KIRISH: XXI asrda ta’lim tizimining raqamlashtirilishi global jarayonga aylandi. Raqamli texnologiyalarni ta’lim jarayoniga integratsiya qilish o‘quvchilarning bilim olish samaradorligini oshirish, mustaqil fikrlashini rivojlantirish hamda zamonaviy kompetensiyalarni shakllantirishda muhim omil hisoblanadi. Ayniqsa, kimyo fanini o‘qitishda murakkab molekulyar jarayonlar, laboratoriya tajribalari va abstrakt tushunchalarni vizuallashtirish zarurati raqamli vositalardan foydalanishni taqozo etadi. Kimyo o‘qitish metodikasida raqamli ta’lim texnologiyalaridan foydalanish o‘quvchilarning nazariy bilimlarini amaliy ko‘nikmalar bilan integratsiyalash, virtual laboratoriyalar orqali tajribalarni xavfsiz va samarali bajarish hamda individual ta’lim trayektoriyasini shakllantirish imkonini beradi. MAQSAD: mazkur tadqiqotning asosiy maqsadi – kimyo o‘qitish metodikasida raqamli ta’lim texnologiyalaridan foydalanishning pedagogik imkoniyatlarini aniqlash, ularning o‘quv jarayoniga ta’sirini tahlil qilish hamda samaradorligini ilmiy asoslashdan iborat. Raqamli ta’lim texnologiyalarining nazariy asoslarini o‘rganish, kimyo fanini o‘qitishda qo‘llaniladigan raqamli platformalar va vositalarni tahlil qilish, virtual laboratoriya va simulyatsiyalarning didaktik imkoniyatlarini aniqlash, o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va kompetensiyalariga ta’sirini baholash. Kimyo fanining o‘ziga xosligi – undagi abstrakt tushunchalar (atom tuzilishi, molekulyar orbital nazariyasi, kimyoviy bog‘lanish turlari, kinetik va termodinamik jarayonlar) ko‘pincha o‘quvchilar tomonidan tasavvur qilishda qiyinchilik tug‘diradi. Raqamli simulyatsiyalar, 3D modellashtirish, animatsiyalar va virtual laboratoriyalar ushbu murakkab jarayonlarni vizuallashtirish orqali kognitiv yuklamani kamaytiradi va tushunishni chuqurlashtiradi. Bu esa o‘z navbatida bilimlarning barqaror va uzoq muddatli o‘zlashtirilishiga xizmat qiladi. MATERIALLAR VA METODLAR: tadqiqot jarayonida quyidagi metodlardan foydalanildi: Nazariy tahlil metodi – pedagogik va metodik adabiyotlarni o‘rganish. Taqqoslash metodi – an’anaviy va raqamli o‘qitish usullarini qiyosiy tahlil qilish. Eksperimental metod – raqamli vositalardan foydalangan holda dars jarayonini tashkil etish. Statistik tahlil – o‘quvchilarning o‘zlashtirish ko‘rsatkichlarini aniqlash. Tajriba jarayonida quyidagi raqamli vositalardan foydalanildi: PhET Interactive Simulations – kimyoviy reaksiyalar va molekulyar tuzilmani vizuallashtirish. Google Classroom – topshiriqlarni boshqarish va baholash. ChemDraw – kimyoviy formulalar va strukturalarni modellashtirish. Virtual laboratoriya dasturlari va interaktiv test platformalari. Eksperimental tadqiqot umumta’lim maktabining 9–10-sinf o‘quvchilari o‘rtasida olib borildi. Nazorat va tajriba guruhlari shakllantirilib, tajriba guruhida raqamli texnologiyalar asosida darslar tashkil etildi. MUHOKAMA VA NATIJALAR: tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, raqamli ta’lim texnologiyalaridan foydalanish o‘quvchilarning mavzuni tushunish darajasini oshirdi, murakkab kimyoviy jarayonlarni vizual idrok etishni osonlashtirdi, mustaqil ta’lim olish ko‘nikmalarini rivojlantirdi, motivatsiyani sezilarli darajada kuchaytirdi. Virtual laboratoriyalar orqali xavfli kimyoviy tajribalarni xavfsiz muhitda bajarish imkoniyati yaratildi. Shuningdek, differensial yondashuv asosida individual topshiriqlar berish orqali o‘quvchilarning shaxsiy ehtiyojlari inobatga olindi. Bu esa raqamli texnologiyalarning didaktik samaradorligini tasdiqlaydi. Raqamli texnologiyalarni qo‘llash natijasida quyidagi pedagogik samaralarga erishildi: O‘quvchilarning fan bo‘yicha motivatsiyasi va qiziqishi oshdi, mustaqil va tadqiqotga yo‘naltirilgan o‘quv faoliyati shakllandi, tanqidiy va mantiqiy fikrlash ko‘nikmalari rivojlandi, axborot-kommunikatsion kompetensiyalar mustahkamlandi, differensial va individual yondashuv samaradorligi ta’minlandi. Shuningdek, raqamli ta’lim texnologiyalari inklyuziv ta’limni qo‘llab-quvvatlash imkoniyatiga ega. Turli darajadagi o‘quvchilar uchun moslashtirilgan topshiriqlar, multimediya materiallari va adaptiv test tizimlari har bir o‘quvchining individual ehtiyojlarini inobatga olishga xizmat qiladi. Bu esa ta’limning insonparvarlik va shaxsga yo‘naltirilgan tamoyillarini amalda ta’minlaydi. XULOSA: tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, kimyo o‘qitish metodikasida raqamli ta’lim texnologiyalaridan samarali foydalanish ta’lim jarayonining mazmuni, shakli va metodlarini tubdan takomillashtirish imkonini beradi. Raqamli vositalar nafaqat axborotni yetkazish vositasi, balki o‘quvchilarning mustaqil bilim olish faoliyatini tashkil etuvchi, refleksiv va interaktiv o‘quv muhitini yaratuvchi pedagogik instrument sifatida namoyon bo‘ladi. Tadqiqot davomida qo‘llanilgan interaktiv platformalar, xususan PhET Interactive Simulations va Google Classroom, o‘quvchilarning dars jarayonidagi faolligini oshirish, tezkor qayta aloqa (feedback)ni ta’minlash hamda baholash jarayonini shaffof va tizimli tashkil etishda samarali vosita ekanligi aniqlandi. Virtual laboratoriyalar esa moddiytexnik baza cheklangan sharoitlarda ham sifatli amaliy mashg‘ulotlarni tashkil etish imkonini beradi. Umuman olganda, kimyo o‘qitish metodikasida raqamli ta’lim texnologiyalaridan foydalanish ta’lim sifatini oshirishning muhim strategik yo‘nalishi hisoblanadi. U o‘quvchilarning nazariy bilimlarini chuqurlashtirish, amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda zamonaviy jamiyat talablariga mos kompetensiyalarni shakllantirishga xizmat qiladi. Kelgusida sun’iy intellekt, adaptiv o‘quv platformalari va kengaytirilgan reallik (AR/VR) texnologiyalarini kimyo ta’limiga integratsiya qilish orqali fan o‘qitishning samaradorligini yanada oshirish, o‘quvchilarda ilmiy-tadqiqot kompetensiyalarini shakllantirish va innovatsion fikrlashni rivojlantirish mumkin. Shunday qilib, raqamli ta’lim texnologiyalaridan oqilona va metodik jihatdan asoslangan foydalanish kimyo ta’limini modernizatsiya qilishning muhim omili sifatida namoyon bo‘ladi
INTRODUCTION: in the 21st century, the digitalization of the education system has become a global process. The integration of digital technologies into the educational process is an important factor in increasing learning effectiveness, developing students’ independent thinking, and forming modern competencies. In particular, in teaching chemistry, the need to visualize complex molecular processes, laboratory experiments, and abstract concepts necessitates the active use of digital tools.The use of digital educational technologies in the methodology of teaching chemistry ensures the integration of theoretical knowledge with practical skills, enables safe and effective experimentation through virtual laboratories, and supports the formation of individual learning trajectories. AIM: the main purpose of this study is to identify the pedagogical opportunities for using digital educational technologies in the methodology of teaching chemistry, to analyze their impact on the educational process, and to scientifically substantiate their effectiveness. The objectives of the research include: studying the theoretical foundations of digital educational technologies, analyzing digital platforms and tools used in chemistry teaching, identifying the didactic potential of virtual laboratories and simulations, evaluating their impact on students’ knowledge, skills, and competencies. The specificity of chemistry lies in its abstract concepts (atomic structure, molecular orbital theory, types of chemical bonding, kinetic and thermodynamic processes), which often create difficulties for students’ understanding. Digital simulations, 3D modeling, animations, and virtual laboratories help visualize complex processes, reduce cognitive load, and deepen comprehension, thereby ensuring durable and long-term knowledge acquisition. MATERIALS AND METHODS: the following research methods were employed: theoretical analysis of pedagogical and methodological literature, comparative analysis of traditional and digital teaching methods, pedagogical experiment using digital tools in the learning process, statistical analysis of students’ academic performance.During the experimental work, the following digital tools were used: PhET Interactive Simulations – for visualizing chemical reactions and molecular structures. Google Classroom – for assignment management and assessment. ChemDraw – for modeling chemical formulas and structures, virtual laboratory programs and interactive testing platforms. The experimental study was conducted among 9th–10th grade students of a general secondary school. Control and experimental groups were formed, and in the experimental group, lessons were organized using digital technologies. DISCUSSION AND RESULTS: the results of the study demonstrated that the use of digital educational technologies: increased students’ level of understanding of the subject matter, facilitated the visual perception of complex chemical processes, developed independent learning skills, significantly enhanced learning motivation. Virtual laboratories provided opportunities to conduct potentially hazardous chemical experiments in a safe environment. Furthermore, the implementation of differentiated instruction through individualized tasks allowed consideration of students’ personal learning needs. The following pedagogical outcomes were achieved: increased motivation and interest in chemistry, formation of research-oriented learning activities, development of critical and logical thinking skills, strengthening of information and communication competencies, improved effectiveness of individualized and differentiated instruction. Digital educational technologies also support inclusive education. Adapted assignments, multimedia materials, and adaptive testing systems help address diverse learning needs and ensure the implementation of learner-centered and humanistic educational principles. CONCLUSION: the findings of the study indicate that the effective use of digital educational technologies in the methodology of teaching chemistry significantly improves the content, forms, and methods of instruction. Digital tools function not only as means of information delivery but also as pedagogical instruments that create an interactive, reflective, and research-oriented learning environment. The application of platforms such as PhET Interactive Simulations and Google Classroom proved effective in increasing classroom engagement, ensuring immediate feedback, and organizing transparent assessment processes. Virtual laboratories enable high-quality practical activities even in institutions with limited material and technical resources. Overall, the integration of digital educational technologies is a strategic direction for improving the quality of chemistry education. It promotes deeper theoretical understanding, enhances practical skills, and fosters competencies aligned with the demands of modern society. Future research perspectives include the integration of artificial intelligence, adaptive learning platforms, and augmented/virtual reality (AR/VR) technologies into chemistry education to further enhance instructional effectiveness, develop research competencies, and stimulate innovative thinking.