mazkur ilmiy tadqiqotda ingliz tili fani darslarida madaniy(lingvokulturologik) va sinergetik yondashuvlardan foydalanishning muhim afzalliklari, nazariy va amaliy asoslari va imkoniyatlari tahlil etiladi. Maqolada tilni o‘zlashtirish jarayonida madaniyatlararo muloqotni rivojlantirish, o‘quvchilarning til kompetensiyasini shakllantirish va samaradorligini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratiladi. Sinergetik yondashuv asosida esa ingliz tili ta’limshunosligida o‘qituvchi, o‘quvchi, o‘quv muhiti va madaniy qarashlarning o‘zaro uyg‘unlashuvi ochib beriladi. Tadqiqotda zamonaviy innovatsion va raqamli texnologiyalar, interfaol metodlar va autentik materiallardan foydalanib ingliz tili darslarining mazmuni va samaradorligini oshirish yo‘llari yoritib beriladi. Iliy ishning natijalari ingliz tili o‘qitishda madaniy va sinergetik yondashuvlarni integratsiyalash orqali o‘quvchilarning mustaqiol, ijodiy fikrlashini, ijtimoiy-madaniy kompetensiyasini rivojlantirish va yaxshilashga xizmat qilishini ko‘rsatadi.
this scientific study analyzes the important advantages, theoretical and practical foundations and opportunities of using cultural (linguoculturological) and synergistic approaches in English language lessons. The article pays special attention to the issues of developing intercultural dialogue in the process of language acquisition, forming and improving the effectiveness of students' language competence. Based on the synergistic approach, the interaction of the teacher, student, learning environment and cultural views in English language education is revealed. The study highlights ways to improve the content and effectiveness of English language lessons using modern innovative and digital technologies, interactive methods and authentic materials. The results of the study show that integrating cultural and synergistic approaches in English language teaching serves to develop and improve students' independent, creative thinking, socio-cultural competence.