ResearcherUz LogoResearcherUz
Jurnalni ko'rish

HARBIY TA’LIM JARAYONIDA HARBIY XIZMATCHILARDA KOMPETENTLIK SIFATLARINI SHAKLLANTIRISHNING AHAMIYATI

Annotatsiya

Ushbu maqola etuk va kompetentli harbiy xizmatchi shaxsini shakllantirishga yo‘naltirilgan bo‘lib, harbiy xizmatchilarning jismoniy, ruhiy va kasbiy jihatdan tayyorgarliklari yukori darajada bo‘lishini ta’minlashga qaratilgan


To'liq PDF hujjat

O'xshash maqolalar

Maqola matni

KOMPETENTLIK SIFATLARINI SHAKLLANTIRISHNING AHAMIYATI

Yadgarov Jamshid Narzievich

O‘R QK Kichik mutaxassislar tayyorlash

markazi boshlig‘ining o‘quv-uslubiy ishlar

bo‘yicha o‘rinbosari podpolkovnik

Annotatsiya: Ushbu maqola etuk va kompetentli harbiy xizmatchi shaxsini shakllantirishga yo‘naltirilgan bo‘lib, harbiy xizmatchilarning jismoniy, ruhiy va kasbiy jihatdan tayyorgarliklari yukori darajada bo‘lishini ta’minlashga qaratilgan.

Kalit so‘zlar: Kompetentlik, kreativ, innovatsion, kommunikativ, professional, axloqiy barkamol, mehribon, talabchan, ma’naviy pok, qanoatli, rostgo‘y, sadoqatli, pokiza, ziyrak, andishali, vazmin, sabr-bardoshli.

Annotation: The article focuses on the formation of a mature and competent serviceman who provides a high level of physical, mental and professional training of servicemen.

Key words: Competence, creative, innovative, communicative, professional, morally competent, king, demanding, spiritually pure, contented, honest, intelligent, thoughtful, calm, patient.

Annotatsiya: В данном стате основное внимание уделяется формированию зрелого и компететного военнослужащего, обспечивающего высокой уровен физической, умственной и профессионалной подготовки военнослужащих.

Ключевые слова: Компетентност, творческий, новаторский, коммуникативный, профессионалный, морално громадный, добрый, требователный, духовно чистый, доволный, честный, лоялный, чистый, умный, вдумчивый, спокойный, терпеливый.

Shu o‘rinda ta’kidlash joizki, O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti Sh.M.Mirziyoev aytganidek: “Hech qachon unutmaylik, go‘zal va betakror O‘zbekiston barchamizniki ekan, uning taqdiri va kelajagi uchun barchamiz mas’ulmiz”.

Bu borada shaxsning muayyan ta’lim yunalishi yoki mutaxassisligi bo‘yicha olgan bilim, malaka va ko‘nikmalari hamda shakllangan shaxsiy xislatlarini mehnat faoliyatida muvaffaqiyatli qo‘llay olishi uning kompetentligini namoyon etadi.

Kasbiy kompetentlik kasbiy bilimlar, ko‘nikmalar yig‘indisi, shuningdek, kasbiy faoliyatni amalga oshirish usullari bo‘lib, ular -ijtimoiy, maxsus, psixologik, metodik, informatsion kreativ, innovatsion, kommunikativ, shaxsiy, texnologik va autokompetentlik yo‘nalishida o‘ziga xos ta’sir kuchiga egadir.

Kompetentlik harbiy xizmatchilarning shaxsiy va ijtimoiy ahamiyatga ega kasbiy faoliyatlarini amalga oshirish uchun zarur bulgan bilim, ko‘nikma va malakalarning egallanishi hamda ularni kasbiy faoliyatda qo‘llay olishi bilan ifodalanadi.

Pedagogik faoliyat jarayonida, ta’lim oluvchilar tegishli bilim, ko‘nikma va malakalarga ega bo‘ladilar. Shu bilan bir vaqtda ularning tafakkuri rivojlanadi, irodasi va xarakteri chiniqadi, jangovar vaziyatlarda harakat qilish uchun ruhiy tayyorgarligi shakllanadi. Bu esa o‘z navbatida keng tajribalardan unumli foydalanish va ilg‘or texnologiyalarni qo‘llash, zamon talablari asosida, harbiyxizmatchilarning o‘z professional, nazariy va amaliy bilimlarini uzluksiz oshirib borishi, kasbiy kompetentligini shakllantirish qoidalarini nazarda tutadi. Kasbiy kompetentlik harbiy xizmatchilarning kasbiy faoliyatini tashkil etish jarayonida hayotiy ko‘nikmalarni egallashlariga ham imkon beradi.

Harbiy xizmatchilar kasbiy faoliyati davomida quyidagilarni uddalay olishlari lozim:

- nazariy va amaliy bilimlarini uzluksiz oshirib borishi, o‘zining dunyoqarashi, bilim va tajribasini doimiy ravishda kengaytirib, yangi bilimlarni o‘zlashtirishi, axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanib, yangi axborotlarni olish, ilg‘or tajribalarni o‘rganishi;

- xizmat burchini bajarishga vijdonan yondashib, vatanga sidqidildan xizmat qilish, moddiy va ma’naviy boyliklarni asrab-avaylash, milliy qadriyatlarga hurmat bilan munosobatda bo‘lish;

- yuksak ma’naviy-axloqiy fazilatlar, kasbiy malaka, mantikiy fikrlash qobiliyatiga ega bo‘lish, sezgirlik, ziyraklik, kuzatuvchanlik, bilish bilan bog‘liq intellektual salohiyat va ijtimoiy faollikni rivojlantirish;

- keng bilim va yuksak professional mahoratga ega harbiy xizmatchi bo‘lish, o‘zi mustaqil ravishda favqulodda va har qanday keskin sharoitlarda ham nostandart qarorlar qabul qila olishi;

- o‘z kasbiy bilimdonligini doimiy tarzda oshirib borib, harbiy san’atni o‘rganishi, mustakil tarzda harbiy qurilish, harbiy taktika va strategiya, harbiy boshqaruv va kasb odobiga oid ilmiy adabiyot va ommaviy nashrlardan foydalanish asosida yuksak dunyoqarashga ega bo‘lishi;

- umumharbiy nizomlarga ko‘ra, xizmat munosabatlarida xushmuomalalikka amal qilib, harbiy burch va majburiyatlarni bajarish, jamoat joylarida o‘zini munosib tutishi, shaxsiy xulq-atvorini nazorat qilib borishi;

- xorijiy tillarni yaxshi o‘zlashtirish, xorijiy tilda turli janrdagi (teleko‘rsatuv, radio eshittirish, e’lonlar, yangiliklar va h.k.) audio va video matnlarni eshitib, asosiy ma’nosini tushunib muhokama qila olishi, har qanday og‘zaki nutqni tinglab tushunishi;

- ruhan tetik va jismonan bardam, xushyor, doimo ogoh bo‘lish, irodasini chiniqtirib borishi, og‘ir damlarda sabr-bardoshli bo‘lish, xizmat va kasb sirlarini saqlash;

- kasbiy faoliyatning jarayon, hodisalarini tahlil etishga imkon beruvchi fikr qaror qabul qilishi;

YUkorida aytilgan mulohazalardan kelib chiqqan holda, kasbiy kompetentlikni shakllantirishda harbiy ta’lim jarayonini ham mazmunan, ham shaklan o‘zgartirish, bunda ta’lim oluvchilarga faqat ma’lum bir kompetensiyalar bo‘yicha bilim berish emas, balki harbiy ta’lim jarayoni davomida faoliyat olib borishni ta’minlash nazarda tutiladi.

Fan va texnikaning rivojlanishi, Qurolli kuchlarning zamonaviy va murakkab jangovar texnika, qurol-yarog‘lar bilan ta’minlanishi, yangi ta’lim texnologiyalarining yaratilishi va boshqa shu kabi hozirgi zamonga xos o‘zgarishlar ta’lim jarayonini tashkil etishga nisbatan tobora yangi talablar qo‘ymokda. Bu esa o‘z navbatida kasbiy kompetentlikni rivojlantirishni talab qiladi.

Harbiy ta’lim tizimi samaradorligini oshirishda kasbiy ta’lim yo‘nalishlarini to‘g‘ri belgilash, loyihalashtirish va joriy etishni samarali amalga oshirish, ta’limning moddiy-texnikaviy bazasini mustahkamlash, ta’lim muassasalarini yuqori malakali pedagog va muxandis-pedagog xodimlar bilan ta’minlash, ta’lim muassasalari va mehnat bozori o‘rtasida uzviylikni ta’minlash, ta’lim-tarbiya tizimida yangicha ilmiyuslubiy yondashuvlarning kiritilishiga jiddiy e’tibor berish talab etiladi.

Harbiy xizmatchi - axloqiy barkamol, mehribon, talabchan, ma’naviy pok, qanoatli, rostgo‘y, sadoqatli, pokiza, ziyrak, andishali, vazmin, sabr-bardoshli, muloyimlik kabi o‘zining shaxsiy fazilatlariga ega bo‘lishi kerak. SHuningdek,o‘z sohasining puxta bilimdoni bo‘lib, hunar sirlarini puxta o‘rganishi, o‘z ehtiyojlari va yutuq-kamchiliklarini idrok eta olishi, nutq madaniyatiga egallashi asosida barchaga har jihatdan shaxsiy namuna va ibratli bo‘lishi muhim ahamiyatga egadir.

Harbiy xizmatchining bilimlar quvvati uning o‘z-o‘zini rivojlantirish unsuri bo‘lib, mustaqil izlanish, ijodiy faoliyatini tashkil etish va yangilik yaratishini ta’minlaydi. Bu borada samarali natijaga erishish uchun quyidagi jihatlarga jiddiy etibor berish lozim:

-harbiy xizmatchining yuqori darajadagi madaniyat, bilim va aql-zakovatning yuksak ko‘rsatkichiga ega bo‘lishi;

-o‘z faniga doir bilimlarning mukammal sohibiga aylanishi;

-kasbga oid bilimlarni boshqa fanlar bilan aloqadorlikda mukammal bilishi ayniqsa, pedagogik va psixologik bilimlarni puxta egallab, ulardan kasbiy faoliyatida foydalana olishi;

-kreativ qobiliyatga ega bo‘lishi va harbiy texnika sirlarini puxta egallashi;

-ta’lim-tarbiya jarayoniga ongli yondashgan holda harbiy mahorati, nutq va muomala madaniyati, yuksak xulq-atvorining rivojlanishiga jiddiy e’tibor berishi, ma’naviy jihatdan sog‘lom va keng fikrlay olishi;

-o‘z milliy qadriyatlari, urf-odatlari va millatimizning buyuk siymolari ijodiy merosini o‘zlashtirishi,o‘zi tanlagan mutaxassislik va fan sohasida izlanishlar olib borgan allomalarning hayoti va ijodini teran va yaxshi bilishi hamda mantiqiy tafakkurga ega bo‘lishi;

-kasbiy faoliyatda mas’uliyatli bo‘lish, jamiyat ijtimoiy hayotida ro‘y berayotgan o‘zgarishlar, olib borilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar mohiyatini chuqur anglab etishi va ularga xolisona baho bera olishi,

-ilm-fan, texnika va axborot-kommunikatsion texnologiyalarining yangiliklari va yutuqlaridan xabardor bo‘lib, o‘z mutaxassisligi bo‘yicha chuqur va puxta bilimga ega bo‘lishi, barcha fanlar integratsiyasini o‘zlashtirib, bunda o‘z ustida mustaqil ishlay olishi, tinimsiz ilmiy izlanishlar olib borishi;

-o‘ziga xos kiyinish madaniyatiga ega bo‘lishi ya’ni ozoda, bejirim kiyinishi, mulohazali, bosiq bo‘lishi, har qanday vaziyatni to‘g‘ri baholashi hamda mustaqil ravishda mavjud ziddiyatlarni bartaraf etishning uddasidan chiqa olishi;

-ota-onalar hamda hamkasblari bilan muloqot jarayonida fikrining aniq va lunda bayon etilishiga ahamiyat qaratishi, suhbatdoshiga nisbatan xayrixohlik, samimiylik, do‘stona munosabat, yaxshi kayfiyatda bo‘lishi;

-ta’lim jarayonini loyihalashdafaoliyatli yondashuv, o‘zaro tenglik, modullilik, tizimli kvantlash, qiziqtirish, muammolilik, xatoliklarga tayanish, ta’lim vaqtini tejash, texnologik, uzviylik, refleksivlik, natijaviylik, ko‘p omillilik, o‘quv-tarbiya jarayonining shaffofligi va o‘z-o‘zini boshqarish asosida rivojlanish kabi zamonaviy tamoyillardan foydalanish;

-kasbiy kompetentlikni rivojlantirishda muntazamlilik, masalaga yangicha yondashish, konseptual bilimlarning tizimli va ilmiy mohiyatini oshirish, kelajakni ko‘ra olish, bashorat qilishda etakchilik qilish, innovatsion faoliyatni intensivlashtirish, ta’lim muhitida o‘zgaruvchanlik, dinamiklik, uzluksizlik, moslashuvchanlik hamda o‘qish va o‘rganishning yangi usullaridan foydalanish kabi tamoyillarni keng qo‘llash;

Abdulla Avloniyning ta’kidlashicha, “Vatan tuyg‘usi eng insoniy, eng mo‘‘tabar tuyg‘ulardan biri. Vatanni shunchaki sevish mumkin emas. Uning dardi bilan yashamoq, uning baxtidan quvonmoq, u bilan faxrlanish kerak. Vatan onadek muqaddas.” .

Xulosa o‘rnida aytish mumkinki, bu kabi vazifalarning so‘zsiz bajarilishi esa mamlakatimizda adolatli demokratik jamiyatni barpo etishga o‘zining beqiyos hissasini qo‘shadi. Har bir shaxsning kompetentligini rivojlantirish jarayoni individual bo‘lib, o‘ziga xos xususiyatga egadir. Kompetensiyaviylik keng tushuncha sifatida ongli anglagan holda xarbiy xizmatchilarning o‘z professional, kasbiy vazifalarini bajarishga bo‘lgan nazariy va amaliy tayyorligini kuchaytirish hamda vatanparvarlik tuyg‘usini oshirishda innovatsion faoliyatning imkoniyatlaridan samarali foydalanish, eng muhimi komil insonga xos xususiyatlarini hamda axloqiy-ma’naviy fazilatlarini tarbiyalash muhim ahamitga egadir.

Foydalanilgan adabiyotlar

1.O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning “O‘qituvchi va murabbiylar kuni”ga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqi.30 sentyabr 2020 yil.

2.Satib-Aldiev A. Muloqotni tashkil etishning psixologik-pedagogik artlari. O‘quv- metodik qo‘llanma. – T.: TOUQBYU, 2012.

3.Satib-Aldiev A. Ofitser-o‘qituvchining pedagogik mahorati [Matn]: darslik/ – T.: O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Akademiyasi, 2019.

4.Etiketning oltin kitobi. – T.: Yangi asr avlodi, 2013.

5. “Interfaol usullar” “Xalq ta’limi” jurnali Toshkent – 2008

yil. № 3

6.“Ta’limda interfaol usullardan foydalanish”, Boshlang‘ich ta’lim jurnali 2009

y., № 2.

Matn PDFdan avtomatik ajratib olingan va xatoliklar bo'lishi mumkin.