SIFATIDA”
Yuldashova Adolat Adilbayevna
O’qituvchi, Mirzo Ulug’bek nomidagi
O’zbekiston Milliy universiteti Xorijiy
filologiya fakulteti Nemis filologiyasi kafedrasi,
+99893 524 04 16 adolat@mail.ru
Annotatsiya: Ushbu maqolada nemis tilshunosligida yaratilgan tilshunoslik terminlariga oid lug’atlarda ularga sarlavha tanlanishi va so’zboshida ushbu lug’atlarga berilgan ta’riflar to’g’risida so’z yuritiladi.
Kalit so’zlar : lug’at sarlavhasi, so’zboshi, tilshunoslik sohasi, tilshunoslik yo’nalishi, lingvistik leksikon, lingvistik terminologiya
Annotation: This article discusses the selection of headings for linguistic terms in dictionaries created in German linguistics, as well as the definitions given to these dictionaries in the preface.
Keywords: dictionary title, preface, field of linguistics, linguistic direction, linguistic lexicon, linguistic terminology
Аннотация: В данной статье рассматривается выбор заголовков для лингвистических терминов в словарях, созданных в немецком языкознании, а также определения, приведённые в предисловии к этим словарям.
Ключевые слова: заголовок словаря, предисловие, область лингвистики, направление лингвистики, лингвистический лексикон, лингвистическая терминология
Lug’at yaratishda unga beriladigan sarlavha va so’zboshi muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki foydalanuvchi lug’at nomini o’qiganda u taxminan qaysi soha yoki yo’nalishga oid terminlarni o’z ichiga olganini taxmin qilishi mumkin. Har bir lug’atshunos lug’at yaratayotganda o’z oldiga biror soha yoki yo’nalish terminlarini qamrab olishni ko’zlasa ham amalda bu ish deyarli imkonsiz hisoblanadi. Bunga tilshunoslik sohasini misol qilib olinsa, ushbu fan ham boshqa fanlar singari tinimsiz rivojlanib, unga yangidan-yangi yo’nalishlar kirib keladi, bu esa o’z navbatida fanga yangi termin va atamalar kirib keladi hamda terminologiya qamrovi kengayib boraveradi. Nemis lug’atshunosligidagi tilshunoslik terminlariga oid lug‘atlardan biri bo’lgan "Lexikon der grammatischen Terminologie" [1,194] nomli lug’at nomiga ko’zi tushgan foydalanuvchi unda kompyuter lingvistikasi terminologiyasini topishi mumkinligi haqida o’ylamaydi. Xuddi shuningdek, „Terminologie der generativen Grammatik “ kabi generativ grammatika terminologiyasiga oid asarda tarixiy tilshunoslik atamalar to‘plamini topishdan ham umid qilinmaydi.
Biroq, metatilli lexikografiyada bunday aniq nomlanishlar kam uchraydi. Odatda, lexikograflar mutlaqo istisnosiz xalqaro "lingvistika" yoki nemischa "tilshunoslik" atamalaridan foydalanib, o‘z tadqiqot obyekti haqida tushuncha berishga harakat qiladilar. Agar ular qo‘shimcha sarlavha keltirmasalar, aniqrog‘i, bu aniq terminologik tushunarlilikka xizmat qilmaydi, chunki "lingvistika" atamasi "tilshunoslik" bilan sinonim ham, unga nisbatan torroq ma’noda ham bo‘lishi mumkin. Shunday ekan, lingvistik terminlar lug‘ati bilan tilshunoslik terminlari lug‘ati bir xil sohani qamrab oladimi yoki "lingvistika leksikoni" "tilshunoslik leksikoni"dan farqli atamalarni o‘z ichiga oladimi – bular faqatgina sarlavhadan kelib chiqib hal etilmaydi. Bunday farqlarni, ehtimol, faqat muallifning so‘zboshi orqali aniqlash mumkin. Ammo u yerdan ham juda katta yordam kutish to’g’ri emas. Ayrim leksikograflar bu borada kam ma’lumot berishadi. Masalan, Helbig umuman o‘z tadqiqot sohasiga ta’rif berishga harakat ham qilmaydi. Aksincha, u o‘z kitobini bilimdon auditoriya uchun mo‘ljallangan deb hisoblaydi va muqaddimada faqatgina o‘zining Kleines Wörterbuch linguistischer Termini (Kichik lingvistik terminlar lug’ati) lug’atining cheklangan xususiyatini asoslash bilan kifoyalanadi: "So‘nggi o‘n yilliklarda lingvistikaning jadal rivojlanishi shunchalik ko‘p yangi terminlarni yuzaga keltirdiki, yangi tilshunoslik ishlarida yo‘nalish topish ko‘pincha qiyinlashdi. Bundan tashqari, bu yangi terminlar turli lingvistik yo‘nalishlarda har xil ma’noda qo‘llaniladi. Shu sababli, quyida ba’zi yangi va kam tanilgan terminlarni jamlab, ularni izohlashga harakat qilinadi"[1,195]. Helbig singari tilshunoslik va lingvistika atamalarini sinonim sifatida ishlatadigan Konrad ham sarlavha tanlash borasida izoh berish bilan shug‘ullanmaydi. Biroq, u Helbigga qaraganda o‘quvchiga ancha aniqroq ma’lumot taqdim etadi. Chunki Helbig o‘z tadqiqot doirasini faqat formal jihatdan belgilasa, Konrad esa mazmuniy yo‘nalishni ham aniqlashga harakat qiladi. U Kleines Wörterbuch linguistischer Termini lug‘atida ko‘rib chiqilgan barcha mavzularni tuzuvchilarga muvofiq tartibda batafsil sanab o‘tadi: umumiy asosiy tushunchalar, til nazariyasi, tilshunoslik tarixi va uslublari, grammatika nazariyasi, fonetika/fonologiya, morfologiya, til tipologiyasi, yozuv, sintaksis, tarixiy grammatika va fonetika, leksikologiya, so‘z yasalishi, etimologiya, onomastika, dialektologiya, ijtimoiy lingvistika, poetika va stilistika, til oilalari [4,3]. O‘n yil o‘tib, u Lexikon sprachwissenschaftlicher Termini ( Tilshunoslik terminlari leksikoni) lug’atining so‘zboshi orqali oldingi asariga yana qaytadi va uning terminologik taklifini hozirgi tadqiqot darajasiga mos kelmay qolgan joylarini kengaytirib, ko‘plab yangi sohalarni qo’shadi. Uning asosiy mazmuni Kleines Wörterbuch linguistischer Termini lug‘atidan kelib chiqqan bo‘lsa-da, u an’anaviy tilshunoslik sohalari, jumladan, klassik strukturalizm va generativ grammatika bilan birga, so‘nggi 10-15 yil ichida lingvistik tadqiqot markaziga aylangan sohalarni ham o‘z ichiga oladi." Busman ham o‘zining Lexikon der Sprachwissenschaft (Tilshunoslik leksikoni) katta lug’ati orqali o‘qituvchilar va o‘quvchilarga lingvistik terminlarning keng doirasini taqdim etish maqsadini ko‘zlaydi[2,7]. Biroq, Konraddan farqli ravishda, u so‘zboshi davomida darhol lingvistikaning so‘nggi rivojlanish bosqichlariga e’tibor qaratmaydi. Aksincha, avval o‘zining umumiy maqsadini quyidagicha bayon qiladi: "Uzoq yillik o‘qituvchilik tajribasidan kelib chiqqan ushbu leksikonning asosiy maqsadi — sinxron va diaxron tilshunoslikning ilmiy terminologiyasini to‘liq ro‘yxatga olish va uni tushunarli tarzda izohlash." Shundan keyingina u mazmuniy aniqlik kiritib, alohida asosiy yo‘nalishlarni sanab o‘tadi, lekin buni Konrad kabi mukammal va batafsil ro‘yxat shaklida emas keltirmaydi,masalan: (a) Leksikonning asosini sinxron va diaxron tilshunoslikning asosiy tushunchalari tashkil qiladi. Bu tushunchalar tegishli yo‘nalishlar, metodlar va modellar bilan bog‘liq (masalan, so‘z, subyekt, modus, yosh grammatiklar maktabi, strukturalizm). (b) Qo‘shimcha e’tibor tilshunoslikning amaliy sohalari terminologiyasiga qaratilgan (masalan, chet tillarni o‘qitish metodikasi, lingvistik ma’lumotlarni qayta ishlash, nutq buzilishlari). (c) Yana bir muhim yo‘nalish — alohida tillar va til oilalari (masalan, nemis tili, german tillari, hind-yevropa tillari). (d) Shuningdek, ushbu leksikon lingvistikaga yaqin bo‘lgan fanlar hamda so‘z birikmasi bilan bog‘liq lingvistik yo‘nalishlarga oid tushunchalarni o‘z ichiga oladi (masalan, formal mantiq, ijtimoiy lingvistika, psixolingvistika) Busman o‘zining yakuniy izohida, leksikonning maqolalarini (lemmalarini) tanlashda "an’anaviy" va "zamonaviy" terminologiya o‘rtasida muvozanat saqlashga intilganini ta’kidlaydi. Bu esa o‘quvchida, hatto maktab grammatikasiga oid yoki XIX asr tilshunosligi tomonidan shakllantirilgan terminlarga ham munosib o‘rin ajratilgan keng qamrovli ma’lumotnoma kutish mumkinligi haqida ishonch uyg‘otadi. Biroq, Levandovski o‘zining Linguistisches Wörterbuch (Linguistik lug‘ati) lug’atini (1973) juda qisqa so‘zlar bilan ochib beradi va unda lug‘at tarkibi haqida aniq ma’lumot deyarli yo‘q [6,5]. U yerda foydalanuvchiga "lingvistika"ning qanday tushunilishi haqida hech qanday tushuntirish berilmaydi. Aksincha, faqat shunchaki, ushbu soha juda keng doirada ko‘rib chiqilgani ta’kidlanadi. Aniq nomi bilan tilga olingan faqat ayrim qo‘shimcha sohalar bo‘lib, ular orasida an’anaviy yo‘nalishlar ham, lingvistikaning turli amaliy yo‘nalishlari ham bor. Lekin aynan amaliy lingvistika bu davrda hali chetga surilgan mavqeini egallaydi va faqat keyingi so‘zboshlarda ko‘proq e’tibor qozonadi: "Ushbu ikki jildlik lug‘at 1000 dan ortiq asosiy terminlarni o‘z ichiga oladi. U lingvistikani tor yoki tizimli-nazariy ma’noda emas, balki kommunikatsiya ilmi hamda ilmiy-nazariy nuqtai nazarni hisobga olgan holda keng tushunchada ko‘rib chiqadi. Shuningdek, so‘zlar ro‘yxatiga sotsiolingvistika, psixolingvistika, matn lingvistikasi va pragmalingvistika yo‘nalishlarining atamalari ham kiritilgan. Levandovski faqat bitta jihatni aniq tushuntiradi: mavjud joy chegaralanganligi sababli, u ablativ, artikl, aorist kabi (maktab) grammatika tushunchalarini izohlashdan voz kechgan va ularni kelishik, so‘z turkumlari, zamon kabi umumiyroq kategoriyalarga bog‘lagan. Shu bois, so‘zboshi orqali o‘quvchi hech bo‘lmaganda Levandovskining lug‘atida nimani topa olmasligini yoki faqat bilvosita yo‘llar orqali tushunishi mumkinligini bilib oladi.
Knoblox esa bunday da’voni 1961-yildan beri qismlarga bo‘lib chop etilayotgan "Sprachwissenschaftliches Wörterbuch" uchun ilgari suradi: „ Bu lug‘at tilshunoslikning butun terminologiyasini hamda ish maydonlari kesishadigan darajada unga yaqin fanlarning ham atamalarini imkon qadar qisqa va tushunarli shaklda yoritishi lozim.“ Knoblox nemischa atama "Sprachwissenschaft" ni afzal ko‘rgan bo‘lsa-da, unga teng variant sifatida "Linguistik" xalqaro atamasidan ham foydalanadi[1,196].Mavzular tilshunoslik nazariy muammolaridan tortib xorijiy tillarni o‘qitish amaliyotigacha bo‘lgan yo‘nalishlarni qamrab oladi va ular muqaddimada batafsil bayon etilgan bo‘lib, natijada mazkur qo‘llanmaning chegaralarini aniq belgilaydi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
[1] Kreuder H.-D. Metasprachliche Lexikographie. Max Niemeyer Verlag,2003. [2] Bußmann H. Lexika der sprachwissenschaftlichen Terminologie. Bericht über eine vernachlässigte Gattung. – In: Deutsche Sprache 2. 1974. [3] Bußmann H. Lexikon der Sprachwissenschaft. Alfred Kröner Verlag, Stuttgart, 2008. [4] Conrad R.Lexikon der sprachwissenschaftlicher Termini. Bibliographisches Institut, Leipzig, 1985 [5] Heupel C. Linguistisches Wörterbuch. Deutscher Taschenbuch, München, 1978 [6] Lewandowski Th. Linguistisches Wörterbuch. Wissenschaft, 1975 Mamatova, F. M. The Process of Conceptualization as a Basis for Categorization. International Journal on Integrated Education. Mamatova, F. (2021). Cross-Cultural Analysis: Representation of Some Aspects of a Parent-Child Relationship (on the Examples of English and Uzbek Proverbs). In SHS Web of Conferences (Vol. 100, p. 02008). EDP Sciences.
Matn PDFdan avtomatik ajratib olingan va xatoliklar bo'lishi mumkin.