MATEMATIKA FANINI OʻQITISH METODIKASINI TAKOMILLASHTIRISH ORQALI
TAYANCH KOMPETENSIYALARNI SHAKLLANTIRISH
Mamataliyev O‘tkir Ashurovich
Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar
universiteti akademik litseyi o‘quv ishlari
bo‘yicha direktor o‘rinbosari
Annotatsiya. Ushbu maqolada umumiy oʻrta taʼlim maktablarida matematika fanini oʻqitish metodikasini takomillashtirishda dars mashgʻulotlarini tashkil etilishida foydalaniladigan metodlar yoritib berilgan. Oʻquvchilarda shakllantirish koʻzda tutilayotgan kompetensiyalar, vazifa va uning mohiyatining muhimligi hamda hozirgi davrda, kompetensiyaviy yondashuv umumiy oʻrta taʼlim maktablarida taʼlim jarayonida oʻquvchilar oʻzlarining shaxsiy, ijtimoiy va kasbiy hayotlarida samarali foydalanishlari uchun zaruriy bilim, koʻnikma va malakaga yega boʻlishi mumkin ekanligi dolzarb mavzu muammo sifatida yoritilgan.
Kalit soʻzlar. Tayanch, kompetensiya, loyihalash, metodlar. oʻquvchilar, muallif, sinflar, shakllantirish, muammo, ijtimoiy.
Аннотация. В данной статье рассмотрены методы, применяемые при организации курсовой работы по совершенствованию методики преподавания математики в общеобразовательных школах. Актуальной темой проблемы является важность компетенций, задачи и ее сущности, которые предполагается сформировать у учащихся, а также тот факт, что в настоящее время компетентностный подход может быть исползован в процессе обучения в общеобразовательных школах для приобретения учащимися знаний, умений и навыков, необходимых для их эффективного исползования в личной, социалной и профессиональной жизни.
Ключевые слова. База, компетенция, дизайн, методы. читатели, автор, классы, формирование, проблема, социалное.
Цель заключается в освещении совершенствования методики преподавания математики в общеобразовательных школах.
Annotation. This article discusses the methods used in the organization of course work to improve the methodology of teaching mathematics in secondary schools. The actual topic of the problem is the importance of competencies, tasks and its essence, which are supposed to be formed in students, as well as the fact that at present a competence-based approach can be used in the learning process in secondary schools for students to acquire knowledge, skills and abilities necessary for their effective use in personal, social and professional life.
Keywords. Base, competence, design, methods. readers, author, classes, formation, problem, social.
Goal. The aim is to highlight the improvement of methods of teaching mathematics in secondary schools.
Maqola bayoni. Tayanch va fanga oid kompetensiyalarni rivojlantirish jarayonini loyihalash orqali, undan oʻqitish metodlarini tanlash tamoyillari kelib chiqadi. Olimlarning kompetensiyasiyaviy yondashuv haqidagi fikrlari va bu boradagi qarashlari haqida toʻxtalib oʻtmoqchi boʻlsak: D.B.Elkonin oʻquv faoliyatining namoyon boʻlish shakliga koʻra ijtimoiyligini taʼkidlaydi. Oʻquv faoliyati shunday faoliyatki, uning natijasida oʻquvchining taʼlim – tarbiya olishida muhim oʻzgarishlar sodir boʻladi, uning mahsuli esa turli motivlar asosida, qurilgan boʻlib, taʼlim oluvchining bilim, koʻnikma va malakalar yegallashi bilan birga kompetentligi rivojlanishi bilan bogʻliq boʻlishi kerakligini koʻrsatadi. Oʻquvchilarda shakllantirish va rivojlantirish koʻzda tutilayotgan kompetensiyalar oldiga qoʻygan vazifasi va mohiyatiga koʻra, bir-biridan farqlanadi. Masalan, umumiy kompetensiyalardan taʼlim kompetensiyalarini farqlash lozim taʼlim kompetensiyasi oʻquvchining kelajakdagi hayot faoliyatini modellashtiradi.[ 1.5].
Hozirgi davrda, kompetensiyaviy yondashuv umumiy oʻrta taʼlim maktablarida taʼlim jarayonida oʻquvchilar oʻzlarining shaxsiy, ijtimoiy va kasbiy hayotlarida samarali foydalanishlari uchun zaruriy bilim, koʻnikma va malakaga ega boʻlishini koʻzda tutadi. Mualliflar I.S.Sergeyev va B.P.Blinovaning kompetensiyaviy yondashuv imkoniyatlari borasida ilmiy nazarlariga ham qoʻshilish mumkin: .[ 3.6.].
Taʼlim muassasasida oʻquvchilarni javobgarlikni his yetgan holda va ongli ravishda taʼlim olishga tayyorlash; Natijada, oʻqituvchi mehnatini yengillashtirish; oʻquvchilarning maqsadlarini pedagoglar tomonidan asosiy oʻqitish maqsadlari bilan moslashtirish; hayotda uchraydigan nostandart vaziyatlarga tayyorlashga erishish; amalda tarbiyaviy va oʻquv jarayoni birligini taʼminlash,uning taʼlimning kundalik hayotga amaliyotda foydalanish mumkin ekanligini oʻquvchilarga anglatish.Bunda oʻquvchi tomonidan oʻzlashtirilgan hajmi emas, balki turli vaziyatlarda mazkur axborotlarni qabul qila olishiga eʼtibor qaratiladi. Kompetensiyaviy yondashuvni amaliyotga joriy yetishning toʻrtta yoʻnalishi ajratib koʻrsatiladi: tayanch kompetensiyalar (fandan yuqori tavsifga ega boʻlgan tayanch kompetensiya, xususan, tushunishning pedagogik texnologiyasi va texnikasi, turli koʻrinishdagi axborotlarni olish va tahlil qilish); fanga oid koʻnikmalarni umumlashtirish (fanga tegishli umumlashtirilgan koʻnikmalarni shakllantirish); amaliy fan koʻnikmalari (olinayotgan bilimlarni amalda qoʻllashga yoʻnaltirish); hayotiy koʻnikmalar(kundalik turmushda qoʻllaniladigan oddiy koʻnikmalarning turlicha spektrlari ) asosida tushuntirilgan[ 1.7.].
Natijada, kompetensiyaviy yondashuv umumiy oʻrta taʼlimning muhim tarkibiy qismini tashkil yetishi aniqlandi. Xususan, oʻquvchilarda fanga oid kompetensiyalarni shakllantirishga asos boʻladi. Umumiy oʻrta taʼlim maktablarida kompetensiyaviy yondashuv birinchi navbatda oʻqitishning zamonaviy taʼlim shakllaridan foydalangan holda, bilimlar toʻplaydigan va ulardan keyingi hayotlarida foydalana oladigan shaxsni shakllantirishga imkon beradigan sharoitni yaratishni taqozo qiladi. Taʼlim kompetensiyasi–bu oʻquvchining obyektiv borliqda zaruriy ravishda shaxs ijtimoiy ahamiyatga molik samarali faoliyat koʻrsatishi uchun zarur boʻlgan bilimi, koʻnikma, malaka va kompetensiyalari, faoliyat tajribasi, motivatsiyasi, mantiqiy fikrlashi, qiziqishlari va mazmunan yoʻnaltirilganligi .
Kompetentlilik bilim, koʻnikma, malaka va shaxsiy xususiyatlar yigʻindisidan iborat shaxsiy natijalar, tizimli faoliyat. Bu esa, taʼlim tizimini kompetensiyaviy yondashuv asosida olib borishni taqozo yetadi.
Umumiy oʻrta taʼlimning oʻquv rejalarida oʻquvchilarga zamon talablari asosida bilim berish uchun quyidagi tayanch kompetensiyalar shakllanadi: kommunikativ kompetensiya; axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi; oʻz-oʻzini rivojlantirish kompetensiyasi; ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi; milliy va umummadaniy kompetensiya; matematik savodxonlik savodxonlik fantexnika yangiliklaridan xabardor boʻlish kompetensiyasi; oʻquvchilarga innovatsion gʻoyalarni singdirish kompetensiyasi; taraqqiyotni isloh qilishning tamoyili va ustuvor yoʻnalishini sharhlay olish, mamlakatimizning dunyo hamjamiyatida tutgan oʻrni va taraqqiy yetish davri haqida aytib bera olish, kundalik faoliyatda turli formula, model, chizma, grafik va diagrammalarni oʻqiy olish va ulardan foydalanish. Shundan soʻng mazkur tayanch kompetensiyalar oʻquv fani mashgʻulotlariga singdiriladi. Oʻquv fan rejalari quyidagicha singdiriladi [ 5.9].
Kompetensiyaviy yondashuv butun umumiy oʻrta taʼlimning amaliy tavsifining kuchayishini taqozo yetadi. Bunda oʻqituvchi ham oʻz ish faoliyatini oʻzgartirishiga toʻgʻri keladi, bosh vazifa oʻquvchilarga mustaqil ravishda bilimlarni oshirishga oʻrgatishi, tashabbus koʻrsatishni, jamoada yashash va oʻqish koʻnikmalarini shakllantirishi kerak hozirgi shiddat bilan rivojlanayotgan bir davrda jamiyatga maʼlumotli, axloqli, yangiliklarga qiziqadigan insonlar zarur. U quyidagi xislatlarga yega boʻlishi zarur:oʻz xatti-harakatlarini tahlil qila bilishi; barcha harakatlarining natijalarini tahlil qila oladigan, mustaqil qaror qabul qila oladigan boʻlishi zarur; tezkor ishlashi; hamkorlikda ishlay olishi; mamlakatning taqdiri, uning ijtimoiyiqtisodiy jihatdan gullab-yashnashi uchun javobgarlikni his yetishni tarbiyalash lozim.
Kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan standart talabida oʻquvchilarni atrof-olamni oʻrganishga boʻlgan qiziqishini oshirishdan, foydali axborot-larni izlash, hayotda qoʻllash uchun oʻz tayyorgarligini kuchaytirish lozim.Shunga koʻra, zamonaviy dars mashgʻulotlariga tayyorlanishi va uni oʻtkazishda oʻqituvchi va oʻquvchi faoliyati oʻzgaradi. Maʼlumki, umumiy oʻrta taʼlimning koʻp tarqalgan mashgʻulot turi darsdir.
Oʻqituvchi zamonaviy tipdagi dars mashgʻulotini tayyorlash uchun quyidagilarga eʼtibor berish kerak. Maqsad va vazifalarni aniqlab olish. Oʻquv materiallarini mazmunini ajratib olish. Oʻqitish metodikasini tanlash. Nazorat metodlarini aniqlash.[10].
Dars mashgʻulotlariga qoʻyiladigan didaktik-metodik talablar. Dars qoʻyiladigan Anʼanaviy maʼruza Zamonaviy maʼruza didaktik talablar mashgʻuloti mashgʻuloti Maʼruza mazmunini eʼlon qilish
Oʻqituvchi tomonidan
aytiladi
Oʻquvchilar tomonidan
shakllantiriladi Maqsad vazifalarini aytish
Oʻquvchilar nimani
oʻrganishlari oʻqituvchi
tomonidan shakllantiriladi
va aytiladi
Oʻquvchilar nimani
bilishlari va nimani
bilmasliklarini anglagan
holda mashgʻulotlarda
ishtirok etadi Rejalashtirish
Oʻqituvchi oʻquvchilarga
maqsadga erishishlari
uchun qanday ishni
bajarishlari kerak
yekanligini aytadi
Koʻzlangan maqsadga
erishish metodlarini
oʻquvchilar tomonidan
rejalashtiriladi Oʻquvchilarning amaliy faoliyati
Oʻqituvchi rahbarligida
oʻquvchilar tomonidan
bajariladi
Oʻquvchilar belgilangan
reja asosida oʻquv
faoliyatini amalga
oshiradilar Nazoratni amalga oshirish
Oʻqituvchi va oʻquvchilar
tomonidan bajariladigan
amaliy ishlarni nazorat
qiladi
Nazoratni oʻquvchilar
amalga oshiradilar (oʻz-
oʻzini va oʻzaro nazorat
qiladilar) Oʻquvchilarni baholash Oʻqituvchi oʻquvchilarni
auditoriyada baholaydi
Oʻquvchi oʻzi va boshqa
oʻquvchilarning
faoliyatini baholaydi Maʼruzani yakunlash
Oʻqituvchi
oʻquvchilardannimalarni
eslab qolganini soʻraydi
Oʻzaro savol-javob
asosida
Muammoli va izlanuvchan vaziyatlarni tashkil qilib oʻquvchi faoliyatini faollashtiradi; Oʻquvchining oʻzini xulosa chiqarishga odatlantirish. Shaxsiy harakat kelajakda oʻquvchining mustaqilligining shakllanishiga asos boʻla oladi, demak, taʼlimiy vazifa oʻquvchi harakatini roʻyobga chiqarish uchun shart-sharoitlarni tashkil yetish lozim. Bunda oʻquvchi oʻqituvchi yordamida oʻquv faoliyatini shakllantiradi. Oʻquvchi oʻqigan matniga doir grafik chizishi, maʼlum qonuniyatlar asosida masalalar yechishi, oʻrtoqlariga tushuntirib bera olishi lozim. Agar oʻquvchi intellektual qobiliyatli boʻlsa yangi sharoitlarda dadil qadam bilan oldinga intilsa, u oʻz oldiga qoʻygan maqsadiga erisha oladi[ 4.].
Matematikani oʻrganishdagi kompetensiya egallagan bilimi, koʻnikma va malakalarini kundalik hayoti uchun zarur amaliy va ijodiy ishlarini bajarishda, texnik ijodkorlikka qiziqish ularni amaliyotda qoʻllay olish qobiliyati rivojlanadi. Umumiy oʻrta taʼlim maktablarida kommunikativ kompetentlilik: ogʻzaki va yozma nutqini mukammal oshira borish; tuzilgan savollarga yozma va ogʻzaki javob yoza olish; oʻz fikrini aniq va tiniq bayon yeta olish; qoʻshimcha adabiyotlar bilan ishlash va ulardan foydalanib test va savollar tuza olish; guruhlarda ishlay olish, oʻz fikrini himoya qilish, ishontira olish; muammolarni hal qilishda oʻzini oʻzi boshqara olish, ona tilidan tashqari, horijiy tillarni ham oʻzgartirishi lozim.
Kommunikativ kompetentlilikni shakllantirish va rivojlantirish uchun: Darslik bilan muntazam ishlash; matn ustida ishlash koʻnikmasi;mavzudan foydalanib savollarga javob topish;amaliy topshiriqlarni bajara olish;mavzu materiallaridan foydalanib elektr zanjir va grafik tuza olishi zarur. Boʻlajak texnik mutaxassislarni shaxs sifatida oʻzini oʻzi rivojlantirish kompetensiyasini tarkib toptirish uchun mustaqil ish taʼlimiga eʼtiborini qaratish, oʻquv, test topshiriqlari toʻplamini yaratish, mavzuga oid oʻquv va video filmlardan foydalanish qoʻshimcha adabiyotlar va internet saytlaridan maʼlumotlarni saralash hamda mustaqil ish, maʼruza va taqdimot materiallarini tayyorlashumuman intellektual kamolotga erishish talab yetiladi.
Dars mashgʻulotining maqsadga muvofiq, namunali va samarali qilib tashkil etilishi oʻquvuslubiy taʼminotning nechogʻlik mukammalligiga, shu bilan birga, oʻqituvchining oʻquv faniga oid bilimiga, darsni tashkil etish mahorati hamda darsdagi oʻquvchilar bilan oʻzaro munosabat madaniyatiga uzliksiz bogʻliq boʻlib, umumiy oʻrta taʼlim maktabilarda dars mashgʻulotini namunali va samarali qilib tashkil etishning yana bir xususiyati – bu dars mashgʻulotlarining oldindan pedagoglar tomonidan loyihalashtirilishidan iboratdir[ 7.10 ].
Umumiy oʻrta taʼlim maktabilarda dars mashgʻulotining oʻtishning yadrosi darsning maqsadi, mazmuni, shakli, metodi, dars mashgʻulotida ishlatiladigan vositalar, oʻquvchi va oʻqituvchi, dars loyihalari (darsning kengaytirilgan texnologik xaritasi) kabi elementlardan iborat metodik tizim sifatida namoyon boʻladi. Tarkibiy elementlar oʻzaro birlik va aloqadorlikda taʼlim jarayonining umumiy mohiyatini yoritishga xizmat qiladi.
Xulosa.
Umumiy oʻrta taʼlim maktabilarda taʼlim jarayoni bir nechta shartlarga muvofiq tashkil yetiladi. Ular quyidagilardir:
- oʻquvchining taʼlim olishga boʻlgan ehtiyoji – ijtimoiy yoki shaxsiy;
- taʼlim olishga boʻlgan ragʻbat – motiv;
- oʻquvchi faoliyatining mazmunini belgilash;
- oʻquvchi faoliyatining boshqarish;
- taʼlim jarayonini loyihalashdir.
Umumiy oʻrta taʼlim maktablarida oʻqitiladigan matematikada taʼlim jarayonini tashkil etishda dars mashgʻulotlari loyihalarining oʻrni beqiyos. Loyihalash taʼlim jarayonini tashkil etish va uning muvaffaqiyatli kechishini taʼminlovchi muhim shartlardan biri ekanligi aniqlandi va taʼlim jarayoniga tadbigʻ etildi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI
1. Oʻ.N.Sultonova Oʻ.N. “Fizikani oʻqitish texnologiyalari va loyihalashtirish”. “Texnika va texnologik fanlar sohalarining innovatsion masalalari” mavzusidagi xalqaro ilmiy-texnik anjumani. -.:2020 yil 22 sentabr. - 410-412. B 2. Oʻ.N.Sultonova Oʻ.N. Formation of basis competences for students by solving problems in physics. Page-.:107-114 vol 7 no 11.2019. 3. B.Toʻrayev, Sultonova Oʻ.N. Fizikadan savol va masalalar toʻplami darslik.-t.:2021. -365 bet. 4. Sultonova Oʻ.N., Sultonov S.N. Avtomatizatsiya eksperimenta v laboratornom komplekse po mexanike. //vыsshaya shkola.-.: 2018, 24 son. 32-33.b 5. Sultonova Oʻ.N, Kadirova N.T, Sultonov S.N, Jiyanova S.I, Payanova S.Q. “Technology to improve the methods of teaching physics in hicher education based on a competency approach (on the example of training technical engineers)” european journal of molecular & clinikal medicine ISSN 2515-8260 volume 7 issue -.:2020 y, 365-374.b 6. Sultonova Oʻ.N. Toʻrayev B.E. Sultonov S.N. “Fizika fanidan muammoli masalalar yechishda kompetensiyaviy yondashuv” vыpusk 6 (50) F.A Mamadaliev, Egyptian triangle (books 1, 2,3) t/ “Renessans press”-.: 2018 y, 144-149.b 7. Muslimov I.A., Boltaboev S.A., Sharipov Sh. Maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi. Kasb ta’limi yo‘nalishi magistrantlari uchun qo‘llanma. Toshkent: Nizomiy nomidagi TDPU 2003 yil. 8. Turakulov X. A., Turakulov O.X, Fayzimatov B.,Ubaydullayev S., Xamidov J.A. “Texnika fanlarini o‘qitishga yangi pedagogik texnologiyalarni qo‘llashning ilmiy pedagogik asoslari” O‘quv qo‘llanma. Farg‘ona - 2003 y. FarPI “Texnika” bo‘limi.
Matn PDFdan avtomatik ajratib olingan va xatoliklar bo'lishi mumkin.