FOYDALANISH DARS SAMARADORLIGINI OSHIRISH OMILI»
Masharipova Havojon Talantovna
Xorazm viloyati Hazorasp tumani.
9-son maktab kimyo fani oʻqituvchisi
Annotatsiya: Mazkur maqolada, umumiy oʻrta taʼlim maktablarida zamonaviy texnologiyalardan foydalangan holda Kimyo darsini oʻqitish hamda dars samaradorligini oshirish omillari haqida gap boradi.
Kalit soʻzlar: axborot texnologiyalari, innovatsion texnologiyalar, interfaol metodlar, zamonaviy texnologiyalar va dasturlar.
XX asrning ikkinchi yarmidan boshlab sanoat davridan axborot texnologiyalari davriga oʻtish natijasida taʼlim sohasiga oid axborotlarni egallashga boʻlgan ehtiyoji kuchayadi. Bu oʻz navbatida har bir kimyo oʻqituvchisi oldiga oʻquv reja va dasturlarida belgilangan mavzular doirasidagi bilimlarni egallash bilan chegaralanib qolmasdan, ijodiy faoliyat yuritishi, tadqiqot ishi qilishi, ijodiy va tanqidiy tafakkurini rivojlantirishga sharoit yaratish muhim vazifalardan ekanligini taqozo qilmoqda.
Oʻquv jarayonida oʻquvchilarga mavzularni yetkazib berish muhim hisoblanadi, chunki uni internetda yoki diskda tarqatish mumkin. Hamma oʻquvchilarda bir xil imkoniyat yoʻq, shuning uchun kutubxona yordamidan foydalanish yaxshi natija beradi. Yana bir muammo shundaki, undan mashgʻulot davomida oʻqituvchi qanday foydalanishi kerak boʻladi, shuni kompyuterda hal qilish mumkin. Mashgʻulotni tashkil etishda har xil yondashish mumkin. Mavzular kompakt disklarda yoki internet orqali yetkazilishi mumkin. Masalan, anorganik kimyo fanidagi metallar boʻlimi laboratoriya tajribalarini animasiyalardan foydalanib oʻrganish mumkin.
Asosiy vazifasi taʼlim olishda zamonaviy texnikalar orqali bilim olishdan iborat.boʻlib, undagi maʼruzalar, laboratoriya ishlari, rasmlar, testlar, interaktiv testlar foydalanuvchilarga metallar mavzusini oʻqitish boʻyicha bilimlarni oson oʻzlashtirishga va yodda saqlab qolishga yordam beradi.
Shunday qilib, anorganik kimѐ fani taʼlimida axborot texnologiyalaridan foydalanish talabalarning bilim olishiga boʻlgan qiziqishini oshiradi, uni rivojlantiradi. Kimyo fanining mohiyati va ahamiyatini tez va oson tushunib yetishga olib keladi. Kimyoviy reaksiyalarni xavfsiz bajarishga imkon boʻladi.
Zamonaviy axborot texnologiyalarining dasturiy vositalari yordamida turli shakldagi kasbiy taʼlim boʻyicha elektron resurslar yaratishning keng imkoniyatlari mavjud. Bunda Power Point, Macromedia DreamWeaver, Microsoft FrontPage, HTML muharrirlari va Microsoft Word, Adobe Photoshop, CorelDraw, Acrobat Reader, Director, Macromedia Flash kabi dasturiy vositalarning imkoniyatlari katta hisoblanadi. Masalan, Macromedia Flash 8 animasion dastur bunga misol boʻladi. Bu dasturdan foydalanib, turli kimѐ faniga oid animasiyalarni tayѐrlash mumkin. Fanlarni oʻqitishda uzviylik va izchillikni taʼminlash, darslik va oʻquv qoʻllanmalarni takomillashtirish, ilm-fan sohasidagi yangiliklarni ularda aks ettirish, bugungi va istiqboldagi vazifalarni yoritish, mustaqil taʼlim, oʻqitish jarayonida ilgʻor pedagogik va zamonaviy axborot-kommunikasiya texnologiyalaridan keng foydalanish imkoniyatlarini hisobga olish muhim ahamiyat kasb etadi.
Oʻquv fanlari boʻyicha elektron oʻquv vositalarining yaratilishi mazkur fanlarni oʻqitishda zamonaviy axborot-kommunikasiya texnologiyalaridan foydalanish imkoniyatini yanada kengaytiradi. Bu oʻz navbatida, talabalarning mazkur fanlar boʻyicha bilimlarni chuqur oʻzlashtirishlari asosiy omil boʻlib, taʼlim-tarbiya sifati va samaradorligini oshiradi. Dunyoning turli mamlakatlarida koʻplab tadqiqotchilar taʼlimda innovasiyalarni qoʻllash boʻyicha har doim izlanishlar olib borishgan. Ular "Innovatsiyalar", "interfaol metodlar", innovasion texnologiyalar toʻgʻrisida yaxshi axborotlar yigʻishgan. Keyingi yillarda innovasion va axborot texnologiyasi asosida mustaqil taʼlimni amalga oshirishga oid ilmiy - metodik tadqiqotlar va taʼlimni amalga oshirish tajribalari bu muammoni hal qilish mumkinligini koʻrsatmoqda.
Hozirgi ilm-fan, texnika va sanoat jadal rivojlanayotgan, ijtimoiy, ekologik holat keskinlashib borayotgan paytda maktablarda Kimyo fanini mazmun jihatdan yangicha o’qitish bir tomondan zaruriyat bo’lsa, ikkinchi tomondan, zamon talabidir. Maktabda kimyo ta’limining ahamiyati uning fan-texnika taraqqiyotida, ishlab chiqarish sohalari va kundalik hayotda tutgan o’rni bilan belgilanadi. Umumiy o’rta ta’lim maktablarida kimyo fanini o’qitish orqali o’quvchilarning ilmiy dunyoqarashini, mantiqiy fikrlay olish qobiliyatini, aqliy rivojlanishini, o’z-o’zini anglash salohiyatini shakllantirish va o’stirish, ularda milliy va umuminsoniy qadriyatlarni tarkib toptirish hamda ijtimoiy hayotlari va ta’lim olishni davom ettirishlari uchun zarur bo’lgan bilimlar beriladi.
7-,8- va 9- sinflarda o’rganiladigan kimyoning mazmuni imkoni boricha o’quvchilar atrofini o’rab turgan muhitdagi hayot, turmush va ishlab chiqarish hamda o’quvchilarning turmush tajribasi bilan bog’langan bo’lishi lozim.O’quv dasturi kimyo fani o’qitishda oddiydan murakkabga tomon tuzilgan bo’lib, dastavval modda, moddalarning xossalari, kimyoviy til, eng muhim kimyoviy tushunchalar va qonunlar, nazariyalar, kimyoviy ishlab chiqarish texnologiyasi, kimyo sanoati erishgan yutuqlar, tabiat va jamiyatda kimyoviy ishlab chiqarishning o’rni, ta’siri haqidagi bilimlarni berish va amaliy malakalarni hosil qilishga katta ahamiyat berilgan.O’quv dasturda o’quvchilar bilan o’tkaziladigan amaliy mashg’ulotlar va laboratoriya ishlariga, har bir mavzuga tegishli savol va topshiriqlarni yechishga katta ahamiyat beriladi, tegishli bo’limlar tugatilgandan so’ng olingan nazariy bilimlar masalalar yechish yoki test sinovlarini bajarish orqali mustahkamlab boriladi.
Induksiya - ma’lum miqdorda yakka holdagi fakt, hodisa va jarayonlarni kuzatish orqali, shu kuzatishlarga tayangan holda ishlab chiqarilgan umumiy xulosa chiqarish. Bu usul bo’yicha, oldin ko’p miqdordagi obyekt yoki jarayonlar yaxshilab kuzatiladi, o’rganib chiqiladi, keyin ushbu kuzatishlardan yagona, umumiy xulosa chiqariladi. Induksiyada mantiq asosiy o’ringa ega emas, tajriba birlamchi rolga ega. Faktlardan qoidaga qarab, yakka holdagi ko’plab o’rnaklardan yagona umumiy xulosaga qarab boriladi. Xususiy holatlar, fikrlardan umumiy bir xulosa ishlab chiqiladi.
Muammoli ta’lim turi ilmiy-uslubiy jihatdan 3 xil ko’rinishga ega.
Muammoli vaziyatni vujudga keltirish.
Muammoning qo’yilishi.
Muammoning yechimini topish.
Muammoli vaziyatni o’quv mashg’ulotlarining barchasida shakllantirish mumkin. Uni dars jarayonida qancha ko’p shakllantirish o’qituvchiga bog’liq. Muammoli vaziyatning ahamiyati shundaki, u o’quvchilar diqqatini bir joyga (muammoga) qaratadi va o’quvchilarning izlanishiga, fikrlashga o’rgatadi .Muammoli ta’lim o’qituvchi rahbarligida muammoli vaziyat vujudga keltirilib, mazkur muammo o’quvchilarning faol, mustaqil faoliyati natijasida nazariy bilim, amaliy ko’nikma va malakalarni ijodiy o’zlashtirish va aqliy faoliyatni rivojlantirishga imkon beradigan ta’lim jarayonini tashkil etishni nazarda tutadi.Muammoli o’qitish jarayonida o’quvchilarga tadqiqiy, evristik, muammoli vaziyatlarni tahlil qilish bo’yicha topshiriqlar beriladi.
Bunda:nostandart masalalarni tuzish bo’yicha;
shakllantirilmagan savol bilan;
ortiqcha ma’lumotlar bilan;
o’zining amaliy kuzatuvlari asosida mustaqil umumlashtirish;
yo’riqnomalardan foydalanmasdan qandaydir obyekt mohiyatini bayon etish;
olingan natijalarni qo’llash chegaralarini va darajalarini aniqlash;
hodisaning namoyon bo’lish mexanizmini aniqlash;
«bir lahzada» topish kabi topshiriqlarni berish mumkin.
Muammoli vaziyatlarda yechimga kelishning algoritmi quyidagi tartibda amalga oshiriladi: muammoni qo’yittt, ma’lumotlar fondini to’plash, qayta ishlash, yechim modelini aniqlash, qo’shimcha ma’lumotlar to’plash va ularni tanlangan yechim modelida aks ettirish, yangi ma’lumotlar va yechim modeli o’rtasidagi zidlikni aniqlash, zidlikni yechimini topish, yangi yechim modelini yaratishdan iboratdir.“Muammoli vaziyat” usuli - ta’lim oluvchilarda muammoli vaziyatlarning sabab va oqibatlarini tahlil qilish, hamda ularning yechimini topish bo’yicha ko’nikmalarini shakllantirishga karatilgan usuldir."Muammoli vaziyat" usuli uchun tanlangan muammoning murakkabligi ta’lim oluvchilarning bilim darajalariga mos kelishi zarur. Ular ko’yilgan muammoning yechimini topishga qodir bo’lishlari kerak, aks holda yechimni topa olmaslik, ta’lim oluvchilarning kizikishlari so’nishiga, o’zlariga bo’lgan ishonchlarining yo’qolishiga olib keladi. «Muammoli vaziyat» usuli ko’llanilganda ta’lim oluvchilar mustakil fikr yuritishni, muammoning sabab va okibatlarini tahlil qilishni, uning yechimini topishni o’rganadilar.
“Muammoli vaziyat ” usulining bosqichlari:
Ta’lim beruvchi mavzu bo’yicha muammoli vaziyatni tanlaydi, maksad va vazifalarni aniklaydi. Ta’lim beruvchi ta’lim oluvchilarga muammoni bayon kiladi. Ta’lim beruvchi ta’lim oluvchilarni topshirikning maksad, vazifalari va shartlari bilan tanishtiradi.
Ta’lim beruvchi ta’lim oluvchilarni kichik guruhlarga ajratadi. Kichik guruhlar berilgan muammoli vaziyatni o’rganadilar. Muammoning kelib chiqish sabablarini aniklaydilar va har bir guruh takdimot kiladi. Barcha taqdimotlar so’ng bir xil fikrlar jamlanadi.
Bu bosqichda muammoning oqibatlari to’g’risidagi fikr- mulohazalarni takdimot qiladilar. Taqdimotdan so’ng bir xil fikrlar jamlanadi. Muammoni yechishning turli imkoniyatlarini muhokama va tahlil kiladilar. Muammoli vaziyatni yechish yo’llarini ishlab chiqadilar. Kichik guruhlar muammoli vaziyatning yechimi bo’yicha takdimot qiladilar va o’z variantlarini taklif etadilar.Barcha takdimotdan so’ng bir xil yechimlar jamlanadi. Guruh ta’lim beruvchi bilan birgalikda muammoli vaziyatni yechish yo’llarining eng maqbul variantlarini tanlab oladi.O’qituvchi barcha o’quvchining javobini umumlashtirish jarayonida quyidagilarga e’tiborini qaratishi lozim:
Muammoli savolga aniq javob topishga undash.Muammoga aloqasi bor deb o’ylagan barcha fikrlarga e’tibor qaratish.Ko’rgan, eshitgan, o’qiganlari asosida mustaqil fikrlarini aytish, o’z bilimlarini baholay olishga sharoit yaratish.Har bir guruh a’zolarining mustaqil fikrlarini qisqa, lo’nda, tiniq, aniq qilib ifodalashlariga ko’maklashish.O’rtog’ining o’zidan yaxshi fikrlashini sidqidildan tan olishga, ularga havas qilishga, ularni past darajada fikrlayotganligini tan olishga yo’naltirish.O’rtog’ining ijobiy javoblarini o’zlashtirishga harakat qilish.Darslikdan unumli foydalanishni bilish.O’qituvchi umumlashtirish jarayonida aniq asosli javob aniqlanadi, yaxshi ishtirok etgan o’quvchilar rag’batlantiriladi, baholanadi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. M.Nishonov, Sh.Mamajonov, B.Xo`jayev «Kimyo o`qitish metodikasi»Toshkent, O`qituvchi 2002, 112 b.[1]
2. A.Mavlonov S.Abdalova «Davlat Ta`lim Standartlari asosida pedogogik texnologiyani shakllantirish va amaliyotga joriy etish». «Ta`lim texnologiyalari», «Ta`lim muammolari» Toshkent, 2009. 96 b. ilmiy-uslubiy jurnal.[2]
3. B.Bozorov «Kimyoning asosiy tushuncha va qonunlari mavzusini o`qitishda pedogogik texnologiyalarning o`rni». Umum ta`lim fanlari metodikasi ilmiy-uslubiy jurnal N:8 (44) 2014 y. Toshkent. [3]
4. S.Mizrayeva «Yangi pedogogik texnologiyalar va kimyo» maktabda kimyo 3(27) son 2011, 32 b.[4]
Matn PDFdan avtomatik ajratib olingan va xatoliklar bo'lishi mumkin.