ResearcherUz LogoResearcherUz
Jurnalni ko'rish

IJTIMOIY NIZOLAR: SABABLARI VA TA’SIRLARI

Annotatsiya

Maqolada ijtimoiy ziddiyatni keltirib chiqaruvchi hodisalar, sabablar va ularning oqibatlari ijtimoiy-siyosiy nuqtai nazardan tahlil qilindi. Bugun 21-asr insoniyat oldiga, siyosiy tuzilmalar oldiga, siyosiy va ijtimoiy guruhlar oldiga mavjud dunyoviy va diniy tartiblarga rioya qilib yashash kabi talablarni qo‘ymoqda. Biz aynan maqolani yozish jarayonida ushbu muammolarni atroflicha o‘rganib, mavjud muammolarni yechimini yechishga doir ilmiy-nazariy fikr-mulohazalarni hamda taklif va tavsiyalarni bayon qilishga harakat qildik


To'liq PDF hujjat

O'xshash maqolalar

Maqola matni

--⊱⊱ 238 ⊰⊰--

IJTIMOIY NIZOLAR: SABABLARI VA TA’SIRLARI

Toshev Olmas Nuriddinovich

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi

Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar

instituti mustaqil tadqiqotchisi

Annotatsiya: Maqolada ijtimoiy ziddiyatni keltirib chiqaruvchi hodisalar, sabablar va ularning oqibatlari ijtimoiy-siyosiy nuqtai nazardan tahlil qilindi. Bugun 21-asr insoniyat oldiga, siyosiy tuzilmalar oldiga, siyosiy va ijtimoiy guruhlar oldiga mavjud dunyoviy va diniy tartiblarga rioya qilib yashash kabi talablarni qo‘ymoqda. Biz aynan maqolani yozish jarayonida ushbu muammolarni atroflicha o‘rganib, mavjud muammolarni yechimini yechishga doir ilmiy-nazariy fikrmulohazalarni hamda taklif va tavsiyalarni bayon qilishga harakat qildik.

Kalit so’zlar: Yangi O‘zbekiston, siyosat, korrupsiya, konflikt, ijtimoiy ziddiyat, ochiq jamiyat, yopiq jamiyat, globallashuv, elita, tizim, jamiyat.

Аннотatsiя: В статье с социально-политической точки зрения проанализированы события, вызывающие социальный конфликт, причины и их последствия. Сегодня XXI век предъявляет требования к человечеству, политическим структурам, политическим и социальным группам, например, жить в соответствии с существующими светскими и религиозными порядками. В процессе написания статьи мы тщательно изучили эти проблемы и постарались представить научно-теоретические мнения, а также предложения и рекомендatsiи по решению существующих проблем.

Ключевые слова: Новый Узбекистан, политика, коррупция, конфликт, социальный конфликт, открытое общество, закрытое общество, глобализatsiя, элита, система, общество.

Annatation: The article analyzes the events causing social conflict, its causes and their consequences from a socio-political point of view. Today, the 21st century places demands on humanity, political structures, political and social groups, for example, to live in accordance with existing secular and religious orders. In the process of writing the article, we carefully studied these problems and tried to present scientific and theoretical opinions, as well as proposals and recommendations for solving existing problems.

Key words: New Uzbekistan, politics, corruption, conflict, social conflict, open society, closed society, globalization, elite, system, society.

Yangi O‘zbekistonda tizimli o‘zgarishlar tufayli ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy islohotlar ustuvorliklarni tubdan qayta ko‘rib chiqish va ijtimoiy rivojlanishning yangi paradigmalarini belgilashni talab qildi. Jamiyat taraqqiyoti uchun bunday o‘zgarishlar har doim mamlakat aholisining ko‘pchiligi uchun iqtisodiy, ijtimoiy va psixologik ziddiyatlar bilan birga keladi. Siyosiy elita, tizim, huquqiy institutlarning bu o‘zgarishlar jarayonidagi xatti-harakatlari albatta ommaning siyosiyhuquqiy ongini o‘zgartirmoqda. Chunki ommaning ongi zamonaviy jamiyat talablariga hamohang ravishda progressiv taraqqiy etib borsagina jamiyat barqarorlik sari intiladi.

2016 yildan zamonaviy O‘zbek jamiyatida ijtimoiy islohotlarni bozor iqtisodiyotining demokratik normalariga amal qilgan holda siyosiy tizim, siyosiy elitani korrupsiya, qarindoshurug‘chilik asosidagi manafaatlarini tiyib turuvchi “ogohlik qo‘ng‘irog‘i” Yangi O‘zbekiston rahbari tomonidan bong urildi.

--⊱⊱ 239 ⊰⊰--

Albatta davlat va jamiyatning bozor munosabatlariga o‘tishi ijtimoiy tabaqalanish jarayonini muqarrar ravishda chuqurlashishini, davlat va ijro organlari tizimida korrupsiya, o‘g‘irlikning misli ko‘rilmagan darajada o‘sishiga olib kelishiga imkoniyat yaratilishi bilan birga huquqiy ong va siyosiy madaniyat fazilatlarini ham shakllantiradi. Bu esa huquqiy nigilizm, siyosatning sakrashuvi, ijtimoiy, milliy va boshqa qarama-qarshiliklarning kuchayishini jadallashtirishi mumkin.

Hammamizga ma’lumki, jamiyatning ijtimoiy o‘zgarishi davrlari ziddiyatlarning keskinlashuvi va kengayish bosqichlari hisoblanadi. Eski tizimdagi ayrim ijtimoiy-siyosiy institutlarning yemirilishi, yangi tizimdagi yangilarining vujudga kelishi, ularning bir-birini istisno qiluvchi shakllarining vaqtinchalik birga yashash davrlari konfliktli vaziyatlarning paydo bo‘lishi bilan birga bog‘lashi mumkin emas. Negaki, oldingi jamiyatdagi siyosiy tizimda faoliyat yuritgan elita yangi jamiyat an’analari va qadriyatlarini tan olishi, omma dunyoqarashini o‘zgarganligi endi bunday yopiq jamiyatda yashab hayot kechirib bo‘lmasligini taqozo qiladi. Bundan tashqari, bozor iqtisodiyoti turli tuzilmalar, ijtimoiy va individual farqlarning mavjudligini nazarda tutadi, ular o‘zaro muvofiqlashtirish va bir-biri bilan bog‘liqlikni talab qiladi. Ochiq jamiyat istemolchilarining ongi, dunyoqarshi qancha erkin bo‘lsa bozor talablari va qonuniyatlari shuncha tez shakllanadi. Bunday jamiyatdagi ijtimoiy qatlamlar o‘rtasida, ijtimoiy guruhlar o‘rtasida ziddiyatli munosabatlarga o‘rin qolmaydi.

Sakkiz yil oddingi O‘zbekiston yopiq jamiyatdan ochiq jamiyatga o‘tish undagi ziddiyatlarning muqarrarligi va tabiiyligini tan olish bilan birga keldi. Ochiq jamiyat uchun konflikt ijtimoiy-siyosiy munosabatlarda me’yorni, milliy va mintaqaviy darajadagi siyosiy sub’ektlarning rivojlanishini va o‘zgarish jarayonining ajralmas atributidir.

Ijtimoiy hayotdan real hayotdagi qarama-qarshiliklarni yopiq qilib bo‘lmaydi va bunga intilishning hojati yo‘q. Ular hamma joyda mavjud, universal va muqarrar. Siz o‘zingizni mojarodan "ajratib qo‘yishingiz" mumkin, uni bir muddat bostirishingiz mumkin, ammo eng samarali usul - uni boshqarishdir. Ijtimoiy qarama-qarshilik shakli ko‘p jihatdan uni boshqarish san’atiga bog‘liq. Ratsional boshqaruv konfliktga shunday shakllar berishga, uni muqarrar ijtimoiy yo‘qotishlarni minimallashtirishga yoki shaxs, jamiyat va davlat manfaatlari uchun salbiy oqibatlarni to‘liq bartaraf etishga qaratilgan yo‘nalishga yo‘naltirishga qodir.

Konflikt - bu ijtimoiy ob’ektlar o‘rtasidagi ijtimoiy aloqalarning uzilishi va to‘xtashi, ziddiyatning asosiy belgisi - imperativ normalarning buzilishi tufayli bir yoki ikkala tomonning g‘azabi [1, 115-120].

Ijtimoiy ziddiyat - bu ierarxik prinsip asosida qurilgan ijtimoiy tizimdagi dominant ijtimoiy maqomlar uchun qarama-qarshi manfaatlarga ega bo‘lgan ijtimoiy jamoalarning kurashidir [2, 480].

Ijtimoiy konflikt – ijtimoiy subektlar o‘rtasidagi qarama-qarshilik jarayoni bo‘lib, ularning manfaatlari va maqsadlaridagi qarama-qarshiliklarni bartaraf etishga qaratilgan. Ijtimoiy ziddiyatlarni tahlil qilishda asosiy metodologik pozitsiya jamiyatdagi ijtimoiy munosabatlarda uning muqarrarligi haqidagi pozitsiyadir. Ijtimoiy ziddiyatning asosiy tarkibiy qismlari ikki yoki undan ortiq tomonlarning mavjudligi va tomonlar qarama-qarshiligini tashqi kuzatuvchi tomonidan baholashdir [3, 195-198].

Ijtimoiy ziddiyat - bu unga jalb qilingan sub’ektlar tomonidan real hal qilish bosqichidagi ijtimoiy qarama-qarshiliklardir [4, 540].

Ijtimoiy konfliktning asosiy xususiyati shundaki, u barcha ijtimoiy guruhlarga xosdir. Ijtimoiy ziddiyat shaxslar va guruhlarning siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy-madaniy munosabatlar tizimidagi o‘rni bilan belgilanadi [5, 207-221].

--⊱⊱ 240 ⊰⊰--

Ijtimoiy ziddiyat - bu shaxs va ijtimoiy guruhlarning, shuningdek, ijtimoiy tuzilmalar va tashkilotlarning xulq-atvori, muloqoti va ijtimoiy o‘zaro ta’siri natijasidir [6, 98-102].

Biz yuqorida konfilikt tushinchasi va uni asosini tashkil qiluvchi ijtimoiy ziddiyat tushinchalar ta’rifini manbalar va adabiyotlar asosida tahlil qildik.

Zamonaviy jamiyatda globallashuv bu- sivilizatsiyalar, xalqlar va davlatlarni bir-biriga tobora yaqinlashtirib borayotganida, ikkinchi tomondan qarama-qarshiliklarning susaymasligi, turli madaniyatlar va sivilizatsiyalar o‘rtasida qarama-qarshiliklar mavjudligida namoyon bo‘lishi tahlillar va faktlarda o‘z aksini topmoqda.

Ijtimoiy ziddiyat insoniyat tarixining uzviy jarayonidir. Har qanday sivilizatsiyada doimo mavjud bo‘lgan ijtimoiy qarama-qarshiliklar qaror qabul qilishda ustuvorliklar uchun kurashayotgan turli kuchlar o‘rtasidagi shiddatli janglar shaklida namoyon bo‘ladi. Kichik ijtimoiy guruhlar, ijtimoiy sinflar, etnik jamoalar va butun davlatlar bu kurashning ishtirokchisiga aylanadi. Bu jarayon bugungi globallashuv davrida bir yoki ikki qutb doirasida amalga oshmoqdaki, bu dunyo hamjamiyatida ham ijtimoiy noroziliklarni kuchaytirmoqda.

Bu esa 21-asrda insoniyatga mutlaqo yangi muqobil variantni taqdim etishi asnosida yo bu nizolarni boshqarish asriga aylanadi yoki sivilizatsiya tarixidagi so‘nggi asr bo‘ladi.

20-asrdagi mojarolar millionlab odamlarning o‘limining asosiy sababi edi. Ikki jahon urushi, mahalliy harbiy to‘qnashuvlar, terroristik harakatlar, hokimiyat uchun qurolli kurash, qotilliklar - bu barcha turdagi to‘qnashuvlar, eng taxminiy hisob-kitoblarga ko‘ra, o‘tgan asrda 300 million kishining hayotiga zomin bo‘lgan.

O‘tgan asr 90-yillarning o‘rtalarida, Stokgolm Tinchlik tadqiqot institutining (SIPRI) taniqli yilnomasiga ko‘ra, sayyoradagi yirik qurolli mojarolarning umumiy sonida ma’lum bir pasayish tendensiyasi kuzatildi. Ammo 20-asrning oxiri va 21-asrning boshlarida bir-birining ustiga chiqqan inqirozlar sonining ko‘payishi va ijtimoiy taranglikni tobora kuchayib borayotgani dunyoni hayratda qoldirdi. Agar Kosovo, Checheniston, Qirg‘iziston, O‘zbekiston va boshqa mamlakatlardagi voqealar ko‘p jihatdan ma’lum bir an’analar doirasida millatlararo mojarolar deb tasniflangan bo‘lsa, xalqaro terrorchilik aktlari zamonaviy ijtimoiy mojarolar sifatining o‘zgarganligini ko‘rsatadi.

Sobiq Ittifoqning ayanchli qismati oqibatida haligacha O‘rta Osiyo davlatlari o‘rtasidagi siyosiy qarama-qarshiklar fonida, madaniyatlararo, hatto sivilizatsiyalararo o‘zaro kelishmovchilik munosabatlarini ko‘rishimiz mumikin.

Bugun Sobiq Ittifoqning merosxo‘riman deya dunyoga “jar solayotgan” Rossiya Federatsiyasi tobora MDH davlatlari o‘rtasida ziddiyatli vaziyatlarni og‘irlashtirmoqda. Bu esa diktaturadan demokratiyaga o‘tishning boshlanishida rus jamiyatining barcha hayotiy sohalari va ijtimoiy institutlarida nizolarni keltirib chiqaruvchi omillarning istisnosiz ta’sirini keskin oshirdi. So‘nggi yillardagi amaliy tajriba turli ijtimoiy sub’ektlarning mavqei va resurslari, huquqlari va ta’siri uchun kurash qanday kuchayganini yaqqol ko‘rsatib turibdi. Qarama-qarshi tomonlar o‘rtasidagi qaramaqarshilik vaqti-vaqti bilan murosasiz shakllarga ega bo‘lib, zo‘ravonlik va qonga, ijtimoiy portlashlar va siyosiy to‘ntarishlarga, ijtimoiy tuzilmalarning ichki bo‘linishlariga aylanadi. Bularning barchasi jamiyatdagi har xil turdagi ziddiyatli vaziyatlarning kelib chiqishi, rivojlanishi, tartibga solish va hal qilish muammosini juda tushunarli qilib asoslashga olib kelmoqda.

Bugun dunyo siyosiy xaritasi Ukraina degan suveren demokratik davlatni bir necha qismlarga bo‘linib parachalanish arafasidagi yangi xarita ko‘rinishda aks etishi hech kimda tobora shubha qoldirmayapti. Ijtimoiy ziddiyatlarning eng yomon ko‘rinishi davlatlardan ko‘ra xalqlar va millatlar o‘rtasidagi qarama-qarshiliklardir.

--⊱⊱ 241 ⊰⊰--

XX asrning 90-yillarda Tog‘li Qorabog‘, 2010 yilda Qirg‘izistonning O‘sh va Jalolobod, Iroq va Turkiyada o‘z huquqlarini talab qilayotgan Qurd xalqi, Xitoyda oxirgi 20-yil davomida o‘z suvereniteti uchun kurashib kelayotgan Uyg‘urlar va shunga o‘xshash ko‘plab misollarni keltirish mumkinki, bu yerda ayrim elat va millat vakillari bir-birlariga dushman bo‘lib qolmoqda. Zamonaviy XXI asr ziddiyatli globallashuv jarayonlarining ajralmas qismidir.

Globallashuv ko‘plab yangi aktyorlarni xalqaro siyosat sahnasiga olib kelmoqda. Ular siyosatchi yoki boshqaruvchi sifatida na bilimga, na tajribaga ega.

Xalqaro atrof-muhitni muhofaza qilish, inson huquqlari va boshqa tashkilotlar orasida terroristik tashkilotlarning ham o‘rni bor edi va terrorizmning o‘zi transmilliy ko‘rinish oldi. Bipolyar dunyoning yo‘q bo‘lib ketishi mojarolarga tashqi ta’sir qilishning samarali dastaklarini yo‘q qilishga olib keldi.

Bundan keyingi yuz-ikkiyuz yilliklarda urush va tinchlik, ijtimoiy keskinlik va qaramaqarshilik muammolari shu qadar dolzarb bo‘lib qoldiki, ularning asosiy ahamiyatini konstruktiv hal etishda kechikish xavfini shu qadar aniq ko‘rsatdiki, aniq insoniyatning zo‘ravonlik, diktatura, tajovuzkorlik va tinchlik va hamjihatlik madaniyatiga o‘tishdan bosh tortishdan boshqa muqobili yo‘qqa o‘xshab ko‘rinmoqda.

Ijtimoiy nizolar muammosi bilan siyosatshunoslar, sotsiologlar, konfliktologlar va huquqshunoslar shug‘ullanadilar. Biroq, bu muammo chuqur nazariy, ijtimoiy-siyosiy darajada ishlab chiqilishi kerak. Bizga har tomonlama ijtimoiy-siyosiy tahlillar kerak.

Tahlillar shuni ko‘rsatmoqdaki, 1991 yildan 2016 yilgacha O‘zbekiston yon qo‘shnilar bilan yuz bergan ijtimoiy-siyosiy muammolar, aholi demorgrafik holatining keskin o‘sishi natijasida millatlar va elatlar o‘rtasidagi siyosiy munosabatlar va jarayonlarning mojaroni keltirib chiqaradigan tarkibiy qismlarini alohida ajratib ko‘rsatishimiz mumkin. Bu borada:

Birinchidan, O‘zbek-Qirg‘iz chegarasidagi davlatlar qarama-qarshiligi o‘z yechimini topmay kelayotgan vaziyatda O‘zbek diplomatiyasining yetakchiligi va mojaroni tinch yo‘l bilan hal qilishi ijtimoiy-siyosiy konfliktlarni oldini oldi;

Ikkinchidan, O‘zbek-Tojik o‘rtasidagi chegaralarning yopiq sistema asosiga qurilganligi, O‘zbekistonda istiqomat qilayotgan birodar tojik xalqini yakkalanib qolinganligi sabab va oqibatlari bugun umrguzaronlik kechirayotgan tojik millatiga qilingan salbiy munosabat “inson dialektikasi” tamoyillariga mutloq to‘g‘ri kelmasligi natijasida O‘zbek va Tojik xalqlari rahbarlari o‘rtasidagi do‘stona kelishuv natijasidagi ochiqlik sistemasining shakllanishi natijasida mavjud yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan ziddiyatlarning oldi olindi;

Uchinchidan, O‘zbekiston tarkibidagi Qoraqolpog‘iston Respublikasining o‘z siyosiy qarashlarini buzish orqali ayrim “ichki siyosiy guruhlar” mavjud Davlat tartibini buzish, konstitutsion huquq va majburiyatlarga qarshi “xaos”ni yuzaga keltirish kabi siyosiy bo‘hronning oldi olindi;

To‘rtinchidan, jamiyatda norozilik kayfiyatida yurgan, o‘z manfaatini xalq, davlat va millat manfaatidan ustin qo‘yadigan ijtimoiy qatlam (mehnat qilmaydi)ni axloq normalariga rioya qilgan holda ular dunyoqarashida mehnat munosabatlarini shakllantirish;

Beshinchidan, Yangi O‘zbekistonda siyosiy tizimni o‘zgartirishga intiluvchi tashqi kuchlar (radikalizm, diniy ekstremiz, terrorizm v.h) tahdidiga qarshi ommani munosabatini “vatanni sevish” orqali ularda kuchli vatanparvarlik ideologiyasini shakllantirish;

Oltinchidan, O‘zbekistondagi qashshoqlik, kambag‘allikka barham berishda ijtimoiy soha yo‘nalishlari-ta’lim, fan, sog‘liqni saqlash, aholi bandiligi, aholini uy-joylar bilan ta’minlash kabi muammolarni samarali mexanizmlarini ishlab chiqib amaliyotga olib kirish;

--⊱⊱ 242 ⊰⊰--

Yettinchidan, yoshlarni globalizatsiyaning turli oqimlari ta’sir doirasiga tushishni oldini olishda “tarbiya”ni kuchaytirishni majburiy choralarni amalga oshirish;

Sakkizinchidan, inson-inson uchun, davlat-inson uchun, jamiyat-inson uchun tamoyiliga qa’tiy rioya qilish, davlat ijro organlari xizmatchilarida davlatga, xalqga va jamiyatga bo‘lgan sadoqatini shakllantirish;

To‘qqizinchidan, mavjud ijtimoiy ziddiyatlarni yuzaga keltiruvchi omillarni oldini olishda davlat va jamiyat o‘rtasidagi ijimoiy, siyosiy va huquqiy mexnazm normalarini kiritish va bu asosida jamiyat a’zolarining davlatga nisbatan munosabatini ishonch asosida shakllanishini ta’minlash;

O‘ninchidan, Jamiyatdagi qarama-qarshiliklarni va ijtimoiy nizolarni keltirib chiqaruvchi tashqi kuchlarni, ideyalarni va qarashlarni o‘zbek jamiyatiga kirib kelishida qadryatlarga, an’analarga va mentalitetga tayanilgan milliy texnologiyalarini ishlab chiqish kabi tahlillar bugungi ijtimoiy barqarorlikga eltuvchi yagona yo‘ldir.

Xulosa qilib o‘z fikrlarimzni quydagi taklif va tavsiyalar bilan yakunlamoqchimiz:

1. Konfliktni hal qilishning turli yo‘llari va usullari mavjud bo‘lib, ulardan eng samaralisi nizolarni hal qilishning zo‘ravonliksiz usullaridan, shu jumladan ishontirish, murosa qilish va ishtirokchilarni integratsiyalashuvidan foydalanish;

2. Dunyoda va O‘zbek jamiyatida yuzaga kelayotgan davlatlarning, millatlarning, xalqlarning va odamlarning xatti-harakatlarini (millatchilik, irqchilik v.h) faqat ilmiy bilimga tayangan holda ular faoliyati natijasini ijobiy tomonga o‘zgartirish;

3. Nizolarning psixologik sabablari (mos kelmaslik, antipatiya, yetakchilikka intilish, hokimiyatga intilish, nafrat, qoniqish)ni o‘rganish uchun ijtimoiy tadqiqotlar institutiga zaruratning borligi;

4. Ijtimoiy nizolarni rivojlanish xarakteriga ko‘ra ochiq ziddiyat va yopiq ziddiyat (nizo, zo‘ravonlik, urush, sinfiy kurash va boshqalar)larga taalluqli turli yo‘llar bilan ifodalanadigan qarashlarni tahlil qilib borish;

5. O‘zbekistonda istiqomat qilayotgan 130dan ortiq millatlar va elatlarni dunyoqarashni yagona “O‘zbekiston” degan ideologiya atrofida jipslashtirish mexanizmlarini ishlab chiqish;

6. Har bir ijtimoiy nizolarni yuzaga kelish sabablarini mavjud siyosiy va huquqiy tizim asosida tartibga solish bugungi davr uchun muhim bo‘lgan ijtimoiy munosabatlar tizimning eng aktual formasidir.

Ijtimoiy nizolar birdan sodir bo‘ladigan jarayon emas, u go‘yoki falsafadagi qonunlar singari dastlab oddiy formada namoyon bo‘lib, keyin yuqoriga qarab murakkablashib boruvchi tizimlar yig‘indisidir.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Прошанов С.Л. Социалный конфликт в трудах российских социологов начала ХХ века // Социологические исследования. – 2007. – № 12. – С. 115–120.

2. Зеркин, Д.П. Основы конфликтологии. – Ростов-на Дону: Феникс, 1998. – 480 с.

3. Нагайцев В.В. Методология диагностического исследования социалных конфликтов // Известия Алтайского государственного университета. – 2010. – № 2. – С. 195–198.

4. Осипов Г.В. Конфликтолог — профессия ХХI века. – Санкт-Петербург: СанктПетербургский гуманитарный университет профсоюзов, 2014. – 540 с.

5. Соломатина Э.Н. Становление и развитие социологии конфликта в России // Вестник Московского университета. – 2011. – Вып. 18, № 2. – С. 207–221.

6. Сивякова Э.А., Рябцев С.В., Кириллов П.Э. Современные Методы Управления Конфликтами в организatsiях // Тенденции развития науки и образования. – 2019. – № 49–3. – С. 98–102.

Matn PDFdan avtomatik ajratib olingan va xatoliklar bo'lishi mumkin.