--⊱⊱ 280 ⊰⊰--
YONDASHUVLARI VA XALQARO TAJRIBALAR
Bayjigitova Saodat Xolmurodovna
Toshkent viloyati pedagogik mahorat
markazi “Pedagogika, psixologiya va
taʼlim texnologiyalari” kafedrasi
oʻqituvchisi
Annotatsiya
Ushbu maqolada maktabgacha taʼlim tashkilotlarida boshqaruvning zamonaviy yondashuvlari, raqamli boshqaruv, loyiha asosida menejment, inklyuziv taʼlimni tashkil etish hamda ilgʻor xalqaro tajribalar tahlil etilgan. Finlyandiya, Yaponiya, Kanada, Singapur kabi davlatlarning maktabgacha taʼlim boshqaruvi modellaridan Oʻzbekiston taʼlim tizimi uchun samarali jihatlar oʻrganilgan. Maqolada PF–60-son Farmon va boshqa hukumat qarorlariga tayangan holda milliy tizimning rivojlanish istiqbollari ilmiy asoslangan. Kalit soʻzlar: maktabgacha taʼlim, boshqaruv, zamonaviy yondashuvlar, raqamli taʼlim, inklyuziv taʼlim, xalqaro tajriba, loyiha asosida boshqaruv
Aннотatsiя
В статье рассматриваются современные подходы к управлению в дошкольных образовательных организatsiях, цифровое администрирование, проектный менеджмент, организatsiя инклюзивного образования, а также анализируется передовой международный опыт Финляндии, Японии, Канады и Сингапура. На основе Указа ПФ–60 и других нормативных документов обоснованы перспективы развития системы дошкольного образования Узбекистана. Ключевые слова: дошкольное образование, управление, современные подходы, цифровое обучение, инклюзия, международный опыт, проектное управление
Abstrakt
This article examines modern approaches to management in early childhood education institutions, including digital governance, project-based management, and inclusive education. It analyzes international best practices from Finland, Japan, Canada, and Singapore. Based on Presidential Decree PF–60 and other national regulations, the paper outlines scientifically grounded prospects for improving Uzbekistanʼs preschool education management system. Keywords: preschool education, management, modern approaches, digital learning, inclusion, international experience, project-based management
Maktabgacha taʼlim – bu har bir jamiyatning taʼlim tizimidagi eng muhim bosqich hisoblanadi. Chunki bolaning hayotdagi birinchi qadamlarini qoʻyishi, ijtimoiy va kognitiv kompetensiyalari, shuningdek, axloqiy va madaniy qadriyatlarni egallashi aynan ushbu davrda shakllanadi. Tadqiqotlar shuni koʻrsatadiki, bolalar 0–6 yoshgacha boʻlgan davrda bilim, til, muloqot va ijtimoiy koʻnikmalarni egallashga eng sezgir boʻladi. Shu bois maktabgacha taʼlim tizimini samarali tashkil etish, uning sifatini oshirish, pedagogik jarayonlarni ilmiy asosda boshqarish va innovatsiyalarni joriy etish bugungi kunning dolzarb masalalaridan biridir[1].
Global miqyosda maktabgacha taʼlimning ahamiyati soʻnggi yillarda sezilarli darajada oshdi. BMTning Barqaror rivojlanish maqsadlari (BRM), xususan, Maqsad 4 “Sifatli taʼlimni kafolatlash” maktabgacha
--⊱⊱ 281 ⊰⊰-- taʼlimning jahon standartlariga mosligini taʼkidlaydi. Shu maqsadga erishishda sifatli boshqaruv tizimi, pedagogik jarayonlarni samarali monitoring qilish va innovatsion yondashuvlarni qoʻllash asosiy vosita hisoblanadi[2]. Zamonaviy jamiyatda raqamli transformatsiya, globalizatsiya jarayonlari va texnologik taraqqiyot bolalar taʼlimini nafaqat milliy darajada, balki xalqaro miqyosda ham sifatli boshqarishni talab qilmoqda. Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida boshqaruv – bu faqat maʼmuriy jarayon emas, balki pedagogik va psixologik jarayonlarni uygʻunlashtirish, resurslarni optimal taqsimlash, sifat monitoringi va innovatsion metodlarni tatbiq etish tizimidir[3]. Zamonaviy boshqaruv konsepsiyalari nafaqat tashkilot ichidagi ishlarni boshqarishga, balki ota-onalar va jamoatchilik bilan samarali hamkorlik oʻrnatishga qaratilgan. Shu nuqtai nazardan, maktabgacha taʼlim tashkilotlarida boshqaruvning samaradorligi bolalarning rivojlanish darajasi, pedagoglarning malakasi, resurslardan foydalanish darajasi va taʼlim sifati bilan bevosita bogʻliq. Tarixiy jihatdan qaralganda, maktabgacha taʼlim boshqaruvi anʼanaviy tarzda faqat davlat nazorati va byurokratik boshqaruv asosida tashkil etilgan. Bu tizimda pedagoglarning ijodiy salohiyati va otaonalar bilan hamkorlik imkoniyatlari cheklangan boʻlgan[5]. Bugungi kunda esa global tajribalar shuni koʻrsatadiki, muvaffaqiyatli boshqaruvning asosiy mezoni – bu tashkilotning ichki muhitini ragʻbatlantirish, jamoaviy qaror qabul qilish, shaffoflikni taʼminlash va bolalarning individual ehtiyojlarini hisobga olishdir. Xalqaro ekspertlar maktabgacha taʼlimni rivojlantirishda quyidagi yondashuvlarni samarali deb biladi: raqamli boshqaruv tizimi, sifat monitoringi, innovatsion dasturlarni tatbiq etish, malakali kadrlar bilan ishlash va ota-onalar bilan tizimli hamkorlik. Zamonaviy maktabgacha taʼlim boshqaruvining ilmiy-metodologik asoslari koʻp qirrali boʻlib, u pedagogik, psixologik, iqtisodiy va huquqiy komponentlarni oʻz ichiga oladi[4].
Pedagogik komponent bolalarning taʼlim jarayonida samarali rivojlanishini, oʻyin va faoliyat orqali bilim olishini nazarda tutadi. Psixologik komponent bolalarning emotsional va ijtimoiy rivojlanishi, shuningdek pedagoglarning motivatsiyasi va ish unumdorligini taʼminlashga yoʻnaltiriladi. Iqtisodiy komponent – resurslarni samarali taqsimlash, moddiy-texnik bazani rivojlantirish va moliyaviy barqarorlikni taʼminlash bilan bogʻliq. Huquqiy komponent esa davlat siyosati va xalqaro standartlar bilan uygʻunlashtirilgan boshqaruv tizimini yaratadi. Xorijiy tajribalar shuni koʻrsatadiki, muvaffaqiyatli boshqaruvning muhim elementi – bu raqamli texnologiyalarni qoʻllashdir. Masalan, Estoniya maktabgacha taʼlim tizimida barcha jarayonlar elektron tizimlar orqali amalga oshiriladi, Finlyandiya esa pedagoglarga avtonomiya berish va sifat monitoringi tizimini joriy etish orqali bolalarning rivojlanish darajasini yaxshilaydi. Shu bilan birga, Yaponiya va Janubiy Koreyada standartlashtirilgan sifat nazorati va ota-onalar bilan faol hamkorlik tizimi taʼlimning umumiy samaradorligini oshirishga xizmat qiladi[7].
Oʻzbekiston maktabgacha taʼlim tizimi ham soʻnggi yillarda tub islohotlardan oʻtmoqda. Mamlakatimizda davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish, bolalarning qamrovini oshirish, pedagoglarni malaka oshirish, raqamli platformalarni joriy etish kabi yoʻnalishlarda sezilarli yutuqlar kuzatilmoqda. Shu bilan birga, zamonaviy boshqaruvning xalqaro tajribalarini oʻrganish va moslashtirish orqali taʼlim sifatini yanada oshirish imkoniyatlari mavjud[6]. Bu esa maktabgacha taʼlim tizimini nafaqat milliy, balki xalqaro standartlarga moslashishida muhim ahamiyat kasb etadi. Shunday qilib, maktabgacha taʼlim tashkilotlarida boshqaruvning zamonaviy yondashuvlarini oʻrganish va tatbiq etish bugungi kunning dolzarb vazifasidir. Bu jarayon bolalarning rivojlanish imkoniyatlarini kengaytirish, pedagoglarning ijodiy va kasbiy salohiyatini oshirish, ota-onalar bilan samarali hamkorlikni yoʻlga qoʻyish va taʼlim sifatini xalqaro standartlar darajasiga koʻtarishga xizmat qiladi. Shu nuqtai nazardan, maqolada zamonaviy boshqaruv konsepsiyalari, innovatsion yondashuvlar va xalqaro tajribalar tahlil qilinadi hamda Oʻzbekiston sharoitiga moslashtirish
--⊱⊱ 282 ⊰⊰-- boʻyicha takliflar ishlab chiqiladi[9]. Soʻnggi 20 yil ichida maktabgacha taʼlim tashkilotlari soni 45 foizdan ziyodga qisqargan. Bunday qisqarish koʻproq Andijon, Fargʻona, Surxondaryo va Toshkent viloyatlari kabi tugʻilish darajasi yuqori boʻlgan hududlarda kuzatildi. Bugungi kunda Oʻzbekistondagi barcha maktabgacha taʼlim tashkilotlarining 55 foizdan ortigʻi Toshkent shahriga (14,8 foiz), Fargʻona (12,6 foiz), Toshkent (9,8 foiz), Namangan (9 foiz) va Samarqand (8,9 foiz) viloyatlariga toʻgʻri keladi[8]. Boshqaruvning zamonaviy yondashuvlari: Bugungi kunda maktabgacha taʼlim tashkilotlarida boshqaruv jarayoni anʼanaviy nazorat va buyruqbozlik modelidan strategik rejalashtirish, innovatsion menejment va hamkorlik tamoyillariga asoslangan tizimga oʻtayotgani kuzatiladi. Zamonaviy boshqaruvning asosiy yondashuvlari quyidagilar bilan belgilanadi[13]: Bolaga yoʻnaltirilgan boshqaruv modeli. Bu yondashuvda boshqaruvning barcha qarorlari bolaning manfaatlari, rivojlanishi va xavfsizligi ustuvor hisoblanadi. Tashkiliy reja, oʻquv dasturi, muhit va pedagogik jarayon bolaning individual ehtiyojlarini qondirishga moslashtiriladi[9]; Loyiha asosida boshqaruv: Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida boshqaruv jarayonini samarali tashkil etishda loyihalashtirish metodi keng qoʻllanmoqda. Har bir yoʻnalish – STEAM, ijodkorlik, nutq rivoji, kommunikativ koʻnikmalar, inklyuziya kabi sohalar alohida loyiha sifatida boshqariladi;
Raqamli boshqaruv texnologiyalari: “Maktabgacha taʼlim yagona elektron tizimi”, elektron portfoliolar, pedagogik monitoring platformalari, elektron ota-ona jarayonlari boshqaruvni soddalashtirmoqda. Raqamlashtirish jarayoni shaffoflikni oshirib, nazoratning sifatini kuchaytiradi.;
Kadrlar salohiyatini boshqarish: Zamonaviy boshqaruvda pedagoglar faoliyatini ragʻbatlantirish, malakasini oshirish, psixologik qulay mehnat muhitini yaratish, attestasiyani shaffof oʻtkazish ustuvor hisoblanadi; Inklyuziv taʼlimni boshqarish: Maxsus ehtiyojli bolalar uchun moslashtirilgan mashgʻulotlar, yordamchi mutaxassislar (logoped, defektolog, psixolog) faoliyati, mos muhit yaratish xalqaro standartlarga mos ravishda joriy etilmoqda.
Xalqaro tajribalar Jahonning ilgʻor taʼlim tizimlariga ega davlatlar – Finlyandiya, Yaponiya, Singapur, Kanada, Janubiy Koreya – maktabgacha taʼlim boshqaruvining samarali modellarini taklif qiladi. Ularda quyidagi tajribalar alohida oʻrganishga arziydi[12]:
Finlyandiya modeli – erkin rivojlanish va individual yondashuv Finlyandiya maktabgacha taʼlim tizimida bolalarning tabiiy rivojlanishi, erkin oʻyin, tabiat bilan integratsiyalashgan taʼlim va pedagoglar mustaqilligi boshqaruvning asosiy mezoni hisoblanadi. Finlyandiyada bolalar uchun uzluksiz taʼlim sayohati Finlyandiya maktabgacha taʼlim tashkilotlarida boshlanadi. Uy vazifasi yoki majburiy standartlashtirilgan testlarsiz ular vaqtlarini oʻynash, kashf qilish va oʻrganishni oʻrganishga sarflashadi. Natijada Finlyandiya 100% savodxonlik darajasiga ega, Xalqaro talabalarni baholash dasturi (PISA)da eng yaxshi natijalarga erishgan va maktabga borishni yaxshi koʻradigan bolalarga ega davlat hisoblanadi. Asosiy yettita yondashuv orqali bu tizim hozirda muvaffaqiyatli, samarali faoliyat olib bormoqda va taʼlim va tarbiya sifati yuqoriligi
1.Oʻyinga asoslangan taʼlim Finlandiyada maktabgacha taʼlim tashkilotlarida bolalar koʻp vaqtini oʻyin orqali oʻtkazishadi. Davlat oʻquv dasturi va bolalar bogʻchasining oʻz rejasi bor. Ammo pedagog tarbiyachilar oʻz ish uslubini yaratishda erkindir.Finlyandiyadagi maktabgacha taʼlim tashkiloti tarbiyalanuvchilari taʼlimni oʻyin orqali oʻrganishadi.
2. Ochiq havoda mazmunli vaqt oʻtkazish Finlandiyada taʼlim bilan birgalikda tabiatga, atrofolamga nisbatan doʻstona munosabat shakllantirib boriladi. Bolalar tez-tez oʻrmonlarga sayohatga olib boriladi. Agar maktabgacha taʼlim tashkiloti shahar markazida joylashgan boʻlsa tashkilotning kichik boʻlsada bogʻlari va oʻrmonlari boʻladi. Bolalar bogʻ va oʻrmonlarni yaxshi koʻradilar va bu
--⊱⊱ 283 ⊰⊰-- yerda juda ajoyib vaqt oʻtkazadilar. Finlyandiya landshafti har bir burchakda moʻl-koʻl oʻrmonlar, bogʻlar va koʻllar bilan chinakam maftunkor muhitni oʻzida jamlagan
3. Fidoiy pedagoglar jamosi Bolalar maktabgacha taʼlim tashkilotida tarbiyachilar va boshqa kattalar bilan koʻp aloqada boʻlishadi. Tarbiyachi pedagoglar bolalar bilan doʻstona aloqada boʻlishadi va oʻynashadi, shuningdek ularni doimo kuzatib turishadi.
4. Turli yosh guruhlarining kombinatsiyaviy taʼlimi Fin maktabgacha taʼlim tashkilotlarining eng oʻziga xos xususiyatlaridan biri bu turli yosh guruhlarining kombinatsiyaviy taʼlimi hisoblanadi. Fin maktabgacha taʼlim tashkilotlarida siz 1 yoshdan 6 yoshgacha boʻlgan bolalarni koʻpincha yonma-yon oʻynab, oʻqiyotganlarini uchratasiz.
5. Hissiy qobiliyatlarga alohida eʼtibor Fin tarbiyachilari bolalarning his-tuygʻularini hurmat qilishadi koʻpincha ular bilan hamkorlikda ish olib borishadi. Finlyandiyada yaxlit yondashuvdan soʻng, erta taʼlim bolalarning aqliy, jismoniy, ijtimoiy va hissiy qobiliyatlarini rivojlantirishga intiladi
6. Bolalarning xohishlariga asoslangan yondashuv Finlandiyada bolalarga qarashli yondashuv mavjud. Bolalar qanday oʻrganishni xohlashlarini yaxshiroq bilishadi. Tarbiyachi bolalar qanday oʻrganishlarini koʻproq nazorat qilib, oʻquv jarayonida faol ishtirok etadi. Guruh xonalari anʼanaviy stol va stullarni oʻrnatishdan yiroq, ularda bolalar qattiq oʻtirib, ular ustida turadigan tarbiyachilar emas
7. Bolalarga va pedagoglarga shaxs sifatida qarash Hurmat Finlyandiyada taʼlim tizimida mavjud boʻlgan muhim poydevordir. Ular bolalar va tarbiyachilarni shaxs sifatida hurmat qilishadi. Bolalarning oʻziga xos shaxsiyatlari va individualligi qadrlanadi. Ularga kichik nihollar sifatida qarashadi va ular oʻzlari yoqtirgan yoʻnalishda oʻsishiga zamin yaratishadi.
Yaponiya modeli – tarbiya va intizomning uygʻunligi Maktabgacha taʼlimda bolalarning milliy qadriyatlarga asoslangan tarbiyasi, jamoada ishlash, intizom va mehnatsevarlik tamoyillari ustuvor. Yaponiyaning "yochien" deb nomlanuvchi maktabgacha taʼlim tizimi mamlakat taʼlim tizimining muhim qismidir. Bu bolalarning ijtimoiy, hissiy va akademik rivojlanishi uchun asos boʻlib xizmat qiladi, ularni taʼlimning keyingi bosqichlarida va undan keyingi bosqichlarda muvaffaqiyatga tayyorlaydi
Kanada modeli – hamkorlik va inklyuziya Kanada maktabgacha taʼlimi ota-ona, davlat, jamoatchilik va nodavlat sektor hamkorligiga asoslanadi. Inklyuziv muhit yaratishda jahonning yetakchi tajribasiga ega[11].
Singapur modeli – natija va sifatga yoʻnaltirilgan boshqaruv Taʼlim jarayoni qatʼiy standartlar asosida boshqariladi, pedagoglarning kompetensiyasi muntazam baholanadi, STEAM va raqamli kompetensiyalar boshqaruvning strategik markazida turadi[10].
Oʻzbekiston uchun dolzarb jihatlar: Xalqaro tajribani oʻrganish shuni koʻrsatadiki, Oʻzbekiston taʼlim tizimi quyidagi yoʻnalishlarni yanada kuchaytirishi maqsadga muvofiq; maktabgacha taʼlimni davlat-xususiy sheriklik asosida kengaytirish; pedagoglar malakasini xalqaro standartlar asosida oshirish; boshqaruvning raqamli platformalarini toʻliq joriy etish; oilaviy MTTlar faoliyatini qoʻllab-quvvatlash; xalqaro akkreditatsiya elementlarini bosqichma-bosqich kiritish[14].
Xulosa
Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida boshqaruvning zamonaviy yondashuvlari va xalqaro tajribalarni oʻrganish shuni koʻrsatdiki, taʼlim sifatini oshirishning asosiy omili – bu kompleks, innovatsion va samarali boshqaruv tizimi hisoblanadi. Maktabgacha taʼlimda boshqaruv nafaqat
--⊱⊱ 284 ⊰⊰-- tashkilot ichidagi maʼmuriy jarayonlarni, balki pedagogik va psixologik jarayonlarni uygʻunlashtirish, resurslarni optimal taqsimlash, sifat monitoringi va innovatsion metodlarni tatbiq etish orqali bolalarning rivojlanish imkoniyatlarini maksimal darajada oshirishga xizmat qiladi.
Xalqaro tajribalar, xususan Finlyandiya, Estoniya, Yaponiya, Janubiy Koreya va Singapur modellaridan kelib chiqadigan xulosalar shuni koʻrsatadiki, muvaffaqiyatli boshqaruv quyidagi asosiy tamoyillarga tayanadi:
Avtonomiya va jamoaviy qarorlar tizimi: Pedagoglar va rahbarlar oʻz faoliyatida ijodiy yondashuvlarni qoʻllash imkoniyatiga ega boʻlishi, qarorlarni jamoaviy ravishda qabul qilish orqali tashkilot ichidagi shaffoflik va samaradorlik oshadi.
Raqamli boshqaruv tizimlari: Elektron platformalar, raqamli kundaliklar, monitoring tizimlari va diagnostika vositalari pedagogik jarayonlarni samarali boshqarish imkonini beradi. Bu esa shaffoflikni oshiradi, byurokratiyani kamaytiradi va maʼlumotlarga asoslangan qaror qabul qilishni taʼminlaydi.
Sifat monitoringi va baholash tizimi: Xalqaro standartlarga mos keladigan ECERS, ITERS va CLASS kabi indikatorlar maktabgacha taʼlim muhitining sifati va bolalarning rivojlanish darajasini muntazam nazorat qilish imkonini beradi. Shu orqali pedagogik jarayonlarni uzluksiz takomillashtirish amalga oshiriladi.
Malakali kadrlar va kadrlar boshqaruvi: Pedagoglarning kasbiy kompetensiyasi, mentorlik tizimi, uzluksiz malaka oshirish va motivatsiya mexanizmlari boshqaruv samaradorligini sezilarli darajada oshiradi. Yetakchi davlatlarda pedagoglarning kasbiy avtonomiyasi va ijodiy erkinligi taʼminlanadi.
Ota-onalar va jamoatchilik bilan samarali hamkorlik: Bolalarning rivojlanish jarayonini qoʻllab-quvvatlash, muammolarni tez aniqlash va ularni birgalikda hal qilish uchun ota-onalar va jamoatchilik bilan doimiy va tizimli muloqot oʻrnatish muhim ahamiyatga ega.
Bolaga yoʻnaltirilgan innovatsion dasturlar: STEAM, Reggio Emilia, Montessori, oʻyin va faoliyatga asoslangan yondashuvlar maktabgacha taʼlimning sifatini oshirish va bolalarning har tomonlama rivojlanishini taʼminlaydi.
Oʻzbekiston sharoitida maktabgacha taʼlim tizimi soʻnggi yillarda tub islohotlardan oʻtmoqda. Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish, raqamli platformalarni joriy etish, pedagoglarni malaka oshirish va kompetensiyaga asoslangan dasturlarni rivojlantirish kabi yoʻnalishlar tizimni modernizatsiya qilish imkoniyatini yaratmoqda. Shu bilan birga, kadrlar yetishmasligi, metodik qoʻllanmalar kamligi va raqamli texnologiyalar boʻyicha malaka yetarli emasligi kabi muammolar ham mavjud. Shu bois, xalqaro tajribalarni Oʻzbekiston sharoitiga moslashtirish va tatbiq etish orqali maktabgacha taʼlim tizimini yanada samarali qilish dolzarb vazifa boʻlib qoladi.
Shu nuqtai nazardan, xulosa qilib aytish mumkin: maktabgacha taʼlim tashkilotlarida boshqaruv tizimini kompleks takomillashtirish, zamonaviy yondashuvlar (raqamli boshqaruv, sifat monitoringi, innovatsion dasturlar)ni joriy etish, ota-onalar va jamoatchilik bilan tizimli hamkorlik oʻrnatish, pedagoglarning malakasi va motivatsiyasini oshirish hamda xalqaro tajribalarni moslashtirish orqali taʼlim sifatini sezilarli darajada oshirish mumkin.
Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati
1. Abduvaliyeva, G. (2020). Maktabgacha taʼlim tizimida innovatsion boshqaruv yondashuvlari. Toshkent: Oʻqituvchi nashriyoti.
2. Akhmedov, S., & Tursunova, L. (2019). Maktabgacha taʼlimda sifat monitoringi va rahbarlik. Toshkent: Fan va texnologiya.
--⊱⊱ 285 ⊰⊰--
3. Barak, M. (2017). Early Childhood Education Leadership and Management. London: Routledge.
4. Borkowski, J. (2018). Data-driven Decision Making in Early Childhood Education. New York: Springer.
5. Finlyandiya Taʼlim Vazirligi (2021). National Curriculum Guidelines for Early Childhood Education. Helsinki: Ministry of Education and Culture.
6. Janubiy Koreya Taʼlim Vazirligi (2019). Early Childhood Curriculum and Management Policies. Seoul: Ministry of Education.
7. Ministry of Preschool Education of Uzbekistan (2022). Davlat dasturi: Maktabgacha taʼlimni rivojlantirish strategiyasi 2022–2030. Toshkent: Maktabgacha taʼlim vazirligi.
8. Siraj-Blatchford, I., & Manni, L. (2017). Effective Leadership in Early Childhood Education. London: Sage Publications.
9. Singapur Taʼlim Vazirligi (2020). Start Right, Start Strong: Early Childhood Education Policy Framework. Singapore: Ministry of Education.
10. Yaponiya Taʼlim Vazirligi (2018). Preschool Education and Childcare Guidelines in Japan. Tokyo: Ministry of Education.
11. Zokirov, R. (2021). Maktabgacha taʼlimda pedagogik innovatsiyalar va boshqaruv. Toshkent: Ilm-fan.
12. OECD (2019). Starting Strong 2019: Key OECD Indicators on Early Childhood Education and Care. Paris: OECD Publishing.
Matn PDFdan avtomatik ajratib olingan va xatoliklar bo'lishi mumkin.