ResearcherUz LogoResearcherUz
Jurnalni ko'rish

MAKTABGACHA TAʼLIM TASHKILOTI MUSIQA RAHBARLARINING KASBIY KOMPETENSIYASINI RIVOJLANTIRISHDA XORIJ TAJRIBASI VA ZAMONAVIY YONDASHUV

Annotatsiya

Musiqaning juda katta tarbiyaviy imkoniyatlari musiqa rahbari musiqa faoliyatining samaradorligini belgilovchi muhim omillarni amaliyot bilan bogʻlay olganligiga, bola shaxsiga hamda uning musiqiy-ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishga qaratilgan doimiy eʼtibori asosidagina yuzaga chiqadi. Ushbu vazifalarni yuqori darajada bajarish musiqa rahbarining kasbiy kompetentligiga borib taqaladi. Kasbiy kompetensiyaga ega musiqa rahbari maktabgacha taʼlim tashkilotlarida musiqiy taʼlim-tarbiyaning oʻziga xos xususiyatlari, maqsad va vazifalari, qonuniyatlari, nazariy asoslari va uslubiy yoʻnalishlarini belgilaydi.


To'liq PDF hujjat

O'xshash maqolalar

Maqola matni

--⊱⊱ 60 ⊰⊰--

YONDASHUV

Nargiza Moʻminova Sabitdjanovna

MTTDMQTMOI PhD dotsent

Abdulazizova Madina yunusobod

tumani tarbiyachisi

Annotatsiya: Musiqaning juda katta tarbiyaviy imkoniyatlari musiqa rahbari musiqa faoliyatining samaradorligini belgilovchi muhim omillarni amaliyot bilan bogʻlay olganligiga, bola shaxsiga hamda uning musiqiy-ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishga qaratilgan doimiy eʼtibori asosidagina yuzaga chiqadi. Ushbu vazifalarni yuqori darajada bajarish musiqa rahbarining kasbiy kompetentligiga borib taqaladi. Kasbiy kompetensiyaga ega musiqa rahbari maktabgacha taʼlim tashkilotlarida musiqiy taʼlim-tarbiyaning oʻziga xos xususiyatlari, maqsad va vazifalari, qonuniyatlari, nazariy asoslari va uslubiy yoʻnalishlarini belgilaydi.

Kalit soʻz: Musiqiy faoliyat, musiqiy-didaktik oʻyinlar, ritm hissi, musiqiy repertuar, bolalar cholgʻulari, musiqiy qobiliyat, atrubutlar.

Xorijiy davlatlardagi kasbiy kompetentlikni rivojlantirish darajasini oʻrganish mamlakatimizdagi kasbiy kompetentlikni rivojlantirish muammolariga tahliliy jihatdan yondashishga imkon beradi hamda musiqa rahbarlarining kasbiy kompetensiyasini rivojlantirish nazariyasi kengaytirilishiga va chuqurlashtirilishiga yordam beradi. Taʼlim sifati bolalar, oilalar va jamoalar bilan ishlaydigan pedagoglarning malakasiga bogʻliq. Koʻpincha, biz "kompetentlik" atamasini individual amaliyotchining fazilatlari bilan bogʻlaymiz, bu mashgʻulot va kasbiy tayyorgarlik (yaʼni, bilim, koʻnikma, munosabat, motivatsiyaning integratsiyasi) orqali erishilishi mumkin boʻlgan jarayon. Ushbu konsepsiya ingliz tili kontekstida malakali boʻlish (toʻliq insoniy xususiyat) koʻpincha "kompetentlik"ga qisqartiriladi - muayyan vazifani bajarish uchun shaxslar ega boʻlishi kerak boʻlgan bir qator koʻnikmalar va bilimlarni mujassamlashtiradi. Maktabgacha yosh davridagi taʼlim va tarbiya kontekstidagi "kompetentlik" taʼlim tizimining oʻziga xos xususiyati sifatida tushuniladi. Kompetensiyaviy tizim shaxslar, jamoalar, institutlar va kengroq ijtimoiy-siyosiy kontekst oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlarda rivojlanadi. “Kompetensiyali tizim”ning asosiy xususiyati bu shaxslarning masʼuliyatli va samarali amaliyotlarni rivojlantirish qobiliyatini roʻyobga chiqarishlarini qoʻllabquvvatlashdir1.

Rossiya taʼlimida kompetensiyaga asoslangan yondashuvning (Gʻarb adabiyotida u “competence-based-education” yaʼni, kompetensiyaga asoslangan taʼlim deb ataladi) joriy etilishi ikki jarayon bilan bogʻliq:

● Olingan bilimlar jamlanmasi ularni qoʻllashning tez oʻzgaruvchan amaliyoti;

● Amalga oshirilayotgan islohotlarni gʻoyaviy va pedagogik taʼminlashni yangilash zarurati.2 1 Mathias Urban, Michel Vandenbroeck, Arianna Lazzari, Katrien Van Laere, Jan Peeters. Competence Requirements in Early Childhood Education and Care. London and Ghent, September 2011. Completion date: October 2012. 2 Профессионалная компетентност современного педагога: теоретические подходы. Научно-технические ведомости СПбГПУ. Гуманитарные и общественные науки 4ʼ 2011. УДК 371

--⊱⊱ 61 ⊰⊰--

O.E.Lebedevning soʻzlariga koʻra kompetensiyaga asoslangan yondashuv - bu taʼlim maqsadlarini aniqlash, mazmunni tanlash, taʼlim jarayonining shartlarini tashkil etish va taʼlim natijalarini baholashning umumiy tamoyillari toʻplamidir.3

Kompetensiyaviy yondashuv taʼlim tizimini isloh qilish sharoitida boshqarish vositasi va ayni paytda taʼlim sifatini oshirish vositasi hamdir. Taʼlimdagi kompetensiyaviy yondashuvning barcha xilma-xil talqinlari bilan uning mohiyatini quyidagi jarayonlarda koʻrishimiz mumkin:

● taʼlimning maqsadi – muammolarni samarali hal qilishga oʻrgatishdir;

● taʼlim vazifalari uning mazmuni va shakllarini birlashtirish, bola shaxsini rivojlantirish bilan bogʻliq;

● taʼlim mazmuni vaziyatli muammolarni hal qilishda asosiy va maxsus (kasbiy) kompetensiyalarni rivojlantirishni oʻz ichiga oladi;

● kompetensiyaga asoslangan taʼlimning yetakchi shakli pedagogning shaxsiy tajribasini shakllantiruvchi interfaol variantdir;

● Bunda taʼlim natijalari tekshirilganligi, tez oʻzgaruvchan zamonaviy dunyoda noaniq vaziyatlarda pedagog tomonidan qoʻllaniladigan kompetensiyalarning asosliligiga bogʻliq.

Mutaxassislarni tayyorlashda kompetensiyaviy yondashuvning asosiy xususiyatlari quyidagilardir:

● umumijtimoiy va shaxsiy ahamiyat shakllangan bilim, koʻnikma, malakaning sifatli va samarali boʻlish yoʻllari;

● xulq-atvor va baholashda ifodalangan kasbiy va shaxsiy takomillashtirish maqsadlarini aniq belgilash;

● shaxsni rivojlantirish maqsadlari ham boʻlgan muayyan vakolatlarni aniqlash;

● milliy va umuminsoniy madaniyatni idrok etishga asoslangan semantik yoʻnalishlar majmui sifatida kompetensiyalarni shakllantirish;

● statistik usullar bilan qayta ishlanishi mumkin boʻlgan oʻlchov mezonlarining aniq tizimining mavjudligi;

● shakllanayotgan shaxsga pedagogik yordam koʻrsatish va uning uchun "muvaffaqiyat zonasi" ni yaratish;

● maqsadga erishish uchun strategiya tanlash dasturini individuallashtirish;

● bilimlardan amaliy foydalanish va qimmatli hayotiy tajribani oʻzlashtirish koʻnikmalarini har tomonlama tekshirish uchun vaziyatlar yaratish;

● mavjud bilim, koʻnikma va faoliyat usullarini takomillashtirish qobiliyati bilan bogʻliq boʻlgan shaxsning integral xarakteristikasi, ijtimoiylashuvu va hayotiy tajribani egallashi.

Xorijiy davlatlarning maktabgacha taʼlim tizimini oʻrganishimiz jarayonida maktabgacha yoshdagi bolalarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishga keng oʻrin ajratilganiga guvoh boʻldik. Xususan, bolalarning erta rivojlanishini va tarbiyalashni amalda sinovdan oʻtkazgan buyuk italyan pedagogi Mariya Montessorining bolani erta rivojlantirish nazariyasi bilan bogʻliq metodikalari butun dunyoda dolzarb. Oʻz gʻoya va prinsiplariga rioya qilib, M.Montessori pedagogik tizim asosiga bolalar oʻzlari istaganidek faoliyatda erkin namoyon boʻlishi, u ishlab chiqqan metodning mazmuni bolani oʻz-oʻzini tarbiyalash, oʻz-oʻziga taʼlim, oʻz-oʻzini rivojlantirishga ragʻbatlantirishdan iborat ekanligini taʼkidlagan.

Musiqa taʼlimida majburlamaslik va asta-sekinlik bilan yondashish juda muhim, deb bilardi Montessori. Kichik bolalarga eng sodda musiqiy oʻyinchoqlarni taklif etish kerak deb, musiqiy 3 Лебедев, О.Е. Компетентностный подход в образовании. // Шк. технологии: науч.-практ. журн. – Т. 2: Новое время. – 2006. – 459 с. – С. 3–12.

--⊱⊱ 62 ⊰⊰-- tarbiyada muvaffaqiyatga faqat shu yoʻl bilan erishilishini taʼkidlagan. Montessori fikricha, bolalarda jismoniy va musiqiy tarbiyani birlashtirish ularda ritm tuygʻusi va harakatlarda muvozanatning rivojlanishiga koʻmaklashadi, bolaga nafaqat jismoniy tarbiyani, balki ijodiy qobiliyatlarini yuzaga chiqarish uchun musiqani yanada chuqur oʻrganish zarur. Montessori bolani musiqiy tarbiyaga oʻrgatish “qancha erta boʻlsa, shuncha yaxshi” degan gʻoyaga tayangan[409].

Musiqa taʼlimi orqali insoniylikka yondashuv asosida ish koʻrgan Sh.Suzuki boʻldi. Yapon pedagogining fikricha, “bola tugʻilganidan musiqaga oshno boʻlishi kerak, shu sababli uni jarang sochib turgan musiqaga uygʻun holda tarbiyalash kerak”.

Yaponiyadagi maktabgacha tarbiya tamoyillari – sogʻlom, mustaqil, har tomonlama rivojlangan, bilimga ega va oʻz madaniyati hamda Vatanini sevuvchi jamiyat aʼzosini yaratishga qaratilgan. Bolalar bogʻchalarida taʼlim dasturlari ham inobatga olingan, yozish va oʻqishdan tashqari bolalarga qoʻshiq aytish oʻrgatiladi, sport musobaqalari oʻtkazilib, muntazam sayrlarga chiqiladi. Ammo bular bilan bir qatorda bu tadbirlarni oʻtkazilishidan maqsad – bolada xamjihatlik, jamoada yashash hislarini rivojlantirishdan iborat. Qoʻshiq aytilsa, xor jamoada aytilishi kerak, yakkaxon qoʻshiqchi qoʻllanilmaydi, musobaqa oʻtkazilayotganda yoki hamma yoki guruh gʻoliblikka erishiladi va mutlaqo gʻolib yakka boʻlmaydi.4

Janubiya Koreya maktabgacha taʼlim boʻyicha dunyoda eng yuqori oʻrinlarni egallab kelmoqda. Koreyslar bolalarning jismonan sogʻlom va baquvvatligiga, shuningdek musiqa mashgʻulotlarini oʻzlashtirishiga alohida eʼtibor qaratadilar. Bogʻchadan boshlab bolalarga dunyoni musiqa orqali anglatish aqidasini ilgari surishadi. Bolaga har tomonlama yordam berishi, tevarakatrofni obrazli - emotsional idrok etishi va bola xarakterining shakllanishiga taʼsir koʻrsatishi uchun musiqa tarbiyasining ahamiyati yuqori deb hisoblashadi. Shu sabab janubiy Koreyada musiqani qabul qilish, his etish va tushunish, badiiy - ijodiy qobiliyatlarini tarbiyalash boʻyicha alohida dasturlar mavjud.

Mamlakatimizda maktabgacha taʼlim tashkilotlarida ham musiqa mashgʻulotlarida quvnoq kuy va qoʻshiqlarni tinglash, chapak chalish hamda bolalar cholgʻulariga joʻr boʻlish musiqaga ishtiyoqlarini yanada oshirib boradi. Chunki bu yoshdagi bolalarda hali diqqat – eʼtibor uncha toʻliq boʻlmaydi, ular koʻproq serharakat va oʻyinga moyil boʻladilar. Musiqa mashgʻulotlarida bolada musiqiy qobiliyatlarni rivojlantirish doimo musiqa rahbarining diqqat markazida boʻlishi, turli metod va vositalar, jumladan musiqiy-didaktik qoʻllanma va oʻyinlar yordamida amalga oshirilishi lozim.

Musiqiy faoliyat maktabgacha yoshdagi bolalarning his-tuygʻulariga mos kelishi va bolalarning hissiy va ijodiy rivojlanishiga hissa qoʻshishi nazariy jihatdan isbotlangan va amalda tasdiqlangan. Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida musiqiy faoliyatning olib borilishi N.A.Metlov, N.A.Vetlugina, K.V.Tarasova, D.B.Kabalevskiy, Ye.B.Abdulin, N.L.Grodzenskiy tomonidan ishlab chiqilgan. Bolalarning musiqiy rivojlanishi va bolalar ijodini faollashtirish usullari G.L.Struve, V.V.Yemelyanova, D.Ye.Ogorodnikova, G.P.Stulova, L.A.Barenboyma, L.V.Shkolyar, V.V.Kiryushina, L.N.Komissarova, O.P.Radinovaning ishiga bagʻishlangan. Nazariy masalalarni ishlab chiqishda Z.Kodai, K.Orflarning bolalar ijodiy salohiyatini rivojlantirish orqali musiqa dunyosini hissiy tushunish haqidagi fikrlari ahamiyatlidir.

Xulosa sifatida aytish mumkinki, maktabgacha taʼlim tashkilotida musiqa faoliyat jarayonida bola hayotini, tevarak-atrofni musiqiy obrazlar orqali idrok etish uchun repertuar tanlash lozim boʻladi. Olib boriladigan musiqiy tarbiya ishlarini badiiy adabiyot va tasviriy sanʼat bilan uzviy ravishda bogʻlangan holda amalga oshirish, musiqiy tarbiyaning ilgʻor tajriba va turli metodlaridan 4 Galitravel.ru/doshkolnoe-obrazovanie-v-yaponii/Elektron resurs/

--⊱⊱ 63 ⊰⊰-- foydalanib oʻtkaziladigan har bir musiqa mashgʻulotini bolalarga badiiy-estetik zavq uygʻotishini, ularning his tuygʻularini shakllantirishda, ijodiy fikrlash qobiliyati va nutqini oʻstirishda xizmat qilishni taʼminlash lozim.

Musiqa rahbarlarining kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish muammosining dolzarbligi mustaqil ijodiy faoliyatga qodir shaxsning ijtimoiy talabi, taʼlim jarayonini insonparvarlashtirishga boʻlgan ehtiyoj, shaxsni oʻzgaruvchan ijtimoiy-madaniy sharoitlarga moslashtirish vazifalari, pedagogik tadqiqotlarda ushbu muammoning yetarli darajada rivojlanmaganligi bilan izohlanadi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 22 dekabrdagi “Maktabgacha taʼlim va tarbiyaning Davlat standartini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 802-sonli qarori

2. Mathias Urban, Michel Vandenbroeck, Arianna Lazzari, Katrien Van Laere, Jan Peeters. Competence Requirements in Early Childhood Education and Care. London and Ghent, September 2011. Completion date: October 2012. http://ec.europa.eu/education/moreinformation/doc/2011/core_en.pdf

3. О.П.Радынова, А.И.Катинене, М.Л.Палавандишвили. Музыкальное воспитание дошкольников. Учебное пособие - Москва, 1998 г.

4. М.А.Давыдова. Музыкальное воспитание в детском саду. Средняя, старшая, подготовительная группы. - М.: ВАКО, 2006.

5. Лебедев, О.Е. Компетентностный подход в образовании. // Шк. технологии: науч.- практ. журн. – Т. 2: Новое время. – 2006. – 459 с. – С. 3–12.

Matn PDFdan avtomatik ajratib olingan va xatoliklar bo'lishi mumkin.