KIRISH: hozirgi kunda ta’lim tizimida zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo‘llash muhim ahamiyat kasb etmoqda. Ayniqsa, o‘quvchilarning faolligini oshirish, mustaqil fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirish va dars jarayonini samarali tashkil etishda innovatsion metodlardan foydalanish talab etiladi. Shunday metodlardan biri – klaster texnologiyasi hisoblanadi. Klaster texnologiyasi o‘quvchilarning bilimlarini tizimlashtirish, mavzuni chuqurroq anglash va o‘zaro bog‘liqlikni ko‘rsatishda samarali usullardan biridir. Jismoniy tarbiya darslarida ushbu texnologiyadan foydalanish nafaqat nazariy bilimlarni mustahkamlashga, balki o‘quvchilarning jamoada ishlash, tahlil qilish va fikr almashish ko‘nikmalarini rivojlantirishga ham xizmat qiladi. Shu sababli jismoniy tarbiya darslarida klaster texnologiyasini qo‘llash pedagogik jarayonni yanada samarali tashkil etish va o‘quvchilarning qiziqishini oshirishda muhim omil hisoblanadi. MAQSAD: mazkur tadqiqotning maqsadi jismoniy tarbiya darslarida klaster texnologiyasidan foydalanishning pedagogik ahamiyatini o‘rganish hamda uning o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini rivojlantirishdagi samaradorligini aniqlashdan iborat. METOD VA MATERIALLAR: tadqiqot jarayonida pedagogik kuzatish, tahlil qilish, taqqoslash, suhbat hamda pedagogik tajriba metodlaridan foydalanildi. Jismoniy tarbiya darslarida klaster texnologiyasi orqali o‘quvchilarga turli mavzular, masalan, sport turlari, sog‘lom turmush tarzi, jismoniy mashqlar turlari va ularning organizmga ta’siri kabi masalalar bo‘yicha klaster sxemalari tuzdirildi. O‘quvchilar kichik guruhlarga bo‘linib, berilgan mavzu bo‘yicha asosiy tushunchani markazga yozib, uning atrofida unga bog‘liq fikr va tushunchalarni joylashtirdilar. Ushbu jarayon o‘quvchilarning fikrlash qobiliyatini rivojlantirish, bilimlarni tizimlashtirish va o‘zaro hamkorlikni kuchaytirishga xizmat qildi. NATIJA VA MUHOKAMA: tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, jismoniy tarbiya darslarida klaster texnologiyasidan foydalanish o‘quvchilarning darsga bo‘lgan qiziqishini sezilarli darajada oshiradi. O‘quvchilar mavzuni faqat eshitish orqali emas, balki faol ishtirok etish orqali o‘zlashtiradilar. Klaster usuli orqali o‘quvchilar o‘z fikrlarini erkin bayon qilish, mavzular o‘rtasidagi bog‘liqlikni aniqlash hamda jamoa bilan ishlash ko‘nikmalarini rivojlantiradilar. Shu bilan birga, bu metod dars jarayonini yanada interfaol va qiziqarli qiladi. Shuningdek, o‘quvchilar sport turlari, jismoniy mashqlar va sog‘lom turmush tarziga oid bilimlarini tizimli ravishda shakllantirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. XULOSA: jismoniy tarbiya darslarida klaster texnologiyasidan foydalanish ta’lim samaradorligini oshirishda muhim pedagogik vosita hisoblanadi. Ushbu metod o‘quvchilarning mustaqil fikrlashini rivojlantiradi, jamoada ishlash ko‘nikmalarini shakllantiradi hamda dars jarayonini interfaol tashkil etishga yordam beradi. Shu bois jismoniy tarbiya darslarida klaster texnologiyasidan keng foydalanish o‘quvchilarning bilim darajasini oshirish, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish va ta’lim sifatini yaxshilashga xizmat qiladi.
INTRODUCTION: currently, the application of modern pedagogical technologies in the education system is of great importance. In particular, the use of innovative teaching methods is required to increase students’ activity, develop independent thinking skills, and effectively organize the learning process. One of such methods is cluster technology. Cluster technology is an effective way to systematize students’ knowledge, understand the topic more deeply, and demonstrate the relationships between concepts. The use of this technology in physical education classes not only strengthens theoretical knowledge but also helps develop students’ skills in teamwork, analysis, and exchange of ideas. Therefore, the use of cluster technology in physical education lessons is an important factor in improving the effectiveness of the pedagogical process and increasing students’ interest. AIM: the aim of this research is to study the pedagogical significance of using cluster technology in physical education classes and to determine its effectiveness in developing students’ knowledge, skills, and competencies. METHODS AND MATERIALS: in the research process, methods such as pedagogical observation, analysis, comparison, interviews, and pedagogical experiments were used. Through cluster technology in physical education classes, students were asked to create cluster diagrams on various topics such as types of sports, healthy lifestyle, types of physical exercises, and their effects on the human body. Students were divided into small groups and asked to write the main concept in the center of the diagram and place related ideas and concepts around it. This process helped to develop students’ thinking abilities, systematize knowledge, and strengthen cooperation among them. RESULTS AND DISCUSSION: the results of the study showed that the use of cluster technology in physical education classes significantly increases students’ interest in the lesson. Students master the topic not only by listening but also through active participation. Through the cluster method, students learn to express their ideas freely, identify relationships between topics, and develop teamwork skills. In addition, this method makes the lesson more interactive and engaging. Students also gain the opportunity to systematically develop their knowledge about sports, physical exercises, and a healthy lifestyle. CONCLUSION: in conclusion, the use of cluster technology in physical education classes is an important pedagogical tool for increasing the effectiveness of education. This method develops students’ independent thinking, forms teamwork skills, and helps organize an interactive learning process. Therefore, the wide use of cluster technology in physical education lessons contributes to improving students’ level of knowledge, promoting a healthy lifestyle, and enhancing the quality of education.