ResearcherUz LogoResearcherUz
Jurnalni ko'rish

MAKTABAGACHA TAʼLIM TASHKILOTIDA GIPER BOLALARGA TAʼLIM-TARBIYA BERISHNING PEDAGOGIK YOʻLLARI

Annotatsiya

Oʻzbekiston Respublikasi «Maktabgacha taʼlim va tarbiya toʻgʻrisida» qonunchilik palatasi tomonidan 2019-yil 22-oktabrida qabul qilingan, senat tomonidan 2019-yil 14- dekabrida maqullangan qonuning 3-moddasida aytib oʻtilganidek. Maktabgacha taʼlim va tarbiya - bolalarga talim va tarbiya berishga, ularni intelektual, maʼnaviy, axloqiy, etik, estetik va jismoniy jihatdan rivojlanishiga shuningdek, bolalarni umumiy oʻrta taʼlimga tayorlashga qaratilgan uzluksiz taʼlim turidir.


To'liq PDF hujjat

O'xshash maqolalar

Maqola matni

--⊱⊱ 597 ⊰⊰--

BERISHNING PEDAGOGIK YOʻLLARI

Musinova Dilfuza Foziljonovna

Andijon viloyati Paxtaobod tumani

21-DMTT Oʻqituvchi logoped

Sharobidinova Raʼnoxon Avazbek qizi

Andijon viloyati Oltinkoʻl tumani

1-DMTT Oʻqituvchi logoped

Oʻzbekiston Respublikasi «Maktabgacha taʼlim va tarbiya toʻgʻrisida» qonunchilik palatasi tomonidan 2019-yil 22-oktabrida qabul qilingan, senat tomonidan 2019-yil 14- dekabrida maqullangan qonuning 3-moddasida aytib oʻtilganidek. Maktabgacha taʼlim va tarbiya - bolalarga talim va tarbiya berishga, ularni intelektual, maʼnaviy, axloqiy, etik, estetik va jismoniy jihatdan rivojlanishiga shuningdek, bolalarni umumiy oʻrta taʼlimga tayorlashga qaratilgan uzluksiz taʼlim turidir.

Nevrotik holatdagi munosabatlar bolani tashqi muhit muammolaridan himoya qilish, doimo xavotirli kayfiyat, bolaga haddan tashqari ortiqcha gʻamxoʻrlik qilish bilan xarakterlanadi. Boladagi nuqsonni bartaraf etishga umidsizlik bilan qaraydilar, ishonchsizlik hosil qiladilar. Bunday holatdagi munosabatlar imkoniyati cheklangan bolalarning oʻz-oʻziga xizmat qilish malakalarining shakllanmasligi yoki kech shakllanishiga, ijtimoiy hayotga moslashuviiing qiyinlashuviga, boqimandalik kayfiyatida voyaga yetishiga olib keladi. Bunday holatdagi munosabatlar imkoniyati cheklangan bolalar kelajak hayotiga salbiy taʼsir etmasdan qolmaydi. Natijada ota-ona oʻz farzandini boqi-begʻam, loqayd qilib tarbiyalaganlagini sezmay qoladi. Shuni aytish joizki, imkoniyati cheklangan bola hayotining daslabki kunlaridanoq uni meʼyorida rivojlanishi va oʻsishi, nuqsonini bartaraf etilishi hamda xulqining shakllanishiga yordam beruvchi turli xil usullar va tarbiyaviy omillar mavjud. Ayniqsa bunday bolalarda axloq madaniyatini shakllantirish, atrofdagilar bilan oʻzaro muloqat qilish, xurmat bilan munosabatda boʻlishiga hamda oʻz tengdoshlari va kattalar bilan muomala qilish madaniyatini oʻrgatish ota-onalar zimmasiga katta maʼsuliyat yuklaydi.

Agarda imkoniyati cheklangan (nogiron) bolaning xatti harakatlarida muammolar boʻlsa, masalan, bola haddan tashqari asabiy yaʼni giperfaol boʻlsa darhol tegishli mutaxassis shifokor bilan maslahatlashish tavsiya etiladi. Ayniqsa ota-onalarning haddan tashqari asabiylashishi, meʼyoridan ziyod tartibga chaqirishi, nooʻrin tanbeh berishlari boshqalarning ham eʼtiborini tortib, bolaning xatti harakatlariga salbiy munosabatda boʻlishga olib keladi. Bunday vaziyatni oldini olish uchun bolaning eʼtiborini uni qiziqtiradigan narsalarga qaratish lozim. Nuqsonli bolani tarbiyalash jarayonida uni qaysi holatda boʻlishidan qaʼtiy nazar u qanday boʻlsa shundayligicha qabul qilish lozim. Psixosomatik holatdagi munosabatlarda bolaga har ikkala nevrotik va avtoritar uslubda munosabat koʻrsatiladi. Yaʼni, ota-ona nogiron bolaga ham haddan tashqari gʻamxoʻrlik qiladi, ham bolaning imkoniyatini chegaralaydi. Bunday munosabat bolaning boshqalarga qaramligini ortishiga, ijtimoiy jamiyat haqidagi tasavvurlarning yanada ortib borishiga, nuqsonlarining chuqurlashib ketishiga olib keladi. Nuqsonli bolaning tevarak atrofdagilar bilan koʻproq muloqatda boʻlishi uning kelajakdagi ijtimoiy hayotga tayyorlanishiga zamin yaratadi. Mashxur psixolog L.S. Vigotskiy “Bola tugʻilgan kunidan boshlaboq ijtimoiy vujuddir”, deb tasdiqlagan edi. Darhaqiqat, imkoniyati cheklangan bola oʻz hayotida zarur boʻlgan bilim va tajribalarini oʻz ota-onalaridan oʻrganib boradi. Shuni aytish

--⊱⊱ 598 ⊰⊰-- joizki baʼzan ota-onalar oʻzlarining tashqi koʻrinishlariga eʼtibor bermay qoʻyishadi. Bu esa bola ruhiyatiga salbiy taʼsir koʻrsatadi. Agarda ota-ona oʻz tashqi koʻrinishiga eʼtibor bermasa bolaning ham tashqi koʻrinishiga eʼtibor bermaydi. Chunonchi har bir ota-ona oʻz farzandlarining nogironlik toifasini eʼtiborga olgan holda oʻz yoshiga mos va bolaga qulay boʻlgan kiyimlarni estetik did bilan kiyintirishi ham ularni ruhlantirib hayotga boʻlgan qiziqishi ortib boradi. Ota-onalar oʻz farzandlarida mavjud boʻlgan nuqsonlarni va qiyinchiliklarni yengib oʻtishi uchun oʻz vaqtida tegishli mutaxassislarga murojaat etib ularning maslahati va hamkorligida korreksion-tarbiyaviy, psixologikpedagogik va tibbiy reabilitatsiya ishlarini hamkorlikda olib borish muhimdir. Har bir ota-ona oʻz farzandining ruhiy va jismoniy rivojlanishi qonuniyatlarini mukammal bilishlari lozim. Mutaxassislar ota-onalarning oʻz farzandlarini nuqsonlarini bartaraf eta olishiga boʻlgan ishonchini orttirish va uni topa olish usullarini koʻrsatishlari kerak. Bola uchun daslabgi tarbiyachi ota-onadir. Ota-onaning farzandlari bilan ochiq va samimiy munosabatlarni oʻrnata olishi muhimdir. Bolaga tarbiya berish oʻqitishga nisbatan qiyinroq vazifa hisoblanadi. Chunki tarbiya ishi murakkab va juda uzoq muddatni talab qiladigai jarayondir. Shuning uchun ham bola tarbiyasida oilaning oʻrni eng muhim xisoblanadi. Meʼyoridagi oddiy munosabatlarda ota-ona nogiron farzandiga avvalo shaxs sifatida qaraydi. Uning kamchiligidan uyalishi, qoʻrqish, hadiksirash hissida yashamaydi. Mutaxassislar bilan doimiy hamkorlik oʻrnatishga intiladi. Mutaxassislar maslahati va koʻrsatmalariga amal qiladi. Farzandiniig kelajagiga ishonch hissi bilan yashaydi. Bunday holatdagi munosabat asosida boladagi mavjud nuqsonni erta aniqlash, samarali korreksiyalash va ikkilamchi nuqsonlarning oldini olish imkoniyatlarini paydo qiladi. Bolaning oʻz-oʻziga xizmat qilish malakalari yuqori darajada rivojlanadi, ijtimoiy hayotga erta va imkon qadar toʻlaqonli moslashadilar. Bundan tashqari imkoniyati cheklangan bola tarbiyalanayotgan oila koʻp hollarda psixotravmatik holatda boʻlishi kuzatiladi. Tadqiqotchi olimlar nogiron farzand tugʻilgan oilalarni oʻrganib, bu oilalarni quyidagi toʻrtta inqiroz bosqichiga ajratgan:

Birinchi bosqich: oʻzini yoʻqotib qoʻyish, qoʻrqish bilan xarakterlanadi. Toʻxtovsiz tarzda “Nima uchun mazkur hodisa faqat menda sodir boʻldi?” degan savolni oʻziga takror-takror beradi. Ayrim ota-onalar sodir boʻlgan voqelikni qabul qila olmaydilar. Aybdorlik va toʻlaqonli emaslik histuygʻusi paydo boʻladi. Behalovatlik holatida bolaga qoʻyilgan tashxisni rad etish davrini tadqiqotchilar inqirozining ikkinchi bosqichi deb hisoblaganlar. Ayrim ota-onalar maslahatchimutaxassislarga nisbatan ishonchsizlik bilan munosabatda boʻlib, turli xil ilmiy va tibbiy markazlarga murojaat etib, qoʻyilgan tashxisni qabul qilsalarda, bolaning rivojlanish imkoniyatlariga yuqori talabda ishonch bilan qaraydilar. Oilaning iqtisodiy sharoitdan kelib chiqqan holda, ota-onalar oʻzlaricha “eng kuchli shifokorlar” yoki “ilohiy kuch”ga ishonib tinib-tinchimaydilar. Bu hodisalar albatta vaqtinchalik boʻlib, ota-onalar tashxisini chuqur tahlil etib tushunib yetganlaridan soʻng boshqa fikrga kela boshlaydilar.

Haqiqatni tushunib yetish holati olimlar uchinchi bosqich deb belgilaydilar. Ota-onalarning mustaqil tarzda birinchi marta tashxis qoʻyilgan maskanga borib, maslahatlashishlari ijtimoiy psixologik adaptatsiya deb ataluvchi toʻrtinchi bosqichni belgilaydi. Bunda ota-onalar birgalikda mavjud holatni toʻgʻri tushunib, baholab faqat bolaning qiziqishini birinchi oʻringa qoʻyishadi. Mutaxassislar bilan ijobiy muloqatda boʻlishadi, ularning maslahatlariga quloq solishadi va shu orqali tashvishlar birmuncha kamayib, kelajakka ishonch tarzida faollik koʻrsata boshlaydilar. Koʻpchilik ota-onalar farzandlarining umutaʼlim maktablariga qatnagunlaricha mavjud nuqsonlarini anglamaydilar yoki eʼtibor bermaydilar. Bola maktabga chiqib oʻzlashtirishida tengdoshlaridan orqada qola boshlagachgina muammoning asl sababi ustida bosh qotiradilar. Tabiiyki, ushbu bolaga maktabgacha yoshida maxsus korreksion yordam koʻrsatilmagan. Natijada bolaning imkoniyatlari

--⊱⊱ 599 ⊰⊰-- yanada chegaralanadi, korreksion ishning samaradorligi pasayib ketishiga olib keladi. Imkoniyati cheklangan bolalar va ularning ota-onalari oʻrtasidagi munosabatlarni yaxshilash, bu munosabatlardagi mavjud kamchiliklarni tuzatish va oldini olish, mutaxassis va oila hamkorligini yulga qoʻyish, ota-onalarning nogiron bola va uning oʻziga xos xususiyatlari, oilada olib borilayotgan korreksion-pedagogik ishlar mazmuni haqidagi bilimlarini oshirish, oilalardagi psixologik muhitni yaxshilash, bolaga meʼyordagi oddiy munosabat turida qarashga oʻrgatish imkoniyati cheklangan bolalarning kamchiliklarini samarali korreksiyalashga, bilim, koʻnikma va malakalarini oshirishga, kasb-hunar oʻrgatishga, sogʻlom tengdoshlarga tenglashtiriga, jamiyatga moslashtirishga yuqori samarali taʼsir etadi. Xozirgi kunda Respublikamizda imkoniyati cheklangan bolalarga qaratilayotgan eʼtibor ayni muddao boʻlib, ota-onalar uchun koʻp sonli uslubiy qoʻllanmalar chop etilmoqda, joylarda seminar-treninglar tashkil etilmoqda. Ota-onalar bolalar bilan olib boriladigan korreksionpedagogik ishlarning eng maqbul yoʻllarini topishlarida inqiroz bosqichlarini bosib oʻtmasdan balki aqlan teran fikrlar bilan yondashishlari ayniqsa maqsadga muvofiqdir. Jahon amaliyotida nogiron bolalarga taʼlim-tarbiya berishda shu toifa bolalarni xususiyatlarini hisobga olgan holda foydalanilayotgan audio-video kassetalar, kompyuter-multimediya, masofada turib oʻqitish, kitoblar hozirgi bizning amaliyotimizga kirib kelmayotganligi maqsadga muvofiqdir. Bunday vositalar taʼlimtarbiya ishlarining samaradorligini oshiribgina qolmay, balki oʻqish jarayonini jadallashtirishni, tafakkurning izchil va samarali shakllanishiga yordam beradi. Ushbu oʻrinda Birinchi prezidentimizni shu soʻzlarini eslash oʻrinlidir: “Oʻzbek millatining, Oʻzbek farzandlarining qobiliyati, zehnzakovati, tirishqoqlik borasida boshqa hech bir millat yoki xalqdan qolishmaydigan joyi yoʻq. Faqat mavjud intellektual imkoniyatlarimizni toʻliq ishga solishimiz, ulardan mukammal tarzda foydalana bilishimiz zarur. Birinchi prezidentimizning ayni shu soʻzlari, maʼnaviyat va maʼrifat sohasiga bu qadar jiddiy eʼtibor berayotganligi har birimizning qalbimizda, qaysi soha vakili boʻlmaylik, avvalo, gʻurur qolaversa yuksak maʼsuliyat hislarini uygʻotmogʻi lozim. Bu tarixiy jarayonda, ayniqsa otaona, oʻqituvchining, tibbiyot xodimining maʼsuliyati benihoya katta ekanligini unutmaslik kerak. Lekin bunday mutaxassislarning oʻz kasbiga, bolalarga mehr-muhabbati boʻlmas ekan, qilingan xarakatlar, rejalar zoe ketadi. Bunday bolalarga taʼlim berishini kasb-kor ishi deb qaramaslik, soat 9 dan 18 gacha bogʻlanib yuradigan joy, deb yurmaslik lozim. Nuqsonli bolalarni tarbiyalash maxsus tashkilotlarda amalga oshirilsa-da, bunday bolalarni tarbiyasida oila asosan muhim oʻrin tutadi. Bolaning atrofidagilar bilan har doim meʼyoriy muloqotda boʻlib turishi uning aqliy rivojlanishiga zarur boʻlgan shart-sharoitlar yaratadi. Nuqsonli bolalarda bu hol ozmi-koʻpmi chegaralangan. Shuning uchun ham, ota-onalar oilada bolalarning ana shu tomoniga alohida ahamiyat berishlari zarur. Shu bilan birga ota-onalar farzandlarini oʻz tengdoshlari doirasiga kirishga harakat qilishlari lozim. U yoki bu analizatorning ish faoliyati buzilgan taqdirda bu masala muhim axamiyatga ega. Tajriba shuni koʻrsatadiki, mutaxassislarning koʻrsatmalariga asoslanib koʻzi ojiz va zaif koʻruvchi, eshitishida nuqsoni boʻlgan va zaif eshituvchi bolalarning ota-onalari ularda saqlanib qolgan analizatorlaridan mohirlik bilan foydalanibgina qolmay shu bilan bir qatorda ularning bu xususiyatlarini ish jarayoniga jalb qilganlarida buzilgan analizatorlaridan faydalanish va uni rivojlantirishda anchagina yaxshi natijalarga erishadilar. Oilada tarbiya yaxshi yoʻlga qoʻyilgan taqdirda nuqsonli bolalarning bilim doirasining kengaytirish, bilish faoliyati, fikrlash qobiliyati va nutqni rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Har kuni muntazam oʻyinlar, maishiy mehnat, sayr qilish amaliyoti sababli koʻzi ojiz bolalarda boʻshliq masofa haqida tasavvurga ega boʻlib, oilada chamalash koʻnikmalarini egallaydi. Ota-onalar faoliyati, betinim harakati tufayli koʻzi ojiz bolalarning nutq va tafakkuri maʼlum darajada rivojlanadi. Bolalarni atrof-muhit, xususan, manzaralar va rasmlar bilan tanishtirib borish yaxshi natijalar beradi. Bolalarni savodga, oʻqishga

--⊱⊱ 600 ⊰⊰-- tayyorlash uchun oilada Brayl asbobi bilan tanishtirib va turlicha joylashgan va boʻrtib chiqqan nuqtalarni oʻrganib ularni nomlashni mashq qilishlari lozim. Imkoniyati cheklangan bolalarning oilada tarbiyalanishi bizning mustaqil jamiyatimizda ijtimoiy xarakterga ega chunki oila jamiyat bilan uzviy bogʻlangan holda umumiy manfaatlar va aniq maqsadlar sari intiladi va shu asosida tarbiya amalga oshiriladi. Bolalarni oilada tarbiyalash ham maxsus hollarda bolalarning rivojlanishi va orqada qolishi va unga qoʻyilgan talablarga javob bera olmasligiga olib keladi. Boshqa hollarda otaonalar farzandlarini meʼyordan ortiq erkalatadilar, ishlarini oʻzlari bajarib ularni qiyinchiliklardan asraydilar bunday tarbiya natijasida bolalar majolsiz boʻlib, rivojlanishdan orqada qoladilar. Bolalarda roʻy beradigan nuqsonlarni chuqur oʻrganish, oʻz vaqtida uni tegishli mutaxassislarga koʻrsatish va ularning maslahatini olish, oila uchun muhim kasb etadi. Oilada nuqsonli bolani har tomonlama rivojlantirish maqsadga muvofiq tarbiya mazmuniga jismoniy, aqliy, maʼnaviy madaniy mehnat, estetik va iqtisodiy, ekologik, jinsiy, huquqiy tarbiyaga kiradi. Oilada jismoniy tarbiyaning asosiy maqsadi — milliy qadriyatlar, anʼanalar, bolaning sogʻligini mustahkamlash, uning tana aʼzolarini chiniqtirishdan iborat. Qoʻyilgan maqsadni amalga oshirish tadbirlari poliklinika, psixonevrologik dispanseri, reablitatsiya markazlari, maktabgacha taʼlim tashkilotlari, umumtaʼlim maktab va maxsus maktabgacha taʼlim tashkilotlar shifokorlari tomonidan belgilanadi. Ijobiy natijalarga erishish uchun baʼzi gigienik sharoitlariga amal qilgan holda jismoniy mashqlar, chiniqtiruvchi muolajalar muntazam olib borilishi kerak. Bola va oʻsmirlarning sport turlari bilan uzviy shugʻullanib turishi ularni mutassil jismoniy rivojlantirib kamchiliklarni korreksiyalabgina qolmay, balki ularning axloqiy irodasini kuchli boʻlishiga, oʻz kuchiga hosil qilish xususiyatlarining shakllanishiga ijobiy taʼsir koʻrsatadi. Nuqsonli bolaning oilada toʻgʻri tarbiyalashi harakatining buzilishi koʻrinishidagi qoʻrquv va eshituvning buzilishidan kelib chiqqan ikkilamchi asoratlarning oldini olishga va bartaraf qilishga imkoniyat beradi. Nuqsonli bolaning oilada tarbiyalanishi uning maktabga tayorgarligini taʼminlaydi. Bu bolaning maxsus yoki ochiq taʼlim tizmidagi bolalar bogʻchasida maxsus hamda umumtaʼlim maktablarida taʼlim tarbiya samaradorligini oshiradi. Nuqsonli bolani bogʻchaga yoki maktabga qabul qilinishi oilaga muhim majburiyatlarni yuklaydi. Bolalar tashkilotlari bilan uzviy aloqa bogʻlash asosiy shartlardan biridir. Bolaning dars tayyorlashda, jamoatchilikni turli topshiriqlarini bajarishda ota-onalarning yordami kattadir. Oilaviy tarbiyani toʻgʻri tashkil etishda maxsus maslahatlar sifatida pedagogik targʻibotlar, maʼruzalari, ota-onalarga tegishli maxsus adabiyotlar mahorat bilan yetkazish muhim ahamiyat kasb etadi. Bolani oilada axloqiy tarbiyalashda maxsus vazifalardan biri uning shaxsiy sifatlarini rivojlantirish va nuqsonlarni susaytirish, bartaraf etishdir. Bu masala imkoniyati cheklangan bolalarga xos birlamchi va ikkilamchi meʼyordan cheklanishlar natijasida vujudga keladi. Bu cheklanishlar bolalarning tengdoshlari va kattalar bilan muloqotlarini qiyinlashtiradi. Nuqsonli bolaning axloqiy tarbiyasida oilaning ahamiyati ulkandir. Bunda bola bilan oila oʻrtasida oʻzaro bir-birini tushunish munosobatlarini oʻrnatish alohida ahamiyatga ega. Oilada bolalarni notoʻgʻri tarbiyalash natijasida boshqalar harakatining tub mazmunini anglamasligi tufayli ularga nisbatan ishonchsizlik yoki yovuzlik hissiyoti tuyiladi. Baʼzida nuqsonli bolalar yakkalashga, yolgizlanishga intiladigan baʼzida atrofdagilarga nisbatan gʻazabli munosabatda boʻladi. Shuning uchun atrofdagilar bilan yaxshi aloqa munosabatlarini oʻrnatish oʻziga va boshqalarga ishonch ruhida tarbiyalash bolani vazifalaridan biridir. Koʻpincha nuqsonli bolalar atrofdagilar bilan aloqa munosobatlarini oʻrnatish uchun toʻsqinlik qiladigan ishonchsizlik hissiyoti tuyiladi. Bunday bolalarning diliga toʻgʻri yoʻl topish muhim ahamiyatga ega. Ortiqcha erkalash turli qiyinchiliklardan ayash, bola shaxsiga shikast yetkazadi. Chunki, nuqsonli bolani mustaqilligi kamayib ketadi. Bolaning oila aʼzolari bilan ham yaxshi munosobatda boʻlishi uning boshqa bolalar bilan ham munosobatlarini oʻrnatishga yordam beradi. Nuqsonli bola bilan

--⊱⊱ 601 ⊰⊰-- sogʻlom bola oʻrtasida anglashilmovchilik roʻy berganda ota-onalar ularga ayniqsa, eshitishida nuqsoni boʻlgan yoki aqli zaif bola bilan suhbatlashish, koʻzi ojiz bolaga qanday koʻmak berish kerakligini tushuntirishlari lozim. Nuqsonli bolaning meʼyorda oʻsgan bolalar jamoasi bilan munosobatini uning axloqiy tuygʻularini, tasavvurini, dunyoqarashini kengaytiradi. Bolaning oiladagi: mehnati, bolani oʻziga oʻzi xizmat qilishi, uy ishlarida, maktab va oromgohlarda ijtimoiy foydali mehnat jarayonida ishtirok etishi uning axloqiy xislatlari manaviy xususiyatlarini shakllantirish va tarbiyalashda muhim oʻrin tutadi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Психология глухий детей. /Под ред. Соловев И.М., Шиф Ж.И., Розановой Т.В., Яшковой Н.В. –М., 1991.

2. Maxsus pedagogika M.U. Xamidova. -Toshkent 2018

3. Pedagogik-psixologik diagnostika D.A.Nurkeldieva Toshkent “Vneshinvestprom”, 2019 y

Matn PDFdan avtomatik ajratib olingan va xatoliklar bo'lishi mumkin.