Mazkur ilmiy maqolada jigar sirrozi bilan kasallangan bemorlarda oshqozon-ichak trakti funksional holati, hazm va defekatsiya jarayonlarining buzilishlari, shuningdek ichak mikroflorasi o‘zgarishlari – disbakterioz holatlari klinik va laborator tadqiqotlar asosida o‘rganildi. Tadqiqot davomida bemorlarga maxsus ishlab chiqilgan anketa savollari asosida so‘rovnoma o‘tkazildi, axlat namunalarining makroskopik, mikroskopik va mikrobiologik tahlillari bajarildi. Olingan natijalar jigar sirrozida hazm va so‘rilish jarayonlarining buzilishi, maldegistiya sindromi, ichak mikrobiotasining disbalansi kasallikning Chayld-Pyu klassifikatsiyasi bo‘yicha og‘irlik darajasiga bevosita bog‘liqligini ko‘rsatdi. Ushbu holatlar kasallik oqibatlarini og‘irlashtiruvchi omillardan biri sifatida baholandi. Muolajaviy yondashuvda esa traditsion terapiyaga qo‘shimcha ravishda 119ermentative preparatlar (mezim, kreon, festal, 119ermentati), disaxaridlar (laktuloza, dyufalak), probiotik vositalar (xilak forte, laktobakterin) va ichak florasini tiklovchi vositalarni qo‘llash tavsiya etildi. Kompleks yondashuv kasallikni simptomatik nazorat qilishda va bemorlarning hayot sifatini yaxshilashda muhim ahamiyatga ega ekanligi ta’kidlandi.
This study investigated the relationship between music listening purposes and emotional well-being among undergraduate students. A survey was administered to 50 undergraduate students aged 18 to 22 from several universities in Urgench, Uzbekistan. Participants reported their main purposes for listening to music, how fr…
Journal of Universal Science Research14.09.2026171
Ushbu maqolada oilaviy muhitning bola shaxsiy rivojlanishiga psixologik ta’siri nazariy va amaliy jihatdan tahlil qilinadi. Oiladagi emotsional iqlim, ota-ona tarbiya uslubi, bog‘lanish sifati, muloqot madaniyati, talab va nazoratning muvozanati, oilaviy konfliktlar, ota-onaning psixologik holati hamda bolaga ko‘rsatil…
Journal of Universal Science Research14.09.2026100
Mazkur maqolada talabalarda kasbiy motivatsiyani shakllantirishning psixologik xususiyatlari nazariy va amaliy jihatdan tahlil qilinadi. Kasbiy motivatsiya shaxsning tanlagan kasbiga nisbatan barqaror qiziqishi, kasbiy maqsadlarni anglash, faoliyat mazmunini shaxsiy qadriyatlar bilan bog‘lash, o‘z imkoniyatlariga ishon…
Maqolada ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishning o‘smirlar ruhiy holatiga ta’siri psixologik, ijtimoiy va xulq-atvor mexanizmlari nuqtai nazaridan tahlil qilinadi. O‘smirlik davrida tengdoshlar bahosi, ijtimoiy qabul qilinish, o‘zlikni izlash va emotsional barqarorlikka ehtiyoj kuchli bo‘lgani sababli raqamli muhitning t…
Ushbu maqolada yoshlarning o‘z-o‘zini baholashi va ijtimoiy faolligi o‘rtasidagi psixologik bog‘liqlik nazariy va amaliy nuqtai nazardan tahlil qilinadi. O‘zo‘zini baholash shaxsning o‘z imkoniyatlari, qadr-qimmati, kompetentligi va ijtimoiy maqomini subyektiv baholash tizimi sifatida ko‘rib chiqiladi. Ijtimoiy faolli…