INTERFAOL TA’LIM METODLARI ORQALI TALABALARDA TANQIDIY FIKRLASHNI RIVOJLANTIRISH METODIKASINI TAKOMILLASHTIRISH.
Annotatsiya
Mazkur maqolada oliy ta’lim tizimida interfaol ta’lim metodlari asosida talabalar tanqidiy fikrlashini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish masalasi ilmiy jihatdan tahlil qilinadi. Tanqidiy fikrlash zamonaviy kompetensiyaviy ta’lim modelining muhim tarkibiy qismi bo‘lib, talabaning analitik, reflektiv va mustaqil qaror qabul qilish ko‘nikmalarini shakllantirishni taqozo etadi. Tadqiqot jarayonida interfaol metodlar tizimi ishlab chiqilib, tajriba-sinov ishlari orqali uning samaradorligi asoslab berildi. Natijalar interfaol yondashuv talabalarning mantiqiy tafakkuri, argumentatsiya madaniyati va muammoli vaziyatlarga nisbatan analitik munosabatini sezilarli darajada rivojlantirishini ko‘rsatdi.
This article provides a scientific analysis of improving the methodology for developing students’ critical thinking through interactive teaching methods in higher education. Critical thinking is considered a key component of competence-based education and involves the formation of analytical, reflective, and independent decision-making skills. During the research, a system of interactive methods was developed and experimentally tested. The findings demonstrate that the interactive approach significantly enhances students’ logical reasoning, argumentative culture, and analytical attitudes toward problem-solving.