldiga yangi vazifalarni qo‘ymoqda. Bunday sharoitda davlat xavfsizligi va barqaror taraqqiyotini ta’minlash faqat harbiy salohiyat yoki texnik imkoniyatlar bilan emas, balki fuqarolarning ma’naviy-axloqiy tayyorgarligi, vatanparvarlik ruhiyati va harbiy madaniyat darajasi bilan ham chambarchas bog‘liqdir. Shu sababli yosh avlodda harbiy bilim, ko‘nikma va malakalar bilan bir qatorda harbiy madaniyatga oid kompetensiyalarni shakllantirish masalasi ta’lim tizimining ustuvor vazifalaridan biriga aylanmoqda. Harbiy madaniyatning shakllanishi shaxsda mas’uliyat, intizom, fuqarolik pozitsiyasi, Vatan taqdiriga daxldorlik hissi hamda murakkab vaziyatlarda oqilona qaror qabul qilish qobiliyatining rivojlanishiga xizmat qiladi. Shu jihatdan harbiy ta’lim va tarbiya tizimi nafaqat mudofaa salohiyatini mustahkamlash, balki ma’naviy yetuk avlodni tarbiyalashning muhim vositasi sifatida namoyon bo‘lmoqda.

So‘nggi yillarda mamlakatimizda harbiy ta’lim tizimini takomillashtirish, harbiy ilm-fan rivojini qo‘llab-quvvatlash va yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan islohotlar izchil amalga oshirilmoqda. Zamonaviy qurolli mojarolar xarakterining o‘zgarishi, axborot texnologiyalarining harbiy sohaga keng kirib kelishi hamda xavfsizlik tahdidlarining murakkablashuvi ta’lim jarayonini yangi mazmun bilan boyitishni talab qilmoqda. Natijada harbiy pedagogika oldiga nafaqat malakali mutaxassis tayyorlash, balki strategik fikrlaydigan, yuksak ma’naviyat va mustahkam fuqarolik pozitsiyasiga ega shaxsni tarbiyalash vazifasi qo‘yilmoqda. Shu nuqtai nazardan harbiy madaniyatni shakllantirishga qaratilgan pedagogik faoliyatning mazmunini yangilash, innovatsion ta’lim texnologiyalaridan foydalanish va mazkur yo‘nalishda faoliyat yuritadigan pedagog kadrlar salohiyatini oshirish muhim ahamiyat kasb etadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ta’kidlaganidek, “...maxsus ta’lim maskanlarida tahsil olayotgan farzandlarimiz qalbida milliy ruh, ona Vatanga mehr va sadoqat, adolat tuyg‘usini har tomonlama kuchaytirish, buyuk ajdodlarimiz, jumladan, Amir Temur, Jaloliddin Manguberdi, Shohruh Mirzo, Zahiriddin Muhammad Bobur kabi sarkardalarning boy jang san’atidan keng foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi” 1.

Harbiy madaniyatning shakllanishi o‘zbek davlatchiligi tarixida shakllangan boy harbiy meros bilan uzviy bog‘liqdir. Ayniqsa, Amir Temur tomonidan yaratilgan harbiy boshqaruv tizimida intizom, adolat, mas’uliyat va sadoqat tamoyillariga alohida e’tibor qaratilgani bugungi harbiy ta’lim va tarbiya tizimi uchun ham muhim nazariy manba hisoblanadi. “Temur tuzuklari”da qo‘shin boshqaruvi, harbiy intizom, sarkardalarning 1 Mirziyoyev Sh.M. Yangi O‘zbekiston strategiyasi. – Toshkent: O‘zbekiston, 2021. – 387 b. ma’naviy fazilatlari hamda jangchilarning axloqiy qiyofasiga oid qarashlar o‘z aksini topgan bo‘lib, ular harbiy madaniyatning tarixiy asoslarini tashkil etadi. Davlatimiz rahbari tomonidan Amir Temurning “g‘alaba taqdirini, avvalo, qo‘shinning jangovar ruhi va tayyorgarligi, ma’naviy qudrati va mustahkam irodasi hal qiladi”2 – degan fikrining keltirilishi ham bejiz emas. Zero, mazkur qarash bugungi kunda ham harbiy xizmat samaradorligini ta’minlashda inson omili, ma’naviy tayyorgarlik va ruhiy barqarorlik hal qiluvchi ahamiyatga ega ekanligini tasdiqlaydi. Shu ma’noda harbiy madaniyatni shaxsning harbiy sohaga oid bilimlari, qadriyatlari, kasbiy fazilatlari, fuqarolik mas’uliyati va axloqiy me’yorlarini o‘zida mujassamlashtiruvchi murakkab ijtimoiy-pedagogik hodisa sifatida baholash mumkin.

Bugungi kunda O‘zbekistonda harbiy madaniyatni rivojlantirish va uni yoshlar ongiga singdirishga qaratilgan tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Harbiy akademiyalar, “Temurbeklar maktablari”, akademik litseylar va umumta’lim muassasalarida tashkil etilgan vatanparvarlik tarbiyasi tizimi yoshlarning harbiy sohaga bo‘lgan qiziqishini oshirish bilan bir qatorda ularda milliy g‘urur, Vatanga sadoqat va fuqarolik mas’uliyatini shakllantirishga xizmat qilmoqda. Shu bilan birga, ommaviy axborot vositalari, internet tarmoqlari va zamonaviy mediasfera imkoniyatlaridan foydalanish orqali harbiy xizmatchilarning fidokorona faoliyati, mamlakat mudofaa tizimidagi islohotlar va harbiy kasbning ijtimoiy ahamiyati keng targ‘ib etilmoqda. Bunday faoliyat natijasida harbiy sohaga nisbatan ijobiy jamoatchilik fikri shakllanib, yoshlarning kasbiy orientatsiyasi va vatanparvarlik ruhiyati mustahkamlanmoqda. Harbiy madaniyatning yana bir muhim jihati shundaki, u shaxsning nafaqat jangovar tayyorgarligini, balki ma’naviy yetukligi, kasbiy mas’uliyati, kommunikativ qobiliyati va murakkab vaziyatlarda mustaqil qaror qabul qilish salohiyatini ham rivojlantiradi. Shu sababli harbiy madaniyatni shakllantirish bugungi kunda ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari faoliyatining strategik yo‘nalishlaridan biri sifatida qaralmoqda.

Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan amaliy tashabbuslar orasida “Vatan tayanchi” harakati alohida o‘rin tutadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ta’kidlaganidek, mazkur harakat doirasida respublika bo‘yicha yigirma mingdan ortiq yoshlarni qamrab olgan guruhlarning faoliyat yuritayotgani yosh avlod qalbida Vatanga muhabbat va sadoqat tuyg‘ularini mustahkamlashga xizmat qilmoqda3. Ushbu tashabbus yoshlarda faol fuqarolik pozitsiyasini shakllantirish, ularda milliy g‘urur va daxldorlik hissini kuchaytirish hamda harbiy madaniyatning dastlabki elementlarini bosqichma-bosqich qaror toptirishning samarali mexanizmlaridan biri sifatida namoyon bo‘lmoqda. Natijada harbiy madaniyat shaxsning nafaqat kasbiy tayyorgarligini, balki uning ma’naviy kamoloti, fuqarolik mas’uliyati va jamiyat taraqqiyotiga daxldorlik hissini shakllantiruvchi muhim ijtimoiy qadriyat sifatida namoyon bo‘ladi. 2 Mirziyoyev Sh.M. Bir bo‘lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz. Т.8. – T.: O‘zbekiston, 2024. – B 247. 3 Mirziyoev Sh.M. Xalqchil islohotlar xalqimiz manfaatlariga xizmat qiladi. T.7. – T.:O‘zbekiston, 2023. –B.251-252.

Harbiy ta’lim rivojlanishining hozirgi bosqichi T.Kun nazariyasida asoslab berilgan paradigmalarning almashinuvi davriga xos xususiyatlarni namoyon etmoqda. Mazkur yondashuvga ko‘ra, ilmiy taraqqiyot muayyan bosqichlarda mavjud nazariy qarashlarning imkoniyatlari cheklanib, yangi ilmiy yondashuvlarga ehtiyoj kuchayadigan davrlarni boshdan kechiradi. Shu ma’noda, bugungi harbiy ta’lim tizimi ham an’anaviy metodologik qarashlardan zamonaviy kompetensiyaviy va innovatsion modellarga o‘tish jarayonini boshdan kechirmoqda. T.Kun ta’kidlaganidek, “uning atributlari eski fanning inqirozi (mazmun tomondan – yetakchi usullarning ziddiyatlari, hissiy va irodaviy tomondan – ilmiy jamoatchilik tomonidan ishonchni yo‘qotish), inqilobiy ilmiy farazlar va yechimlarning mavjudligi bilan ko‘zga tashlanadi” 4. Mazkur fikr bugungi harbiy ta’lim sohasida kuzatilayotgan o‘zgarishlarning mohiyatini tushunishda muhim nazariy asos bo‘lib xizmat qiladi.

Tadqiqotchilar fikriga ko‘ra, “harbiy ta’limning hozirgi paradigmasi jamiyat va armiyaning uzoq muddatli ijtimoiy-tarixiy va ijtimoiy-madaniy o‘zgarishlarining mahsuli, harbiy fanning rivojlanishi esa muhim omillardan biridir. Harbiy ta’lim paradigmasi mohiyatan ilmiy-konseptual sxema bo‘lib, harbiy o‘qituvchilarning nazariy va amaliy faoliyati uchun me’yoriy asos bo‘lib xizmat qiladi, u evristik jihatdan cheklangan vaqt uchun amal qiladi”5. Ushbu qarashdan kelib chiqib aytish mumkinki, harbiy ta’limni rivojlantirish masalasi faqat pedagogik muammo emas, balki globallashuv jarayonlari, innovatsion jamiyat shakllanishi, fan va texnologiyalar taraqqiyoti hamda xalqaro xavfsizlik tizimidagi transformatsiyalar bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan murakkab ijtimoiy hodisa hisoblanadi. Shu bois harbiy ta’lim mazmunini zamonaviy ehtiyojlar asosida takomillashtirish, ta’lim texnologiyalarini yangilash va pedagogik faoliyat samaradorligini oshirish bugungi kunning dolzarb vazifalaridan biri bo‘lib qolmoqda.

Jahon tajribasi shuni ko‘rsatmoqdaki, chaqiriqqacha tayyorgarlik tizimi orqali ma’naviy-axloqiy jihatdan yetuk, jismonan chiniqqan, psixologik jihatdan barqaror va Vatan himoyasiga tayyor bo‘lgan yoshlarni tarbiyalash milliy xavfsizlikning muhim omillaridan biri hisoblanadi. Ayniqsa, bo‘lajak harbiy mutaxassislarning kasbiy kompetentligini rivojlantirish, ularda zamonaviy tahdid va chaqiriqlarga mos bilim, ko‘nikma hamda malakalarni shakllantirish maqsadida ilg‘or pedagogik texnologiyalar va amaliy tayyorgarlik mexanizmlarini joriy etishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bu borada NATOga a’zo davlatlarning fuqarolarni harbiy xizmat va davlat mudofaasiga tayyorlash bo‘yicha shakllantirgan metodologik tajribasi alohida ahamiyat kasb etadi. Tadqiqotlarda qayd etilishicha, mazkur davlatlar tajribasini o‘rganish va tahlil qilishga bo‘lgan qiziqish bugungi kunda jahon miqyosida tobora ortib bormoqda6. Chunki zamonaviy xavfsizlik tizimida inson 4 Кун Т. Структура научных революций. М.: “АСТ”, 2020. – С. 89. 5 Samadov A.A. O‘zgaruvchan ta’lim paradigmasi sharoitida harbiy ta’lim o‘qituvchisining kasbiy mahoratini takomillashtirish mazmuni.//Ta’lim va innovatsion tadqiqotlar. 2022 yil № 12. – B 121. 6 Корытков В.А. Система подготовки к военной службе современной молодежи в государствах - членах НАТО. – Белоруссия: БелГУ, Научные ведомости / С: Гуманитарные науки. 2019. Том 38, № 1. - С.155-160. kapitalining sifati va harbiy tayyorgarlik darajasi davlat mudofaa salohiyatining muhim ko‘rsatkichlaridan biri sifatida namoyon bo‘lmoqda.

O‘zbekiston Respublikasida ham yosh avlodni har tomonlama barkamol etib tarbiyalash, ularda zamonaviy bilim va kompetensiyalarni shakllantirish hamda iqtidorlarini qo‘llab-quvvatlash davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida e’tirof etilgan. Xususan, O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi va “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi qonunlari yoshlarning intellektual salohiyatini rivojlantirish hamda ularni zamonaviy standartlar asosida tarbiyalashning mustahkam huquqiy asosini yaratdi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 18-yanvardagi “O‘zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosatini 2025-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 23-son qarori7 mamlakatimizda yoshlar siyosatini yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qiluvchi muhim strategik hujjat sifatida qabul qilindi. Mazkur konsepsiya O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, amaldagi qonunchilik hujjatlari va Prezidentimiz tomonidan belgilangan ustuvor vazifalar asosida ishlab chiqilgan bo‘lib, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Barqaror rivojlanish maqsadlari hamda xalqaro yoshlar strategiyalarining asosiy tamoyillari bilan uyg‘unlashgan holda yoshlar siyosatini rivojlantirishni nazarda tutadi.

Mazkur huquqiy va tashkiliy mexanizmlar yoshlar ongida Vatan himoyasi, milliy xavfsizlik va fuqarolik mas’uliyatiga oid zamonaviy qarashlarni shakllantirishga xizmat qilmoqda. Shu bilan birga, yoshlarni harbiy xizmatga tayyorlash, ularning ma’naviy-ruhiy barqarorligini mustahkamlash va Vatan taqdiriga daxldorlik hissini kuchaytirishga qaratilgan ta’lim-tarbiyaviy tadbirlar izchil amalga oshirilmoqda. Ayniqsa, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 23-fevraldagi “Yoshlarni harbiyvatanparvarlik ruhida tarbiyalash konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 140-son qarorida8 yosh avlodni milliy mafkura va davlatga sadoqat tamoyillari asosida tarbiyalash ustuvor vazifa sifatida belgilangan. Mazkur hujjatga muvofiq, yoshlar ongiga yurt mudofaasini sharafli burch va oliy mas’uliyat sifatida singdirish, ularda ajdodlarimizning ozodlik va mustaqillik yo‘lidagi qahramonliklari bilan faxrlanish tuyg‘usini shakllantirish, tarixiy merosimizga munosib voris bo‘lish hissini rivojlantirish hamda milliy Qurolli Kuchlarimizning jangovar salohiyatiga bo‘lgan ishonchni mustahkamlash vazifalari belgilab berilgan. Mazkur maqsadlar bevosita harbiy madaniyatni ta’lim tizimi orqali shakllantirishning strategik yo‘nalishlari sifatida namoyon bo‘ladi.

Ta’lim tizimining eng muhim vazifalaridan biri chaqiriqqacha harbiy tayyorgarlik jarayonida yoshlarni davlat mustaqilligi, milliy xavfsizlik, hududiy yaxlitlik va fuqarolar osoyishtaligini ta’minlashdek yuksak maqsadlar yo‘lida ma’nan yetuk, jismonan chiniqqan, keng dunyoqarashli hamda yuksak intellektual salohiyatga ega shaxslar etib 7 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 18-yanvardagi “O‘zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosatini 2025-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 23-sonli qarori // https://lex.uz/docs/5234746 8 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 23-fevraldagi «Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida»gi 140-son Qarori // «Vatanparvar» gazetasi. – 2018. – 2 mart. – № 9 (2760). tarbiyalashdan iboratdir. Chunki zamonaviy taraqqiyot sharoitida davlatlarning qudrati nafaqat texnik imkoniyatlar, balki inson kapitalining sifati, uning bilim darajasi va strategik tafakkuri bilan ham belgilanmoqda. Shu bois harbiy madaniyatni rivojlantirish jarayoni ham yangi mazmun kasb etib, u shaxsning ma’naviy, intellektual va kasbiy kamoloti bilan chambarchas bog‘lanmoqda.

Tadqiqotchilar ta’kidlaganidek, “Ta’lim insonni rivojlantirishning eng muhim omili sifatida har qanday mamlakatda hozirgi davr uchun munosib bo‘lgan aholi turmush darajasi va sifatiga erishish, ish bilan samarali bandlikni ta’minlash, barqaror rivojlanish, ijtimoiy tengsizlik darajasini pasaytirish, fuqarolik jamiyati tarkibini mustahkamlash, inson huquqlariga rioya etish va ularni samarali amalga oshirish, shaxsning imkoniyatlarini to‘la va har taraflama ro‘yobga chiqarish uchun shart-sharoitlar yaratish kabi bir qator iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy va gumanitar muammolarni hal qilishga katta ta’sir ko‘rsatadi” 9. Shu nuqtai nazardan qaraganda, harbiy madaniyat ta’limi ham Vatanga sadoqat, qat’iy intizom, mas’uliyat, jamoaviylik va fuqarolik burchi kabi fazilatlarni shakllantiruvchi murakkab ijtimoiy-pedagogik tizim sifatida namoyon bo‘ladi. Ilmiy adabiyotlarda qayd etilishicha, “Harbiy madaniyatni pedagogik nuqtai nazardan tahlil qilish, eng avvalo, uning shakllanish manbalari va ta’lim tizimi bilan uzviy bog‘liqligini tushunishni talab qiladi. Bu madaniyat turi nafaqat maxsus harbiy muassasalarda, balki umumiy o‘rta va oliy ta’lim muassasalarida ham maqsadli ravishda shakllantirilishi lozim”10. Chunki harbiy madaniyat Vatanga muhabbat, uni himoya qilishga tayyorlik va fuqarolik mas’uliyatini o‘zida mujassamlashtirgan umummilliy qadriyat sifatida jamiyat taraqqiyotida muhim o‘rin tutadi.

Pedagogik strategiya nuqtai nazaridan harbiy madaniyatni qaror toptirish jarayoni o‘zaro bog‘liq bo‘lgan ikki ustuvor yo‘nalishni qamrab oladi. Bir tomondan, u yoshlarda vatanparvarlik, fuqarolik mas’uliyati, milliy manfaatlarga daxldorlik hissi hamda jamiyat va davlat barqarorligini ta’minlashga nisbatan ongli munosabatni shakllantiradi. Ikkinchi tomondan esa, shaxsda qat’iy intizom, psixofiziologik barqarorlik, murakkab va ekstremal vaziyatlarda tezkor hamda oqilona qaror qabul qilish qobiliyatini rivojlantiradi. Mazkur sifatlar majmui harbiy faoliyat samaradorligini ta’minlash bilan birga, barkamol shaxsni shakllantirishning muhim ma’naviy-pedagogik omili sifatida ham namoyon bo‘ladi. Shu jihatdan harbiy madaniyat nafaqat harbiy xizmat bilan bog‘liq kompetensiyalar yig‘indisi, balki shaxsning ijtimoiy mas’uliyati, fuqarolik pozitsiyasi va ma’naviy kamolotini ifodalovchi murakkab ijtimoiy-pedagogik hodisa hisoblanadi.

Harbiy madaniyatni rivojlantirishda ta’lim tashkilotlarining o‘rni alohida ahamiyat kasb etadi. Mazkur jarayon faqat nazariy bilimlarni egallash bilan cheklanib qolmay, balki amaliy mashg‘ulotlar, simulyatsion vaziyatlar, rolli o‘yinlar, harbiy-amaliy tadbirlar va innovatsion 9 Salimov A.A. Ta’lim sohasida inson taraqqiyoti konsepsiyasining asosiy yo‘nalishlari: iqt. fan. bo‘yicha fal. dok. (PhD) diss. avtoref. – Samarqand, 2019. – 13 b. 10 Рукавицын И.М., Алехин И.А., Саханский Н.Б. Альбом схем по истории военной педагогики. М., 1997. pedagogik texnologiyalar orqali amalga oshiriladi. Xususan, fuqarolik mudofaasi, hayot faoliyati xavfsizligi va umumiy jismoniy tayyorgarlik mashg‘ulotlari yoshlarning harbiy madaniyatga oid bilim, ko‘nikma va malakalarini shakllantirishga xizmat qiladi. Shu bilan birga, tarbiyaviy tadbirlar, tarixiy qahramonlar hayoti va faoliyatini o‘rganish, milliy armiyaning rivojlanish bosqichlari bilan tanishish hamda harbiy qismlarga tashriflar uyushtirish yoshlarda harbiy iftixor, milliy g‘urur va Vatan himoyasiga daxldorlik hissini mustahkamlaydi. Bizningcha, aynan ta’lim muhiti harbiy madaniyatning nazariy asoslarini amaliy ko‘nikmalar bilan uyg‘unlashtirish imkonini beruvchi eng muhim ijtimoiy institutlardan biri hisoblanadi.

Pedagogik jihatdan harbiy madaniyat yosh avlod ongida Vatanga muhabbat, sadoqat va fidoyilik tuyg‘ularini qaror toptiruvchi muhim tarbiyaviy vosita sifatida namoyon bo‘ladi. U shaxsni nafaqat bilimli va yuqori malakali mutaxassis, balki yuksak ma’naviy qadriyatlarga ega, jamiyat va davlat oldidagi burchini chuqur anglaydigan fuqaro sifatida shakllantirishga xizmat qiladi. Shu nuqtai nazardan harbiy madaniyatni ta’lim tizimiga integratsiya qilish nafaqat harbiy tayyorgarlikning, balki umumiy tarbiya jarayonining ham ajralmas tarkibiy qismi hisoblanadi. Chunki harbiy madaniyatning mazmun-mohiyatida intizom, mas’uliyat, burch, sadoqat, hamjihatlik va jamoaviylik kabi umuminsoniy qadriyatlar mujassam bo‘lib, ular yoshlarning ma’naviy kamolotiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi.

Oliy ta’lim muassasalari bosqichida talabalarda tanqidiy fikrlash, mustaqil dunyoqarash va faol fuqarolik pozitsiyasi ma’lum darajada shakllangan bo‘ladi. Shu bois mazkur bosqichda harbiy madaniyatni rivojlantirish jarayoni faqat axloqiy tarbiya bilan chegaralanib qolmay, balki intellektual va falsafiy yondashuvlar asosida ham olib boriladi. Xususan, “Milliy g‘oya”, “O‘zbekiston tarixi”, huquqshunoslik va siyosatshunoslik fanlari orqali davlat va jamiyat xavfsizligi, Vatan himoyasining huquqiy asoslari, tinchlik va barqarorlikning qadri kabi masalalar keng yoritiladi. Talabalarning o‘z tashabbuslari asosida amalga oshiriladigan loyihalar, volontyorlik faoliyati, harbiy qismlardagi amaliyotlar hamda jamoat ishlaridagi ishtiroki ularda harbiy madaniyat mazmunini yanada chuqurroq anglash imkonini yaratadi. “Ta’limning har bir bosqichida harbiy madaniyatning tarkibiy jihatlari mos ravishda va izchil tarbiyalanishi talab etiladi. Maktabda – asos solish, kollejda – mustahkamlash, universitetda – chuqur idrok va faol hayotiy pozitsiya shakllantirish yo‘lida harbiy madaniyatni ta’lim jarayoniga maqsadli integratsiya qilish milliy va ma’naviy barkamollik sari xizmat qiladi”11.

Mazkur fikr bugungi kunda ta’lim tizimi oldida turgan ustuvor vazifalardan biri harbiy madaniyatni yoshlarning dunyoqarashi va hayotiy pozitsiyasining tarkibiy qismiga aylantirish ekanligini ko‘rsatadi. Zamonaviy ta’lim tizimida harbiy madaniyat fundamental bilimlardan boshlab, qat’iy irodaviy tayyorgarlik va yuksak insoniy fazilatlarni 11 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-oktyabrdagi “Oliy harbiylashtirilgan ta’lim muassasalari to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 655-son Qarori // Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi. – URL: https://lex.uz/docs/5688550. shakllantirishgacha bo‘lgan barcha bosqichlarni qamrab oladi. Ushbu jarayon shaxsning professional sifatlarini rivojlantirish bilan bir qatorda, harbiy infratuzilma va mudofaa imkoniyatlaridan samarali foydalanish ko‘nikmalarini ham takomillashtiradi. Mohiyatan, bu individual salohiyat va strategik tafakkurni uyg‘unlashtiruvchi kompleks pedagogik model sifatida namoyon bo‘ladi.

Harbiy madaniyatning shakllanishida ta’lim jarayoni alohida o‘rin tutadi. U harbiy jamoalardagi rasmiy-nizomiy va norasmiy munosabatlar uyg‘unligini ta’minlash, g‘oyaviy va ma’naviy qadriyatlarni yoshlar ongiga singdirish hamda ularni mustahkamlashga xizmat qiladi. Ilmiy qarashlarda harbiy madaniyat ko‘pincha harbiy fanlar bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan, ta’lim-tarbiya jarayonida shakllanib, shaxs ongida barqarorlashadigan bilimlar, qadriyatlar va xulq-atvor me’yorlari majmui sifatida talqin etiladi. Shu sababli harbiy madaniyatni shakllantirish jarayoni faqat ma’lum bir fan yoki mashg‘ulot doirasida emas, balki butun ta’lim muassasasining ma’naviy muhitida namoyon bo‘lishi lozim.

Ilmiy-pedagogik kuzatuvlar va empirik tadqiqotlar natijalari yoshlarni chaqiriqqacha tayyorlashning amaldagi holati zamonaviy professional talablarga, xususan, kompetentlik darajasiga to‘liq mos kelmasligini ko‘rsatmoqda. Xususan, Z.Sh. Alimardonov bo‘lajak ofitserlarning kasbiy shakllanishini ijtimoiy-huquqiy va ma’naviy-axloqiy kompetensiyalar, strategik mobillik, operativ-taktik moslashuvchanlik, emotsional barqarorlik hamda vatanparvarlik fazilatlarining uyg‘unligi orqali izohlaydi. Mazkur yondashuv harbiy madaniyatni qaror toptirishda ta’lim tizimining hal qiluvchi va yetakchi o‘rin tutishini ilmiy jihatdan asoslaydi. Chunki zamonaviy harbiy mutaxassisdan nafaqat maxsus kasbiy bilimlar, balki yuqori darajadagi ma’naviy-axloqiy fazilatlar, kommunikativ salohiyat va strategik fikrlash ham talab etiladi.

Bu jarayonda harbiy madaniyatning ta’lim tizimiga integratsiya qilinishi o‘quvtarbiyaviy muhitni sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqadi. Ta’lim muassasalarida bunday muhitni shakllantirish nafaqat harbiy-tarbiyaviy bilimlarni berish, balki yuksak fuqarolik pozitsiyasiga ega bo‘lgan shaxsni tarbiyalashga qaratilgan tizimli faoliyatni ham taqozo etadi12. “Ta’lim muassasasidagi ichki tartib, formal ma’lumotlar taqdimoti, vaqtga rioya qilish, yoshlarda harbiy intizomni shakllantiradi. Bunda ustozlar namunasi hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi” 13.

Ta’lim muassasalarida ma’naviy-axloqiy muhitni harbiy madaniyat tamoyillari asosida shakllantirish oddiy amaliy mashg‘ulotlar yoki mudofaa yo‘nalishidagi fanlarni o‘qitish bilan cheklanmaydigan murakkab pedagogik jarayon hisoblanadi. Mazkur jarayon ta’lim mazmuni, tarbiyaviy faoliyat, tashkiliy-boshqaruv mexanizmlari hamda ta’lim subyektlari o‘rtasidagi munosabatlar tizimining o‘zaro uyg‘unligini taqozo etadi. Shu bois harbiy madaniyatni qaror toptirish ta’lim muassasasining barcha faoliyat yo‘nalishlarini yagona 12 "Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 140-son Qaror. O‘zbekiston Respublikasi VM. 23.02.2018-yil. // “Vatanparvar” gazetasi. – 2018. – 2 mart. – № 9 (2760). 13 Mamarasulov B. Yoshlarda mas’uliyat tuyg‘usini shakllantirishda tartib va intizomning o‘rni. – Samarqand: Ilm-ziyo, 2020. maqsad – Vatanga sadoqatli, ma’naviy yetuk va mas’uliyatli shaxsni tarbiyalash g‘oyasi atrofida birlashtirishni talab qiladi.

Birinchidan, o‘quv dasturlarining mazmun-mohiyatini takomillashtirish va ularga harbiy-vatanparvarlik g‘oyalarini izchil integratsiya qilish muhim ahamiyatga ega. Xususan, Chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik fanlari bilan bir qatorda tarix, adabiyot, falsafa va huquq kabi ijtimoiy-gumanitar fanlar mazmunida milliy qahramonlar merosi, Vatan himoyasi g‘oyalari hamda harbiy xizmatning ijtimoiy ahamiyatini yoritish yoshlarning ma’naviy-axloqiy dunyoqarashini boyitadi. Shu bilan birga, jismoniy tayyorgarlik va mudofaa asoslari mashg‘ulotlari orqali ularda intizom, iroda, matonat va amaliy tayyorgarlik kabi sifatlar shakllantiriladi.

Ikkinchidan, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarning tarbiyaviy salohiyatidan samarali foydalanish lozim. Vatan himoyachilari kuni, xotira va qadrlash tadbirlari, harbiy qismlarga ekskursiyalar, faxriy harbiylar va soha mutaxassislari bilan uchrashuvlar yoshlarning tarixiy xotirasini mustahkamlash, ularda kasbiy sadoqat va fuqarolik mas’uliyatini rivojlantirishga xizmat qiladi. Bunday interfaol tadbirlar nazariy bilimlarni real hayotiy tajriba bilan bog‘lash imkonini yaratadi.

Uchinchidan, ta’lim muassasasida sog‘lom ijtimoiy-psixologik muhitni qaror toptirish zarur. Ichki tartib-qoidalarga rioya etish, mas’uliyatning aniq taqsimlanishi va o‘zini o‘zi boshqarish elementlarining mavjudligi yoshlarda harbiy intizom va tashabbuskorlik sifatlarini rivojlantiradi. Ayniqsa, pedagoglarning shaxsiy namunasi, ularning kasbiy mas’uliyati va fuqarolik pozitsiyasi tarbiyaviy ta’sirning eng samarali vositalaridan biri

To‘rtinchidan, ta’lim muassasalarining moddiy-texnik bazasi ham harbiy madaniyatni shakllantirishning muhim omillaridan biridir. “Vatan himoyachilari burchagi”, “Shon-shuhrat kutubxonasi”, harbiy texnika maketlari, elektron resurslar va multimedia vositalari asosida yaratilgan ta’lim muhiti yoshlarning qiziqishini oshirish bilan birga nazariy bilimlarni amaliy faoliyat bilan bog‘lash imkonini beradi. Shu bilan birga, ota-onalar va jamoatchilik institutlari bilan hamkorlikni rivojlantirish tarbiyaviy ishlarning samaradorligini yanada kuchaytiradi. Bu borada “Ota-onalarni vatanparvarlik tarbiyasiga jalb etish, mahallalardagi faollar bilan hamkorlikda harbiy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazish ta’lim muassasasida olinayotgan tarbiyani hayotda mustahkamlashga xizmat qiladi”14.

Beshinchidan, axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish orqali harbiy madaniyatni shakllantirish zamonaviy pedagogikaning muhim yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Onlayn seminarlar, virtual ekskursiyalar, vatanparvarlik mavzusidagi videomateriallar, mobil ilovalar va interaktiv platformalar yoshlarning harbiy sohaga oid bilimlarini kengaytirish hamda ularning mustaqil ta’lim olish imkoniyatlarini oshirishga xizmat qiladi. 14 Bekmurodov S. “Oila va ta’lim muassasasi hamkorligida vatanparvarlik tarbiyasi”//“Pedagogika” jurnali, 2023, №2.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 8-noyabrdagi “Ta’lim muassasalarida chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlikni tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 591-son qarori mamlakatimizda yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularni Vatan himoyasiga doimo shay turishga hamda harbiy xizmatni o‘tashga tayyorlash ishlarini yanada takomillashtirish maqsadida qabul qilingan15. Mazkur hujjat harbiy madaniyatni shakllantirishning pedagogik asoslarini mustahkamlash bilan birga, yoshlarni chaqiriqqacha tayyorlash tizimining samaradorligini oshirishga qaratilgan vazifalarni ham belgilab beradi. Shu bilan birga, “Chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik” fani bo‘yicha Milliy o‘quv dasturida o‘quvchilarda harbiy qasamyodning mazmun-mohiyatini anglash, harbiy ish asoslari, zarur harbiy bilim va amaliy ko‘nikmalarni egallash, harbiy chiniqish, ruhiy barqarorlik, fuqaro muhofazasi hamda tibbiy bilim asoslarini o‘zlashtirish va ularni amaliyotda qo‘llay olish layoqatini shakllantirish ko‘zda tutilgan16.

Umumiy o‘rta ta’lim tizimida esa o‘quvchilarda fanga oid kompetensiyalar bilan bir qatorda tayanch kompetensiyalarni rivojlantirish ustuvor vazifa sifatida belgilangan. Xususan, kommunikativ kompetensiya, axborot bilan ishlash kompetensiyasi, o‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi hamda ijtimoiy-emotsional va fuqarolik kompetensiyalarini shakllantirish orqali yoshlarda Vatanga muhabbat, huquqiy madaniyat, mustaqil fikrlash, mas’uliyat va fuqarolik burchini anglash kabi fazilatlar rivojlantiriladi. Mazkur kompetensiyalar harbiy madaniyatning asosiy tarkibiy qismlaridan biri bo‘lib, yoshlarning Vatan oldidagi burchini ongli ravishda ado etishga tayyor bo‘lib kamol topishiga xizmat qiladi. O‘z navbatida, bu holat zamonaviy ta’lim tizimi zimmasiga intellektual salohiyati yuqori, strategik fikrlay oladigan, tahliliy yondashuvga ega va kasbiy jihatdan yetuk kadrlarni tayyorlashdek muhim vazifani yuklaydi.

Empirik izlanishlar shundan dalolat beradiki, harbiy ta’lim tizimidagi fan dasturlari hamda ishchi o‘quv dasturlarining samarali tatbiq etilishi yoshlarda kelgusida o‘zlari tanlagan kasbiy kompetensiyalarni muvaffaqiyatli egallashda muhim ahamiyat kasb etadi. Shu nuqtai nazardan, “Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash ishlari samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”17gi Hukumat qarori asosida 2023– 2027-yillarda yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash ishlari samaradorligini oshirish konsepsiyasi hamda uni amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” ishlab chiqilgan. Konsepsiyada nazarda tutilgan tadbirlar yoshlarning psixologik, ijtimoiy va ma’naviy rivojlanish xususiyatlarini inobatga olgan holda besh bosqichda amalga oshiriladi: 1- bosqich (3–7 yosh), 2-bosqich (7–10 yosh), 3-bosqich (11–17 yosh), 4-bosqich (18–21 yosh) hamda 5-bosqich (22–30 yosh). 15 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 8-noyabrdagi “Ta’lim muassasalarida chaqiriqqa qadar boshlang‘ich tayyorgarlikni tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 591-son Qarori // Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi. 16 O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi Chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik fanining milliy dasturi. www.uzedu.uz. – B 6. 17 Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash ishlari samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasining 2023- yil 29-iyundagi 267-son qarori. https://lex.uz/docs/-6518238?ondate=16.01.2024.

Mazkur qarorga muvofiq, yoshlar o‘rtasida vatanparvarlik tuyg‘ularini mustahkamlash, ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash va harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida qator amaliy tadbirlar yo‘lga qo‘yilgan. Jumladan, mahallalardagi kam ta’minlangan va ehtiyojmand oilalar farzandlarini qo‘llab-quvvatlash uchun “Ezgu amal” sahovat karvonlari, “Amir Temur izdoshlari”, “Jaloliddin Manguberdi vorislari” harbiysport musobaqalari hamda yoshlar o‘rtasida to‘rt bosqichli (mahalla–tuman–viloyat– respublika) “Shunqorlar” va “Vatanparvarlar” harbiy-sport musobaqalari muntazam ravishda tashkil etilib kelinmoqda18.

Harbiy madaniyatni shakllantirishga yo‘naltirilgan o‘quv jarayonining tarkibiy asosini strategik yo‘naltirilganlik, professional ixtisoslashuv va amaliy natijadorlik kabi mezonlar tashkil etadi. Ushbu jarayon jismoniy intizom, samarali kommunikativ aloqa vositalari, muloqot strategiyalari hamda jamoaviy hamkorlik tamoyillari bilan uzviy bog‘liqdir. Xususan, chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlikning asosiy maqsadi yoshlarni harbiy xizmatga tayyorlash, ularda kasbiy mahorat va mas’uliyat hissini shakllantirish hamda Vatan himoyasiga tayyorlik darajasini oshirishdan iboratdir.

Harbiy ta’lim tizimida nazariy bilimlar bilan bir qatorda amaliy ko‘nikmalarni rivojlantirishga ham alohida e’tibor qaratiladi. Chunki harbiy madaniyatning asosiy komponentlari amaliy faoliyat jarayonida shakllanadigan ko‘nikma va malakalar majmuasidan iboratdir. Shuningdek, intizom va tartib harbiy madaniyatning eng muhim atributlaridan biri hisoblanadi. Shu sababli pedagogik muloqot ta’lim jarayonini tashkil etish omili sifatida an’anaviy (o‘quv-intizomiy) hamda shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim modellari uyg‘unligida amalga oshiriladi. “Olimlarning fikricha, inson faoliyati davomida eng zarur bo‘lgan kompetensiyalar ichida kommunikativ kompetensiya alohida ahamiyat kasb etib, u boshqa kasbiy kompetensiyalarni egallash uchun ham xizmat qiladi. Umuman olganda, ta’lim va tarbiya sohasida bugungi kunda keng joriy qilinayotgan kompetensiyaviy yondashuv ushbu jarayonning samarali natijasini ta’minlash uchun xizmat qiladi” 19.

Shu bilan birga, pedagogik muloqot jarayonida pand-nasihat, tushuntirish, talab qo‘yish, rag‘batlantirish, ogohlantirish va nazorat kabi turli ta’sir vositalaridan foydalaniladi. Mazkur vositalarning ijobiy yoki salbiy shaklda qo‘llanishi ta’lim jarayoni samaradorligiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Ayniqsa, mustaqil bilim olish ko‘nikmalarini shakllantirishga xizmat qiluvchi konstruktiv muloqot shakllari yoshlarning shaxsiy va kasbiy rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etadi. Jamoaviylik tamoyiliga ko‘ra, harbiy xizmatchilar va yoshlar o‘zaro hamkorlik qilishni, jamoa manfaatlarini shaxsiy manfaatlardan ustun qo‘yishni hamda jamoaviy ruh asosida faoliyat yuritishni o‘rganadilar. Hamkorlik pedagogikasida talaba va o‘qituvchi o‘rtasidagi o‘zaro munosabat muloqot samaradorligini ta’minlashning asosiy omili hisoblanadi. Pedagogik hamkorlik umumiy maqsad, o‘zaro ishonch va mazkur maqsadga erishish istiqbollarini anglashga asoslanadi. 18 “Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash konsepsiya”// Vatanparvar gazetasi № 9 (2760) – son, 2.03.2018; 2023 — 2027-yillarda yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash ishlari samaradorligini oshirish. Yo‘l xarita. https: https://lex.uz/docs/-6518238. 19 Nurmanov A.T., Turganov Yo. Pedagogik mahorat. – Toshkent.: "Zebo print", 2022. - B 5.

Xulosa qilib aytganda, harbiy madaniyatni shakllantirish yoshlarning ongida Vatanga sadoqat, fuqarolik burchi, milliy xavfsizlik masalalariga daxldorlik hissi hamda qonunlarga hurmat tuyg‘usini qaror toptirishga xizmat qiladi. Bunday fazilatlar ma’naviy barkamol, ijtimoiy faol va mas’uliyatli fuqarolarni tarbiyalashning muhim omili hisoblanadi. Harbiy madaniyat o‘z mohiyatiga ko‘ra faqat harbiy sohaga oid bilim va ko‘nikmalar majmui emas, balki vatanparvarlik, fidoyilik, intizom, mas’uliyat va jamoaviylik kabi qadriyatlarni o‘zida mujassam etgan murakkab ijtimoiy-pedagogik tizimdir. Shu sababli uni shakllantirish ta’limning barcha bosqichlarida izchil va uzviy ravishda amalga oshirilishi zarur.

ADABIYOTLAR RO‘YXATI | СПИСОК ЛИТЕРАТУРЫ | REFERENCES

1. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. – Т.: O‘zbekiston, 2023. URL: 2. Mirziyoyev Sh.M. Yangi O‘zbekiston strategiyasi. – Toshkent: O‘zbekiston, 2021. – 387 b. 3. Mirziyoyev Sh.M. Bir bo‘lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz. Т.8. – T.: O‘zbekiston, 2024. – B 247. 4. Mirziyoev Sh.M. Xalqchil islohotlar xalqimiz manfaatlariga xizmat qiladi. T.7. – T.:O‘zbekiston, 2023. –B.251-252. 5. Кун Т. Структура научных революций. М.: “АСТ”, 2020. – С. 89. 6. Samadov A.A. O‘zgaruvchan ta’lim paradigmasi sharoitida harbiy ta’lim o‘qituvchisining kasbiy mahoratini takomillashtirish mazmuni.//Ta’lim va innovatsion tadqiqotlar. 2022 yil № 12. – B 121. 7. Корытков В.А. Система подготовки к военной службе современной молодежи в государствах - членах НАТО. – Белоруссия: БелГУ, Научные ведомости / С: Гуманитарные науки. 2019. Том 38, № 1. - С.155-160. 8. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 18-yanvardagi “O‘zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosatini 2025-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 23-sonli qarori // https://lex.uz/docs/5234746 9. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 23-fevraldagi «Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida»gi 140-son Qarori // «Vatanparvar» gazetasi. – 2018. – 2 mart. – № 9 (2760). 10. Salimov A.A. Ta’lim sohasida inson taraqqiyoti konsepsiyasining asosiy yo‘nalishlari: iqt. fan. bo‘yicha fal. dok. (PhD) diss. avtoref. – Samarqand, 2019. – 13 b. 11. Рукавицын И.М., Алехин И.А., Саханский Н.Б. Альбом схем по истории военной педагогики. М., 1997. 12. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-oktyabrdagi “Oliy harbiylashtirilgan ta’lim muassasalari to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 655-son Qarori // Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi. – URL: https://lex.uz/docs/5688550. 13. "Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 140-son Qaror. O‘zbekiston Respublikasi VM. 23.02.2018-yil. // “Vatanparvar” gazetasi. – 2018. – 2 mart. – № 9 (2760). 14. Mamarasulov B. Yoshlarda mas’uliyat tuyg‘usini shakllantirishda tartib va intizomning o‘rni. – Samarqand: Ilm-ziyo, 2020. 15. Bekmurodov S. “Oila va ta’lim muassasasi hamkorligida vatanparvarlik tarbiyasi”//“Pedagogika” jurnali, 2023, №2. 16. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 8-noyabrdagi “Ta’lim muassasalarida chaqiriqqa qadar boshlang‘ich tayyorgarlikni tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 591-son Qarori // Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi. https://lex.uz/docs/6656753. 17. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi Chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik fanining milliy dasturi. www.uzedu.uz. – B 6. 18. Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash ishlari samaradorligini oshirish choratadbirlari toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 29-iyundagi 267-son qarori. 19. “Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash konsepsiya”// Vatanparvar gazetasi № 9 (2760) – son, 2.03.2018; 2023 — 2027-yillarda yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash ishlari samaradorligini oshirish. Yo‘l xarita. https: https://lex.uz/docs/-6518238. 20. Nurmanov A.T., Turganov Yo. Pedagogik mahorat. – Toshkent.: "Zebo print", 2022. - B 5.

Matn PDFdan avtomatik ajratib olingan va xatoliklar bo'lishi mumkin.